Texnologiyasiz taraqqiyot va millatlarning birdamligi | Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире

Texnologiyasiz taraqqiyot va millatlarning birdamligi

CC BY f
13
Поделиться
Тошпулатов, Б., & Абдулазизова, Б. (2023). Texnologiyasiz taraqqiyot va millatlarning birdamligi. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(4). https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp111-115
Бахром Тошпулатов, STARS международный университет

talabasi

Барнохон Абдулазизова, STARS международный университет

o‘qituvchisi

0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada tenglik, birlikda adolatli g‘oyalarni ilgari surgan va xalqlarni birdamlikda tutgan Amir Temur yoritib berilgan. O‘z zamonasidan ilgarilab ketgan hamda hozirgi kundagi dardlar qiroli deb atalgan COVID_19 kabi kasaliklari bilan kurashishga asrlar oldin karantin qoidalarini o‘ylab topgan Ibn Sino merosi tahlil qilingan. Shuningdek, texnika va texnalogiyasiz, ilmga boshqacha yondashuv orqali 70dan ortiq tilni mukkamal darajada rganib, dunyo falsafasiga ulkan hisasini qo‘shgan Farobiy kabi yulduzning qirralari o‘rganilgan.


background image

STARS International University

111

Annotatsiya:

Ushbu maqolada tenglik, birlikda adolatli g‘oyalarni ilgari surgan va xalqlarni

birdamlikda tutgan Amir Temur yoritib berilgan. O‘z zamonasidan ilgarilab ketgan hamda
hozirgi kundagi dardlar qiroli deb atalgan COVID_19 kabi kasaliklari bilan kurashishga
asrlar oldin karantin qoidalarini o‘ylab topgan Ibn Sino merosi tahlil qilingan. Shuningdek,
texnika va texnalogiyasiz, ilmga boshqacha yondashuv orqali 70dan ortiq tilni mukkamal
darajada rganib, dunyo falsafasiga ulkan hisasini qo‘shgan Farobiy kabi yulduzning qirralari
o‘rganilgan.

Kalit so‘zlar:

Samarqanddagi konferensiya, Jo‘ji Ulusi, Oltin O‘rda, Rui Gonsales de

Klavixo, Pernandinyo, Mir Said Baraka

Biz buyuk davlatmiz, bizning tariximiz buyuk, millat-qardoshlar bir tan-u bir

jonmiz. Yer yuzida davlarlar, millatlar ko‘p lekin bularning hech birining tarixi bizning
tarimizdan buyuk emas.

“Tadqiqotchi-olimlarning fikricha, Sharq, xususan, Markaziy Osiyo mintaqasi

IX – XII va XIV – XV asrlarda bamisoli po‘rtanadek otilib chiqqan ikki qudratli ilmiy–
madaniy yuksalishning manbayi hisoblanib, jahonnning boshqa mintaqalaridagi
Renessans jarayonlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan Sharq uyg‘onish davri – Sharq
Renessansi sifatida dunyo ilmiy jamoatchiligi tomonidan haqli ravishda tan
olingan”(1)

Amir Temur - dunyodagi ko‘plab davlatlarni birlashtirgan, ko‘plab millatlarni

elatlarni birlikda, ahillikda yashashga undagan va erishgan o‘rta asrlarning eng
buyuk podshosi. Dunyo bo‘yicha Amir Temurni ko‘plab insonlar “Sohibqiron” nomi
bilan biladi..”

SOHIBQIRON

”- “arabcha” tildan olingab bo‘lib “saodatli, zafarli g‘olib”

degan ma’noni anglatadi. Amir Temur bobomiz o‘rta asrlarda tuzgan davlatining
chegaralanishi: “Xuroson, Jurjon, Mozondaron, Seyiston(MarkaziyXitoy) G‘arbiy
Eron, Ozorbayjon, Iroq, Armaniston(Markaziy Tabriz), Fors, Afg‘oniston va Shimoliy
Hindistonning markazigacha”. Ko‘rib turganingizdek hozirgi kunda hech kim, hech
qaysi davlat bu qadar katta hududlarni va millatlarni birlashtira olmaydi. Amir
Temur o‘zgacha siyosat olib borish, jang qilishda ham tengsiz bo‘lgan. Raqiblarini
shu kungacha qo‘llanilmagan usullar bilar nochor ahvolga solib qo‘ygan. Shu
boisdan bizning ajdodimizning nomi 21 yoshdayoq butun dunyoga ovoza bo‘lgan.
Amir Temur davrida kuchli davlatlardan biri bo‘lgan Balx xukumdori Amir Husayn
Amir Temurning ravnaq topayotgani va muvoffaqqiyatga erishayotganiga hasad

TOSHPULATOV BAHROM SUNNATILLO O‘G‘LI,

STARS International Univeristy talabasi

ILMIY RAHBAR: ABDULAZIZOVA
BARNOXON BAXTIYOR QIZI,

STARS International Univeristy o‘qituvchisi

TEXNOLOGIYASIZ
TARAQQIYOT VA
MILLATLARNING
BIRDAMLIGI

https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp111-115


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

112

ko‘zi bilan qaraydi va Amir Temur bilan ikki hukmdor o‘rtasida nizo kelib chiqadi.
Shu urushga Amir Temur safarbarlik qilayotgan vaqtda o‘sha davrning buyuk
faylasuflaridan biri Mir Said Baraka Amir Temur do‘stlari safiga qo‘shiladi va “bayroq
bilan nog‘ora” sovg‘a qiladi. “Bayroq va nog‘ora” buyuklikning ramzi sanalgan. Rui
Gonsales de Klavixo Ispanyaning Madrid shahridan bo‘lib Amir Temur huzuriga bir
necha bor tashrif buyurgan. Amir Temur haqidagi ko‘plab ma’lumotlarni Klavixoning
asarlaridan topsak bo‘ladi. Perondenyoning “Skifalikk Temurnning ulug‘vorligi”,
Pero Meksikaning “Buyuk Temur tarixi”, Xristofor Morloning “Buyuk Temur” nomli
asarlar chiqarilgan.

“……bunday shaxning dunyoga kelishi davrning, zamonning taqazosi,

Chig‘atoy

ulus

zulmi, mayda

feodallarining vahshiyona ezishi, mo‘g‘ul xonlari,

Oltin O‘rda

bekliklarining to‘xtovsiz Movoronnahirga yurishlari azoblagan, xonavayron bo‘lgan,
150 yil davomida chet el hukumronligidan tinkasi qurigan mamlakatning, xalqning
mustaqillika erishishi talab edi. Bu tarixiy zaruriyat Temurda, uning lashkarboshiligi
ravshan ko‘rindi. Temur davlat arbobi sifatida ma’lum darajada bu ehtiyojni o‘zida
aks ettirdi, ya’ni Movorounnahrda mustaqil markazlashgan davlat tuzdi, mamlakat
ehtiyojlariga javob berdi”(2)

Klavixoning aytishicha: “Biz Sohibqiron davlatiga tashrif buyurdik shu vaqtda

Sohibqiron o‘z nabiralaridan biriga atab inshoot barpo etayotgan edi. Men lol
qolgan voqea shundan iborat ediki: “Amir Temur binoni qurishda ishlayotdan
barcha ishchilar ustidan go‘sht va oltin tangalar sochmoqda edi. Sohibqirondan
bu ishning ma’nosini so‘raganimda: Sohibqiron “ishchilar mendan rozi bo‘lishi va
binoning menga tez fursatda qurilishi va sifatli bo‘lishi lozim , men ishchilarga zulm
orqali qildirsam ham bo‘lar edi, lekin mening inshootlarim bu qadar yaxshi chiqmas
va yaxshi chiqsa ham ishchilar mendan rozi bo‘lmas edi’’ shu vaqtda Sohibqironning
nomi va davlati butun dunyoga mashhur bo‘lganini anglab yetdim”.

Perondenyoning asarlari “Biz Movorounnahr va Xurosonga tashrif buyurganimizda

biz davlat rahbari bilan uchrashuvimiz qiyin bo‘ldi. Elchilik kunlarining oxirgi
damlarida biz Sohibqiron bilan ko‘rishishga erishdik, shunda men Sohibqironga
savol berdim: “Buyuk davlatning buyuk podshohi bilan ko‘rishish bunchalik qiyin
deb bo‘lamagan edi” deganimda Sohibqiron shu vaqt “Mening davlatim yoki
inshootlarim yoqmadimi” dedi, men “bunchalar go‘zal va bu qadar tartibli davlat
ko‘rmaganman” dedim. Sohibqiron “Mening buyukligim ham shunda mening
qudratimga shubha bilan qarasang men qurdirgan inshootlarga boq”. Shunda men
Temurning niyatini tushunib yetdim: Temur davlatiga kelgan elchilarga birinchi
davlatini, inshootlari va qonunlarini adolatli ekanligini ko‘rsatib, keyin o‘z huzuriga
chaqirar ekan.

ABU NASR FAROBIY

Riyoziyot, falakiyot, tabobat, musiqa, mantiq, falsafa, tilshunoslik, adabiyot bu

fanlarni davom etirsam tugamasligi aniq. Bu buyuk bobomiz dunyoni ilm bilan lol
qoldirgan. Dunyodagi 70dan ortiq tilni bilgan. Farobiy yunon falsafani o‘qigan va
qiziqish bildirgan.Yunon adabiyotlarni o‘z tillariga tarjima qilgan. Sharq, Yevropa
va butun dunyo bo‘yicha sezilarli tasir o‘tkazgan. Ilm yo‘lida izlanishda bo‘lganlar,
shunaqa maqsada Farobiy kech tushgan bir saroyga mehmonlikka kiradi va orqa
tomonda o‘tiradi.


background image

STARS International University

113

Shu vaqtda Farobiyning donishmandligini bilgan odamlar podshohga saroyga

Farobiy tashrif buyurganini aytgan. Podshoh Farobiyni yoniga chaqiradi va
Farobiyga aytadi: “Sening nomingni men eshitganman shu qadar ilmli bo‘lsang,
meni lol qoldirsang sening tilagan tilagingni bajo keltiraman, Farobiy sozandalardan
nayni olib chalgan ekan shu vaqt hamma uyuquga ketib, keyin Farobiy nayni teskari
chalgan ekan hamma uyg‘onib, raqsga tushibdi va Farobiy ohistalik bilan saroyni
tark etibdi”.(3)

Podsho Farobiyni bu qadar ustamonligi, bilimliligi, buyukligidan lol qolib

Farobiyning nomi butun dunyoga yoyilib ketibdi.

Farobiy juda bilimli odam bo‘lgan. Yunon olimi, millodan avvalgi davrda yashagan

Arastu. Arastu “Metafizikaga sharh’’ asarini yozgan. Bu asarni Farobiygacha hech kim
tushunmagan Farobiy Arastuning asarini takror-takror o‘qib tushungandan keyin
bu asarni bir marta o‘qib tushunish balki o‘qimagan odamlar o‘qisa tushunmasligini
bilib qayta “Arastuning metafizikasiga sharh” asarini yozadi va nafaqat o‘zining
balki Arastuning ham buyuk olimligiga dunyoni lol qoldiradi. Farobiy sharqda
“ARESTOTEL” deb shuhrat topgan. Farobiy “Muallim us-soniy”, “Sharq Arastusi”
deb nom qozongan.(4)

Muttaffakir qoldirgan meros faqat Sharq mamlakatlariga emas, balki Yevropada

ham tarqalib ijtimoiy-falsafiy fikr tarraqiyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan. U \O‘rta
asrda mukammal hisoblangan tasnifni yaratdi. Al Farobiy ko‘p qirrali ilmiy tadqiqotlar
natijasi o‘rnida “Fanlar tasnifi haqida” risolasini aytish mumkin. Unda o‘z davrining
barcha ilmlari qat’iy tartibda sanalib, har bir fan ta’rifi o‘rganib chiqilgan. Al Farobiy
insoniyatning bilimga ega bo‘lish mohiyatiga oydinlik kiritgan. Mohiyatni anglash
uchun uni his qilishning o‘zi yetarli emas. Buni faqat aql yordamida erishish mumkin.
(“Himmatli shahar aholisining nuqtayi nazari haqida risola” - Al Farobiyning eng
yetuk asarlaridan biri, 948 -yil Misrda yozilgan).

Farobiy o‘z davrining buyuk olim sifatida mashhur bo‘lgan. Sharq xalqlari u

haqida turli hikoya, rivoyatlar vujudga kelgan. O‘rta asr olimlaridan Ibn Xallikon, Ibn
Qiftiy, Ibn Abi Usabi’a, Bayhaqiylar o‘z asarlarida Farobiy ijodini o‘rganib, unning
g‘oyalarini rivojlantirgan.(5)

Ibn Sino

17 yoshda olimlik darajasiga yetishgan, 450dan ortiq asarlar yozgan - Ibn Sino

jahonda: “Avetsina”, Sharqda esa “Shayx – ul Rais” nomi bilan shuhrat topgan.
O‘rta osiyolik qomusiy olim, (boshqa manbalarda buxorolik deb yuritiladi) tabib
va faylasuf deb yuritilgan. 10 yoshga yetganda Ibn Sino Qur’onni to‘la o‘zlashtiradi.
Jahon tibbiyotining o‘zagini yaratgan shaxs, umri davomida ming xil dorivor
o‘simliklarni kashf qilgan. 5 jilddan iborat “Al-Qonun Fit-Tib” asarini yozadi. Bu asar
hozirgi kunda ham tabobatning asosini tashkil qilmoqda. “Al-Qonun Fit-Tib” asari
XII asirda yo‘q lotinchaga tarjima qilingan. Avetsina nomi bilan mashhur bo‘lgan
olimning Fransiya, Avstraliya, Belgiya, Turkiya, Eron, Turkmaniston va Tojikiston,
shunga o‘xshagan bir nechta davlatlarda haykallari qad roslagan.

“O‘rta Osiyoga 10-13- asrlarda

vabo

ipedemiyasi tarqaldi va bu kassalik ko‘plab

insonlarni bevaqt olamdan olib ketishni boshladi, shunda ko‘plab insonlar Ibn Sino
yoniga kelib maslahat so‘ragan. Ibn Sino: “bu sharoitda biz pandemiya shartlariga
va qoidalariga rioya qilishimiz, uydan chiqmaslik, mehmonga, juma namozlariga
vaqtinchalik bormasligingizni aytaman, shu holatda bu kassalikka qarshi kurash olib
borishimiz mumkin” ko‘p insonlar bu fikrlarni ma’qul ko‘rishmaydi va bu gaplarga


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

114

rioya qilishmaydi, ahvol yanada og‘irlashadi va yengilmas biror dori topilmagan
davoni shu tariqa birgalikda yengishadi va Ibn Sino buyuk tabib va olim ekanligiga
hamma ishonadi”. Ibn Sino tibbiyot bilimlarini oshirgan va doimo ilim izlagan
shaxs bo‘lgan, Ibn Sino saroy kutubxonasiga kirmoqchi bo‘ladi, lekin bu davrda
Ibn Sinoni saroy kutubxonasiga kiritishmaydi chunki kirishi uchun podsho yorlig‘i
kerak edi. Shu vaqtda davlatni boshqarib turgan shaxs – Nuh ibn Mansur chalingan
dardni ko‘plab tabiblar da’volay olmaydilar. Bu vaqtda saroy amaldorlari Ibn Sino
haqida eshitib qoladi va ul kishini qidira boshlaydilar. Ibn Sino Nuh ibn Mansurni
davolaydi va shu vaqt Ibn Sino saroy kutubxonasiga kirishga ruxsat so‘raydi, Nuh
ibn Mansur bunga rozilik beradi. Nuh ib Mansur Ibn Sinoni kutubxonaga kirishiga
rozilik so‘ragani hayratga solib qo‘ygan. Uning o‘ylashicha, boylik yoki bir qancha
yer so‘rashini kutgan vaqtda u bo‘lsa kutubxonaga kirish uchun ruxsat so‘ragan.
Ibn Sino bu qadar ilmga chanqoqligidan Nuh ibn Mansur lol qoladi. Ibn Sino faqat
tabobatga emas ilm-fanning 29 sohasini rivojlantirish uchun o‘z hissasini yetarlicha
qo‘shgan.

Abu ali ibn Sino tavvaludining 1040 yilligi munosabati bilan “Abu Ali ibn Sino -

O‘zbekiston faxri va Jahon mulki ”xalqaro ilm ma’rifiy onlayn anjuman bo‘lib o‘tdi.
Anjumanga Germaniya, Belgiya, Fransiya, Isroil, Turkiya va Hindiston davlatlari
ishtirok etishdi. Anjumanda so‘zga chiqqan olimlar Ibn Sinoning innavatsion
g‘oyalari, tibbiyot, falsafa, xalq tabobatiga axloqiy va tarbiyaviy jihatdan qarashlari
to‘g‘risida so‘zga chiqishdi. Xorijlik mutaxasislar esa COVID19 ga qarshi kurashishda
Ibn Sino o‘gitlari, Yevropada Avetsina ruhi ta’sirida, Hindistonda Ibn Sino merosini
o‘rganish borasida amalga oshirilayotgan ilmiy izlanishlar haqida ma’lumot bergan

“Qadimiy O‘zbekiston - ya’ni Movarounnahr diyori islom dunyosining yuksak

madanyati va sivilizatsiyasiga, rivojiga unutilmas hissalarini qo‘shgan alloma va
mutafakkirlar yurti”

Xulosa

Yuqorida sizlarga men Amir Temur, Abu Nasr Farobiy, Ibn sino haqida so‘zlab

o‘tdim.

Amir Temur o‘z davlatiga 1000dan ortiq millatlarni birlashtirgan bu o‘rta

asrlar XIV – XV asrlarda bo‘lib o‘tgan. Texnika tarraqiyoti, inson evalutsiyasidan
keyingi yangi davrda 21–asrda yashayotgan bo‘lsak. tarixan olib qaraganimizda bir
urug‘chilikdan tarqalgan hozirgi kunda bir-biri bilan urush olib borayotgan Rossiya
va Ukraina urushini olsak. Bizning bag‘rimiz keng yer juda katta, 7 milliard odamga
yerni taqqoslasak, bu har bir odamga yerdan joy yetadi degani, bir-birimiz bilan
urushni to‘xtatib orada kim urush bo‘lishini xohlayotgan bo‘lsa, o‘shalarni jazolasak
yaxshi bo‘lmasmidi. Texnika – texnalogiya rivojlanmay turib qancha yutuqlar
dunyoga tanilgan, buyuklar va 100dan ko‘p davlatlarni birlikda yashashga va odillik,
tenglik uchun kurashga qancha odshohlarni

eshitganmiz. Hozir biz, tariximizdagi

ajdodlarimizdan ham ko‘p imkoniyatlarga egamiz , shu imkoniyatlarni qo‘ldan boy
bermagan holatda ish tutishimiz kerak. Men yoshlarga murojaat qilar ekanman,
ularga doim: “Biz buyuk ajdodlarimiz bilan faxrlanishimiz, g‘ururlanishimiz kerak”
deb aytib qolardim. Ayni vaqt faqatgina g‘ururlanishimiz emas, biz ham bobolarimiz
kabi bo‘lishga va bobolarimiz qoldirgan merosga o‘z hissamizni qo‘shishga harakat
qilishimiz zarur. Biz STARS International Universityda ta’lim olmoqdamiz bu o‘z
sohasining yulduzlar unverstiteti, biz yulduz bo‘lib porlashimiz va biz bobolarimiz


background image

STARS International University

115

kabi o‘z davlatimizni, unverstititimizni dunyoga tanitishimiz lozim. Bir donishmand
aytgan ekan: “hayotga keldingmi doim xarakatda bo‘l, yugur agar yugurolmasang
yur agar yurolmasang yo‘rg‘ala, agar qo‘llaring ham oyoqlaring ham bo‘lmasa
tanang, ruhing, ongging bilan harakat qil, lekin harakardan to‘xtama shunda biror
natijaga erishishing aniq”. Xuddi shundek biz doim harakatda bo‘lsak aniq natijaga
erishamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. 2014- yil 15-16-may kunlari Samarqandagi Xalqaro konferensiyada O‘zbekiston

Respublikasining birinchi prezdenti Islom Karimov shunday nuqt so‘zlagan.

2. I.M.Mo‘monov so‘lagan O‘zbekiston tarixi 2017- yil
3. 3.Muhhammad Farobiy.Ilmlarning soyimi. Milliy egetim basimevi.Istambul.

1986, B.75

4. Arastu. Poetika. Axloqi Kabir. T. Yangi asr avlodi. 2003. S23,24.
5. “O‘zbekiston Respublikasi Fan va Texnalogiyalarni rivojlantirish qo‘mitasi,

Toshkent Islom unversiteti, “Yangi nashr”,2011.

6. 6.O‘zbekiston Respublikasi prezdenti Shavkat Mirziyoyev Miramonivich 2018-

yil

Библиографические ссылки

2014- yil 15-16-may kunlari Samarqandagi Xalqaro konferensiyada O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezdenti Islom Karimov shunday nuqt so‘zlagan.

I.M.Mo‘monov so‘lagan O‘zbekiston tarixi 2017- yil

3.Muhhammad Farobiy.Ilmlarning soyimi. Milliy egetim basimevi.Istambul. 1986, B.75

Arastu. Poetika. Axloqi Kabir. T. Yangi asr avlodi. 2003. S23,24.

“O‘zbekiston Respublikasi Fan va Texnalogiyalarni rivojlantirish qo‘mitasi,Toshkent Islom unversiteti, “Yangi nashr”,2011.

6.O‘zbekiston Respublikasi prezdenti Shavkat Mirziyoyev Miramonivich 2018-yil

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов