Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar so‘z boyligini oshirishning pedagogik- psixologik asoslari

CC BY f
232-235
19
8
Поделиться
Хусанова, Г. (2023). Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar so‘z boyligini oshirishning pedagogik- psixologik asoslari. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(4), 232–235. https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp232-235
Гулруксор Хусанова, Ферганский государственный университет

преподаватель

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada erta yoshli bolalar so‘z boyligini oshirishning ahamiyati, kichik yoshdagi bolalarga so‘zlarni tushunishni o‘rgatish usullari, kichik maktab yoshidagi bolalarda nutqiy aloqani tarbiyalashda o’qituvchi va ota onalarning roli, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning so‘z boyligini o‘stirish yo‘llari va uning pedagogik psixologik asoslari o‘rganilgan


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

232

Annotatsiya:

Ushbu maqolada erta yoshli bolalar so‘z boyligini oshirishning

ahamiyati, kichik yoshdagi bolalarga so‘zlarni tushunishni o‘rgatish usullari, kichik
maktab yoshidagi bolalarda nutqiy aloqani tarbiyalashda o’qituvchi va ota-
onalarning roli, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning so‘z boyligini o‘stirish
yo‘llari va uning pedagogik-psixologik asoslari o‘rganilgan .

Kalit so

zlar:

ziddiyat tushunchasi, zid ma’noli so’zlar, til birliklari, antonimlar,

matn, o‘quvchi nutqi, ong, so‘z ,so‘z boyligi, lug‘at, nutq, tafakkur, ma’noli so‘zlar, til
birliklari.

Kichik maktab yoshidagi bolalarning har tomonlama rivojlanishi, barkamol avlod

bo’lib yetishishida ularning nutqi boy va benuqson bo‘lishi muhim ahamiyatga ega.
Bolaning nutqi bilan birga, tafakkuri, dunyoqarashi ham shakllanadi, rivojlanadi.
Bolalar nutqining rivojlanish jarayoni o‘z vaqtida to‘g‘ri shakllantirilsa, yetarli
sharoit va muhit yaratilsa, bolaning har tomonlama yetuk bo‘lib o‘sishiga zamin
hozirlanadi.

Bolaning ruhiy rivojlanishi, ijtimoiy moslashuv jarayonida, tafakkurining

o‘sishida uning nutqi juda muhim rol o‘ynaydi. Nutqi ravon, so‘z boyligi ko’p
bolalarda yoshligidayoq mustaqil fikrlash, o‘z jamoasida fikrini himoya qila olish,
mulohaza yuritish qobiliyati shakllansa, nutqida kamchiligi bo‘lgan yoki so‘z
zaxirasi oz bolalarda, tortinchoqlik, fikrini erkin bayon qila olmaslik kabi sifatlar
rivojlanadi va bu yaqqol namoyon bo’ladi. Bolalar nutqi ijtimoiy hodisa sifatida
kattalar nutqi asosida rivojlanadi, bu tabiiy hodisa. Bola rivojlanishiga irsiyat,
tashqi muhit bevosita ta’sir o’tkazadi. Tabiiyki, kichik maktab yoshdagi bolalarda
nutqiy aloqani tarbiyalashda o’qituvchi va ota-onalarning roli benihoya kattadir.
Va shu o’rinda ta’lim jarayonida o’qituvchi va ota-onalar o‘rtasidagi aloqalar va
munosabatlar ta’lim sifatiga va shu bilan birga, bola tarbiyasiga juda katta ta’sir
etishini ta’kidlash o’rinli, deb bilamanki, zero, ta’lim va tarbiyada ikki tomonlama
hamkorlik rivojlanishning va yetuklik sari qo’yilgan qadamning debochasi sanaladi.

XUSANOVA GULRUXSOR
TO‘QIN QIZI

O‘qituvchi, Farg‘ona davlat
universiteti
gulruxsorxusanova@gmail.com

KICHIK MAKTAB
YOSHIDAGI
O‘QUVCHILAR
SO‘Z BOYLIGINI
OSHIRISHNING
PEDAGOGIK-
PSIXOLOGIK ASOSLARI

https://doi.org/10.47689/STARS.uni-
versity-pp232-235


background image

STARS International University

233

Til - tafakkur quroli va muomala vositasi. So‘zlarni tushunishni o‘rgatishda
bolalarga nafaqat ular qarab turgan narsalarning va ularning o‘zlari bajarayotgan
harakatlarning nomini aytish, balki bolalarga ushbu narsalarni ataylab ko‘rsatish va
ularni qiziqtirish zarur. Bu usul «ko‘rsatib, nomini aytish» usuli deb ataladi.

Ko‘pincha, bolani biron-bir narsa nomini tushunishga undashda katta yoshli

odam undan so‘raydi: «Falon narsa qayerda?», biroq biz uni amaliy ish bilan
mustahkamlamasak, ya’ni «ko‘rsatib, nomini aytmasak», bola narsa bilan uning
nomi o‘rtasidagi bizga zarur bo‘lgan shartli aloqani o‘rnata olmaydi, o‘z-o‘zidan
u ushbu so‘zning ma’nosini tushunmaydi. «Falon narsa qayerda?» degan savol
bilan bolada u tushuna oladigan so‘zlarni mustahkamlashda foydalanish mumkin.
Masalan, «soat» deganimizda, bola ko‘zlari bilan soatni izlay boshlasa, undan
soat qayerdaligini tez-tez so‘rab turish lozim. Biroq bu o‘rinda savol emas, aynan
soatni ko‘rib va eshitib qabul qilish vaqtlarining bir-biriga mos kelishi birlamchi
ahamiyatga egadir. Ammo katta yoshli odamning faqatgina ushbu usul mohiyatini
tushunishi hali yetarli emas. Uni turli hayotiy vaziyatlarda bolaga qiziqarli qilib
qo‘llashni ham o‘rganish zarur: bunda katta yoshli odamning nutqi birmuncha o‘ziga
xos bo‘ladi. Katta yoshli odam bola bilan suhbatlashar ekan, u bolani tushunishga
undayotgan so‘zni hadeb bir xil ohangda qaytaravermasdan iboralarni ham
aytishi lozim. Ko‘rsatilayotgan narsa bilan bog‘lanishi lozim bo‘lgan so‘zni alohida
ohang, so‘zdan oldin va so‘zdan keyin qisqa, biroq ahamiyatli bo‘lgan pauzalardan
foydalanish, uni ko‘p marta talaffuz qilish lozim. Ushbu usuldan («ko‘rsatib, nomini
aytish») foydalangan holda katta yoshli odam bolaga ayrim o‘yinchoqlar, shaxsiy
gigiyenaga oid narsalar, ovqat yeyish bilan bog‘lik buyumlar nomlarini tushunishni
o‘rgatishi darkor. Bolaga ko‘rsatilayotgan narsa qanchalik qiziqarli bo‘lsa, u narsalar
bilan shunchalik keng va ko‘p tanishishi (qo‘l tegizishi, ushlab ko‘rishi, qo‘lga olishi,
qimirlatishi, biron narsaga urib ko‘rishi, agarda taom bo‘lsa, ta’mini ko‘rishi) mumkin.
Ma’lumki, bola, asosan, 5—7 yoshgacha bo‘lgan davrda katta tezlikda so‘z zaxirasini
to‘ldiradi. Atrof-muhitni o‘rganadi, tevarakka mustaqil nazar tashlaydi, ongida
olamning lisoniy manzarasi chiziladi. Yaratilayotgan lug‘atlar ana shu fiziologik,
psixologik, intellektual jihatdan faol yoshida bolaga munosib ko‘makchi bo‘la
oladi. To‘g‘ri, bu yoshdagi bolalarning barchasi ham lug‘atni birdek mustaqil
o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi, ammo tarbiyachilar, ota-onalar ko‘magida
rasmlar va izohlar bilan tanishtirilsa, biz ko‘zlagan maqsadga to‘la erishsa bo‘ladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun yaratilayotgan ushbu lug‘atlarda so‘zlarni
tanlash, izohlashda jahon leksikografiyasida o‘quv lug‘atlariga qo‘yilgan
talablarga mos holda bolaning yoshi, ruhiyati, dunyoqarashidan kelib chiqildi.
Mamlakatimizda maktabgacha yoshdagi bolalarning tafakkurini o‘stirish, nutq
boyligini oshirish, muloqot madaniyatini egallashi uchun muhim lingvodidaktik
vositalarni yaratish harakatlari yaqinda boshlandi. Yaratilayotgan lug‘atlarning
barchasini bir maqsad — maktabgacha yoshdagi bolalarni xalqimizning boy
ma’naviy, madaniy, tarixiy merosi, milliy qadriyatlariga sodiq, ma’naviy-axloqiy
barkamol qilib tarbiyalash hamda so‘z zaxirasini boyitish, mustaqil fikrlash, o‘z
fikrini erkin bayon qilish, to‘g‘ri va ravon gapirish ko‘nikmasini o‘stirish maqsadi
birlashtiradi. Biroq bolalar uchun lug‘at yaratishning so‘zlarni tanlash, izohlash,
kitobning estetik didga mos, rangli-bezakli bo‘lishi bilan bog‘liq va boshqa o‘ziga
xos murakkab tomonlari bor.


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

234

Bolalarning nutqiy salohiyatini o‘stirish,so’z boyligini oshirish maqsadida tashkil

etilayotgan ta’lim-tarbiya ishlari to‘g‘ri tashkil qilinayotganini bolaning kattalar
tomonidan o‘qib yoki aytib berilgan jumla, so‘zlar ma’nosini anglashi, ularni amalda
qo‘llay olishi, turli qiyin vaziyatlarda kattalar ko‘magisiz muammolarni hal etishga
urinishi, aqliy rivojlanishi, fikrlash qobiliyatining ortishi, o‘zini-o‘zi nazorat qila olishida
ko‘rish mumkin. Albatta, bu jarayon kattalar — tarbiyachi va pedagoglardan - alohida
ko‘nikma va mahoratni, qolaversa, maxsus zaruriy ta’limiy vositalar, qo‘llanmalarni
talab etadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqiy savodxonligini oshirishda
lug‘atlarning o‘rni muhimligi jahon tajribasida to‘la isbotlangan. Lug‘atlar bilan ishlash
nafaqat chet tilini o‘rgatish, balki o‘z ona tilidan mukammal foydalana olish qobiliyatini
rivojlantirish, xususan, tinglab tushunish, amalda qo‘llash, o‘rnida ishlatish, o‘xshash
so‘zlarni farqlash, to‘g‘ri talaffuz etish kabi kommunikativ(lingvistik, sotsiolingvistik,
pragmatik) kompetensiyalarni shakllantirishda ham muhim rol o‘ynaydi.
Jahonning bir qancha taraqqiy etgan davlatlarida maktabgacha ta’limdan oliy
ta’limgacha bo‘lgan bo‘g‘inlar uchun leksikografiyaning maxsus lug‘atlar yaratish
nazariyasi va amaliyoti bilan shug‘ullanuvchi alohida o‘quv lug‘atchiligi tarmog‘i
shakllangan bo‘lib, uning, ayniqsa, maktabgacha yoshdagi bolalar uchun lug‘atlar
ishlab chiqayotgan tarmog‘i nihoyatda jadallashgan. Dunyoning turli tillarida
sohaning maxsus termin, tushuncha va ruknlari ham paydo bo‘lgan bo‘lib, bu
masalaning naqadar dolzarb ekanini isbotlaydi. Masalan, ruslarda “Учебник до-
школьника”, “Мой первый словарик”, inglizlarda “Сollins first school dictionary”,
“Macmillian first dictionary”, “Merriam Webster’s first dictionary”, “Scholastic
children’s dictionary”, “Children’s dictionary”, “Dictionary for kids”, “Learning
dictionary”, xitoyliklarda “Booculchacha”, ukrainlarda “Miнi – пiдручник для до-
шкiльнят” ruknlari ostida son-sanoqsiz lug‘atlar yaratilgan, leksikografiyada
учебный словарь, школьный словарь, первый словарь дошкольника; school
dictionary, educational dictionary, children’s dictionary, dictionary for kids, learning
dictionary kabi faol terminlar paydo bo‘lgan. Ushbu lug‘atlar kichik maktab
yoshidagi o‘quvchilar so‘z boyligini oshirishda poydevor vazifasini bajaradi deb
ayta olamiz.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, o’zbеk xalqining yosh avlodni hayotga

tayyorlashda ko‘p asrlar davomida qo‘llagan usul va vositalari, tadbir shakllari, o‘ziga
xos urf-odatlari va an’analari, ta’lim-tarbiya haqidagi g‘oyalari va hayotiy tajribasi
mavjud. Bu mеros o‘tmishda ko‘plab alloma-yu donishmandlar yetishib chiqishiga
asos bo‘lgan. Hozirgi kunda bu mеrosdan ijodiy foydalanish katta ahamiyatga ega.

Adabiyotlar ro‘yxati:

1. Kratkiy slovar kognitivnyx terminov / Pod red. E.S. Kubryakovoy. - M., 1996.-

245 s.

2. Masharipova U.A. Metodika formarovaniya kultury rechi uchashchixsya

nachalnyx klassax v usloviyax innovatsionnogo obrazovaniya: ped.fan.dok. (PhD)
dis. – T.: 2018. 38-bet.

3. Akramjonovna, S. R. (2022). BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI “TILGA

E’TIBOR-ELGA E’TIBOR” RUHIDA TARBIYALASH.

INNOVATION IN THE MODERN

EDUCATION SYSTEM

,

2

(18), 833-836.

4. Turgunboev, T., Saidov, A., & Eshkobilova, M. (2021). Energy Storage Systems

in Electric Vehicles. Acta of Turin Polytechnic University in Tashkent, 11(1), 35-43.


background image

STARS International University

235

5. Turgunboev, T. T., & Saidov, A. A. (2019). Prospective of hydrogen in automobile

transport. ACTA of Turin Polytechnic University in Tashkent, 9(3), 100-103.

6. Akbarova, Z. A. (2020). THE STUDY OF THE CONCEPT OF” LANGUAGE

CARRIER” IN LINGUISTICS. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC REVIEW OF THE
PROBLEMS OF HISTORY, CULTURAL STUDIES AND PHILOLOGY (pp. 14-19).

7. Akmaljonovna, A. Z., & Alijonovna, B. N. (2022). The Main Stages of Speech

Development of Young School Students. Spanish Journal of Innovation and
Integrity, 6, 405-409.

8.Khusanova, G. T. K. (2021). VERBAL CALCULATION AND MENTAL ARITHMETIC

IN PRIMARY SCHOOL.

Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and

social sciences

,

1

(11), 34-37.

9.Qizi, S. G. G., & Teshaboyevna, D. D. Methods Of Formation Of Independent

Reading Skills In Primary School Pupils.

JournalNX

, 21-24.

10.Sodikova, G., & Boboeva, Z. G. (2020). Boshlang ‘ich sinflarda oqish

malakalarini shakllantirish.

Молодой ученый,

(15), 451-453.

Библиографические ссылки

Kratkiy slovar kognitivnyx terminov / Pod red. E.S. Kubryakovoy. - M., 1996.-245 s.

Masharipova U.A. Metodika formarovaniya kultury rechi uchashchixsya nachalnyx klassax v usloviyax innovatsionnogo obrazovaniya: ped.fan.dok. (PhD) dis. – T.: 2018. 38-bet.

Akramjonovna, S. R. (2022). BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI “TILGA E’TIBOR-ELGA E’TIBOR” RUHIDA TARBIYALASH. INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM, 2(18), 833-836.

Turgunboev, T., Saidov, A., & Eshkobilova, M. (2021). Energy Storage Systems in Electric Vehicles. Acta of Turin Polytechnic University in Tashkent, 11(1), 35-43.

Turgunboev, T. T., & Saidov, A. A. (2019). Prospective of hydrogen in automobile transport. ACTA of Turin Polytechnic University in Tashkent, 9(3), 100-103.

Akbarova, Z. A. (2020). THE STUDY OF THE CONCEPT OF” LANGUAGE CARRIER” IN LINGUISTICS. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC REVIEW OF THE PROBLEMS OF HISTORY, CULTURAL STUDIES AND PHILOLOGY (pp. 14-19).

Akmaljonovna, A. Z., & Alijonovna, B. N. (2022). The Main Stages of Speech Development of Young School Students. Spanish Journal of Innovation and Integrity, 6, 405-409.

Khusanova, G. T. K. (2021). VERBAL CALCULATION AND MENTAL ARITHMETIC IN PRIMARY SCHOOL. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(11), 34-37.

Qizi, S. G. G., & Teshaboyevna, D. D. Methods Of Formation Of Independent Reading Skills In Primary School Pupils. JournalNX, 21 24.

Sodikova, G., & Boboeva, Z. G. (2020). Boshlang ‘ich sinflarda oqish malakalarini shakllantirish. Молодой ученый, (15), 451-453.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов