5
“Raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnali | №1-son | 2022
IQTISODIYOTNI RAQAMLASHTIRISH SHAROITIDA
INNOVATSION KOMPONENT
Xudaynazarova D.X.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti katta
o‘qituvchisi
Annotatsiya:
Innovatsion iqtisodiyotning rivojlanishi zamonaviy sharoitda
davlatning raqobatbardoshlik darajasini oshirishni ta’minlaydi. Maqolada “innovatsiya”
tushunchasi yangilik sifatida va iqtisodiy kategoriya sifatida ochib berilgan.
Raqamlashtirish innovatsion rivojlanishga yo‘naltirilgan iqtisodiy jarayonlarni
harakatlantiruvchi kuch bo‘lib xizmat qilayotgan sharoitlarda innovatsiyalarni joriy etish
xususiyatlari ko‘rib chiqilgan. Raqamlashtirish sharoitida davlatlar iqtisodiy
rivojlanishining asosiy istiqbolli yo‘nalishlari ko‘rib chiqilgan.
Аннотация:
Развитие инновационной экономики обеспечивает повышение
уровня конкурентоспособности государства в современных условиях. В статье
раскрывается понятие «инновации» как новшества и экономической категории.
Рассмотрены особенности внедрения инноваций в условиях, когда цифровизация
выступает в качестве движущей силы экономических процессов, направленных на
инновационное развитие. Рассмотрены основные перспективные направления
экономического развития государств в условиях цифровизации.
Annotation:
The development of an innovative economy ensures an increase in the
level of competitiveness of the state in modern conditions. The article reveals the concept
of “innovation” as an innovation and an economic category. The features of the
introduction of innovations in the conditions when digitalization acts as a driving force
of economic processes aimed at innovative development are considered. The main
promising directions of the economic development of states in the context of
digitalization are considered.
Iqtisodiy jarayonlarni raqamlashtirish davlat siyosatining zamonaviy yo‘nalishlaridan
biridir. Iqtisodiyotni raqamlashtirish ham nazariy, ham amaliy jihatdan ilmiy tadqiqotlar
uchun dolzarb mavzudir. Buning sababi, davlat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini
oshirish maqsadida innovatsion texnologiyalarni yaratish va rivojlantirish jarayonida
raqamlashtirish katta rol o‘ynamoqda. Tadqiqot muammosi sifatida raqamli iqtisodiyot
institutlarini shakllantirish va rivojlantirish, zamonaviy davlatda innovatsion
komponentni shakllantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish imkoniyatlarini
o‘rganish ko‘rib chiqildi.
6
“Raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnali | №1-son | 2022
Raqamli texnologiyalardan foydalanish darajasi davlat va jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari va barqaror dinamikasini oldindan belgilab
beradi. Innovatsiyalar bilan bog‘liq iqtisodiy jarayonlarni jadallashtirishning
harakatlantiruvchi kuchi sifatida zamonaviy raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish
xususiyatlari ko‘plab zamonaviy tadqiqotchilar, shu jumladan O.V. Bartyuk [1],
J.U. Qambarova [2], A.A. Kisurkin [3], I.L. Kovalyov [4], L.A. Milnikova [5],
I.V. Solovyova, L.I. Ushvitskiy [6], E.V. Shilova [7] va boshqa mualliflar ishlarida ko‘rib
chiqilgan.
Tadqiqot maqsadi - raqamli iqtisodiyotning zamonaviy sharoitida innovatsiyalarni
yo‘lga qo‘yish xususiyatlarini ko‘rib chiqishdir
.
Zamonaviy iqtisod sharoitida aynan bilimlarga asoslangan innovatsion iqtisodiyotni
rivojlantirish orqali iqtisodiy o‘sish istiqbollariga erishish va davlatning jahon bozorida
raqobatbardoshligini oshirish mumkin.
“Innovatsiya” tushunchasini tavsiflab, L.A. Milnikova o‘zining ilmiy ishlarida ba’zi
olimlar “innovatsiya”ni “yangi kiritma” deb o‘rganishlarini, boshqalar esa uni
innovatsion faoliyat natijasi deb ta’riflashlarini, boshqalar esa yangilikka sarmoya sifatida
tushunishlarini ko‘rsatgan. Shubhasiz, innovatsiya - bu ilmiy va tadbirkorlik faoliyatining
yakuniy natijasi holidagi yangilik bo‘lib, ilmiy loyihaga sarmoya sifatida talqin etiladi.
Innovatsiyalar iqtisodiy kategoriya sifatida innovatsion jarayonlarda ishtirok etuvchi
bilimlar majmui sifatida qaraladi, va o‘z navbatida bu iqtisodiy samara beradigan va
zamonaviy jamiyat ehtiyojlarini qondiradigan tyexnologik o‘zgarishlarni belgilovchi
harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi. Innovatsiyalarning roli doimiy ravishda o‘sib
bormoqda va innovatsiya, innovatsion jarayon, innovatsion salohiyat, raqamlashtirish
tushunchalari bilan bog‘liq. Bu jihat innovatsion rivojlanish dinamikasini ko‘rsatadigan
harakat elementlarining mavjudligini tavsiflaydi [5].
Ustuvor innovatsion rivojlanishni amalga oshirish ichki innovatsion salohiyat va
boshqaruvning samarali ta’siri tufayli yuzaga keladi. Innovatsion rivojlanish strategiyasi
davlatdagi innovatsion jarayonlarni tartibga solish uchun ishlab chiqilgan. Muayyan
boshqaruv ta’sirni ishlab chiqishda zamonaviy iqtisodiyotning innovatsion rivojlanish
shartlari va omillarini hisobga olish kerak [6].
O.V.Bartyukning ta’kidlashicha, keng ma’noda innovatsion rivojlanish va iqtisodiy
o‘sish omillari deganda ma’lum bir miqdoriy va sifatiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarning
ijobiy o‘zgarishiga yordam beradigan jarayonlar tushunilishi kerak. Muallifning fikriga
ko‘ra, innovatsion iqtisodiy o‘sish omillarini ta’sir qilish usuli bo‘yicha shunday
tasniflashni ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir:
1) to‘g‘ridan-to‘g‘ri - innovatsion salohiyatni shakllantirishga va innovatsiyalarni
amaliyotda qo‘llash samaradorligiga ta’sir qiluvchi omillar. Bu guruh omillarining
shakllanishiga milliy innovatsion tizimning (MIT) ichki elementlari va resurslari ta’sir
ko‘rsatadi;
7
“Raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnali | №1-son | 2022
2) bilvosita - innovatsion salohiyatni shakllantirish va uni amalga oshirish
imkoniyatlarini yaratuvchi omillar. Ushbu guruh omillarining shakllanishiga MITning
tashqi elementlari ta’sir qiladi [1].
A.A.Kisurkinning tadqiqotida mintaqaning innovatsion rivojlanishiga ta’sir qiluvchi
omillarning tasnifi berilgan bo‘lib, ular 12 ta blokga bo‘lingan ko‘p mezonli tasniflash
usuli bilan olingan va o‘rganish obyektiga ta’sir qilishi bo‘yicha ular barcha omillarning
ma’lum bir usuliga mansubligiga qarab parchalanishini nazarda tutadi. Muallif mamlakat,
mintaqa yoki viloyatning innovatsion rivojlanish darajasini aniqlash imkonini beruvchi
75 ta omilni aniqlagan [3]. Innovatsion rivojlanishning asosiy tasniflash mezonlari va
omillari 1-jadvalda keltirilgan.
1-jadval
Tizimlarning innovatsion rivojlanish omillari
№
Tavsiflanish mezonlari
Innovatsion rivojlanish omillari
1
Ta’sir qilish darajasi
Makrodarajali, mezodarajali
2
Iqtisodiyot subyektiga munosabati Tashqi, ichki
3
Faoliyat sharoitlariga munosabati
Subyektiv, obyektiv
4
Ta’sir qilish xarakteri
To‘g‘ridan-to‘g‘ri, bilvosita
5
Ta’sir qilish usuli
Vositali, vositasiz
6
Tarqalish darajasi
Umumiy, maxsus
7
Muhitga munosabat
Talab, taklif
8
Rivojlanishdagi roli
Asosiy, yordamchi
9
Ta’sir etish darajasi
Muhim, ahamiyatsiz
10 Ta’sir etish oqibatlari xarakteri
Ijobiy, salbiy
11 Namoyon bo‘lish chastotasi
Doimiy, o‘zgaruvchan
12 Boshqarish imkoniyatlari
Boshqariluvchi, shartli ravishda
boshqariluvchi
13 Amalga oshirish shakli
Moddiy, moddiy emas
14 Nazorat imkoniyatlari
Nazoratli, nazoratsiz
15 Qabul qilinadigan qarorlar
Strategik, taktik
16 Faollik darajasi
Faol, neytral
Shunday qilib, ilmiy adabiyotlarda innovatsion jarayonlarning natijalarini belgilovchi
omillar yetarli darajada batafsil o‘rganilgan. Ko‘pgina olimlar tadbirkorlik subyektiga
nisbatan innovatsion rivojlanish omillarining ikkita katta guruhini ajratib ko‘rsatishadi:
tashqi va ichki muhit omillari. Har doim tashqi va ichki omillar o‘rtasida dialektik o‘zaro
ta’sir va o‘zaro bog‘liqlik mavjud: ichki omillar rivojlanish dvigateli, tashqi omillar esa
rivojlanish uchun sharoitdir [6].
Ko‘pgina zamonaviy tadqiqotchilar innovatsion rivojlanishning tashqi va ichki,
asosiy va yordamchi, obyektiv va subyektiv, nazoratli va nazoratsiz, muhim va
8
“Raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnali | №1-son | 2022
ahamiyatsiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevosita) va bilvosita (vositali) omillarining obyektiv
mavjudligi, o‘zaro bog‘liqligi, o‘zaro kirimliligi va o‘zaro ta’siriga e’tibor qaratmoqdalar.
Ko‘rib chiqilgan omillarni hisobga olgan holda va innovatsion jarayonni
rag‘batlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, raqobatbardosh
milliy innovatsion tizimni shakllantirish orqali muvozanatli, barqaror va ijtimoiy
yo‘naltirilgan rivojlanish omili bo‘ladigan iqtisodiy o‘sishga erishish mumkin.
Innovatsion rivojlanishning barcha omillari davlatning iqtisodiy resurslari
hisoblanadi, shuning uchun ular iqtisodiyotning tarkibiy elementlari sifatida ichki xo‘jalik
aylanmasida ishtirok etadi. Boshqaruv darajasida innovatsion resurslar boshqaruv
subyektlarining har qanday ta’siriga turlicha munosabatda bo‘ladi, shuning uchun bu
ta’sirning mohiyatini, ta’sir darajasini va ijtimoiy-iqtisodiy tizimlardan reaksiya
darajasini aniqlash juda muhimdir.
Bunday omillarni aniqlashning qiyinligini, A.A. Kisurkin birinchi navbatda ularning
ko‘p o‘lchovliligida; ikkinchidan, muhim ta’sir etuvchi omillarni topish qiyinchiligida;
uchinchidan, bu omillarni xolis baholashda; to‘rtinchidan, davlat (mintaqa) ijtimoiy-
iqtisodiy faoliyatining tashqi va ichki muhitida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar bilan bog‘liq
holda ijtimoiy-iqtisodiy tizim dinamikasini hisobga olinishi ekanligini ta’kidlagan.
Davlatning innovatsion salohiyatini ro‘yobga chiqarish va tegishli boshqaruv ta’siri
innovatsion soha faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Bugungi
kunga kelib, A.A. Kisurkinning ta’kidlashicha, innovatsion sohada amalga oshirilayotgan
faoliyat samaradorligini aniqlashning umumiy yondashuvlari hali ishlab chiqilmagan.
Shuning uchun innovatsion transformatsiyalarning samaradorligi masalalari bevosita
innovatsion tizimlarda rivojlangan aniqlangan tendensiyalar va qonunchiliklarning
xususiyatlariga bog‘liq. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarni rivojlantirish omillari va shartlarini
innovatsion yondashuv nuqtai nazaridan o‘rganish quyidagi vazifalarni hal qilish
imkonini beradi:
- innovatsion tizimlarning samarali faoliyati uchun eng muhim omillarni izlash;
- davlat yoki muayyan hududning innovatsion rivojlanishi uchun institutsional shart-
sharoitlarni aniqlash;
- innovatsion rivojlanishga ta’sir etuvchi omillarning o‘zaro aloqadorligi va iyerarxik
tuzilishini aniqlash;
- ilmiy natija va investisiya qilingan mablag‘lar nisbatining optimal mezonlarini
aniqlash, shuningdek, mezonlarning eng tejamkor kombinatsiyasini tanlash;
- aniqlangan innovatsion rivojlanish omillarining integratsion ta’siriga iqtisodiy
tizimlarning reaksiyasini baholash [3].
Davlat iqtisodiyotining innovatsion sektoridagi jarayonlarni o‘rganish va asosiy
ilmiy-texnikaviy yo‘nalishlarni baholash bilan bir qatorda strategik rejalashtirish tartibini
amalga oshirishning asosi SWOT-tahlili tartibi hisoblanadi. SWOT-tahlili turli
9
“Raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnali | №1-son | 2022
darajadagi ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda ichki
va tashqi muhit omillarini baholash uchun ishlatiladi [2].
O‘zbekiston Respublikasining innovatsion tizimi rivojlanishning hozirgi bosqichida
tarqoq innovatsion infratuzilmaning mavjudligi, MIT elementlari o‘rtasidagi tarqoqlik va
mahalliy ilmiy-tadqiqot va ishlanmalarni joriy etishning murakkabligi bilan tavsiflanadi.
Innovatsion tizimning kuchli va zaif tomonlarini batafsilroq tahlili 2- jadvalda keltirilgan.
2-jadval
SWOT-tahlil
Kuchli tomonlari
Zaif tomonlar
•
Geografik joylashuvi, foydali
qazilmalarning mavjudligi.
•
Arzon ishchi kuchining mavjudligi.
Iqtisodiy o‘sish sur’atlari.
•
Axborot texnologiyalari resurslari.
•
Tadbirkorlikning innovatsion
faolligining past darajasi. Innovatsion
madaniyat.
•
Davlat, xususiy sektor, universitetlar
o‘rtasidagi muvofiqlashtirish va
o‘zaro hamkorlikning past darajasi.
•
Asosiy kapitalning texnologik
tuzilmasining eskirganligi.
•
Venchur moliyalashtiruvining
rivojlanmagan bozori.
Imkoniyatlar
Tahdidlar
•
Texnologik rivojlanish, texnoparklar
yaratilishi.
•
Raqobatbardosh mahsulotlar yaratish va
u bilan yangi bozorlarga chiqish.
•
Mavjud mahsulotlarni takomillashtirish
va Rossiya Federatsiyasi orqali xalqaro
savdoga kirish.
•
Texnologik qoloqlik.
•
Davlat aralashuvi tufayli tadbirkorlik
faoliyati rag‘batlantirilishining
pasayishi.
•
Maxsus iqtisodiy sharoitlar tufayli
innovatsion faollikning pasayishi va
yangi bozorlarga kirishning yo‘qligi.
Shuning uchun innovatsion tizim sohasida quyidagilar maqsadga muvofiqdir:
1.
Xususiy sektorda innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish;
2.
Xalqaro hamkorlikni mustahkamlash;
3.
Texnoparklar, innovatsion markazlarni shakllantirish;
4.
Fan, universitetlar va biznes hamkorligini rivojlantirish;
5.
Ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etish;
6.
Tadqiqot va ishlanmalarni biznes jarayonlariga jalb qilish uchun shart-sharoitlar
yaratish.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning jadallashuviga davlat siyosatini amalga oshirish
jarayonida shakllanadigan makroiqtisodiy sharoitlar bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Iqtisodiy
jarayonlarni raqamlashtirish iqtisodiyot sohasidagi davlat siyosatining bir qator
zamonaviy yo‘nalishlari ekanligini ta’kidlash kerak. Iqtisodiyotni raqamlashtirish milliy
10
“Raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnali | №1-son | 2022
iqtisodiyot tarmoqlarida innovatsion texnologiyalarni joriy etish, rivojlantirish va
qo‘llash, zamonaviy yuqori texnologiyali boshqaruv tizimlarini shakllantirishga
qaratilgan transformasiya jarayonlarini amalga oshirishni belgilaydi.
Innovatsion rivojlanish har qanday hajmdagi va har qanday o‘ziga xoslikdagi korxona
va tashkilotlar uchun dolzarbdir. Xalqaro ko‘lamdagi tendensiyalar (o‘zib ketayotgan
texnologiyalarning paydo bo‘lishi, raqamlashtirish va mahsulotlarning hayot
aylanmasining tezlashishi) aksariyat sohalarda tub o‘zgarishlarga olib keladi. Qiymat
zanjirlari o‘zgarmoqda, rentabellik zonalari surilib ketmoqda, yangi subyektlar paydo
bo‘lmoqda - bu iqtisodiyot tarmoqlaridagi kuchlar muvozanatining o‘zgarishiga keskin
ta’sir qiladi, yangi g‘oyalar va ishlanmalarni ilgari surishni sezilarli darajada
tezlashtirmoqda. Yangi imkoniyat va tahdidlarning chastotasi, shuningdek, ularni
bozorlarga kirib borish tezligi ortib bormoqda.
Shunday qilib, har yili yangi texnologiyalar zamonaviy voqelikka tezroq va jadalroq
kirib boradi, bu esa korxonalar tomonidan ularni amalga tadbiq etish vaqtini qisqartiradi.
Masalan, 1997 yilda AQSHning 500 ta eng yirik korporatsiyalarining umumiy foydasida
texnologik kompaniyalarning ulushi qariyb 9 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2017 yilda bu
ko‘rsatkich 17 foizga oshgan [4]. Bunday o‘zgarishlar yakkalanib qolmay, ular global tus
olmoqda. Shu sababli, keng ko‘lamli innovatsiyalardan foydalanish yetakchilikning
majburiy sharti xarakterini oladi va barqaror raqobatdosh ustunlikni shakllantirishga
yordam beradi.
Innovatsiyalar davlat uchun katta imtiyozlar bilan tavsiflanadi, chunki turli darajadagi
innovatsion faollik YAIMning o‘sishida (hosildorlikning o‘sishi, aholining ixtiyoriy
daromadlari va soliq tushumlari natijasida) o‘z aksini topadi va alohida tarmoqlarning
jadal rivojlanishini ta’minlaydi. Shu bilan birga, shuni hisobga olish kerakki,
innovatsiyalarning asosiy samarasiga turli soha va yo‘nalishlarda mahsuldorlikni oshirish
va texnologik o‘zib ketishlar orqali erishiladi, xususan, texnologik innovatsiyalar ilg‘or
texnologiyalar va ichki jarayonlarni tashkil etishdagi yondashuvlarni joriy etish orqali
samaradorlikni bevosita oshiradi.
Hozirgi bosqichda yutuqli innovatsiyalar sanoatning rivojlanish vektori va o‘sish
sur’atlarini tavsiflaydi. Masalan, global miqyosda avtomobilsozlik sanoati tomonidan
yaratilgan qiymatning umumiy miqdori prognozlarga ko‘ra, 2017-yildagi 3,5 trillion
dollardan 2030-yilda 6,6 trillion dollargacha oshadi. O‘z navbatida, hozirgi bosqich
bozorning 98% ni egallagan an’anaviy texnologiyalar va biznes modellarining ulushi esa
50% gacha kamayadi [4].
Bugungi kunda turli xizmatlarni taqdim etuvchi raqamli platformalarni faol
rivojlantirish mamlakat raqamli iqtisodiyotining ajralmas sharti va asosiy elementlaridan
biri hisoblanadi. Faoliyatning bunday dolzarb va muhim sohasini davlat tomonidan
qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari qatorida platformalarni ishlab chiqishda ishtirok
11
“Raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnali | №1-son | 2022
etuvchi xususiy kompaniyalar uchun subsidiyalar, kreditlar, soliq va boshqa moliyaviy
imtiyozlardan eng qulay foydalanishni ta’minlash mumkin.
Sanoat, qishloq xo‘jaligi, savdo, aloqa va telekommunikatsiyalar, transport, logistika,
moliya sektori, energetika va zamonaviy iqtisodiyotning boshqa sohalariga innovatsion
texnologiyalarni joriy etishni rag‘batlantirish juda muhim.
Raqamli iqtisodiyotga o‘tish quyidagi sohalardagi texnologiyalarni majburiy
takomillashtirishni belgilaydi:
1)
Axborot ma’lumotlari oqimlari bilan ishlash (tumanli hisoblash, sun’iy idrok,
kvant, kirib chiquvchi, superkompyuter texnologiyalari, neyron tarmoqlar,
matematik modellashtirish, blokcheyn va identifikasiya texnologiyalari);
2)
Ishlab chiqarish (3D- bosma, qo‘shimcha texnologiyalar, robotlashtirish, kiber-
fizik tizimlar, ochiq ishlab chiqarish texnologiyalari);
3)
Atrof-muhit bilan o‘zaro ta’sir (“miya-kompyuter” texnologiyasi, qog‘ozsiz,
mobil, uchuvchisiz, biometrik texnologiyalar) va boshqalar.
Raqamli iqtisodiyot rivojlanishining yuqori dinamikasi zamonaviy tadqiqotchilar
tomonidan elektron axborot inqilobi (neyron-tarmoq texnologik inqilob) natijasi sifatida
izohlanadi. Aloqa va telekommunikatsiya sohasida raqamli transformatsiya amalga
oshirilmoqda, bu yuklanishni kamaytirish, ma’lumotlar uzatish hajmini oshirish,
jarayonlarni avtomatlashtirish va axborot ma’lumotlarini uzatish va saqlash xavfsizligi
masalalarini hal qilish imkonini beradi. Buning asosiy sharti sifatida elektronikada
texnologik yangiliklardan keng foydalanish zarurati yuzaga chiqadi [5].
Bu asrning birinchi choragi - yangi sanoat inqilobi davri. “Sanoat 4.0”,
“Raqamlashtirish” yoki “To‘rtinchi sanoat inqilobi” atamalari allaqachon jahon ilmiy
hamjamiyatining diqqat markazida mustahkam o‘rin olgan. Dunyoning yetakchi
mamlakatlari iqtisodiyoti innovatsiyalarni keng joriy etish jarayonlarini hisobga olgan
holda o‘z rivojlanishini qayta yo‘naltirmoqdalar. Ammo Sanoat 4.0 nafaqat iqtisodiy
sohaga ta’sir qiladi - jamiyat rivojlanishining boshqaruv, siyosiy, madaniy va boshqa
jihatlarida ham o‘zgarishlar kutilmoqda.
Mamlakatda uning raqobatbardoshligini ta’minlashga qaratilgan rivojlangan va
samarali innovatsion tizimni shakllantirish davlatning uzoq muddatli ilmiy-texnikaviy va
innovatsion siyosatining asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan istiqbolli ilmiy-
texnikaviy yo‘nalishlarni o‘z vaqtida aniqlash kerakligini taqozo etadi. Binobarin,
iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida fan-texnika sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarni
tanlash, shuningdek, istiqboldagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish muammolarini hal
etishning eng samarali vositasi bu Forsaytdir.
Ilmiy, ishbilarmon doiralar, davlat vakillarini ishtirokchilar va ekspertlar sifatida jalb
etgan holda, forsayt ilmiy tashkilotlar, oliy o‘quv yurtlari, korporatsiyalar, davlat
hokimiyati organlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik va kooperatsiyani rivojlantirishga,
12
“Raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnali | №1-son | 2022
innovatsiyaning barcha ishtirokchilari o‘rtasida aloqalarni o‘rnatishga yordam beradigan
tizimdir.
To‘rtinchi sanoat inqilobi nisbatan yosh iqtisodiy hodisa bo‘lib, uning o‘ziga xos
xususiyati uni o‘rganish va prognozlashning murakkabligi, taqsimotning chiziqli emasligi
va ushbu shartlardan kelib chiqadigan boshqa oqibatlardir. Binobarin, avtomatlashtirish,
sun’iy idrok, kommunitkasiya texnologiyalari, mashinalarni o‘rganish va boshqa
texnologiyalarning rivojlanishi axborot ma’lumotlarining katta oqimini tezkor yig‘ish va
tahlil qilishni ta’minlash imkonini beradi, va ularning hajmi faqat oshib boradi.
Zamonaviy jamiyatning vazifasi keyingi bosqichga o‘tishda ilg‘or texnologiyalardan
foydalangan holda yaratilgan qiymatli natijalarni ta’minlash uchun – fikrlashni
o‘zgartirish, o‘rganish va ma’lumotlar bilan ishlashni o‘zgartirish lozim [7].
Xulosalar.
Ilmiy tadqiqotlar natijalarini sarhisob qilar ekanmiz, shuni ta’kidlash
joizki, yangi ma’lumotlar va texnologiyalarni boshqarish modellari XXI -asrning paydo
bo‘layotgan muammolari va so‘rovlariga tezkor javob berish imkoniyatini beradi. Bu
davlatning raqobatbardoshligi nuqtai nazaridan so‘zsiz muvaffaqiyat omili sifatida
ko‘riladi. Shu nuqtai nazardan, mahalliy raqamli iqtisodiyotni shakllantirish innovatsion
o‘zib ketishning shartlaridan biridir. Bu qulay innovatsion muhitni tashkil etuvchi
axborot-kommunikatsiya sohasida amalga oshiriladigan tashkiliy, iqtisodiy, texnologik
va boshqa tadbirlar majmuidir. Innovatsion rivojlanishni faollashtirish iqtisodiyotni
yanada sifatliroq va samaraliroq rivojlantirishning eng muhim shartidir. Shu nuqtai
nazardan, davlatni raqamlashtirish juda katta ahamiyatga ega bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati
1. Бартюк О.В. Факторы инновационного экономического роста России
[Электронный ресурс] // Интернет- журнал «Науковедение». – 2014. – № 6. – URL:
http://naukovedenie.ru/PDF/65PV N614.pdf
2. Камбарова Ж.У. SWOT-анализ современного состояния национальной
инновационной системы Кыргызской Республики в условиях Евразийского
Экономического Союза (ЕАЭС) // Экономический вестник. – 2018. – № 3. – Б. 15–
17.
3. Кисуркин А.А. Факторы, влияющие на инновационное развитие региона, и
их классификация по уровням управления [Электронный ресурс] // Современные
проблемы науки и образования. –
2012. –
№ 2. –
URL:
http://www.science-education.ru/ru/article/ view?id=5762
4.
Ковалев И.Л.
Цифровая
трансформация
как
катализатор
инновационных процессов в экономике // Большая Евразия: Развитие,
безопасность, сотрудничество. – 2019. – № 2-1. – Б. 374–380.
5. Мыльникова Л.А. Инновации и цифровизация российской экономики //
Экономический журнал. – 2019. –№ 1 (53). – С. 107–119.
13
“Raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnali | №1-son | 2022
6. Ушвицкий Л.И., Тер-Григорьянц А.А., Соловьева И.В. Факторы и условия
инновационного развития экономики // Мир науки, культуры, образования. – 2014.
– № 6 (49). – Б. 271–276.
7. Шилова Е.В., Дьяков А.Р. О феномене четвертой промышленной революции
и его влиянии на экономику и управление // Вестник Прикамского социального
института. – 2018. –№ 3 (81). – Б. 86–95.
