IQTISODIY ISLOHOTLAR DAVRIDA ASOSIY VOSITALARNING ROLI VA ULARNI HISOBGA OLISH MASALALARI

Аннотация

Bugungi kunda asosiy vositalar xo‘jalik yurituvchi subyektlarning
har qanday iqtisodiy faoliyatining eng muhim tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi. Ular
haqidagi ishonchli hisob va o‘z vaqtidagi tahlil qilinishi xo‘jalik yurituvchi
subyektning texnik jihozlanish darajasini, uning joriy mahsulot hajmini yoki xizmatlar
ko‘rsatishni to‘g‘ri baholashga imkon beradi va shu bilan birga ishlab chiqarish
rentabelligini oshirishni va raqobatbardoshligini taʼminlaydi. Shu boisdan biz ushbu
tadqiqotimizni iqtisodiy islohotlar davrida asosiy vositalarning roli va ularni hisobga
olish masalalariga bag‘ishladik. Ushbu masalaning samarali hal etilishi kelajakda
samarali boshqaruv qarorlari qabul qilinishiga sabab bo‘ladi bu ushbu maqolaning
maqsadi hisoblanadi.

Тип источника: Журналы
Годы охвата с 2022
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
559-571
3

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Курбонова S. (2025). IQTISODIY ISLOHOTLAR DAVRIDA ASOSIY VOSITALARNING ROLI VA ULARNI HISOBGA OLISH MASALALARI. Цифровая экономика, 7(7), 559–571. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/digital-economy/article/view/106974
Шахриноз Курбонова , Ферганский политехнический институт
Базовый докторант
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Bugungi kunda asosiy vositalar xo‘jalik yurituvchi subyektlarning
har qanday iqtisodiy faoliyatining eng muhim tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi. Ular
haqidagi ishonchli hisob va o‘z vaqtidagi tahlil qilinishi xo‘jalik yurituvchi
subyektning texnik jihozlanish darajasini, uning joriy mahsulot hajmini yoki xizmatlar
ko‘rsatishni to‘g‘ri baholashga imkon beradi va shu bilan birga ishlab chiqarish
rentabelligini oshirishni va raqobatbardoshligini taʼminlaydi. Shu boisdan biz ushbu
tadqiqotimizni iqtisodiy islohotlar davrida asosiy vositalarning roli va ularni hisobga
olish masalalariga bag‘ishladik. Ushbu masalaning samarali hal etilishi kelajakda
samarali boshqaruv qarorlari qabul qilinishiga sabab bo‘ladi bu ushbu maqolaning
maqsadi hisoblanadi.


background image

558

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

IQTISODIY ISLOHOTLAR DAVRIDA ASOSIY VOSITALARNING ROLI

VA ULARNI HISOBGA OLISH MASALALARI

Kurbonova Shaxrinoz Avazxonovna

Farg‘ona politexnika instituti, tayanch doktoranti

sh.kurbonova@ferpi.uz

Annotatsiya:

Bugungi kunda asosiy vositalar xo‘jalik yurituvchi subyektlarning

har qanday iqtisodiy faoliyatining eng muhim tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi. Ular
haqidagi ishonchli hisob va o‘z vaqtidagi tahlil qilinishi xo‘jalik yurituvchi
subyektning texnik jihozlanish darajasini, uning joriy mahsulot hajmini yoki xizmatlar
ko‘rsatishni to‘g‘ri baholashga imkon beradi va shu bilan birga ishlab chiqarish

rentabelligini oshirishni va raqobatbardoshligini taʼminlaydi. Shu boisdan biz ushbu

tadqiqotimizni iqtisodiy islohotlar davrida asosiy vositalarning roli va ularni hisobga
olish masalalariga bag‘ishladik. Ushbu masalaning samarali hal etilishi kelajakda
samarali boshqaruv qarorlari qabul qilinishiga sabab bo‘ladi bu ushbu maqolaning
maqsadi hisoblanadi.

Kalit so‘zlar:

asosiy vositalar, ishlab chiqarish faoliyati, ishlab chiqarish

bazasi, foydali foydalanish muddati, moddiy-texnik baza, texnik va texnologik daraja,
ishlab chiqarish jarayoni, asosiy vositalar tarkibi.

РОЛЬ ОСНОВНЫХ ФОНДОВ В ПЕРИОД ЭКОНОМИЧЕСКИХ РЕФОРМ

И ВОПРОСЫ ИХ УЧЕТА

Курбонова Шахриноз Авазхоновна

Ферганский политехнический институт, базовый докторант

sh.kurbonova@ferpi.uz

Аннотация:

Сегодня основные средства считаются важнейшей

составляющей любой хозяйственной деятельности хозяйствующих субъектов.

Достоверный учет и своевременный анализ их позволяют правильно оценить

уровень технической оснащенности хозяйствующего субъекта, его текущий

объем выпуска продукции или оказания услуг, обеспечивая при этом повышение

рентабельности и конкурентоспособности производства. Поэтому мы посвятили

наше исследование роли основных средств в период экономических реформ и

вопросам их учета. Эффективное решение этого вопроса приведет к принятию


background image

559

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

эффективных управленческих решений в будущем это и является целью данной

статьи.

Ключевые слова:

основные средства, производственная деятельность,

производственная база, срок полезного использования, материально

-

техническая база, технико

-

технологический уровень, производственный

процесс, состав основных средств.

THE ROLE OF FIXED ASSETS IN THE PERIOD OF ECONOMIC

REFORMS AND ISSUES OF THEIR ACCOUNTING

Kurbonova Shakhrinoz Avazkhonovna

Fergana polytechnic institute, basic doctoral student

e-mail: sh.kurbonova@ferpi.uz, tel:+998999981552.


Abstract:

Today, fixed assets are considered the most important component of

any economic activity of business entities. Reliable accounting and timely analysis of
them make it possible to correctly assess the level of technical equipment of an
economic entity, its current volume of output or provision of services, while ensuring
an increase in profitability and competitiveness of production. Therefore, we have
devoted our research to the role of fixed assets during the period of economic reforms
and the issues of their accounting. An effective solution to this issue will lead to
effective management decisions in the future, and this is the purpose of this article.

Keywords:

fixed assets, production activities, production base, useful life,

material and technical base, technical and technological level, production process,
composition of fixed assets.

KIRISH

Bozor munosabatlarning rivojlanishi va muvaffaqiyati talablardan biri bu xar bir

xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘z mulkiga, yaʼni asosiy vositalarga ega bo‘lish

idir,

zero asosiy vositalar ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘yish va har qanday
xizmatlarni ko‘rsatish uchun zaruratdir. Ushbu aktivlar odatda eng qimmat va korxona
uchun uzoq muddat xizmat ko‘rsatadi.

Shuningdek, asosiy vositalar korxonaning texnologik, texnik va ishlab chiqarish

bazasini shakllantirish orqali mehnat jarayonida muhim rol o‘ynaydi va shu bilan
xo‘jalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish samaradorligini, salohiyatini
aniqlashga imkon beradi. Har qanday ishlab chiqarish korxonasi asosiy vositalarga
muhtoj bo‘ladi, chunki ular ishlab chiqarish siklida, jarayonida ko‘p marta ishtirok
etadilar, o‘z qiymatini qisman yaratilgan mahsulotga o‘tkazadilar, lekin ayni paytda
shaklini o‘zgartirmaydilar [6].


background image

560

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Foydalanish davomida asosiy vositalar turli xil o‘zgarishlarga va harakatlarga

duch keladi, jumladan: foydalanishga topshirish, amortizatsiya,

maʼnan

eskirish,

taʼmirlash, modernizatsiya,

rekonstruksiya, sotish, shuningdek ko‘chirish yoki oxir

oqibat yo‘q qilish, bunda ularni hisobga olish muhim vazifalardan hisoblanadi, zero,
yuqorida aytib o‘tganimizdek asosiy vositalar bevosita ishlab chiqarilayotgan mahsulot
tannarxining shakllanishiga daxldordir bu umumiy korxonaning bozordagi

raqobatdoshligini taʼminlashga xizmat qiladi.

Bugungi kunga kelib biznesni muvaffaqiyatli olib borish uchun har qanday

korxona yetarli moliyaviy va mehnat resurslari bilan taʼminlanishi kerak, ammo

obyektlari binolar, inshootlar, texnologik uskunalar, transport vositalari va boshqalarni
o‘z ichiga olgan asosiy vosi

talarning maqbul tarkibi bilan taʼminlanish asosiy

masaladir [7].

Yuqoridagilardan tashqari asosiy vositalarni samarali va oqilona boshqarish

ulardan foydalanish xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyati natijalariga ham o‘z taʼsirini

o‘tkazadi. Bunda eng muhim vazifalardan biri bu asosiy vositalar to‘g‘risida qaror
qabul qilish uchun

maʼlumotlarning

yetarliligi hamda ularning iqtisodiy tahlil o‘tkazish

darajasi.

Asosiy vositalarni boshqarish va ulardan foydalanishning ratsionalligi butun

xo‘jalik yurituvchi su

byekt faoliyatiga bevosita taʼsir qiladi. Asosiy vositalar

to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun iqtisodiy tahlil o‘tkazish zarurati, buxgalteriya
hisobi va hisobotlarida aks ettirilgan

natijalar, hosil bo‘lgan dastlabki maʼlumotlar

qanchalik muhimligini ifoda etadi.

Fikrimizcha, iqtisodiy islohotlar davrida asosiy vositalarning roli va ularni

hisobga olish masalasining dolzarbligi shundaki, har doim ham iqtisodiy tahlil

faoliyatdagi o‘zgarishlarga tezkor munosabatda bildira olmaydi va bunda baʼzi

kamchiliklarga yo‘l qo‘yadi:

-

asosiy vositalarni tahlil qilishda xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatning

barcha jihatlarini turli sohalarning o‘ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda qamrab
olish murakkab va qiyin vazifalardandir;

-

tahlil natijalari har doim ham yo‘l qo‘yilayotgan ishdagi kamchiliklarni,

izohlashga o‘z vaqtida aniqlashga imkon bermaydi;

-

tahlil har doim ham batafsil va ishonchli maʼlumotlarga asoslanmaydi.

Shunday qilib, iqtisodiy islohotlar davrida asosiy vositalarni boshqarishni

ishonchli, to‘liq va o‘z vaqtida hisobga olish va tahliliy qo‘llab-quvvatlashni
shakllantirish talablari va asosiy vositalarni hisobga olish hamda tahlil qilishning
amaliy holati o‘rtasida nomuvofiqlik mavjud bo‘lib, bu asosiy vositalarni hisobga olish
va tahlil qilishni yanada takomillashtirishni talab qiladi hamda tadqiqotning
dolzarbligini ko‘rsatadi.


background image

561

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

ADABIYOTLAR TAHLILI

Fikrimizcha, iqtisodiy islohotlar davrida asosiy vositalarning roli va ularni

hisobga olish masalalari muhokama etishda, o‘zi asosiy vositalar nima, uni tarkibiga
nimalar kiradi shuningdek uning asosiy tushunchalarini sharhlash juda muhim, ushbu
holatni hisobga olgan xolda quyida mavzuni batafsilroq tushunish maqsadida biz
buxgalteriya sohasining yetakchi olimlari asarlariga murojaat qildik, ularning asosiy
vositalar tushunchasi to‘g‘risidagi ilmiy izlanishlarini o‘rgandik, bunda biz asosiy
urg‘uni hozirgi kundagi iqtisodiy islohotlar kontekstida ko‘rib chiqamiz.

Yurtimizning hozirgi kundagi buxgalteriya sohasining yetakchi olimlaridan

“Buxgalteriya hisobi” darsligi mualliflari K.B. Urazov va M.E. Po‘latov fikrlariga

eʼtibor qaratsak “Asosiy vositalar

— korxona tomonidan uzoq muddat davomida

xo‘jalik faoliyatini yuritishda mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki
xizmatlar ko‘rsa

tish jarayonida yoxud maʼmuriy va ijtimoiy

-madaniy vazifalarni

amalga oshirish maqsadida foydalanish uchun tutib turiladigan moddiy aktivlar” [1].

Shuningdek, K.B. Urazov va M.E. Po‘latov fikrlari ko‘ra korxona va

tashkilotlarning asosiy vositalarini turli belgilari bo‘yicha tasniflash mumkin, biz
ushbu tasnifni quyidagi rasm ko‘rinishiga keltirdik.

1-rasm. Asosiy vositalarini turli belgilari bo‘yicha tasniflanishi

1

Yurtimizning moliya sohasidagi yetakchi olimlaridan T.S. Malikov va O.O. Olimjonov

“Moliya” darsligida ham asosiy vositalarning roli va ularni moliyaviy ahamiyati haqida fikr yuritadi

hamda shunday taʼriflaydi “Umumlashtirilgan ko‘rinishda asosiy kapital mehnat vositalariga

(binolar, inshootlar, uzatish qurilmalari, mashinalar, dastgohlar, transport vositalari va foydali
foydalanish muddati 12 oydan oshadigan boshqa vositalar) sarflangan (joylashtirilgan) kapital
qiymatining bir qismidir. Shuning buxgalteriya balansida asosiy kapital aylanmadan tashqaridagi
aktivlar sifatida aks ettiriladi. Uning asosini asosiy vositalar tashkil etadi” [2].

1

Rasm muallif tomonidan tayyorlandi manba: Urazov K.B., Poʻlatov M.E. Buxgalteriya hisobi. Darslik.

— T.: “Innovatsion rivojlanish

nashriyot-matbaa uyi”, 2020, 558 bet.

Ishlab chiqarishda qatnashishiga

koʻra

• ishlab chiqarishdagi asosiy

vositalar

• noishlab chiqarish sohasidagi

asosiy vositalar

Amortizatsiya qilinishishiga
qarab

• amortizatsiya hisoblanadigan
• amortizatsiya hisoblanmaydigan

Soliq munosabatlariga koʻra

• mol-

mulk soligʻiga tortiladigan

• mol-

mulk soligʻiga

tortilmaydigan

Egalik qilish huquqiga koʻra

• xususiy asosiy vositalar
• ijaraga olingan asosiy vositalar


background image

562

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Shuningdek, T.S. Malikov va O.O. Olimjonov ham asosiy vositalar haqida fikr yuritib

eʼtiborni asosiy vositalarning pul shaklida ifodalanishiga qaratadi hamda

quyidagi rasmda keltirilgan

turlarga ajratadi.

2-rasm. Asosiy vositalarini turlari

2

F.T. Abduvaxidov, I.N. Qo‘ziyev va Sh.X. Dadabayev muallifligidagi

“Buxgalteriya hisobi” darsligida asosiy vositalarning mahsulot (ish va xizmat)lar
ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishi haqida to‘xtalib uning bevosita ishlab
chiqarish quvvatlarini baholash mezoni sifatida

eʼtirof

etadi “Asosiy vositalar deb,

uzoq muddat o‘zining tabiiy ko‘rinishini saqlab turadigan, asta-sekin eskiradigan va
ishlab chiqarilayotgan mahsulot qiymatiga o‘z qiymatini asta-sekin o‘tkazadigan
mehnat vositalariga aytiladi” [3] deb tariflaydi.

Shuningdek, ushbu darslikda mualliflar asosiy vositalarni bevosita ishlab

chiqarish mezoni sifatida ko‘rishadi va uning tasniflashni ham shu nuqtai nazardan
amalga oshirishadi, shundan kelib chiqqan holda biz quyidagi rasm orqali yanada
tushunarli ko‘rinishga keltirishga harakat etdik.


2

Rasm muallif tomonidan tayyorlandi manba: Moliya: Darslik. T.S. Malikov, O.O. Olimjonov; / – T.: “Iqtisod-Moliya” 2019. – 800

b.

binolar;

inshootlar (neft va gaz qazib

oluvchi, gidrotexnik,

transport xoʻjaligi inshootlari

va boshqalar);

uzatuvchi moslamalar (elektr
uzatuvchi, aloqa, quvurlar va

h.k.);

ishchi va kuch mashinalari va

dastgohlari;

oʻlchovchi va tartibga

soluvchi (oʻzgartiruvchi)

asbob (pribor)lar va

qurilmalar;

uy-joylar;

hisoblash texnikasi va

orgtexnika;

transport vositalari;

asbob(instrument)lar;

ishlab chiqarish va xoʻjalik

asbob (inventar)lari va

buyumlari;

ishchi va mahsuldor

qoramollar;

koʻp yillik oʻsimliklar.


background image

563

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

3-rasm. Asosiy vositalarning foydalanish jarayonidagi vazifasiga ko‘ra

bo‘linishi

3

Yurtimiz olimlarining asosiy vositalarning roli va ularni hisobga olish masalalari

to‘g‘risidagi fikrlari va ilmiy izlanishlarini o‘rganishdan tashqari rus olimlarining ham
bu boradagi izlanishlariga murojaat etdik. Misol tariqasida P.Ya. Papkovskaya
boshchiligidagi bir guruh rus olimlari muallifligidagi “Buxgalteriya hisobi”

darsligidagi taʼrifni keltirishimiz mumkin: “Asosiy vositalar

–bu moddiy ishlab

chiqarish va noishlab chiqarish sohasida mehnat vositasi sifatida ishlatiladigan turli xil
moddiy qiymatlar to‘plami. Bularga binolar, inshootlar, uzatish moslamalari, quvvat
va ishchi mashinalar, uskunalar, transport vositalari, hisoblash uskunalari,
inventarizatsiya, ishchi va mahsuldor chorva mollari, ko‘p yillik plantatsiyalar va bir
yildan ortiq xizmat ko‘rsatgan boshqa mulk kiradi. Ushbu mablag‘lar o‘zlarining tabiiy
va moddiy shakllarini saqlab qolgan holda iqtisodiy faoliyatda ko‘p marta
qatnashadilar. Ularning tannarxi amortizatsiya to‘lovlari shaklida qismlarga bo‘lib
yaratilgan mahsulotga o‘tkaziladi va sotish narxiga kiritiladi” [4].

Ushbu taʼrif yurtimiz olimlarining fikr va mulohazalari bilan

xam-ohangdir

biroq, asosiy vositalarni tasniflash yoki turlarga ajratish haqida gapirganda, ushbu
olimlar asosiy vositalarni mulk egaligi huquqi bo‘yicha ajratishni taklif etishadi.







4-rasm. Mulkchilik bo‘yicha asosiy vositalar tasniflash

4

3

Rasm muallif tomonidan tayyorlandi manba: Moliya: Darslik. T.S. Malikov, O.O. Olimjonov; / – T.: “Iqtisod-Moliya” 2019. – 800

b.

4

Rasm muallif tomonidan tayyorlandi manba:

Бухгалтерский учет: учеб. / П. Я. Папковская [и др.] ; под ред. П. Я. Папковской.

– 2-

е изд., испр. и доп.

Минск : РИПО, 2019.

375 с.

Ishlab chiqarishdagi

moddiy neʼmatlarni yaratishda ishtirok

etadi.

•foydalanishdagi;
•zaxiradagi;
•vaqtincha ishlatilmayotgan

.

Noishlab chiqarishdagi

moddiy neʼmatlarni yaratishda ishtirok

etmaydigan.

•uy-joy;
•kommunal-

xoʻjalik

;

•maishiy xizmat;
•sog

ʼ

iqni saqlash;

taʼlim va boshqalar

.

Xususiy asosiy vositalar

Ijaraga (lizinga) olingan asosiy

vositalar


background image

564

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Yana bir rus olimi professor V. G. Getman bosh muharrirligidagi “Buxgalteriya

hisobi” darsligida shunday taʼrif ber

iladi “Asosiy vositalar-mahsulot ishlab chiqarish,

ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatishda mehnat vositasi sifatida 12 oydan oshgan
muddatda foydalaniladigan mulkning bir qismi yoki tashkilotga iqtisodiy foyda
(daromad) keltira oladi; shu bilan birga, tashkilot keyinchalik vositalarni qayta sotishni
nazarda tutmaydi” [5].

Shu bilan birgalikda V. G. Getman asosiy vositalarni tasniflash uchun vaqt,

muddat nuqtai nazaridan

eʼtibor

qaratib uni quyidagicha guruhlarga ajratadi.

1-jadval

Asosiy vositalarni vaqt, muddat bo‘yicha tasniflash

5

Guruh

Foydalanish muddati

Asosiy vositalar obyektlaridan misollar

1-guruh

>1-yil, lekin

2-yil

Mashinalar va uskunalar

2-guruh

>2-yil, lekin

3-yil

Mashinalar va uskunalar
Transport vositalari
Ishlab chiqarish va xo‘jalik inventari
Ko‘p yillik ko‘chatlar

3-guruh

>3-yil, lekin

5-yil

Tuzilmalar va uzatish moslamalari
Mashinalar va uskunalar
Transport vositalari
Ishlab chiqarish va xo‘jalik inventari

4-guruh

>5-yil, lekin

7-yil

Binolar
Tuzilmalar va uzatish moslamalari
Mashinalar va uskunalar
Transport vositalari
Ishlab chiqarish va xo‘jalik inventari
Ishchi qoramol
Ko‘p yillik ko‘chatlar

5-guruh

>7-yil, lekin

10-yil

Binolar
Tuzilmalar va uzatish moslamalari
Mashinalar va uskunalar
Transport vositalari
Ishlab chiqarish va xo‘jalik inventari

6-guruh

>10-yil, lekin

15-yil

Tuzilmalar va uzatish moslamalari
Uylar
Mashinalar va uskunalar
Transport vositalari
Ishlab chiqarish va xo‘jalik inventari
Ko‘p yillik ko‘chatlar

5

Rasm muallif tomonidan tayyorlandi manba:

Бухгалтерский учет: учеб. / П. Я. Папковская [и др.] ; под ред. П. Я. Папковской.

– 2-

е изд., испр. и доп.

Минск : РИПО, 2019.

375 с.


background image

565

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

7-guruh

>15-yil, lekin

20-yil

Binolar
Tuzilmalar va uzatish moslamalari
Mashinalar va uskunalar
Transport vositalari
Ko‘p yillik ko‘chatlar

8-guruh

>20-yil, lekin

25-yil

Binolar
Tuzilmalar va uzatish moslamalari
Mashinalar va uskunalar
Transport vositalari
Ishlab chiqarish va xo‘jalik inventari

9-guruh

>25-yil, lekin

30-yil

Binolar
Tuzilmalar va uzatish moslamalari
Mashinalar va uskunalar
Transport vositalari

10-guruh

>30-yil

Binolar
Tuzilmalar va uzatish moslamalari
Uylar
Mashinalar va uskunalar
Transport vositalari
Ko‘p yillik ko‘chatlar

Ushbu tasniflash rus soliq

maʼmurchiligi

bo‘yicha asosiy vositalarga

amortizatsiya qo‘llash guruhiga to‘liq muvofiqdir.

METODOLOGIYA

Ushbu maqola normativ-

huquqiy hujjatlar, soha оlimlarining asarlari va

mutaxassislar

fikrlari, internet va ommaviy axborot vositalari maʼlumotlari qiyоsiy

tahlil etildi. Shuningdek ushbu tadqiqotda ilmiy abstraksiyalash, induksiya, deduksiya,

tizimli yоndashish kabi usullardan fоydalanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Yuqorida keltirilgan fikrlar va tahlil qilingan adabiyotlardan olingan xulosalarga

ko‘ra shuni aytishimiz mumkinki, iqtisodiy islohotlar davrida asosiy vositalarning roli
va ularni hisobga olish masalalari dolzarb masalalardandir. Zero, zamonaviy sharoitda
xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy vositalari uning moddiy-texnik bazasining
asosini tashkil etadi, uning texnik va texnologik darajasi, innovatsion yangiligi
mahsulot yoki bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlarning miqdori va sifatini
belgilaydi.

Shuni taʼkidlash kerakki, asosiy vositalarning tarkibi mahsulot ishlab

chiqarishda, turli xil ishlarni bajarishda, xizmatlar ko‘rsatishda yoki korxonaning

boshqaruv ehtiyojlari uchun nomaʼlum vaqt davomida mehnat vositasi sifatida

ishlatiladigan turli xil moddiy-texnik qiymatlarni aks ettiradi [8]. Bunday mablag‘larni
qayta sotish uchun ishlatish mumkin emas, faqat korxonaga daromad keltirishi kerak.


background image

566

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Iqtisodiy islohotlar davrida tadbirkorlik subyektlarini shakllanishida asosiy

manbasi uning moliyaviy resurslari hisobidan shakllangan asosiy vositalarini
hisoblanadi. Bu shuni anglatadiki, xo‘jalik yurituvchi subyekt tashkil etilganda asosiy
vositalar uning ustav kapitali hisobidan shakllantiriladi [9]. Bundan tashqari, xo‘jalik
yurituvchi subyekt faoliyati davomida asosiy vositalar turli xil turdagi daromadlar,

foyda hisobidan to‘ldiriladi va yangilanadi, taʼmirlanadi

modernizatsiya qilinadi.

Shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy vositalari shakllantirish manbalari
ham turli xil bo‘lishi mumkin: kreditlar, subsidiyalar va boshqalar.

Ko‘pincha asosiy vositalar xo‘jalik yurituvchi subyekt mol-mulki qiymatining

muhim qismini tashkil qiladi va umumiy faoliyatida uzoq muddatli foydalanish tufayli

moliyaviy natijalariga bevosita taʼsir qiladi.

Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning asosiy ishlab chiqarish tashkil etish

davomida asosiy vositalar hisobga olish bo‘yicha turli xil bosqichlardan iborat bo‘lgan
iqtisodiy siklni amalga oshiradi: asosiy vositalarning eskirishi hisobi, amortizatsiya
hisobi, asosiy vositalarni kirimi, chiqib ketish yoki to‘liq tiklash hisobi, ularni kapital
qo‘yilmalar bilan almashtirish hisobi.

Asosiy vositalarning yana bir jihati borki ular faoliyat davomida jismoniy va

maʼnaviy eskirib, yomonlashuvga duchor bo‘ladi, yaʼni jismoniy kuch

lar, texnik va

iqtisodiy omillar taʼsiri natijasida ular asta

-sekin o‘z xususiyatlarini yo‘qotadi,

yaroqsiz holga keladi va o‘z vazifalarini bajarishda davom eta olmaydi. Asosiy

vositalarni taʼmirlash, rekonstruksiya qilish va modernizatsiya qilish orqali

jismoniy

buzilish qisman tiklanadi. Maʼnan eskirish asosiy vositalar dizayni, mahsuldorligi,

samaradorligi va ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati jihatidan eng so‘nggi
modellardan orqada qolishida namoyon bo‘ladi. Shu hisobga olgan holda asosiy
vositalarni, xususan ularning faol qismini vaqti-vaqti bilan almashtirish zarur.

Shuning uchun, fikrimizcha buxgalteriya hisobida, asosiy vositalarni ishlab

chiqarish jarayonida foydalanish maqsadiga muvofiqligini hisobga olgan holda qayta
guruhlash va bu xususiyatini inobatga olgan holda tasniflash zarur. Shu munosabati
bilan biz quyidagi rasmda keltirilgan elementlarni yuqorida keltirilgan tasniflashlarga
va guruhlashlarga qo‘shishni taklif etamiz.




background image

567

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

5-rasm. Asosiy vositalarni ishlab chiqarish jarayonida foydalanish maqsadiga

muvofiqligi bo‘yicha tasniflash

6

Taklif etilayotgan asosiy vositalarni tasniflash va guruhlash bo‘yicha

qo‘shimchalar buxgalteriya hisobida va hisobotida tegishli hujjatlarni o‘z vaqtida
shakllanishini hamda asosiy vositalarni qabul qilish, ko‘chirish va tasarruf etishni
hisobga olishni takomillashtirishga sabab bo‘ladi. Endilikda mulk egasi uchun nafaqat
asosiy vositalarning haqiqiy moliyaviy ahvolini bilish, balki biznes sherikliklari,
aksiyadorlar yoki uchinchi shaxslar, investorlarning ham ishontira olish qobiliyatini
yuksalishiga olib keladi:

-

xo‘jalik yurituvchi subyekt asosiy vositalar bilan bog‘liq kelajakdagi iqtisodiy

foyda olish ehtimoli aniqlashtiriladi;

-

xo‘jalik yurituvchi subyekt asosiy vositalar narxini ishonchli baholash

mumkin bo‘ladi;

-

xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan davlat subsidiyalari, imtiyozli bank

kreditlarini olish imkoniyatlari oshadi.

Asosiy vositalarni jismoniy jihatdan baholashda mashinalar soni, ularning

quvvati va unumdorligi, ishlab chiqarish maydonlarining hajmi, shuningdek boshqa
miqdoriy qiymatlar belgi

lanadi. Ushbu turdagi maʼlumotlar xo‘jalik yurituvchi

subyektlar va tarmoqlarning ishlab chiqarish quvvatlarini tegishli hisob-kitoblarni
amalga oshirish, ishlab chiqarish dasturini rejalashtirish, shuningdek uskunalar ishlab
chiqarishni ko‘paytirish uchun zaxiralar uchun ishlatiladi. Shu maqsadda kompaniya
asbob-uskunalar obyektlarini inventarizatsiya qilish va sertifikatlashni, uni yo‘q qilish
va ishga tushirish faktlarini hisobga olishni amalga oshiradi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning asosiy vositalari ehtiyotkorlik bilan hisobga

olishni talab qiladi. Ularning holati, ishlashi, narxi va xususiyatlari to‘g‘risidagi

maʼlumotlar umum qabul qilingan meʼyoriy

standartlarda yoki korxona tomonidan

tasdiqlangan ichki hujjatlarni yuritilishi zarur.

6

Rasm muallif tomonidan tayyorlandi

Asosiy vositalarni

ishlab chiqarish jarayonida foydalanish mumkin;

taʼmirlash, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish

zarur;

ishlab chiqarish jarayonida foydalanish iqtisodiy

jihatdan samarali emas.


background image

568

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

Bugungi kundagi xar bir xo‘jalik yurituvchi subyekt oldida turgan muhim

vazifasi asosiy vositalarning, jumladan mashina va uskunalarning to‘liq quvvatlar bilan
ishlagan holda ulardan foydalanish samaradorligini oshirishdan iboratdir, chunki ular
zarur mahsulotlar ishlab chiqarishda, biznesning iqtisodiy rivojlanishi, yuksalishi,
istiqbolga erishishga imkon beradigan mulkiy kompleksini shakllantirishda ishlatiladi,
ifoda etiladi.

Zamonaviy talablar xar bir tadbirkorlik subyektiga aniq hisob kitoblarga

asoslangan boshqaruv qarorlarini qabul qilishni taqozo etadi, xususan asosiy
vositalarning passiv qismi: binolar, inshootlar va inventarlarni muntazam monitoring
qilish oshiqcha turganlaridan xalos bo‘lishni talab etadi, bu ularning faol qismidan
optimal foydalanishga imkonini beradi.

Muayyan vaqt ichida asosiy vositalarning trend tahlili ulardan foydalanishni

texnik tomondan tavsiflashga va ularni yaratish yoki sotib olishga investitsiyalarning

qanchalik taʼsir qilishini aniqlashga imkon beradi, o‘tkazilgan tadqiqot natijalari

asosida shuni aytishimiz mumkinki yuqorida taklif etilgan asosiy vositalarni ishlab
chiqarish jarayonida foydalanish maqsadiga muvofiqligi bo‘yicha tasniflash, bevosita
quyidagilarga

taʼsir ko‘rsatadi:

-

asosiy vositalarni faol qismining ajralishi va u bilan eng samarali, optimal

ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi belgilash mumkin bo‘ladi;

-

asosiy vositalar kapitalining rentabelligi oshadi;

-

asosiy vositalarning tarkibiy elementlarini optimallashtirish ishlab chiqarilgan

mahsulotlar hajmini oshirishga imkon beradi;

-

ishlab chiqarish bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirish va shu bilan iqtisodiy

rivojlanishining rentabelligini taʼminlash

mumkin bo‘ladi.

Bizning fikrimizcha, xo‘jalik yurituvchi subyektlarda asosiy vositalarning

mavjud tarkibi qismini yaxshilash uchun quyidagi chora tadbirlarni amalga oshirish
zarurati bor:

- uskunalarni muntazam texnik imkoniyatlarini monitoring qilish, xalqaro

darajadagi analoglari bilan solishtirish yangilab borish;

- ilg‘or turdagi uskunalar va mashinalar ulushining ko‘payishi natijasida

mahsulot tannarxining pasayishiga etishish;

- bino va inshootlardan to‘liq manfaatli foydalanish, bo‘sh joylarga qo‘shimcha

uskunalar o‘rnatish yoki ijaraga berish bilan shug‘ullanish;

- asosiy vositalarning yaralishi vaqtida, qurilish loyihalarini shakllantirishda

asosiy mezon sifatida energiya tejamkorlikmi belgilash;

- keraksiz va kam ishlatiladigan asosiy vositalardan xalos bo‘lish, yo‘q qilish

eng optimal mulkka,maydonga egalik qilish.

Xulosa qilib shuni taʼkidlash kerakki, xoʼjalik yurituvchi subyektlar

faoliyatining turli sohalarida asosiy vositalar tarkibi faqat ushbu tarmoqning o‘ziga xos


background image

569

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

xus

usiyatlari bilan belgilanadi. Shu bilan birga, maʼlum bir sohada faoliyat

ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari boshqa sohadagi ishlab chiqarishga ega
bo‘lishlari mumkin. Ishlab chiqarish jarayonlari mexanizatsiyalash va
avtomatlashtirish, texnik jihozlarning zamonaviy talablarga javob berish darajasi,
bugungi kundagi xar bir biznesni kelajagini belgilashga asos bo‘ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.

Urazov K.B., Po‘latov M.E. Buxgalteriya hisobi. Darslik. — T.: “Innovatsion

rivojlanish nashriyot-matbaa uyi”, 2020, 558 bet.

2.

Moliya: Darslik. T.S. Malikov, O.O. Olimjonov; / – T.: “Iqtisod-Moliya”

2019. – 800 b.

3.

Abduvaxidov F.T., Qo‘ziyev I.N., Dadabayev Sh.X. Buxgalteriya hisobi.

Darslik. —

Т.: TDIU, 2019.

— 403 b.

4.

Бухгалтерский учет : учеб. / П. Я. Папковская [и др.] ; под ред. П. Я.

Папковской.

– 2-

е изд., испр. и доп.

Минск : РИПО, 2019.

375 с.

5.

Бухгалтерский учет : учебник / под ред. проф. В.Г. Гетьмана.

— 3-

е изд.,

перераб. и доп.

Москва : ИНФРА

-

М, 2023.

591 с.

6.

Курбонова, Ш. А. (2023). ОСНОВЫ УЧЕТА ОСНОВНЫХ СРЕДСТВ В

УСЛОВИЯХ МОДЕРНИЗАЦИИ ЭКОНОМИКИ. In Устойчивое развитие:

анализ тенденций российской и мировой экономики (pp. 381

-384).

7.

Курбонова, Ш. (2024). ИҚТИСОДИЁТНИ ЭРКИНЛАШТИРИШ ВА

ДИВЕРСИФИКАЦИЯЛАШ ШАРОИТИДА ИҚТИСОДИЙ ТАҲЛИЛНИНГ

ТУТГАН ЎРНИ. Iqtisodiyot va taʼlim, 25(2), 397

-402.

8.

Морозова, А. В., Трубникова, Т. В., & Мартынова, Н. А. (2017).

Сущность, классификация и структура основных фондов организации.

Таврический научный обозреватель, (3

-2 (20)), 48-53.

9.

Avazxonovna, K. S. (2024). Principles and Features of the Development of

Fixed Asset Accounting. Journal of Intellectual Property and Human Rights, 3(4), 12-
18.

10.

Tohirovich, Q. N. (2024). THE ROLE OF RENTAL RELATIONS IN THE

FORMATION OF ENTREPRENEURSHIP. Gospodarka i Innowacje., 47, 326-331.

11.

Qudbiyev, N. T. (2023). KORXONALARNING INNOVATSION

STRATEGIYASINI ISHLAB CHIQISH XUSUSIYATLARI: KORXONALARNING
INNOVATSION STRATEGIYASINI ISHLAB CHIQISH XUSUSIYATLARI.

12.

Кудбиев, Д. (2022). Особенности Учета Основных Средств В

Узбекистане. P

eriodica Journal of Modern Philosophy, Social Sciences and

Humanities, 11, 142-149.


background image

570

BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT

“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 7-SON

WWW.INFOCOM.UZ

13.

Boxodir o‘g‘li, T. D. (2023). ISSUES OF FORMATION OF FINANCIAL

REРORTS IN THE DIGITAL ECONOMY. THE THEORY OF RECENT

SCIENTIFIC RESEARCH IN THE FIELD OF PEDAGOGY, 2(15), 77-81.

14.

Rakhmatillayevna, K. G. (2024). ENHANCING GLOBAL INVESTMENT

ALLURE IN CONSTRUCTION: STRATEGIES FOR SUCCESS. Conferencea, 53-
56.

15.

Зиёдинова, Н. (2023). ИНВЕСТИЦИОН ҚАРОРЛАР ҚАБУЛ

ҚИЛИШДА МОЛИЯВИЙ ҲИСОБОТЛАРНИНГ ЎРНИ. Ижтимоий

-

гуманитар

фанларнинг долзарб

муаммолари/Актуальные проблемы социально

-

гуманитарных наук/Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 3(S/2),

173-179.

Библиографические ссылки

Urazov K.B., Po‘latov M.E. Buxgalteriya hisobi. Darslik. — T.: “Innovatsion

rivojlanish nashriyot-matbaa uyi”, 2020, 558 bet.

Moliya: Darslik. T.S. Malikov, O.O. Olimjonov; / – T.: “Iqtisod-Moliya”

– 800 b.

Abduvaxidov F.T., Qo‘ziyev I.N., Dadabayev Sh.X. Buxgalteriya hisobi.

Darslik. — Т.: TDIU, 2019. — 403 b.

Бухгалтерский учет : учеб. / П. Я. Папковская [и др.] ; под ред. П. Я.

Папковской. – 2-е изд., испр. и доп. – Минск : РИПО, 2019. – 375 с.

Бухгалтерский учет : учебник / под ред. проф. В.Г. Гетьмана. — 3-е изд.,

перераб. и доп. — Москва : ИНФРА-М, 2023. — 591 с.

Курбонова, Ш. А. (2023). ОСНОВЫ УЧЕТА ОСНОВНЫХ СРЕДСТВ В

УСЛОВИЯХ МОДЕРНИЗАЦИИ ЭКОНОМИКИ. In Устойчивое развитие:

анализ тенденций российской и мировой экономики (pp. 381-384).

Курбонова, Ш. (2024). ИҚТИСОДИЁТНИ ЭРКИНЛАШТИРИШ ВА

ДИВЕРСИФИКАЦИЯЛАШ ШАРОИТИДА ИҚТИСОДИЙ ТАҲЛИЛНИНГ

ТУТГАН ЎРНИ. Iqtisodiyot va taʼlim, 25(2), 397-402.

Морозова, А. В., Трубникова, Т. В., & Мартынова, Н. А. (2017).

Сущность, классификация и структура основных фондов организации.

Таврический научный обозреватель, (3-2 (20)), 48-53.

Avazxonovna, K. S. (2024). Principles and Features of the Development of

Fixed Asset Accounting. Journal of Intellectual Property and Human Rights, 3(4), 12-

Tohirovich, Q. N. (2024). THE ROLE OF RENTAL RELATIONS IN THE

FORMATION OF ENTREPRENEURSHIP. Gospodarka i Innowacje., 47, 326-331.

Qudbiyev, N. T. (2023). KORXONALARNING INNOVATSION

STRATEGIYASINI ISHLAB CHIQISH XUSUSIYATLARI: KORXONALARNING

INNOVATSION STRATEGIYASINI ISHLAB CHIQISH XUSUSIYATLARI.

Кудбиев, Д. (2022). Особенности Учета Основных Средств В

Узбекистане. Periodica Journal of Modern Philosophy, Social Sciences and

Humanities, 11, 142-149.

Boxodir o‘g‘li, T. D. (2023). ISSUES OF FORMATION OF FINANCIAL

REРORTS IN THE DIGITAL ECONOMY. THE THEORY OF RECENT

SCIENTIFIC RESEARCH IN THE FIELD OF PEDAGOGY, 2(15), 77-81.

Rakhmatillayevna, K. G. (2024). ENHANCING GLOBAL INVESTMENT

ALLURE IN CONSTRUCTION: STRATEGIES FOR SUCCESS. Conferencea, 53-

Зиёдинова, Н. (2023). ИНВЕСТИЦИОН ҚАРОРЛАР ҚАБУЛ

ҚИЛИШДА МОЛИЯВИЙ ҲИСОБОТЛАРНИНГ ЎРНИ. Ижтимоий-гуманитар

фанларнинг долзарб муаммолари/Актуальные проблемы социальногуманитарных наук/Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 3(S/2),

-179.