Bozorlardagi go‘shtning yangiligini aniqlash usullari

CC BY f
132-136
360
45
Поделиться
О Расулов, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti

veterinariya fanlari doktori

З Илёсов, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti

assisten

Р Суюнов, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti

assisten

Ш Расулов, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti

assisten

М Хушназарова, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti

talaba

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada go‘sht mahsulotlarini tekshirish usullari, namuna olish qoidasi, go‘sht ekstraktini tayyorlash, vodorod ioni konsentratsiyasining ko‘rsatkichini aniqlash (pH) texnikasi to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan.

Похожие статьи


background image

132

UDK. 619.616.993.192.084.123

BOZORLARDAGI GO‘SHTNING YANGILIGINI ANIQLASH USULLARI

Rasulov O‘.I.,

veterinariya fanlari doktori, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik

va biotexnologiyalar universiteti

Ilyosov Z.I.,

assisten, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va

biotexnologiyalar universiteti

R.U.Suyunov,

assisten, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va

biotexnologiyalar universiteti

Sh.Sh.Rasulov,

assisten, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va

biotexnologiyalar universiteti

M.Xushnazarova,

talaba, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar

universiteti

Annotatsiya.

Maqolada go‘sht mahsulotlarini tekshirish usullari, namuna olish

qoidasi, go‘sht ekstraktini tayyorlash, vodorod ioni konsentratsiyasining ko‘rsatkichini
aniqlash (pH) texnikasi to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan.

Kalit so‘zlar.

Go‘sht, go‘sht mahsulotlari, organoleptik, tadqiqot.

Annotation.

The article provides information on methods of testing meat

products, sampling rules, preparation of extracts, techniques for determining the
concentration (pH) of hydrogen ions.

Keywords.

Meat, meat products, orgonoleptic, research.


Mavzuning dolzarbligi.

Bugungi kunda jamiyatimizda sog‘lom turmush

tarziga amal qilish, iste’mol mahsulotlari tarkibiga e’tibor qaratish hayot
davomiyligining birlamchi omiliga aylanib bormoqda. Ayniqsa, navqiron avlod
vakillari orasida jismonan nimjon bolalar ko‘payib bormoqdaki, bunda ekologiyaning
ifloslanishidan bo‘layotgan ta’sir barobarida, oilalarda oqsil va uglevodlarga boy
mahsulotlar iste’moli kamayib borayotgani bilan izohlanmoqda. Darhaqiqat, jismonan
baquvvat, immuniteti mustahkam inson bo‘lib ulg‘ayishda go‘sht va go‘sht
mahsulotlarining o‘rni yuksak. Zero, go‘sht mahsulotlari inson salomatligini
mustahkamlashi bilan birga, ruhan tetik hamda faol turmush-tarzini kechirishda ham
muhim ahamiyatga ega. Chunki tarkibida asosiy oziq moddalari – oqsil, yog‘, uglevod,
vitaminlarga boy taomni iste’mol qilish inson hayoti va salomatligining asosi, uzoq
umr ko‘rish va mehnat qobiliyatini belgilovchi bosh omildir (1-rasm).


background image

133

1-rasm. Sog‘lom go‘shtning organoleptik ko‘rinishi

Shunday ekan, hukumatimiz tomonidan aholining go‘sht mahsulotiga bo‘lgan

ehtiyojini qanoatlantirish, sifatli go‘sht bilan ta’minlash maqsadida barcha zaruriy
chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Xususan, qoramolchilik va chorvachilikni rivojlantirishga
katta e’tibor berilmoqda. Bu yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatuvchi fermer va tadbirkorlarga
keng qulayliklar yaratilib, faoliyatlarini yanada kengaytirish uchun qo‘shimcha
imkoniyatlar taqdim etilmoqda.

Mamlakatimiz hukumati tomonidan kelajakni o‘ylab keng ko‘lamli amaliy sa’y-

harakatlar olib borilayotgan bo‘lsa-da, ayni kunlarda go‘sht narxi keskin ravishda oshib
ketishiga yo‘l qo‘ymaslik bilan bog‘liq chora-tadbirlarni ko‘rish, bozorlarga sifatli
go‘sht maxsulotalarini veterinariya sanitariya jihatdan tekshirish usullarini
takomillashtirish vazifalari dolzarb masala bo‘lib qolmoqda.

Tadqiqot maqsadi:

go‘shtdan namuna olish usullarini o‘rganish, go‘shtning

muhitini (pH) aniqlash, surtma tayyolash va go‘shtning yangiligini aniqlash.

Tadqiqot natijalari.

Go‘shtning yuqori sifatliligini aniqlashda organoleptik,

kimyoviy va bakteriologik usullar qo‘llaniladi. Ayrim vaqtda butun tana, yarim tana
go‘shtlarining sifatini tekshirishda bakterioskopiya yoki surtma tayyorlash usulidan
foydalaniladi. Go‘shtning yuqori sifatliligini aniqlashda va uni veterinariya-sanitariya
jihatidan baholashda zaruriy hollarda yangiligi tekshiriladi. Bu esa tekshirishning
maqsadini belgilaydi.

Namuna olish qoidasi.

Har qaysi tana go‘shtidan yoki nimtalardan namuna

olinadi, namunaning og‘irligi 200 gramm va butun bo‘lak bo‘lishi kerak. Namuna
asosan tananing quyidagi qismlaridan olinadi:

A).

Bo‘yin muskulidan – 4-, 5- bo‘yin umurtkasi ro‘parasidan.

B).

Tana go‘shtidan – ko‘krak sohasi qismidan.

D).

Sonning qalin muskullaridan.

Laboratoriyaga jo‘natilish paytida har qaysi namuna pergament qog‘ozlarga

alohida-alohida o‘raladi. Namuna o‘ralgan pergament qog‘oziga oddiy qalam bilan
go‘sht olingan tana raqami, to‘qimaning nomi yoki tekshirish uchun olingan organning
nomi yoziladi. Bir tana go‘shtidan olingan namunalarni temir qutiga joylashtirishda
ular paket qog‘ozchada birga o‘raladi, keyin bu qutining qopqog‘i yopilib
so‘rg‘ichlanadi. Bu namuna bilan jo‘natilayotgan hujjatda namuna olingan joyi, sana,


background image

134

hayvon turi, tana raqami, go‘shtning egasi, nima maqsadda tekshirilishi va
jo‘natilayotgan kishining imzosi bo‘ladi.

Organoleptik tekshirish usuli.

Go‘shtning tashqi yuzasini tekshirayotganda

avvalo uning rangiga e’tibor berilib, yuzasi kesib ko‘riladi. Go‘shtning yopishqoqligi
paypaslab aniqlanadi. Yangi kesilgan go‘sht yuzasini barmoq bilan bosib ko‘rish orqali
uning konsistentsiyasi aniqlanadi. Bosilganda go‘sht yuzasida hosil bo‘lgan chuqurcha
qo‘lni olgandan keyin tezda o‘z holatiga qaytsa bu go‘shtning yangiligidan dalolat
beradi. Hosil bo‘lgan chuqurcha bir daqiqa mobaynida o‘z holatiga qaytmasa bu go‘sht
yangi hisoblanmaydi.

Go‘shtning hidi tashqi va kesilgandan keyin ichki chuqur yuzasida aniqlanadi.

Go‘shtning hidi to‘g‘risida to‘laroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun go‘sht qaynatiladi.
Qaynash vaqtida chiqayotgan bug‘ yordamida hidi to‘laroq aniqlanadi. Shunday qilib
go‘shtning rangi, hidi, konsistentsiyasi aniqlangandan keyin, go‘sht yog‘ining hidi,
rangi va konsistentsiyasi aniqlanadi. Ilik mag‘zining rangi, hidi, g‘ovak naysimon
shakldagi suyaklar olib kelinganda tekshiriladi. Paylarning holati aniqlanayotganda
ularning hidiga, ranggiga va yaltirioqligiga e’tibor beriladi. Tekshirish xulosasiga
binoan, hidning kuchi va kategoriyasi aniqlanadi. Shunga muvofiq o‘tkir sezilarli, o‘rta
darajali, kuchsiz va juda kuchsiz hidlarga bo‘linadi.

Hidning kategoriyasi go‘shtning turiga, yangilik darajasiga, molning

so‘yilishidan oldingi holatiga bog‘liq bo‘ladi.

Hidlar tabiatiga ko‘ra quyidagicha tasnifga bo‘linadi: O‘ziga xos (Har xil

go‘shtlarga xos hidlar); badbo‘y; chirigan; oltingugurt vodorodi; zamburug‘ (Mog‘or
hidi); ozuqa; sassiq; achigan; noaniq.

Bakterioskopiya tekshirish.

Go‘sht namunasidan buyum shishachasida ikki

dona surtma tayyorlanadi: biri go‘shtning yuza qismidan, ikkinchisi go‘shtning chuqur
qismidan olinadi. Buni tayyorlash uchun kichik go‘sht bo‘lagi kesib olinib, kesilgan
tomoni shishaga bir marta tekkiziladi, keyin esa havoda quritiladi va quritilgan surtma
yonib turgan alanga ustidan o‘tkazilib, fiksatsiya qilinadi va Gram usulida bo‘yaladi.
Go‘shtning chuqur qismidan bu tarzda tayyorlangan surtmada mikroblar bo‘lmaydi,
yoki mikroskop tagida bir ikki dona mikroblar ko‘rinishi mumkin. Buzilgan go‘shtdan
tayyorlangan surtmada xech narsa ko‘rinmaydi.

Yangilikka gumon qilingan go‘shtlardan tayyorlangan surtmada mikroskop

tagida bir necha o‘nlab sharsimon shaklga ega bo‘lgan mikroblarni ko‘rish mumkin
(20-30). Namuna shishachasida buzulayotgan go‘shtdan tayyorlangan surtma bo‘lsa,
bunda to‘qimaning buzulgan holatidan boshqa narsa ko‘rinmaydi. Agar yangi
bo‘lmagan go‘shtdan surtma tayyorlangan bo‘lsa, surtmada ko‘plab sharsimon va
tayoqchasimon shakldagi mikroblarni ko‘rish mumkin.

Go‘sht ekstraktini tayyorlash.

Go‘sht ekstraktini tayyorlash uchun 25 gramm

go‘sht olinib, u yog‘dan, paydan va suyakdan ajratiladi, keyin 40-50 bo‘lakka bo‘linib,
250 ml. hajmli kolbaga solinadi. Bu kolbaga 100 ml. distirlangan suv quyilib, yaxshilab
aralashtiriladi. Bu go‘sht aralashmasi 15 daqiqa turgandan keyin (Shu orada 3 marta
qo‘zg‘atiladi) qog‘oz filtridan o‘tkazilib, filtrlanadi.

Qoidaga muvofiq yaxshi go‘shtdan tayyorlangan ekstrakt filtr qog‘ozidan tezda

o‘tadi va bu ekstraktning rangi tiniq bo‘ladi. Buzilish jarayoni ketayotgan go‘shtlardan
tayyorlangan ekstrakt filtrlanganda yomon filtrlanadi va olingan filtrat loyqa bo‘ladi.


background image

135

Vodorod ioni konsentratsiyasining ko‘rsatkichini aniqlash (pH)

Vodorod ioni konsentratsiyasining ko‘rsatkichini aniqlashda Mixaelis

shkalasidan (ko‘rsatkichidan) foydalanib, 6 xonali komparator yordamida aniqlanadi
(2-, 3- rasm).

6 5 4
1 2 3

2-rasm.

pH ni aniqlash uchun

3

-

rasm

. pH ni aniqlash uchun ishlatiladigan universal ionomer ishlatiladigan

komparator

Aniqlash texnikasi.

Ikkinchi nomerli probirkaga 2 ml tekshirilayotgan go‘sht

ekstraktidan quyiladi va bunga yana 1 ml indikator (Paranitrofinol), 4 ml distirlangan
suv qo‘shiladi; birinchi, uchinchi, probirkalarga 2 ml dan go‘sht ekstrakti va 5 ml
distirlangan suv qo‘shiladi, beshinchi nomerli probirkaga faqat 7 ml suv quyiladi.
Komparatorni to‘rtinchi va oltinchi xonalariga Mixaelis shkalasida joylashgan, rangi
ikkinchi probirkaga o‘xshash probirkalar tanlanadi, bu tanlangan probirkalarda pH
ko‘rsatkichi bo‘ladi.

Shunday qilib, sog‘lom mollardan olingan go‘shtda pH 5,8 – 6,0, qisman sifati

o‘zgargan go‘shtda pH 6,2 – 6,4, sifati juda yomon go‘shtda pH 6,7 dan yuqori bo‘ladi.

Xulosa.

Hukumatimiz tomonidan ko‘rilayotgan bunday chora-tadbirlar zamirida

yurtimizda inson manfaatlari ustuvorligi o‘z ifodasini topishi bilan bog‘liq ezgu amaliy
ishlar mujassam. Zero, xalqimiz turmush farovonligini yaxshilash, inson salomatligida
muhim bo‘lgan iste’mol mahsulotlari sifatiga doimiy e’tibor qaratish hukumatimiz
kundalik faoliyatidagi muhim mezonga aylangan. Go‘sht mahsulotlarini o‘z vaqtida
tekshirish usullarini takomillashtirish natijasida xalqimizning sifatli, arzon go‘sht
maxsulotlariga bo‘lgan talablarini qondirish maqsadga muvofiq sanaladi.




background image

136

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.

T.E.Ostonaqulov

va

boshqalar.

Qishloq

xo‘jalik

mahsulotlarining

veterinariya-sanitariya ekspertizasi, qayta ishlash texnologiyasi, gigiyenasi va
standartizatsiyasi. O‘quv qo‘llanma. Samarqand, 2013 yil.

2.

А.В.Смирнов. Практикум по ветеринарно-санитарной экспертизе.

Учебник. Санкт-Петербург ГИОРД, 2015 год.

3.

Б.С.

Сенченко. Ветеринарно-санитарная экспертиза продуктов

животного и растительного происхождения. Учебник. Ростов-на-Дону
Издательский центр «март», 2001 год.

Библиографические ссылки

T.E.Ostonaqulov va boshqalar. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarining veterinariya-sanitariya ekspertizasi, qayta ishlash texnologiyasi, gigiyenasi va standartizatsiyasi. O‘quv qo‘llanma. Samarqand, 2013 yil.

А.В.Смирнов. Практикум по ветеринарно-санитарной экспертизе. Учебник. Санкт-Петербург ГИОРД, 2015 год.

Б.С. Сенченко. Ветеринарно-санитарная экспертиза продуктов животного и растительного происхождения. Учебник. Ростов-на-Дону Издательский центр «март», 2001 год.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов