Цифровизация современного образования: проблема и решение

in Citate: 0
Цитаты: 0
h index: 2
Поделиться

О журнале

So‘nggi yillarda mamlakatda ta’lim-tarbiya tizimining sifati va samaradorligini oshirish, bog‘cha tarbiyalanuvchilari, o‘quvchi va talaba yoshlarda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, ta’lim tizimlari hamda ilm-fan sohasi o‘rtasida yaqin hamkorlik va integratsiyani, ta’limning uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, milliy ta’lim-tarbiya tizimining amaldagi holati uni zamon talablari asosida modernizatsiya qilish, yoshlarni yuksak bilim-ma’rifat egalari, jismoniy va ma’naviy sog‘lom insonlar etib tarbiyalash, ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog xodimlari nufuzini oshirish, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha izchil chora-tadbirlarni amalga oshirishni talab etmoqda. O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

mamlakat taraqqiyoti uchun yangi tashabbus va g‘oyalar bilan maydonga chiqib, ularni amalga oshirishga qodir bo‘lgan, intellektual va ma’naviy salohiyati yuksak yangi avlod kadrlarini tayyorlash, ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari zamonaviy kasb egalari bo‘lishlari uchun ularda zarur ko‘nikma va bilimlarni shakllantirish;

dunyo miqyosidagi bugungi keskin raqobatga bardosh bera oladigan milliy ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish, darslik va o‘quv qo‘llanmalarini zamon talablari asosida takomillashtirish, ularning yangi avlodini yaratish, o‘quv dasturlari va standartlarini optimallashtirish;

ta’lim-tarbiya muassasalarining rahbar xodimlari, pedagog va murabbiylari, professor-o‘qituvchilari va ilm-fan sohalari vakillarining jamiyatimizdagi o‘rni va maqomini oshirish, ularning mashaqqatli mehnatini munosib qadrlash va faoliyat samaradorligiga qarab moddiy rag‘batlantirish;

pedagog xodimlarning kasbiy mahorati va faoliyat samaradorligini muntazam oshirib borish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, malaka oshirish tizimini “hayot davomida o‘qish” tamoyili asosida takomillashtirib borish;

ilmiy-tadqiqot va ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha xususiy sektorning salmog‘ini kengaytirish, hududlarda nodavlat ta’lim tashkilotlarini tashkil etish orqali raqobat muhitini shakllantirish, ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish;

zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan xolda ta’limni boshqarishni avtomatlashtirish va har tomonlama tahlil qilib borish tizimini yaratish, elektron resurslar va masofaviy ta’limni yanada rivojlantirish, ta’lim oluvchilar o‘rtasida IT-sohasidagi kasblarni ommalashtirish;

ilm-fanni iqtisodiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchiga aylantirish, ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish, iqtidorli yosh olimlarning innovatsion faoliyatini rag‘batlantirish, mavjud ilmiy tashkilotlar salohiyatini yanada mustahkamlash va rivojlantirish;

ta’lim tizimiga yuqori samarali xalqaro amaliyotni joriy etish, respublika ta’lim tashkilotlarini nufuzli xalqaro reytinglarga kiritish bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish.

Konferensiyalar tashkil etish ilmiy tadqiqotlarimizning ustuvor yо‘nalishlaridan biri hisoblanadi. О‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023 yil

2 maydagi 118-sonli buyrug‘i asosida О‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida                  2023 yil 18 oktabr kuni “Zamonaviy ta’limni raqamlashtirish: muammo va yechimlar” mavzusida xalqaro miqyosida konferensiya tashkil etilishi belgilangan edi. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga mо‘ljallangan yangi О‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi tо‘g‘risida”gi PF-60-son, 2019 yil 8 oktabrdagi “O‘zbekison Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-son Farmonlari, 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish to‘g‘risida“gi PQ-2909-son, 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-son, 2021 yil 19 maydagi “Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5117-son, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 avgustdagi “Ta’lim muassasalarida chet tillarini o‘qitishning sifatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VM-610-son Qarorlari va boshqa meyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu konferensiya ilmiy natijalari ma’lum darajada xizmat qiladi. Ushbu respublika ilmiy-amaliy konferensiya aynan zamonaviy ta’limni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlanganligi bilan ahamiyatlidir. Konferensiyani tashkil etish uchun tashkiliy qо‘mita shakllantirildi va tashkiliy qо‘mitaga taqdim etilgan maqolalar tahrir etilib, tо‘rtta shо‘baga ajratilib о‘rganib chiqildi. Ushbu konferensiyaga respublikamizning barcha viloyatlaridagi oliy ta’lim muassasalari professor-о‘qituvchilari tomonidan maqolalar taqdim etilgan bо‘lib, zamonaviy ta’limning nazariy va amaliy muammolari, pedagogika nazariyasi va ta’limotlar tarixi, ta’limda innovatsiyalar, ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi, pedagogik faoliyatda innovatsion texnologiyalar va ta’limni raqamlashtirish muammolari kabi yirik masalalarni ijobiy hal etishning nazariy jihatlarini kо‘rsatib berishi shubhasizdir. Mazkur konferensiya materiallaridan talabalar, magistrlar, tayanch doktorantlar, doktorantlar hamda professor-о‘qituvchilar monografiyalar, ilmiy-tadqiqot ishlarini tayyorlashda foydalanishlari mumkin.

CiteScore
in Citate
0 =
0 цитирований за 2022 - 2021 г.
0 документов за 2022 - 2021 г.
current in Citate
0 =
0 цитирований за 2023 г.
99 документов за 2023 г.
 
Содержание журнала
Прошлые выпуски
  • 1
inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов