173
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON
WWW.INFOCOM.UZ
ASOSIY VOSITALARNI HISOBGA OLISHDA SUNʼIY INTELLEKTDAN
FOYDALANISH MASALALARI
Kurbonova Shaxrinoz Avazxonovna
Fargʻona politexnika instituti, tayanch doktoranti
sh.kurbonova@ferpi.uz
Annotatsiya:
Bugungi kunda axborot texnologiyalar sohasining keskin
rivojlanishi, innovatsiyalar, raqamli iqtisodiyot jamiyat hayotining barcha jabhalariga
oʻz taʼsir
ini
oʻtkazmoqda. Ushbu sharoitda aksariyat sohalar rivojlanadi va ravnaq
topmoqda, shu bil
an birgalikda baʼzi tarmoqlar esa asta
-
sekin davr toʻlqinida
shoʻngʻimoqda. Asosiy vositalar xoʻjalik yurituvchi subyektning ish faoliyatining eng
muhim tarkibiy qismidir, uning hisobini samarali tashkil etish asosiy vazifalardandir.
Shundan kelib chiqqan holda biz ushbu tadqiqotimizni asosiy vositalarni hisobga
olishda sunʼiy intellektdan foydalanish masalalariga bagʻishladik, zero bugungi kunda
shiddat birlan rivojlanayotgan sunʼiy intellektga asoslangan texnologiyalar
buxgalteriya hisobi ga ham oʻz taʼsirini oʻtkazishi muqarrar. Shu boisdan bu boradagi
tadqiqotlar bugungi kunda juda dolzarb hisoblanadi, biz birinchi navbatda korxona
oʻzagi boʻlgan asosiy vositalar hisobini samarali tashkil etish va uning tahlilini
takomillashtirishga eʼtibor qaratishimiz
lozim.
Kalit soʻzlar:
sunʼiy intellekt, istiqbolli axborot texnologiyalari, subyekt
boshqaruv tizimi, asosiy vositalar, asosiy vositalarni hisobga olish, buxgalteriya hisobi
avtomatlashtirish, asosiy vositalar tarkibi.
ВОПРОСЫ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ИСКУССТВЕННОГО
ИНТЕЛЛЕКТА
ПРИ УЧЕТЕ ОСНОВНЫХ СРЕДСТВ
Курбонова Шахриноз Авазхоновна
Ферганский политехнический институт, базовый докторант
sh.kurbonova@ferpi.uz
Аннотация:
Сегодня стремительное развитие сферы информационных
технологий, инновации, цифровая экономика оказывают влияние на все сферы
жизни общества. В этих условиях большинство отраслей развивается и
процветает, в то время как некоторые отрасли постепенно угасают в волну
времени. Основные средства являются важнейшей составляющей деятельности
хозяйствующего субъекта, эффективная организация его учета является одной из
174
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON
WWW.INFOCOM.UZ
основных задач. Исходя из этого, мы посвятили наше исследование вопросам
использования искусственного интеллекта при учете основных средств,
поскольку сегодня стремительно развивающиеся технологии на основе
искусственного интеллекта неизбежно окажут влияние и на бухгалтерский учет.
Поэтому исследования в этой области сегодня очень актуальны, и в первую
очередь мы должны сосредоточиться на эффективной организации учета
основных средств, являющихся ядром предприятия, и совершенствовании его
анализа.
Ключевые слова:
искусственный интеллект, перспективные
информационные технологии, система управления субъектом, основные
средства, учет основных средств, автоматизация бухгалтерского учета,
состав основных средств.
ISSUES OF USING ARTIFICIAL INTELLIGENCE IN THE ACCOUNTING
OF FIXED ASSETS
Kurbonova Shaxrinoz Avazxonovna
Fergana polytechnic institute, basic doctoral student
sh.kurbonova@ferpi.uz
Abstract:
Today, the rapid development of information technology, innovation,
and the digital economy have an impact on all spheres of society. Under these
conditions, most industries are developing and thriving, while some industries are
gradually fading away in the wave of time. Fixed assets are the most important
component of the activity of an economic entity, the effective organization of its
accounting is one of the main tasks. Based on this, we devoted our research to the use
of artificial intelligence in accounting for fixed assets, since today rapidly developing
technologies based on artificial intelligence will inevitably have an impact on
accounting. Therefore, research in this area is very relevant today, and first of all we
must focus on the effective organization of accounting for fixed assets, which are the
core of the enterprise, and improving its analysis.
Keywords:
artificial intelligence, advanced information technologies, subject
management system, fixed assets, fixed assets accounting, accounting automation,
fixed assets composition.
KIRISH
Sunʼiy intellekt texnologiyalarining ilk namunalari paydo boʻlganiga yarim
asrdan ortiq vaqt boʻldi, shu davr mobaynida ushbu soha muntazam oʻrganilib
kelinmoqda. Bunday istiqbolli axborot texnologiyalarining yo
ʻ
nalishi, tizimlar,
175
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON
WWW.INFOCOM.UZ
tarmoqlar, ilmiy yutuqlar va sunʼiy intellektni qoʻllashning amaliy rivojlanishiga qarab
oʻzgarib turdi. Aksariyat sunʼiy intellekt texnologiyalarini ommaviy ravishda tijoratda
qoʻllash istiqbollari va kelajagi hisoblash quvvatlarining
yetarli emasligi, shuningdek,
talab qilinadigan maʼlumotlar hajmining yetarli emasligi yoki yoʻqligi tufayli
cheklangan edi. Yangi davr yaʼni 2000 va 2010
-yillarda kompyuterlarning tezligi va
xotirasining oshishi, shuningdek, internet tarmogʻining rivojlan
ishi va kengayishi
natijasida maʼlumotlar hajmining keskin oshishi bu sunʼiy intellekt rivojlanishi oldida
turgan toʻsiqlarini yengib oʻtishga imkon berdi [3].
Mutaxassislarning fikriga koʻra, 2023
-
2030 yillarda global sunʼiy intellekt
texnologiyalari va ular tomonidan taqdim etilayotgan yechimlari bozorining hajmi
196,6 milliarddan 1,8 trillion AQSH dollarigacha oʻsadi, oʻrtacha yillik oʻsish surʼati
37% tashki etadi [4]. McKinsey mutaxassislarining fikriga koʻra, sunʼiy intellektni turli
sohalarda joriy etishning umumiy iqtisodiy salohiyati 17,1 – 25,6 trillion AQSH
dollarigacha. Oʻsish ish jarayonlarini avtomatlashtirish orqali biznes samaradorligini,
mehnat unumdorligini oshirish orqali erishiladi, shuningdek bunda mahsulotlar
sifatining oshishi ham yuza
ga keladi bu pirovard natija foyda hajmiga ham oʻz taʼsirini
koʻrsatadi [5].
Iqtisodiyot rivojlanishining hozirgi bosqichida xoʻjalik yurituvchi subyektning
boshqaruv tizimida buxgalteriya hisobi muhim oʻrin tutadi. Shu bilan birga,
buxgalteriya hisobi tartib-taomillarining murakkabligi oshishi bilan uning uslubiyotini
ham takomillashtirish va uni raqamlashtirish, avtomatlashtirish zarurati ortib
bormoqda. Biroq sunʼiy intellekt asoslangan texnologiyalarini rivojlanishi,
buxgalteriya hisobining tub mohiyati
ni ham butunlay oʻzgartirib yuboradi. Mohiyatan
har bir xoʻjalik yurituvchi subyekt oʻz faoliyatini amalga oshirishda, soliq organlariga,
investorlar va boshqa kreditorlar belgilangan maʼlumotlar (hujjatlar, hisobotlar) taqdim
etadi. Birinchi bosqichda sha
xsiy kompyuter va dasturlarning paydo boʻlishi bilan
birlamchi hujjatlarga avtomatlashtirilgan ishlov berish imkoniyati paydo boʻldi,
fikrimizcha keyingi davr sunʼiy intellekt asoslangan texnologiyalar davri boʻladi bunda
hech chegaralarsiz maʼlumotlar qay
ta ishlanadi, tahlil etiladi va istiqboli prognozlash
amalga oshiriladi.
Buxgalteriya hisobi uchun asosiy afzallik boʻlib, sunʼiy intellektning muntazam
va takrorlanuvchi vazifalarni uzluksiz bajarish qobiliyati hisoblanadi, bunda buxgalter
tomonidan bu vazifalarni bajarishga ketadigan vaqt qisqaradi, shuningdek, kreativlik,
intellekt, aql-zakovat va ijodkorlikni talab qiladigan vazifalarni bajarish uchun inson
resurslarini ozod qiladi (strategik rejalashtirish, mijozlar bilan munosabatlarni tahlil
qilish va boshqalar).
Buxgalteriya hisobi uchun yana bir muhim afzallik bu maʼlumotlarni kiritishni
avtomatlashtirish boʻlib, u simvollarni optik tanib olish texnologiyasiga asoslangan
boʻlib, u inson tomonidan maʼlumotlarni qoʻlda kiritishni sunʼiy intellekt bila
n
176
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON
WWW.INFOCOM.UZ
skanerlash va hisob raqamlari, kvitansiyalar hamda boshqa moliyaviy hujjatlardan
maʼlumotlarni olish bilan almashtirish imkonini beradi. Bunday texnologiyadan
foydalanish kompaniyaga inson xatosi riskini istisno qilish imkonini beradi.
Yuqoridagilarni umumlashtirgan holda aytish mumkinki, buxgalteriya hisobini
yuritishda sunʼiy intellektdan foydalanadigan korxonalar muhim ustunlikka ega
boʻladi, masalan: turli darajadagi vazifalarni bajarish qobiliyati, shu bilan qoʻyilgan
vazifalarni bajarish vaqtini qisqartirish, insonning ijodiy faoliyati yuksaltirish. Shu
bilan birgalikda sunʼiy intellekt, potensial xavfli operatsiyalarni topish va tuzatish
imkoniyatini taqdim etadi, bu korrupsiya omilini kamaytirilishi, ijtimoiy masʼuliyat
darajasi past boʻlgan xodimlarni tavsiflash. Biroq sunʼiy intellektdan foydalanish
maʼlum muammolarni ham olib keladi, masalan, tizimli algoritmlarni yaratish, chunki
ushbu tizim ishlab chiqilganda korxona maxfiyligi pratakolari buziladi va shunga mos
ravishda kiruvchi maʼlumotlarnin
g sifati yomonlashadi, bu esa keyinchalik tizimning
buzilishiga olib kelishi mumkin. Sunʼiy intellekt har doim ham shaffof emas, u oʻz
algoritmlariga ega boʻlib, oʻz harakatlarining ketma
-ketligini insonga tushuntira
olmaydi, bu esa maʼlumotlarga aniqlik kiritilgan taqdirda ish maʼlumotlarini
oʻzlashtirishga toʻsqinlik qiladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Hozirgi vaqtda sunʼiy intellektning koʻplab taʼriflari mavjud, chunki uning
asosida mahsulotlar va xizmatlarning turli sohalarda faol joriy qilinishi terminning
mazmun-
mohiyatini oʻzgartiradi, bu esa sunʼiy intellektni amalga oshirishning barcha
yondashuvlarini qamrab oladigan toʻliq va yetarlicha moslashuvchan taʼrifni yaratishni
qiyinlashtiradi. Bundan tashqari, sunʼiy intellekt
— bu turli fanlar (kompyuter fanlari,
statistika, iqtisod, neyrobiologiya, tilshunoslik, psixologiya va falsafa) tadqiqotlariga
asoslangan keng qamrovli bilim sohasi boʻlib, ularning har biri oʻz konseptual tizimi,
tadqiqot sohasi va metodologik bazasiga asoslanadi.
Yuqoridagi fikrlarga muv
ofiq bir nechta taʼriflarni koʻrib chiqsak:
1)
sunʼiy intellekt
—
insonning bilim va koʻnikmalariga taqlid qilish imkonini
beruvchi (shu jumladan, mustaqil ravishda oʻrganish va yechimlarni izlash) hamda
aniq vazifalarni bajarishda inson aqliy faoliyati natijalari bilan taqqoslanadigan
natijalarni olish imkonini beradigan texnologik yechimlar majmui [1].
2)
sunʼiy intellekt
— bu insonning kognitiv funksiyalarini taqlid qilish va aniq
vazifalarni bajarishda uning intellektual faoliyati natijalari bilan taqqoslanadigan
natijalarni olish imkonini beruvchi texnologik yechimlar majmuasidir. Texnologik
yechimlar majmui dasturiy taʼminot, axborot
-kommunikatsiya infratuzilmasi,
maʼlumotlarni qayta ishlash va yechimlarni izlash jarayonlari va xizmatlarini oʻz ichiga
oladi [2].
177
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON
WWW.INFOCOM.UZ
3)
sunʼiy intellekt
—
informatikaning alohida sohasi boʻlib, odatda inson ongi
bilan bogʻliq imkoniyatlar: tilni tushunish, oʻrgatish, muhokama qilish, masalani
yechish, tarjima va shu kabi imkoniyatlarga ega kompyuter tizimlarini yaratish bilan
shu
gʻullanadi [6].
4)
sunʼiy intellekt
— bu intellektual tizimlarning (jumladan, kompyuter
dasturlarining, jumladan, neyron tarmoqlarining) funksiyalarni bajarish va
muammolarni hal qilish, shu jumladan, tizimda oldindan maxsus belgilanmagan
vazifalarni hal
qilish, oʻrganish va oʻz xatti
-harakatlarini aniq sharoitlarga
moslashtirish, shuningdek, ushbu sharoitlar va qoʻyilgan maqsadlardan kelib chiqqan
holda qarorlar qabul qilish xususiyatidir [7].
5)
sunʼiy intellekt
—
inson tomonidan yaratilgan va yangi maʼlumot yoki oʻz
faoliyatining obyektiv ifodalangan natijalarini yaratishga qodir boʻlgan kompyuter
dasturidir [8].
6)
sunʼiy intellekt
— inson tomonidan ishlab chiqilgan va kodlangan ratsional-
mantiqiy, rasmiylashtirilgan qoidalar majmuasi boʻlib, ular intellektua
l tuzilmalarni
yaratish, maqsadli ratsional harakatlarni amalga oshirish va qayta ishlab chiqish,
shuningdek, insondan qatʼi nazar, keyinchalik kodlash va instrumental qarorlarni qabul
qilish imkonini beradigan jarayonlarni tashkil qiladi [9].
Koʻrinib turibdiki, sunʼiy intellekt mohiyatini yagona tushunish mavjud emas va
ilgari surilgan taʼriflar oʻrtasida sezilarli farqlar va ziddiyatlar mavjud, biroq umumiy
konsesum shundan iboratki sunʼiy intellekt yangi davr fenomenidir. Shundan kelib
chiqqan holda biz
ning fikrimizcha, ushbu taʼrif koʻrib chiqilayotgan mavzu mohiyatini
yetarlicha toʻliq qamrab oladi.
Shundan kelib chiqib yuqorida berilgan taʼriflar sunʼiy intellekt arxitekturasi va
uning "intellektual qobiliyatlari"ga turli xil yondashuvlarni hisobga olgan holda
batafsil aniqlashga imkon beradigan xususiyatlari toʻplamini "topishga" urinishni
koʻramiz. Biroq, bizning fikrimizcha, sunʼiy intellekt texnologiyasining tarqalishi va
uning ijtimoiy munosabatlarning yangi sohalariga kirib borishini hisobga olgan holda,
munosabatlarning barcha jabhalarini qamrab olish va qarama-qarshiliklarning oldini
olish imkonini beradigan "sunʼiy intellekt" taʼrifini yanada rivojlantirish zarurati
tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
METODOLOGIYA
Ushbu tadqiqotning metodologik asosi sifatida ilmiy bilishning umumiy
tamoyillari (tizimlilik, obyektivlik), umum-falsafiy metod (dialektik), bilishning
umum-ilmiy metodlari (taqqoslash, abstraksiyalash), umumiy mantiqiy metodlar
(tahlil, sintez, induksiya, deduksiya, umumlashtirish, tasniflash), shuningdek rasmiy-
yuridik normativ-
huquqiy hujjatlar, soha оlimlarining asarlari sharhlash va boshqa
maʼlumotlari qiyоsiy tahlildan foydalanilgan.
178
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON
WWW.INFOCOM.UZ
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Sunʼiy intellektga asoslangan texnologiyalar kelajakda ish oʻrinlariga taʼsir
etishi muqarrardir, bu buxgalteriya hisobining ham kelajagini shakllantiradi va uning
istiqbolini belgilab beradi. Buxgalter hisobi doimo tahlil (moliyaviy, boshqaruv,
iqtisodiy) bilan uzviy bogʻliq boʻlib kelgan va bugungi kunda bu aloqa maʼlumotlar
va
mijozlar oʻrtasidagi hal qiluvchi halqaga aylanib bormoqda. Fikrimizcha sunʼiy
intellekt texnologiyalar kelajakda buxgalteriya hisobining roli va buxgalter kasbiga
boʻlgan talabga taʼsir qilishda davom etadi.
Demak, buxgalteriya hisobining kelajagi allaqachon mavjud va texnologiya
oʻzgarishlarning eng katta harakatlantiruvchi kuchiga aylanadi. Sunʼiy intellektni
buxgalteriya hisobida qoʻllash hamda uning rivojlantirish sohasidagi innovatsiyalar
axborot texnologiyalarning joriy etilishi bilan bogʻliqdir.
Shu oʻrinda shuni alohida
eʼtirof etish zarurki har qanday xoʻjalik yurituvchi subyektning faoliyati uning asosiy
vositalarni obyekt boshqaruvi, mulkiy qimmatliklardan foydalanish samaradorligi va
uning hisobi, tahlili bilan uzviy bogʻliqdir. Bu holda aso
siy vositalarni hisobga olish
uning mulk huquqi holati, xoʻjalik yuritishdagi ahamiyati, operativ va ishonchli
boshqarish, ijara, lizing, tekinga ishlatish huquqi asosida foydalanilishi mumkinligi
ancha murakkab vazifa hisoblanadi. Shu bilan birgalikda ushbu jarayondagi barcha
hollarda korxona asosiy vositalarning aniq, toʻgʻri, shaffof, buxgalteriya va soliq
hisobini tashkil etish majburiyati oʻz zimmasiga oladi.
Zamonaviy sharoitlar asosiy vositalarning buxgalteriya hisobi tashki etishda
korxonaning mol-m
ulki toʻgʻrisida toʻliq va ishonchli maʼlumotlarni olish va bu
maʼlumotlarni foydalanuvchilarga oʻz vaqtida yetkazish muhimligini koʻrsatmoqda,
bizningcha ushbu vositasi sifatida sunʼiy intellekt eng samarali yechimdir. Chunki
asosiy vositalarni hisobga olishning puxtaligi va aniqligi nafaqat korxona faoliyatining
natijalari, balki uning keyingi rivojlanishiga ham bogʻliq, bu vazifalar sunʼiy
intellektga asoslangan texnologiyalar yordamida samarali hal etish imkoni taqdim
etadi.
Asosiy vositalarni hisobga
olishda sunʼiy intellektdan foydalanish katta
maʼlumotlar va bulutli hisoblash texnologiyalarini qoʻllashga imkon beradi. Bunda
korxona ichida va tashqarisida joylashgan asosiy vositalar haqidagi katta hajmdagi
maʼlumotlarni toʻplash imkoni vujudga keladi,
intellektual moliyaviy tahlilni samarali
tashkil etiladi, bu buxgalteriya hisobini aniq va samarali qayta ishlash, risklarni nazorat
qilish va kelajakni bashorat qilish orqali taʼminlanadi.
Sunʼiy intellektdan foydalanish korxonaning barcha xoʻjalik faol
iyatidagi asosiy
vositalarni hisobga olishga va har qanday axborotni zaruriy hujjatlarda bir zumda aks
ettirish imkonini beradi. Sunʼiy intellektga asoslangan texnologiyalari eʼtiborsizlik
tufayli yoʻl qoʻyilgan arifmetik xatolar va noaniqliklarni istisno qiladi. Sunʼiy intellekt
179
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON
WWW.INFOCOM.UZ
soha mutaxassislarini toʻliq almashtirmaydi, lekin hisobni professional va tezkor
yuritish sharoitlarini taʼminlab, vaqtni sezilarli darajada tejashga imkon beradi.
Buxgalteriya hisobida sunʼiy intellektga asoslangan texnologiyalar
ni
muvaffaqiyatli foydalanish uchun bu jarayon nima ekanligini aniq tushunish kerak.
Shunisi aniqki turli dasturlar biznes, buxgalteriya hisobi sohasiga tobora faol kirib
bormoqda, ish jarayonlarini avtomatlashtirish va optimallashtirish uchun yangi zamin
yaratib koʻplab imkoniyatlarni ochmoqda.
Zamonaviy voqeliklarda sunʼiy intellektga asoslangan texnologiyalarni joriy
etish faoliyat samaradorligini oshirishning asosiy omiliga aylanmoqda. Shundan kelib
chiqqan holda va mavjud fikrlar tahlili shuni koʻrsat
moqdaki buxgalteriya hisobini
sunʼiy intellektga asoslangan texnologiyalardan foydalanish juda koʻplab vazifalarni
oqilona tashkil etishga imkon beradi bizningcha ularni quyidagi 1-rasmda keltirilgan
asosiy yoʻnalishlarga ajratish mumkin (1
-rasm).
1-rasm
. Buxgalteriya hisobida sunʼiy intellektni qoʻllashning asosiy
yoʻnalishlari
Ushbu yoʻnalishlardan kelib chiqqan holda asosiy vositalarni hisobga olishda
sunʼiy intellektdan foydalanish masalalarini tahlilini va qoʻllanilishini koʻrib
chiqishimiz mumkin, qulaylik yaratish maqsadida biz quyidagi 1-jadvaldan
foydalandik (1-jadval).
1
Rasm muallif tomonidan tayyorlandi.
Sun’iy intellektni
imkoniyatlari:
Doimiy vazifalarni avtomatlashtirish.
Aniqlikni oshirish.
Katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash.
Firibgarlikni aniqlash.
Xizmatlarni personallashtirish.
Prognozlashni yaxshilash.
180
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON
WWW.INFOCOM.UZ
1-jadval
Asosiy vositalarni hisobga olishda sunʼiy intellektdan foydalanish
№
Sunʼiy
intellektni
imkoniyatlari
Asosiy vositalarni hisobida qoʻllash
1.
Doimiy vazifalarni
avtomatlashtirish.
Sunʼiy intellekt asosiy vositalarni hisobi boʻyicha
hujjatlarni tasniflash, hisobvaraq-fakturalarni
ajratish, qurush, saqlash uchun ish haqini hisoblash
kabi vazifalarni tez va aniq hal qila oladi, bu esa
vaqtni tejashga imkon beradi.
2.
Aniqlikni oshirish.
Sunʼiy intellekt asosiy vositalarni hisobi boʻyicha
moliyaviy maʼlumotlar aniqlashtiriladi, bu esa
prognoz, moliyaviy tahlil va qaror qabul qilishdagi
noaniqliklarni oldini oladi.
3.
Katta hajmdagi
maʼlumotlarni
qayta
ishlash.
Sunʼiy intellekt ulkan moliyaviy maʼlumotlar bazasi
bilan ishlaydi, bu esa maʼlumotlarni qidirish va tahlil
qilishni osonlashtiradi
4.
Firibgarlikni aniqlash.
Sunʼiy intellekt shubhali moliyaviy operatsiyalar va
potensial firibgarlikni aniqlaydi, bu esa nazoratni
kuchaytirishga yordam beradi.
5.
Xizmatlarni
personallashtirish.
Sunʼiy intellekt vositalari buxgalteriya xizmatlarini
mijozlarning individual ehtiyojlariga moslashtiradi
6.
Prognozlashni yaxshilash.
Sunʼiy intellekt asosiy vositalardan foydalanish
yanada aniq moliyaviy prognozlarni yaratish
imkonini beradi
Yuqoridagilardan tashqari sunʼiy intellektga asoslangan texnologiyalarni joriy
etilishi buxgalteriya hisobi umumiy vazifalarini bajarishga yordam beradi, jumladan,
buxgalteriya asoslari, ikki tomonlama yozuv tamoyillari, turli xil hisobvaraqlar va
hisob usullari haqida maʼlumotlarni topishga yordam beradi. Shuningdek, sunʼiy
intellekt sizga atamalarni tushunishga va buxgalteriya hisobi tizimi qanday ishlashini
tushuntirishga yordam beradi.
Shuningdek sunʼiy
intellektga asoslangan texnologiyalar bilan buxgalteriya
hisobi va uning xizmatlarini integratsiyalashishi bir qancha imkoniyatlarni taqdim
etadi:
- Odatiy vazifalarni avtomatlashtirish: birlamchi hujjatlarni tayyorlash,
hisobvaraq-fakturalarni qayta ishla
sh, ish haqi va soliq toʻlovlarini hisoblash;
-
Qaror qabul qilishda yordam berish uchun moliyaviy maʼlumotlarni tahlil
qilish: daromadlar, xarajatlar, aktivlar va majburiyatlar;
2
Jadval muallif tomonidan tayyorlandi.
181
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON
WWW.INFOCOM.UZ
-
Moliyaviy hisobotni tayyorlash: balans, moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi
h
isobot, pul mablagʻlari harakati toʻgʻrisidagi hisobot va boshqalar;
- Moliyaviy operatsiyalarni nazorat qilish va audit qilish, xato va
qoidabuzarliklarni aniqlash;
- Byudjetni boshqarish: xarajatlarni rejalashtirish va moliyaviy oqimlarni
optimallashtirish;
- Soliq solishni optimallashtirish: optimal soliq strategiyasini tanlash va soliq
risklarini minimallashtirish;
- Moliyaviy modellashtirish: kelajakdagi moliyaviy natijalarni bashorat qilish va
investitsiya loyihalarini baholash.
Sunʼiy intellekt texno
logiyalarining jadal rivojlanishiga qaramay, shuni
taʼkidlash kerakki, sunʼiy intellektni buxgalteriya hisobida joriy etish, masalan, bank
va investitsiya sohalariga nisbatan sekinroq kechmoqda. Bunday holat buxgalteriya
jarayonlarida talab qilinadigan yuq
ori aniqlik va shaffoflik bilan bogʻliq boʻlib, bunda
kichik xato salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin [12-16].
Shuningdek, sunʼiy intellekt modellariga turli xil hisob standartlari (masalan,
GAAP yoki IFRS) kabi buxgalteriya hisobining oʻziga xos jihatl
arini, shuningdek,
tegishli qonunchilik talablarini hisobga olishi, mumkin boʻlgan ixtisoslashtirilgan
algoritmlar hali yetarli emas. Modellashtirish uchun yuqori sifatli va
standartlashtirilgan maʼlumotlarni talab qiladi, bu koʻpincha real buxgalteriya
amaliyotida etishmaydi.
Bundan tashqari, buxgalteriya hisobining oddiy avtomatlashuviga nisbatan
konservativ boʻlgan buxgalteriya xodimlari sunʼiy intellektga nisbatan ikki baravar
ehtiyotkorroq, shu jumladan avtomatlashtirish ularning ish joylarini almashtirishi
mumkinligi haqidagi xavotirlar ham bor.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Shunday qilib sunʼiy intellekt, avtomatlashtirish, robotlashtirish va blokcheyn
texnologiyalari koʻp mehnat talab qiladigan inson ish kuchini siqib chiqaradi va
mutaxassislarga yanada professional tahliliy ishlarni bajarishlarini talab etadi.
Iqtisodiyot rivojlanishining zamonaviy darajasi buxgalterdan analitik tahlili bilimlarini
talab qiladi, bu unga nafaqat hisob siyosatini ishlab chiqish va yangi vazifalarni
belgilash, balki har bir faoli
yat yoʻnalishi boʻyicha barcha boshqaruv qarorlarini
axborot bilan taʼminlash imkonini beradi. Rejalashtirish, strategiya ishlab chiqish va
tahlil qilish kabi zamonaviy koʻnikmalarni egallab, buxgalterlar korxona ishiga yanada
koʻproq hissa qoʻshadilar.
Bizningcha buxgalteriya hisobida sunʼiy intellektni joriy etish va undan
foydalanish uchun quyidagilarni amalga oshirish yanada samarali boʻladi:
182
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON
WWW.INFOCOM.UZ
1. Avtomatlashtirish uchun vazifalarni belgilash. Sunʼiy intellektga asoslangan
texnologiyalar yordamida optim
allashtirish mumkin boʻlgan korxonaning odatiy,
takrorlanuvchi buxgalteriya jarayonlarini tahlil qilish osonlashadi. Sunʼiy intellektga
asoslangan texnologiyalarni joriy etish orqali hal qilinishi mumkin boʻlgan
buxgalterlar ishidagi kamchiliklar va qiyinchiliklarni oldi olinishiga erishiladi.
2. Mos sunʼiy intellektga asoslangan texnologiyalar tanlash. Turli xil sunʼiy
intellektga asoslangan texnologiyalar imkoniyatlarini oʻrganib va ulardan qaysi biri
aniq buxgalteriya masalalariga koʻproq mos kelishini b
elgilash. Optimal yechimni
topish uchun bir nechta variantlar bilan tajribalar oʻtkazish.
3. Buxgalteriya hisobida sunʼiy intellektning yuqori sifatli maʼlumotlariga
asoslanib oʻrganish. Sunʼiy intellektga asoslangan texnologiyalar juda koʻplab
maʼlumotlar
taqdim etishi mumkin, biroq biz yetarli miqdordagi ishonchli
maʼlumotlarga ega ekaningizga ishonch hosil qilishimiz kerak.
4. Sunʼiy intellektga asoslangan texnologiyalar biznes jarayonlariga integratsiya
qilish. Mavjud buxgalteriya tizimlari va ilovalariga mos keladigan neyron tarmoqlarini
joylashtirishning samarali usullarini topish zarur. Buxgalteriya ishini buzmaslik uchun
avtomatlashtirilgan yechimlarga ravon oʻtishni taʼminlash darkor.
5. Xodimlarni oʻqitish va qayta tayyorlash. Buxgalterlarni sunʼiy intellektga
asoslangan texnologiyalari bilan ishlashga oʻrganishlar zarur. Bunda buxgalterlar
sunʼiy intellektga asoslangan texnologiyalar, avtomatlashtirish afzalliklarini
tushunishlari va yangi texnologiyalarni qabul qilib oʻrganishlari kerak.
Xul
osa qilib aytganda iqtisodiy muhit shiddat bilan oʻzgarib borayotgan
sharoitda sunʼiy intellektdan foydalanish odatiy ishlarga ketadigan vaqtni qisqartirish,
shuningdek, ishlash samaradorligini oshirish uchun maqsadga muvofiqdir. Sunʼiy
intellektni buxgalteriya hisobida muvaffaqiyatli joriy etish uchun ushbu sohaga tegishli
ijtimoiy-
iqtisodiy omillarni oʻz ichiga olgan strategiyani yaratish zarur. Umuman
olganda, buxgalteriya hisobida sunʼiy intellektdan toʻgʻri foydalanish korxonaning
moliyaviy aktivlaridan foydalanishning mutlaqo yangi darajasiga olib keladi. Asosiy
vositalarni hisobga olishda sunʼiy intellektdan foydalanish masalalari kelsak bunda
korxonaning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda qoʻllaniladi va inson
omilini almashtirmaydi, balk
i uni toʻldiradi va rivojlantiradi. Kelgusida harbiy qism
moliya organida moliyaviy hisobni tashkil etishda ham baholash, imkoniyatlar, sunʼiy
intellekt elementlarini aniqlash uchun qoʻllanilishi mumkin.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI
1.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sunʼiy intellekt texnologiyalarini
2030-
yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash”gi toʻgʻrisida qarori,
14.10.2024 yildagi PQ-358-son.
183
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON
WWW.INFOCOM.UZ
2.
Указ Президента Российской Федерации “О развитии искусственного
интеллекта в Российской Федерации” от 10.10.2019 г. № 490
3.
Muthukrishnan, N., Maleki, F., Ovens, K., Reinhold, C., Forghani, B., &
Forghani, R. (2020). Brief history of artificial intelligence. Neuroimaging Clinics of
North America, 30(4), 393-399.
4.
Adedoyin, F. F., & Christiansen, B. (Eds.). (2024). Generative AI and
Multifactor Productivity in Business. IGI Global.
5.
McKinsey. (2023). The State of AI in 2023: Generative AIʼs breakout year.
Global Survey results. Retrieved from https:// www.the-digital-
insurer.com/library/library-mckinsey-thestate-of-ai-in-2023-generative-ais-breakout-
year/
6.
Otaqulov, O. X., & Pulatova, G. A. Q. (2021). Sunʼiy intellekt va
uning
insoniyat faoliyatida tutgan oʻrni. Scientific progress, 2(8), 929
-935.
7.
Ерахтина, Е. А., & Тирранен, В. А. (2019). Преступления, совершаемые
с использованием искусственного интеллекта: проблемы квалификации и
расследования. Вестник Сибирского юридического института МВД России, (2
(35)), 36-41.
8.
Синельникова, В. Н., & Ревинский, О. В. (2017). Права на результаты
искусственного интеллекта. Копирайт. Вестник Российской академии
интеллектуальной собственности и Российского авторского общества, (4), 17
-27.
9.
Резаев, А. В., & Трегубова, Н. Д. (2019). «Искусственный
интеллект»,«онлайн
-
культура»,«искусственная социальность»: определение
понятий. Мониторинг общественного мнения: экономические и социальные
перемены, (6 (154)), 35
-47.
10.
Tohirovich, Q. N. (2021). International financial accounting standards in
Uzbekistan. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal,
11(4), 328-333.
11.
Kunduzova, K. I., Qudbiyev, N. T., & Asatullayeva, N. Y. Q. (2022).
Iqtisodiyotning modernizatsiyalash sharoitida asosiy vositalar hisobini
takomilashtirish masalalari. Scientific progress, 3(3), 837-846.
12.
Кудбиев, Д. (2022). Особенности Учета Основных Средств В
Узбекистане. Periodica Journal of Modern Philosophy, Social Sciences and
Humanities, 11, 142-149.
13.
Курбонова, Ш. А. (2023). ОСНОВЫ УЧЕТА ОСНОВНЫХ СРЕДСТВ
В УСЛОВИЯХ МОДЕРНИЗАЦИИ ЭКОНОМИКИ. In Устойчивое развитие:
анализ тенденций российской и мировой экономики (pp. 381
-384).
14.
Avazxonovna, K. S. (2024). Principles and Features of the Development
of Fixed Asset Accounting. Journal of Intellectual Property and Human Rights, 3(4),
12-18.
184
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY-ELEKTRON JURNALI | 9-SON
WWW.INFOCOM.UZ
15.
Ibragimova, Z. (2024). Korxonalarda boshqaruv hisobining o ‘rni, uning
moliyaviy hisobdan farqli jihatlari. YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT,
2(6).
16.
Курбонова, Ш. (2024). ИҚТИСОДИЁТНИ ЭРКИНЛАШТИРИШ ВА
ДИВЕРСИФИКАЦИЯЛАШ ШАРОИТИДА ИҚТИСОДИЙ ТАҲЛИЛНИНГ
ТУТГАН ЎРНИ. Iqtisodiyot va taʼlim, 25(2), 397
-402.