123
ELEKTRON HUKUMAT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY
-ELEKTRON JURNALI | 3-SON
WWW.INFOCOM.UZ
ELEKTRON HUKUMAT VA INTERAKTIV DAVLAT
XIZMATLARINI TASHKIL ETISH VA ULARNI RIVOJLANTIRISH
Umarova Mohinur Zafarbek qizi
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti talabasi
mohinur.umar21@mail.ru
Annotatsiya:
Mazkur maqolada O‘zbekistonda davlat organlari faoliyatini
raqamlashtirish va elektron hukumat tizmini tashkil etishning normativ-huquqiy
asoslari haqida ma’lumot berilgan. Elektron hukumat tizmining tarkibiy elementlari
va ularni tartibga solishning mexanizmlari ko‘rsatib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar: elektron hukumat, davlat organlari, elektron hujjat, elektron
hujjat aylanishi, raqamlashtirish, inson huquqlari.
ОРГАНИЗАЦИЯ И РАЗВИТИЕ ЭЛЕКТРОННОГО
ПРАВИТЕЛЬСТВА И ИНТЕРАКТИВНЫХ ГОСУДАРСТВЕННЫХ
УСЛУГ
Умарова Мохинур Зафарбек кизи
Студент Ташкентского педиатрического медицинского института
mohinur.umar21@mail.ru
Аннотация:
В данной статье представлена информация о правовых
основах цифровизации деятельности государственных органов и создания
системы электронного правительства в Узбекистане. Показаны структурные
элементы системы электронного правительства и механизмы их регулирования.
Ключевые слова: электронное правительство, государственные органы,
электронный документ, электронный документооборот, цифровизация, права
человека.
ORGANIZATION AND DEVELOPMENT OF ELECTRONIC
GOVERNMENT AND INTERACTIVE GOVERNMENT SERVICES
Umarova Mohinur
Student of Tashkent Pediatric Medical Institute
mohinur.umar21@mail.ru
124
ELEKTRON HUKUMAT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY
-ELEKTRON JURNALI | 3-SON
WWW.INFOCOM.UZ
Abstract:
This article provides information on the legal basis of the digitization
of the activities of state bodies and the establishment of an electronic government
system in Uzbekistan. The structural elements of the electronic government system and
the mechanisms of their regulation are shown.
Key words: electronic government, government entities, electronic document,
electronic document circulation, digitalization, human rights.
Kirish
Bugungi kunda “elektron hukumat” tushunchasiga turli ta’rif va tavsiflar
berilgan. Ba’zi manbalarda, elektron hukumatga davlat xizmatlarini taqdim etish
jarayonini
avtomatlashtirish
deb qaralsa,
boshqalarida
elektron hukumat
bu – fuqaro, biznes vakillari, davlat organlari va tashkilotlarga davlat xizmatlarini
taqdim etishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish deb ta’rif
berilgan. Umuman olganda, elektron hukumat bu – raqamli texnologiyalar, internet va
zamonaviy ommaviy axborot vositalari asosida davlat xizmatlarini taqdim qilish
jarayonini, fuqarolarni va boshqaruvni ichki va tashqi o‘zaro munosabatlarda
o‘zgartirishlar vositasida ishtirokini doimiy optimallashtirishdir. Elektron hukumat
aholiga, tadbirkorlarga va davlat organlariga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini
taqdim qilishni
osonlashtiradi,
fuqarolarning
o‘z-o‘zini
boshqarishlari
uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi, ularning texnologik yangiliklardan
xabardorligini oshiradi va davlat boshqaruvidagi ishtirokini osonlashtiradi.
Elektron hukumat quyidagi asosiy modullar (tizimlar)dan iborat:
−
G2C (Government to Citizens) – Hukumat – Fuqarolarga;
−
G2B (Government to Business) – Hukumat – Biznesga;
−
G2G (Government to Government) – Hukumat – Hukumatga.
Asosiy qism
“Elektron hukumat” ning yakuniy maqsadi interaktiv xizmatlarini taqdim
etishning imkoniyatlarini yanada yaxshilashga qodir bo‘lgan mukammal elektron
davlat boshqaruv apparatini yaratishdan iborat.
“Elektron hukumat” joriy etilgach, davlat organlari faoliyatining shaffofligi va
ochiqligi ancha ortadi, davlat organlari xizimatlaridan foydalanish kengayadi va
osonlashadi, ularni alohida fuqarolarga taqdim etish imkoniyati vujudga keladi,
fuqarolarni siyosiy jarayonlarga va davlat boshqaruviga jalb etish imkoniyati yuzaga
keladi, axborotlardan foydalanish va ularni almashish tezlashadi, davlat xizmatlarini
aholi va biznes vakillariga taqdim etish optimallashadi, fuqarolarni o‘z-o‘ziga
xizmat qilish imkoniyati paydo bo‘ladi, shu bilan birga, barcha foydalanuvchilarga
davlat xizmatlarini taqdim etish bilan bog‘liq boshqa afzalliklar va qulayliklar taqdim
etiladi [1].
125
ELEKTRON HUKUMAT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY
-ELEKTRON JURNALI | 3-SON
WWW.INFOCOM.UZ
Mamlakatimizda milliy axborot tizimini shakllantirish, iqtisodiyot va jamiyat
faoliyatining barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalari hamda
telekommunikatsiya vositalaridan foydalanish ko‘lamini kengaytirish, elektron
hukumatini shakllantirish borasida tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. Elektron
hukumatni shakllantirishning huquqiy asoslarini mustahkamlash maqsadida “Axborot
olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi, “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi,
“Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi, “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi, “Elektron
hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi, “Elektron to‘lovlar to‘g‘risida”gi, “Elektron tijorat
to‘g‘risida”gi, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi
to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilindi.
Elektron hukumat atamalarini quyidagi to‘rtta asosiy qismlari orqali
umumlashtirish mumkin. Elektron hukumat quyidagicha tavsiflanadi.
1. AKT dan foydalanish (kompyuter tarmoqlari, internet, faks va telefon).
2. Hukumat faoliyatini qo‘llab-quvvatlash (axborot bilan ta’minlash, xizmatlar,
mahsulotlar, ma’muriy boshqaruv).
3. Fuqarolar bilan hukumat munosabatlarini rivojlantirish (yangi aloqa
kanallarini yaratish, siyosiy yoki ma’muriy jarayonlariga fuqarolarni targ‘ibot va
tashviqotlar orqali jalb qilish).
4. Belgilangan strategiyalarga mos ravishda ishtirokchilarni jarayonlarda
qatnashish qiymatini belgilash.
Elektron hukumatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
−
davlat organlari faoliyatining samaradorligini, tezkorligini va shaffofligini
ta’minlash, ularning mas’uliyatini va ijro intizomini kuchaytirish, aholi va tadbirkorlik
subyektlari bilan axborot almashishni ta’minlashning qo‘shimcha mexanizmlarini
yaratish;
−
ariza beruvchilar uchun mamlakatning butun hududida davlat organlari bilan
o‘zaro munosabatlarni elektron hukumat doirasida amalga oshirish bo‘yicha
imkoniyatlar yaratish;
−
o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalar doirasida davlat organlarining
ma’lumotlar bazalarini, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini va Elektron
davlat xizmatlarining yagona reyestrini shakllantirish [2].
O‘zbekistonda ham dunyoning boshqa mamlakatlari kabi elektron hukumatni
shakllantirish va joriy etishga katta e’tibor qaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada
kengroq joriy qilishva
rivojlantirish
chora-tadbirlari
to‘g‘risida”
2012-yil
21-martdagi
PQ-1730-son qarori hamda
ushbu qaror
bilan
tasdiqlangan
“2012‒2014-yillarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada
keng joriy etish varivojlantirish dasturi”ni amalga oshirish bugungi kundagi eng
dolzarb masalalardan biri sanaladi. Ushbu qarorda 2012‒2014-yillar mobaynida
126
ELEKTRON HUKUMAT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY
-ELEKTRON JURNALI | 3-SON
WWW.INFOCOM.UZ
O‘zbekistonda AKT sohasini, shu jumladan “elektron hukumat”ni rivojlantirishning
asosiy vazifalari belgilab berilgan [3].
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining milliy
axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
2013-yil 27-iyundagi PQ-1989-son qarori respublikamizda elektron hukumatni joriy
etish va yanada rivojlantirish yo‘lida muhim turtki bo‘ldi. Mazkur qaror bilan
mamlakatimizda “elektron hukumat” tizimini joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha
bir qator loyihalar va chora-tadbirlar belgilandi, ularni amalga oshirish mexanizmlari
va muddatlari aniqlandi. Shu bilan birga, Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini
yanada rivojlantirishning Kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtiruvchi
Respublika komissiyasi tashkil qilindi. Bundan tashqari, davlat organlarining oldiga
ularning funksiya va vazifalarini operativ va sifatli bajarilishini ta’minlash maqsadida
axborot tizimlarini yaratish va o‘zaro integratsiya qilish, davlat organlari faoliyatini
avtomatlashtirish
kabi
bir qator
muhim
masalalar qo‘yildi.
Shuningdek,
yuqoridagi hujjatga asosan O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va
telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi qoshida 2 ta yangi markaz –
“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi va Axborot xavfsizligini ta’minlash
markazlarini tashkil etildi. Ushbu markazlar oldiga mamlakatimiz axborot resurslari,
tizim va tarmoqlarini jadal rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlashdek muhim
maqsad va vazifalari qo‘yildi.
Elektron hukumat bu – raqamli texnologiyalar, Internet va zamonaviy ommaviy
axborot vositalari asosida davlat xizmatlarini taqdim qilish jarayonini, fuqarolarni va
boshqaruvni ichki va tashqi o‘zaro munosabatlarda o‘zgartirishlar vositasida
ishtirokini doimiy optimallashtirishdir. Elektron hukumat aholiga, tadbirkorlarga va
davlat organlariga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini taqdim qilishni osonlashtiradi,
fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarishlari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi,
ularning texnologik yangiliklardan xabardorligini oshiradi va davlat boshqaruvidagi
ishtirokini osonlashtiradi [4].
“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi faoliyati mamlakatimizda
davlatning aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan elektron hamkorlik tizimini
takomillashtirish va yanada rivojlantirishning strategik yo‘nalishlarini ishlab
chiqishga qaratilgan. Davlat organlarida foydalaniladigan ma’lumotlar bazasi va
axborot resurslarini loyihalashtirish, ishlab chiqish va birlashtirish mexanizmini
nazarda tutadigan ushbu tizimni shakllantirishga yagona texnologik yondashuvni
ta’minlaydigan mazkur markaz bu boradagi jahon tendensiyalari hamda xorijiy
mamlakatlar tajribasini tahlil va tadqiq etadi, elektron hukumat tizimini rivojlantirish
jarayonida tadbirkorlik subyektlari va aholiga vaqt va mablag‘ni tejagan holda sifatli
davlat xizmatlari ko‘rsatish, yangi-yangi xizmatlarni elektron ko‘rinishga o‘tkazish
kabi vaziflarni hal etadi [5].
127
ELEKTRON HUKUMAT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY
-ELEKTRON JURNALI | 3-SON
WWW.INFOCOM.UZ
Elektron hukumat – davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarga
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash yo‘li bilan davlat xizmatlari
ko‘rsatishga doir faoliyatini, shuningdek idoralararo elektron hamkorlik qilishni
ta’minlashga qaratilgan tashkiliy huquqiy chora-tadbirlar va texnik vositalar tizimi [6].
Elektron hujjat – elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan
tasdiqlangan hamda elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan
boshqa rekvizitlariga ega bo‘lgan axborot [7].
Elektron raqamli imzo – elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini
elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o‘zgartirish
natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida
elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlash va elektron raqamli imzo
yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo [8].
Elektron hujjat aylanishi – elektron hujjat aylanishi elektron hujjatlarni axborot
tizimi orqali jo‘natish va qabul qilib olish jarayonlari yig‘indisidan iborat bo‘ladi.
Elektron hujjat aylanishidan bitimlar tuzish (shu jumladan shartnomalar tuzish), hisob-
kitoblarni, rasmiy va norasmiy yozishmalarni amalga oshirish hamda boshqa axborotni
uzatishda foydalanish mumkin [9].
Davlat xizmati –
ariza beruvchilarning so‘rovlariga ko‘ra amalga oshiriladigan,
davlat organlarining vazifalarini bajarish bo‘yicha ular tomonidan ko‘rsatiladigan
xizmat. Agar qonunchilikka muvofiq davlat xizmatlari ko‘rsatish funksiyalari boshqa
tashkilotlar zimmasiga yuklatilgan bo‘lsa, ular ham davlat xizmatini ko‘rsatishlari
mumkin [10].
2013-yilning 1-iyulida respublikamizda “elektron hukumat” tizimning eng
muhim vositalaridan biri bo‘lgan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali ishga
tushirildi (www.my.gov.uz). Yagona portalning shiori “Xizmatlar yangi qiyofada” deb
nomlanib, uning ma’nosi real vaqt rejimida foydalanuvchilar uchun interaktiv davlat
xizmatlarini yagona nuqta orqali taqdim etishni anglatadi. Bugungi kunda Yagona
portal orqali foydalanuvchilarga 334 dan ortiq xizmatlar taqdim etilmoqda. Yagona
portal
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
2013-yil
14-fevraldagi
PF-1920-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Obod turmush yili” Davlat dasturiga hamda
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Interaktiv davlat xizmatlari
ko‘rsatishni hisobga
olgan holda
Internet
tarmog‘ida
O‘zbekiston
Respublikasining hukumat portal faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida” 2012-yil 30-dekabrdagi 378-son qaroriga asosan yaratilgan.
Yagona portalda tadbirkorlik subyektlari va aholi uchun yil boshidan 30 ta yangi
xizmat va servislar ishga tushirildi. Hozirda foydalanuvchilar, asosan tadbirkorlik
subyektlari Yagona portal orqali quyidagi xizmatlardan foydalanishlari mumkin:
−
tekshirishlar reja-jadvalidan elektron ko‘chirma olish;
128
ELEKTRON HUKUMAT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY
-ELEKTRON JURNALI | 3-SON
WWW.INFOCOM.UZ
−
tashqi savdo operatsiyalari yagona elektron axbort tizimida tashqi savdo
shartnomalari bo‘yicha ma’lumotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish;
−
tadbirkorlik subyektlari uchun ularni gaz ta’minlash tarmoqlariga ulanishlari
uchun texnik shartlarni taqdim etish uchun arizalarni elektron ravishda taqdim etish
−
“SMS-To‘lov” to‘lov tizimi orqali ba’zi turdagi xizmatlar uchun to‘lovlarni
amalga oshirish;
−
tadbirkorlik subyektlari uchun to‘lov terminallari bilan ta’minlash, mahalliy
avtotransport vositalarini xarid etish uchun arizalarni elektron ravishda taqdim etish;
−
faoliyatning ba’zi turlari uchun litsenziyalar va ruxsatnomalarni olish uchun
arizalarni taqdim etish va hakozo [11].
Xulosa
2014-yilning 1-oktabrida Yagona portalda tadbirkorlik subyektining kabineti
ishga tushirildi. Ushbu kabinet orqali tadbirkorlik subyektlari turli soliq, statistika va
boshqa turdagi hisobotlarni shakllantirishlari va yuborishlari, turli to‘lovlarni amalga
oshirishlari, turli ma’lumotlarni olishlari va boshqa turdagi interaktiv davlat
xizmatlaridan foydalanishlari mumkin.
Yuqoridagilardan
kelib
chiqib
jamiyat
ijtimoiy-siyosiy
hayotida
axboratlashtirishni o‘rni oshib bormoqda. Mamlakatimiz ijroiy hokimyatida “Elektron
hukumat” tizimini joriy etish va rivojlantirish borasida olib borilayotgan islohotlar va
ularning natijalarida ko‘rishimiz mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1.
“O‘zbekistonda ilm-fan va ta’lim masalalari: muammo va yechimlar”
mavzusidagi
1-son
konferensiya
materiallari
http://reja.tdpu.uz/shaxsiyreja/
views/article/files/3228/ABDURAHMONONOVA%20DILDORA.pdf
2.
Elektron
hukumat
asoslari.
Interaktiv
davlat
xizmatlari.
URL:
https://fayllar.org/pdfview/9-mavzu-elektron-hukumat-asoslari-interaktiv-davlat-
xizmatlari.html
3.
O‘zbekistonda elektron hukumatni joriy etish va rivojlantirish holati. URL:
https://www.uzavtoyul.uz/uz/post/ozbekistonda-elektron-hukumatni-joriy-etish-va-
rivojlantirish.html
4.
A.Abdiraimov / “Elektron hukumat va xizmatlar sohasini raqamlashtirish
xususiyatlari” / https://cyberleninka.ru/article/n/elektron-hukumat-va-xizmatlar-
sohasini-raqamlashtirish-xususiyatlari
5.
O‘zbekistonda “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi qonun kuchga kirdi, URL:
https://kun.uz/uz/20595986
6.
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 49-son, 611-
modda;
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son
129
ELEKTRON HUKUMAT
“RAQAMLI IQTISODIYOT” ILMIY
-ELEKTRON JURNALI | 3-SON
WWW.INFOCOM.UZ
7.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-y.,
1-2-son, 12-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 33-
son, 439-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y.,
03/18/476/1087-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son
8.
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 49-son, 611-
modda;
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son
9.
O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 20-son, 230-
modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son
10.
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 49-son, 611-
modda;
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son
11.
O‘zbekistonda elektron hukumatni joriy etish va rivojlantirish holati
https://www.uzavtoyul.uz/uz/post/ozbekistonda-elektron-hukumatni-joriy-etish-va-
rivojlantirish.html
