158
“Raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnali | №1-son | 2022
SUG‘URTA KOMPANIYALARINING INVESTITSIYA FAOLIYATINI
TAKOMILLASHTIRISH YO‘NALISHLARI
Iminov Farhod Tohirjonovich
Toshkent moliya instituti, magistrant
Karimov Sardor Shuhratjon o‘g‘li
Annotatsiya.
So‘nggi paytlarda O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan
mamlakatimizda investitsiya muhitini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda,
chunki bu muhit iqtisodiyotni rivojlantirishda katta rol o‘ynaydi. Ushbu maqolada
sug‘urta faoliyatining investitsion muhit samaradorligiga ta’sir etuvchi jihatlari ko‘rib
chiqiladi. Shuningdek, maqolada milliy sug‘urta kompaniyalarining investitsiya faoliyati
samaradorligini oshirish, jahon tajribasini hisobga olgan holda investitsiya faoliyati
sug‘urta kompaniyalarining asosiy daromadlarini ta’minlashi kerakligi, bu esa sug‘urta
kompaniyalarining asosiy daromadlarini ta’minlanishida o‘z kapitalini muntazam
ravishda oshirish va moliyaviy ahvolini yaxshilash, milliy sug‘urta bozorini rivojlantirish
uchun imkoniyat yaratish va milliy iqtisodiyotning rivojlanishiga ijobiy ta’sir
ko‘rsatishning muhim yo‘li kabilar yoritib berilgan.
Annotatsiya.
В последнее время правительство Республики Узбекистан уделяет
особое внимание развитию инвестиционной среды в нашей стране, ведь эта среда
играет большую роль в развитии экономики. В данной статье рассматриваются
аспекты страховой деятельности, влияющие на эффективность инвестиционной
среды. Также в статье указано, что повышение эффективности инвестиционной
деятельности национальных страховых компаний, с учетом мирового опыта,
инвестиционная деятельность должна обеспечивать основной доход страховых
организаций, что означает регулярное увеличение собственного капитала для
обеспечения основного дохода страховых компаний. А также важный способ
улучшить финансовое положение, создать возможность для развития
национального страхового рынка и оказать положительное влияние на развитие
национальной экономики.
Annotation.
Recently, the government of the Republic of Uzbekistan has been paying
special attention to the development of the investment environment in our country,
because this environment plays a big role in the development of the economy. This article
discusses aspects of insurance activities that affect the effectiveness of the investment
environment. The article also states that increasing the efficiency of the investment
activities of national insurance companies, taking into account world experience,
investment activities should provide the main income of insurance organizations, which
means a regular increase in equity capital to ensure the main income of insurance
159
“Raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnali | №1-son | 2022
companies. And also an important way to improve the financial situation, create an
opportunity for the development of the national insurance market and have a positive
impact on the development of the national economy.
Iqtisodiyotni rivojlantirishning hozirgi tendentsiyalari, sug‘urta kompaniyalari
faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari sug‘urta zaxiralarini ko‘paytirish, sug‘urta
kompaniyalari faoliyati samaradorligini oshirish yo‘llarini izlashni taqozo etmoqda.
Cheklangan resurslar sharoitida sug‘urta kompaniyalari kapitalini shakllantirishning
asosiy manbalaridan biri bu investitsion faoliyatdir. Mamlakatimizda sug‘urta tizimini
rivojlantirish, ushbu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi sub’ektlarga yaratilgan xuquqiy asos
va kafolatlar tufayli ularning iqtisodiyotimizdagi o‘rni va roli tobora ortib bormoqda.
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
Sh.M.Mirziyoevning
Oliy
Majlisga
Murojaatnomasida: “Biz faqat investitsiyalarni faol jalb qilish, yangi ishlab chiqarish
quvvatlarini ishga tushirish hisobidan iqtisodiyotimizni jadal rivojlantirishga erishamiz.
Iqtisodiyotdagi ijobiy natijalar esa ijtimoiy sohada to‘planib qolgan muammolarni tizimli
hal etish imkonini yaratadi. Buni hammamiz chuqur tushunib olishimiz va ishimizni shu
asosda tashkil etishimiz shart” [3], deya ta’kidlab, investitsiyalar iqtisodiyotni
rivojlantirishdagi muhim ahamiyatga egaligi va uni jalb qilishning dolzarbligini e’tirof
etadi.
Sug‘urta tashkilotlari investitsiya kapitalining eng katta manbai hisoblanadi. Sug‘urta
xizmatlarini ko‘rsatishda ular kapital bozorida mablag‘larning harakatini amalga
oshiradilar. Sug‘urtalovchilar sug‘urtalanuvchilardan oladigan tarqoq kichik badallar
doimiy ravishda to‘ldirilib turiladigan ulkan sug‘urta fondiga aylanadi. Boshqacha qilib
aytganda, sug‘urtalovchi passiv pul oqimlarini faol kapital oqimiga aylantiradi.
Zaxiralarning hajmi va mablag‘larini joylashtirish shartlari sug‘urta kompaniyalarini eng
qudratli moliya-kredit institutlariga aylantirganligi sababli, sug‘urta bozori rivojlangan
mamlakatlarda sug‘urta faoliyati iqtisodiyotning strategik tarmog‘i sifatida e’tirof etilgan.
Investitsion daromad sug‘urtalovchi uchun qo‘shimcha foyda manbai hisoblanadi.
Natijada, tarif stavkasi tarkibiga kiritilgan daromad stavkasi pasayadi va tarif ham shu
miqdorga kamayadi, buning natijasida bundan sug‘urtalovchilar ham, sug‘urtalanuvchilar
ham birdek manfaatdordirlar.
Sug‘urta biznesi sug‘urta kompaniyalarining investitsion faolligi bozorning turli
sohalarida shakllantirilish sharti bilan muvaffaqiyatli ishlaydi. Sug‘urtalovchilar doimo
mavjud bozor kon’yunkturasiga bog‘liq. Bu sug‘urtalovchini malakali, eng muhimi,
oqilona investitsiya siyosatini yuritishga majbur qiladi. Shunga ko‘ra, ishonchlilik,
rentabellik, diversifikatsiya va likvidlik sug‘urta tashkilotining samarali investitsiya
siyosatining asosiy mezonlari hisoblanadi. Shunday qilib, ko‘tarilgan mavzu zamonaviy
dinamik rivojlanayotgan pul va moliya bozorini hisobga olgan holda sug‘urta tashkilotlari
uchun doimo dolzarbdir.
160
“Raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnali | №1-son | 2022
Rivojlangan mamlakatlarda sug‘urta sektori o‘z iqtisodiyotiga sarmoya kiritishning
uchta yirik manbalaridan biri hisoblanadi. Bular davlat, pensiya jamg‘armalari va
sug‘urta kompaniyalari. Banklar bu qatorda ko‘rsatilmagan. Shu bois kelajakda
iqtisodiyotga uzoq muddatli xususiy investitsiyalarning mustaqil manbasini olishimiz
uchun ichki sug‘urta biznesini rivojlantirish biz uchun nihoyatda muhim. Sug‘urta
bozorining katta sig‘imi har qanday mamlakat iqtisodiyoti uchun ne’matdir, chunki u
yo‘qotishlarni moliyalashtirish manbai sifatida ham, ulkan investitsiya resurslari manbai
sifatida ham barqarorlashtiruvchi rol o‘ynaydi.
2016-2019 yillarda sug‘urta mukofotlarining o‘sishi 2019 yilga nisbatan o‘rtacha 150
foizni, 2020 yilda esa 94 foizni tashkil etdi. Bu pasayishning asosiy sabablari sifatida
karantin qoidalarining joriy etilgani, ayrim kompaniyalarda masofaviy ishlashning yo‘lga
qo‘yilmaganligi va karantin davrida uy xo‘jaliklari daromadining kamaygani sabab
bo‘ldi. Sug‘urta mukofoti 2021 yilda 2020 yilga nisbatan +68.6% ga o‘sishi, 2022 yilning
3 oylik ko‘rsatkichida esa o‘tgan yilning shu choragiga nisbatan +93,4% ga o‘sishi, va bu
o‘z o‘zidan karantin talablari yumshatilishi bilan bog‘liqligi namoyonida kuzatildi.
2016 yildan 2020 yilgacha investitsiya faolligi 287 foizga oshdi. Shu bilan birga,
depozitlar 4,6 barobar, ko‘chmas mulk - 6,2 barobar, kreditlar 5,8 barobarni tashkil etdi.
2021 yilda jami investitsiyalar hajmi 3746,7 mlrd.so‘mni, 2022 yilning birinchi choragida
esa 3927,7 mlrd. so‘mni
22
tashkil etdi. Biroq, sug‘urta bozorining aktivlari va kapitalining
o‘sishi ancha yaxshi natijalarni ko‘rsatishi mumkin va bunga sug‘urta bozorining uchta
asosiy muammosi to‘sqinlik qiladi:
1.
Sug‘urta kompaniyalariga sug‘urta zaxiralarini oshirishga imkon bermaydigan
yuqori sotib olish xarajatlari (komissiya to‘lovlari). Bizningcha, bu ixtiyoriy sug‘urta
bozoridagi noqonuniy holatlarning yuqori darajasi bilan bog‘liq.
2.
Sug‘urtaning ixtiyoriy sinflari uchun transchegaraviy qayta sug‘urtalashning o‘ta
yuqori darajasi. Bir tomondan, qayta sug‘urtalash sohasidagi muammolar chet elda
mablag‘larning qisman nazoratsiz olib qo‘yilishi bilan bog‘liq. Boshqa tomondan, qayta
sug‘urtalash cheklangan bo‘lsa, sug‘urta kompaniyalarining o‘z kapitallashuvining
yo‘qligi va ularning katta risklarni o‘z zimmasiga olish qobiliyatiga ega emasligi ta’sir
qiladi.
3.
Bank oynalari orqali sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta bozorida raqobatning deyarli
yo‘qligi.
Banklar va moliyaviy-sanoat guruhlari sug‘urta kompaniyalarining sho‘ba
korxonalarini tashkil etib, shu orqali boshqa sug‘urta kompaniyalarini o‘z mijozlari bilan
bog‘lash imkoniyatidan mahrum qilib, mijoz o‘z guruhida imkon qadar o‘zining pullarini
qoldirishi uchun faqat o‘z iqtisodiy manfaatlarini ko‘zlaydi. Agar raqobat mavjud bo‘lsa,
https://imda.uz/oz/2022-yil-1-chorak/
Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi saytidan
161
“Raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnali | №1-son | 2022
bu mutlaqo oqilona va oqlangan harakat. U yo‘q bo‘lganda sug‘urta sohasining sifat
jihatidan rivojlanishiga katta zarar yetkazadi.
Yuqoridagi muammolar va ularning dolzarbligiga qaramay, O‘zbekiston Sug‘urta
bozorini rivojlantirish agentligiga, sug‘urta bozorini tartibga solish va ichki
qonunchilikka so‘nggi o‘zgartirishlar kiritish chora tadbirlarini, xususan, “Sug‘urta
faoliyati to‘g‘risida”gi [1] Qonunning yangi tahririni ishlab chiqish va amalga oshirish,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sug‘urta bozorini raqamlashtirish va hayot
sug‘urtasi sohasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-
5265-sonli [2] Qarorning qabul qilinishi, sug‘urta kompaniyalarining kapitallashuviga
qo‘yiladigan talablar oshirilishi, sug‘urta vositachiligi tamoyillari sezilarli darajada qayta
ko‘rib chiqilganligi shular jumlasidandir. O‘ylaymizki, bu chora-tadbirlarning barchasi
O‘zbekiston moliya bozorining to‘laqonli ishtirokchilari sifatida sug‘urta
kompaniyalarining uzoq muddatli o‘sishi, konsentratsiyasi va shaffofligini oshirishga
olib keladi.
Sug‘urtalovchining va qayta sug‘urtalovchining investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi
nizomga muvofiq sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) investitsiya faoliyati
ob’ektlari quyidagilardan iborat:
- O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlarning davlat qimmatli qog‘ozlari;
- bank sertifikatlari (depozit sertifikatlari);
- ko‘char va ko‘chmas mulk;
- yuridik shaxslarning ustav kapitalidagi aksiyadorlik hissasi;
- O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq qimmatli qog‘ozlar;
- lizing tashkilotlariga kreditlar (moliyaviy yordam);
- qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa investitsiya faoliyati ob’ektlari.
Moliyaviy barqarorlikni ta’minlash maqsadida sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi)
o‘z aktivlarini to‘lovlilik, likvidlik, diversifikatsiya va rentabellik tamoyillari asosida
joylashtirishi shart.
Sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) investitsiya faoliyatini amalga oshirishda
quyidagi asosiy shartlarga rioya qilishi kerak:
1. investitsiyalar va tegishli risklarni malakali boshqarish;
2. axborotning shaffofligi va maxfiyligini ta’minlash.
1. Investitsiyalar va ular bilan bog‘liq risklarni malakali boshqarish sug‘urtalovchi
(qayta sug‘urtalovchi) tomonidan:
-
sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) investitsiya faoliyatining asosiy
yo‘nalishlarini ko‘rsatadigan investitsiya siyosatini tasdiqlash;
- investitsiya ob’ektlarini tahlil qilish va olingan rentabellikni davriy baholash va
boshqalar.
2. Axborotning oshkoraligi va maxfiyligini ta’minlash quyidagilar tomonidan amalga
oshiriladi:
162
“Raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnali | №1-son | 2022
- qonun hujjatlari talablariga muvofiq axborotni oshkor qilish;
- kiritilgan investitsiyalar to‘g‘risida ta’sischilarga yillik hisoboti.
1-jadval
Sug‘urta kompaniyalari tomonidan qo‘llaniladigan asosiy investitsiya
talablari
23
Aktiv turi
Chegar
asi
Talablari
Boshqa yuridik shaxslarning
ustav kapitaliga
50%
Sug‘urtalovchining o‘z mablag‘lari
manbalaridan
Bitta yuridik shaxsning ustav
kapitalidagi ulushli ishtiroki
30%
Ushbu yuridik shaxsning ustav
kapitalidan
Ko‘chmas mulk
50%
Bir yer uchastkasi yoki ko‘chmas
mulk uchun sug‘urtalovchining
aktivlaridan
Bank depoziti (depozit)
40%
Sug‘urtalovchining aktivlaridan
Kredit tashkilotlariga, umumiy
summasi
30%
Sug‘urtalovchining aktivlaridan
Aktivlarni aloqador shaxslarga
joylashtirish
15%
Sug‘urtalovchining ustav
kapitalidan
Ta’sischilarga, aktsiyadorlarga,
xodimlarga kreditlar berish
10%
Sug‘urtalovchining ustav
kapitalidan
Kreditlarni jalb qilish
(moliyaviy yordam)
30%
Sug‘urtalovchining o‘z mablag‘lari
manbalaridan
Sug‘urtalovchi joriy
hisobvaraqlarda va boshqa bank
hisobvaraqlarida pul
mablag‘lariga ega bo‘lishi shart
3%
O‘tgan 12 oy uchun hisoblangan
sug‘urta to‘lovlari summasidan
Kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan investitsiya siyosatiga muvofiq, barcha
xodimlar kompaniyaning kapital va likvid resurslaridan maksimal darajada samarali
foydalanish uchun javobgar bo‘lishlari shart. Barcha xodimlarga ushbu resurslarni
joylashtirish va ulardan foydalanish samaradorligi va samaradorligini oshirish bo‘yicha
strategiyalarni taklif qilish tavsiya etiladi.
•
Birinchi mudofaa chizig‘i (= “Moliya”) bu kompaniyaning investitsiya portfelini
saqlash va samarali boshqarish, samarali nazoratni ishlab chiqish va amalga oshirish,
23
Sug'urtalovchilar va qayta sug'urtalovchilarning to'lov qobiliyati to'g'risidagi nizom. O'zbekiston Respublikasi Adliya
vazirligi tomonidan 2008 yil 12 mayda ro'yxatga olingan. Ro'yxatga olish raqami 1806.
163
“Raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnali | №1-son | 2022
kredit risklarini boshqarish, shu jumladan kontragentning qarzlarini to‘lamaslik xavfi va
diversifikatsiya qilishdir.
•
Ikkinchi mudofaa chizig‘i (= “Xavflarni boshqarish”) investitsiya portfeli va risk
profilining monitoringi, shu jumladan rivojlanish xavfi, investitsiya rejasini tahlil qilish
va nazorat qilish va nazoratning ishlashi, ichki nazorat va risklarni boshqarish tizimlarini
ishlab chiqish.
•
Uchinchi himoya chizig‘i (= Ichki audit). Ichki audit birinchi mudofaa chizig‘i
orqali amalga oshirilgan nazorat va Ikkinchi Mudofaa liniyasi talablariga rioya etilishi
ustidan nazoratning samaradorligini mustaqil ravishda ko‘rib chiqadi va shubha ostiga
oladi.
Tegishli vaqtda ichki audit funktsiyasi bankning ichki nazorat muhitida bartaraf
etilishi kerak bo‘lgan zaifliklar mavjudligini baholaydi. Quyida sug‘urta kompaniyalari
misolida investitsiya rejasiga kiritilgan asosiy tamoyillar keltirilgan:
•
Omonatlar faqat Investitsiya rejasi bilan tasdiqlangan muassasalarda saqlanishi
kerak;
•
Joylashtirish faqat qabul qiluvchi bank yoki muassasa normativ talablarga rioya
qilgan taqdirdagina amalga oshirilishi kerak, bu esa prudensial ko‘rsatkichlar bilan
tasdiqlanadi;
•
Sotib olingan barcha barqaror daromadli qimmatli qog‘ozlar mahalliy kredit
reytingiga ega bo‘lishi kerak (agar mavjud bo‘lsa);
•
Sotib olingan barcha xorijiy qimmatli qog‘ozlar kamida bitta tan olingan kredit
reyting agentligining xalqaro kredit reytingiga ega bo‘lishi kerak. Minimal qabul
qilinadigan xalqaro reyting - BBB;
•
Qabul qiluvchi bank yoki muassasada jiddiy obro‘-e’tibor yoki huquqiy
muammolar bo‘lmasa yoki kompaniyaning investitsiya portfeliga salbiy ta’sir ko‘rsatishi
mumkin bo‘lgan har qanday muammoli yoki bahsli aktiv operatsiyalarida ishtirok etmasa,
joylashtirish amalga oshiriladi.
Kompaniyaning investitsiya rejasi kamida quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
1. Asosiy taxminlar va asosiy fikrlar;
2. Kapital va likvidlik talablari;
3. Kutilayotgan rentabellik;
4. Davomiyligi, daromadliligi va riski bo‘yicha guruhlangan aktivlar sinfi bo‘yicha
maqsadli taqsimotlar;
5. Amaldagi qonunlar va me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini tasdiqlash.
Sug‘urta xizmatlari sifatini oshirishga yo‘naltirilgan investitsiyalarni 3 guruhga
bo‘lish tavsiya etiladi: mehnat resurslariga investitsiyalar; infratuzilmaga investitsiyalar;
texnologiya va jarayonlarga investitsiyalar. Sug‘urta kompaniyalarining mijozlarga
xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini
baholashda e’tiborga olinishi kerak bo‘lgan muhim xususiyat shundaki, aksariyat hollarda
164
“Raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnali | №1-son | 2022
mavjud tarkibiy bo‘linmalarda maksimal ijobiy samaraga erishish bir qator ob’ektiv
cheklovlar bilan to‘sqinlik qiladi, ya’ni:
- xodimlarni qayta tayyorlash xodimlarning bir qismining ish jarayonidan ajralib
ketishiga olib keladi, bu esa ishchilarning qolgan qismiga yukni oshiradi va shunga mos
ravishda xizmatlar sifatiga salbiy ta’sir qiladi;
- savdo bo‘limlari xodimlarining malakasini oshirish va qayta o‘qishi hisobiga
ularning samaradorligini oshirish, savdo hajmining oshishiga olib keladi, lekin sug‘urta
hodisalarini hal qilish bo‘limlarida ham samaradorlikni mos ravishda oshirishni talab
qiladi;
- xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish natijasida mijozlarning sodiqligining o‘sishi
kelajakda namoyon bo‘ladi, chunki aksariyat sug‘urta shartnomalari uzoq muddatga
(odatda bir yilga) tuziladi va amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarning ta’siri mijozlar
tomonidan aksariyat hollarda faqat sug‘urtalovchi bilan bevosita bog‘langanda seziladi;
- xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, sug‘urtalovchining idora
ishlarini qayta tashkil etish va mavjud ofisda IT infratuzilmasini modernizatsiya qilish
ko‘p hollarda vaqtni izchil taqsimlashni va shunga mos ravishda maksimal
samaradorlikka erishish uchun vaqtni kechiktirishni talab qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati:
1.
O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-oktabrdagi “Sug‘urta
bozorini raqamlashtirish va hayot sug‘urtasi sohasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5265-sonli qarori.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga
Murojaatnomasi. «Xalq so‘zi» gazetasi, 2018 yil 29 dekabr № 271-272 (7229-7230) soni.
4.
Кугушева Т.В., Кугушев О.В. Страховой бизнес-процесс национальных
страховых компаний: сущность, особенности.// Журнал Экономика. Управление.
Финансы 2/2016.
5.
Т.В. Пахомова, И.В. Смагина, И.И. Сергеева Моделирование бизнес-
процессов страховой деятельности. // «Вестник ОрелГИЭТ», 2015, №2(32).
6.
Адамчук Н.Г. Мировой рынок страховых услуг в условиях глобализации.
Автореферат диссертации на соискание ученой степени д.э.н.-М.: -2005. - с.56.
7.
Бажанов Г.С. Инвестиционные операции при размещении страховых
резервов // Сборник научных трудов профессорско-преподавательского состава,
молодых ученых и студентов / РГЭУ (РИНХ) – Вып. 17. Ростов н/Д – 2011.
8.
Бажанов Г.С. Инвестиционные операции при размещении собственных
средств страховых организаций // Вестник РГЭУ (РИНХ)- Ростов н/Д, 2011- №33
март.
165
“Raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnali | №1-son | 2022
9.
Sug‘urtalovchilar va qayta sug‘urtalovchilarning to‘lov qobiliyati to‘g‘risidagi
nizom. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008 yil 12 mayda
ro‘yxatga olingan. Ro‘yxatga olish raqami 1806.
10.
Sug‘urtalovchilarning sug‘urta zaxiralari to‘g‘risidagi nizom. O‘zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligida 2008 yil 15 dekabrda ro‘yxatdan o‘tgan 1882-son.
11.
www.lex.uz – O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy
bazasi.
12.
www.mf.uz – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy sayti.
13.
www.znay.ru - Elektron kutubxona.
14.
www.saipro.uz – “Saipro” reyting agentligining rasmiy sayti.
15.
imda.uz - Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi
sayti
