Yoshlarga psixologik bilimlarning zaruriyati haqida

CC BY f
284-286
0
0
Поделиться
Ходжаева, Н. (2023). Yoshlarga psixologik bilimlarning zaruriyati haqida . Цифровизация современного образования: проблема и решение, 1(1), 284–286. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/digitalization-modern-education/article/view/24797
Н Ходжаева, Университет точных и социальных наук

аспирантка

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada insonlar o‘z sog‘ligini muhofaza qilishi, psixologik savodxonligini asrashi uchun ham psixologik bilimlarga ega bo‘lishi bugungi kunning dolzarb masalalari haqidagi fikrlar yoritiladi. Shuningdek talaba yoshlar bilan psixologlar o‘rtasida ish hamkorligi yetarli darajada emasligi, yoshlarimizning psixologik bilimlarga ega bo‘lishiga ishtiyoqining pastli haqidagi muammolar o‘rganiladi. Mazkur yo‘nalishda Psixolog V.V.Boykoning amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari tahlil qilinadi. “Psixologik yonish” rivojlanishining sabablari, “Psixologik bilimlar” shaxsiy xususiyatlarning shakllanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatib, muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi.


background image

284

4.

Chudakova V. (Vira Chudakova). (2020) RESOURCES DEVELOPMENT OF THE

COMPETENCES OF PERSONALITY COMPETITIVENESS IN TERMS OF INNOVATIVE

ACTIVITIES.

Professional competencies and educational innovations in the knowledge

economy

: collective monograph / Editors Lyubomira Popova, Mariana Petrova. Veliko

Tarnovo, Bulgaria: Publishing House ACCESS PRESS, 2020. 532 p. P. 473

485.

URL:

http://sci-conf.com.ua.

YOSHLARGA PSIXOLOGIK BILIMLARNING ZARURIYATI HAQIDA

Xodjayeva N.S., AIFU magistranti

Annotatsiya.

Ushbu maqolada i

nsonlar o‘z sog‘lig

ini muhofaza qilishi, psixologik

savodxonligini asrashi uchun ham psixologik bilimlarga ega bo‘lishi bugungi kunning

dolzarb masalalari haqidagi fikrlar yoritiladi. Shuningdek talaba yoshlar bilan

psixologlar o‘rtasida ish hamkorligi yetarli darajada emasl

igi, yoshlarimizning psixologik

bilimlarga ega bo‘lishiga ishtiyoqining pastli haqidagi muammolar o‘rganiladi. Mazkur
yo‘nalishda Psixolog V.V.Boykoning amalga oshirilgan ilmiy

-tadqiqot ishlari tahlil

qilinadi. “Psixologik yonish” rivojlanishining sabablari, “Psixologik bilimlar” shaxsiy

xususiyatlarning shakllanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatib, muhim ahamiyatga ega ekanligini

ta’kidlaydi.

Kalit so‘zlar

:

psixologik savodxonlik, psixologik bilimlar, stress, psixologik

zo‘riqish

, kasbiy beorlik, psixologik yonish, Professor-

o‘qituvchilar, talabalar

, psixologik

salomatlik.

Hozirgi har qanday vaziyatda inson hayot kechirishi uchun psixologik bilimlarning

talab darajasida bo‘lishi ijtimoiy zaruratga aylandi. Psixolog mutaxassislarimiz yuzaga

kelayotgan salbiy psixologik vaziyatning oldini olish va uni qayta tiklashga alohida

e’tibor berib kelmoqda. Insonlar o‘z sog‘ligini muhofaza qilish, psixologik savodxonligini

asrash uchun ham psixologik bilimlarga ega bo‘lishi bugungi kunning dolzarb

masalalaridan hisoblanadi.

Bugungi kunda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti

odamlardagi kasallikning 45% stress bilan bog‘liq ekanligini ko‘rsatib beradi. Boshqa

mutaxassislar esa uning 2 baravar ko‘rsatkichini aytib o‘tgan. Bu ko‘rsatkichlar oldin

yoshi katta insonlarda uchrasa, hozir esa talaba yoshlarimizda ham tez-tez psixologik

zo‘riqishlarni kuzatamiz. Talaba yoshlardagi psixologik muammolar doimiy charchoqni,

ba’zan bosh og‘rig‘ini, uyqusizlikni, sog‘liqning yomonlashganini his qilishi kabi

murojaatlari bunga isbot bo‘la oladi. Ish yoki o‘qish ularni qoniqtirmaydi, aksincha,

nafratlantiradi. Kishi o‘zini noqulay, qo‘lidan ish kelmaydigandek his qiladi va haqiqatan

ham aniq kasbiy yutuqlar pasayadi, shuningdek, chidamlilik hamda zukkolik ham.

Ko‘pchilik odamlar hayoti davomida bo‘layotgan nojo‘ya xatti

-harakatlardan ruhiy

siqilish (depressiya)ni yoki “stress”ni o‘zidan o‘tkazadi. Bunday qiyin vaziyatda qolgan

odam o‘zini har xil narsalar bilan chalg‘itishadi. Talaba yoshlar bilan psixologlar
o‘rtasida ish hamkorligi yetarli emas

mi? Talaba yoshlarimiz psixologik bilimlarga ega

bo‘lishiga ishtiyoq yo‘qmi? Shu kabi savollarga javob topish uchun ilmiy izlanishlardan

foydalanib maqola tayyorlashni maq’ul ko‘rdik.

Shaxsdagi his-

hayajonlarning zo‘riqishi «psixologik zo‘riqish» deb aytad

igan

bo‘lsak, insondagi bu holatida aybdorlik hissi va ezilish kuzatilmaydi, aksincha
asabiylashish, tajovuz va g‘azablanish kuzatiladi. Aniqlanishicha, kasbiy “psixologik

zo‘riqish” o‘z faoliyatiga jiddiy zarar yetkazadi –

ham iqtisodiy, ham ruhiy-hissiyotli.

Xususan, juda tajribali uchuvchilar uchish oldidan qo‘rquv his qilishadi, o‘zlariga bo‘lgan


background image

285

ishonchni yo‘qotishadi, bu esa yo shaxsiy drammaga yoki halokatga olib kelishi mumkin.

“Psixologik zo‘riqish” ta’sirida uzoq vaqt bo‘lish ruhiy zarbaga olib ke

ladi, unga xos

bo‘lgan simptomlar yuzaga keladi. Ular orasida yurak

-qon tomiridagi buzilishlar, nevroz,

ovqat hazm qilish traktidagi yaralar, immunitetning pasayishi kabilar bor. Befarqlik,

“kasbiy beorlik”, mijozlarga va o‘z ishiga nisbatan salbiy munosabat kabilar o‘sib boradi.

Ba’zan barchaga nisbatan nafrat, atrofdagilardan, taqdirdan, hukumatdan bekorga

norozilik hislari paydo bo‘ladi. Hayot ma’nosiz, bo‘shliqdan iboratday, ish esa jonga

tekkanday tuyuladi. Ayniqsa “yoqimsizlik” tuyg‘ulari insonlar bilan bo‘ladigan
munosabatlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatib boradi. Natijada esa psixologik yonishning bu

ko‘rinishini “kishilardan zaharlanish” deb ham atashadi. Shu o‘rinda aytish joizki,

o‘quvchilar, talabalar ham “psixologik yonish”ga moyillikda kam emaslar.

Psixologik yonishning sababi nimada? Psixolog V.V.Boykoning fikriga ko‘ra[1], his

-

hayajonli yonish bu shaxs tomonidan shakllangan ruhiy jarohat ta’siriga javoban his

-

tuyg‘uning to‘liq yoki qisman yo‘qolishi ko‘rinishidagi ruhiy himoya mexanizmidir. U his

-

h

ayajonli, ko‘proq kasbiy qolipga ega. “Psixologik yonish” qisman funksional taxlit bo‘lib,

kishiga energetik resurslarni tejab sarflash imkonini beradi. Ayni paytda uning kasbiy

faoliyat va hamkorlar bilan munosabatda salbiy ta’siri ham paydo bo‘ladi (hamk

or

atamasi ostida kasbiy faoliyat sub’yekti tushuniladi, pedagogik faoliyatda bu o‘quvchi

yoki talabalardir.). Asab tizimi ba’zi muloqotliligiga ega, ya’ni bir kunda bir kishi to‘liq

e’tiborni faqat cheklangan sonli kishilargagina qaratishi mumkin. Agar ul

arning soni

ko‘payib ketsa, charchash paydo bo‘ladi, keyin esa yonishga olib keladi. Boshqa ruhiy

jarayonlarda ham xuddi shu limit mavjud (qabul qilish, masalani hal etish, diqqat). Bu

chegara juda harakatchan va asab tizimining taranglashuviga bog‘liq, ya’ni uyqusizlik,

hal etilmagan muammolar va shu kabi ko‘pgina sabablar tufayli kayfiyatning yanada
tushushiga bog‘liq.

Yana bir sabab-

to‘liq natijaning yo‘qligi. Kishilar bilan ishlash

ko‘pincha “sezish” to‘g‘ri baholash mumkin emasligida ifodalanadi. Aldas

h yoki harakat

qilish mumkin, lekin natijasi bir xil: talabalar o‘qishga kelishadi, baho olishadi, uyga

qaytishadi. Bu aniq harakatlar natijani oshirishga loqaydlik pasaytirishga olib keladi, deb

aytish qiyin. Chunki oliy ta’lim muassasalar hayotidagi yutuqlar ko‘rsatkichlari odatda
vaqtli, tez o‘tuvchi bo‘lib, ular chorakdan chorakkacha o‘zgarib turadi, o‘qish tugagandan

so‘ng esa o‘z qiymatini yo‘qotadi. “Psixologik yonish” rivojlanishining yana ko‘p

sabablarini topish mumkin. Lekin bularsiz ham shunisi aniq-

ki, ko‘ngilga urgan, zerikarli

oddiy ish ham og‘ir, lekin qiziqarli ishga nisbatan juda charchatishi mumkin. Talaba
yoshlar uchun “Psixologik bilimlar”ning rivojlanishi shaxsiy xususiyatlarning

shakllanishiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatib boradi.

Hozir

gi paytda ko‘p kishilar ijtimoiy va semantik mehnat sohasiga jalb etilganlar,

ular mexanizmlar va jismoniy holatlar bilan emas, balki kishilar va ular haqidagi axborot

bilan ishlashadi. Shuning uchun jamiyatda “Psixologik yonish”ning butun epidemiyasi

kuza

tilmoqda. Oliy ta’lim muassasalardagi professor

-

o‘qituvchilar oldida turgan

mas’uliyatli vazifalar va talabalarga quyiladigan talablar hajmi juda ko‘p.

Faoliyatimizdagi o‘quv soatlaridan tashqari, tashkiliy ayrim ishlarimiz ham vaqtimizni

oladi va bizni doim asabiylashishtiradi. Faoliyat natijasi samarasiz chiqmaslik xavotirlari

o‘z

-

o‘zidan kuchayadi. Professor

-

o‘qituvchilar va talabalarni tushunish mumkin,

ularning ishi aynan ruhiy-

hissiy yo‘nalishda. Shuning uchun bu ta’lim tizimi ichida

“psixologik yonish”dan qiynaluvchilar ko‘p, bunday holatdan umuman chiqib ketish

uchun psixologiya uslublari talab etiladi. Bunday holatning asoratini tuzatishdan ko‘ra,

oldini olish osondir. Shuning uchun professor-

o‘qituvchilar, talaba yoshlarga psixologik

bilimlarning z

aruriyati yaqqol ko‘rinib turadi. Shu kabi psixologik muammolarning

oldini olishiga psixologik salomatlik va psixologik xavfsizlik qoidalariga rioya qilishlari


background image

286

uchun oliy ta’lim muassasalarining psixologik xizmatini kuchaytirish, psixologik trening

mashg‘u

lotlarini doimiy olib borish, psixologik maslahat ishlarini tashkil etish lozimdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

ro‘yxati:

1. Дюи Дж. Психология и педагогика мышления (Как мы мыслим)/ Пер. с

англ. –

М., 1999.

-

187 с.

2. Karimova V. Psixologiya. O‘quv qo‘lla

nma.

T.: 2002.

3.

https://e-library.namdu.uz

SHARQONA TARBIYA METODLARI VA UNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK OMILLARI

Jabborov X.X., TDSHU dosenti, psixologiya

fanlari bo‘yicha falsafa doktori

,

O’zbekiston


Annotasiya.

Mazkur maqolada yoshlarda milliy tarbiya shakllanishida

qo‘llaniladigan 44 ta sharqona metodlar va qo‘llanilishi sharqona tarbiyaga zid bo‘lgan

13 ta metodning ijtimoiy-psixologik jihatlari ilmiy asoslangan. Shuningdek mazkur

maqolada zamonaviy va milliy

tarbiya borasidagi o‘ziga xos tendensiyalar bilan

tanishishingiz mumkin.

Klit so`zlar:

tarbiya, metod, fazilat, axloq, milliy tarbiya, milliy xarakter, g‘oya,

mafkura

Yoshlarda milliy tarbiyalashning psixologik-pedagogik omillari va metodlari

haqida gap

ketganda beixtiyor taniqli o‘zbek ma'rifatparvari Abdulla Avloniyning

“Tarbiya biz uchun yo hayot

- yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat

masalasidir” degan chuqur ma'noli so‘zlari inson e'tiborini tortadi [2

; 108-118-b.].

Bugungi kunda ijtimoiy fanlarda inson omili va uning ijtimoiy-psixologik jihatlari

bo‘yicha zamonaviy tadqiqotlar olib borilmoqda. Ularning aksariyat qismida shaxs

ma'naviy va axloqiy tanazzulning asosiy omillari bo‘yicha har xil qiziqarli empirik
ma'lutolar qo‘lga ki

ritilmoqda, lekin bularning ichida odamni tashvishga soladigan bir

qaraganda e'tiborsizdek tuyiladigan, lekin oqibati insoniyat uchun juda katta ma'naviy

tanazzulga, johillikka olib boradigan bir omil, ya'ni tarbiya masalasiga e'tiborsizlik illati

millatla

rning axloqiy tannazulining asosi desak hecham mubolag‘a bo‘lmaydi.

Shuning uchun biz mazkur maqolamizda yoshlarda ijobiy fazilatlarni

tarbiyalashnig metodologik jihatlari, yoshlarni milliy tarbiya masalasiga munosabatlari

hamda hamda milliy tarbiya metodlarini tadqiq qilishga alohida e'tibor qaratdik.

Mazkur masalani dolzarlibligini “Uzluksiz ma'naviy tarbiya” konsepsiyasini

tasdiqlash to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasining 1059

-son qarori bilan ham izohlash

mumukin. Mazkur konsepsiyada bugungi yoshlarimizning shaxsiy va ijtimoiy farovon,

baxtli hayot qura olishlari uchun zarur bo‘lgan aniq fazilatlar majmui belgilab berildi.

Bu haqda Qarorning 2-bandida Konsepsiya va uni amalga oshirish chora-tadbirlar

rejasini amalga oshirishning ustuvor yunalishlaridan bi

ri etib “Yoshlarda Vatanga

sadokat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, mas'uliyatlilik,

bag‘rikenglik, huquqiy madaniyat, innovasion fikrlash, mehnatsevarlik kabi muhim

fazilatlarni bolalikdan boshlab bosqichma-bosqich shakll

antirish” [1] ta'kidlangan.

Bu davlatimizning yoshlar tarbiyasiga yondashishda maqsadli innovasion

yondoshuv bo‘lib, tarbiya jarayonini ilmiy asosga qurilishini va milliy tarbiya masalasida

uning ijtimoiy-psixologik indikatorlari ishlab chiqishimizni talab qiladi.

Библиографические ссылки

Дюи Дж. Психология и педагогика мышления (Как мы мыслим)/ Пер. с англ. – М., 1999. - 187 с.

Karimova V. Psixologiya. O‘quv qo‘llanma. –T.: 2002.

https://e-library.namdu.uz

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов