Ajdod tili, avlod tili – davlat tili!

Sh Tanabayeva , M Rahimjanov

Xalqimizda «oldingdan oqqan suvning qadri yo‘q», degan ibora bor. Buni men bejizga keltirmayapman va u aynan biz o‘zbekistondagi millatdoshlarga qarata aytilgan achchiq so‘zday tuyulaveradi. Nimaga deysizmi, chunki biz dunyolarga dars bergan buyuk ajdodlarimizning mutlaq merosxo‘ribo‘la turib, ya’niki o‘zbekiston atalmish obod diyorda farovon hayot kechirib, yurt tuprog‘i sog‘inchi, tildoshlar va eldoshlar sog‘inchi nima ekanligini his qilma gan holda umrguzaronlik qilib kelmoqdamiz. Endi tasavvurga ham bir erk berib ko‘ring: qan chadan-qancha o‘zbeklar ayni paytda yer yuzining turli nuqtalaridagi boshqa mamlakatlarda muhojirlikda, boshqa tuzum, boshqacha tutumda hayot kechirib kelishmoqda. Ammo ularning aynan o‘z tiliga bo‘lgan ehtiromi bizni uyaltirib qo‘yadigan darajada butunlay o‘zgacha.

131

Koʻrishlar

47

Yuklashlar

hh-index

0

Iqtibos