DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
31
“ALKIMYOGAR” ROMANINING RAMZIY FALSAFIY TAHLILI
Jalilova Shohida Ravshan qizi
Termiz Iqtisodiyot va Servis universiteti
Pedagogika va ijtimoiy gumanitar fanlar
fakulteti (oʻzbek tili) yoʻnalishi 2-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15783025
Annotatsiya
Paulo Koeloning “Alkimyogar” romani bu orzu, taqdir, o’zlik va ruhiy
izlanish haqida hikoya qiluvchi falsafiy badiiy asardir. Asar qahramoni ispan
cho’pon yigit Santyugoning o’z shaxsiy afsonasini ya’ni hayotdagi chin maqsadini
topish yo’lida bosib o’tgan ruxiy va jismoniy sayohati aks etadi. “Alkimyogar” –
bu oddiy syujet ortida yashiringan chuqur ma’naviy g’oyalar timsoli va
tasavvufiy qarashlarga boy roman bo’lib, unda har bir insonning yuragida
yashirin orzulari, ularga eltuvchi belgilari, va bu yo’ldagisinovlari borligi
ta’kidalanadi. Koelo bu asar orqali insonni o’z hayoti haqida chuqur mulohaza
qilishga, qalbini tinglashga va orzularidan hech qachon voz kechmaslikka
chorlaydi.
Kalit So’zlar
Shaxsiy afsona, maqsad sari intilish, ruhiy sayohat, ichki uyg’onish, hayotiy
maqsad, Koelo uslubi
Аннотация
Роман Пауло Коэльо «Алхимик» — философское художественное
произведение, повествующее о мечтах, судьбе, идентичности и духовных
поисках. В произведении описывается духовное и физическое
путешествие испанского пастушка Сантьяго, героя произведения, в
поисках своей личной легенды, то есть своего истинного предназначения
в жизни. «Алхимик» — роман, богатый мистическими взглядами и символ
глубоких духовных идей, скрытых за простым сюжетом, подчеркивающий,
что у каждого человека есть скрытые мечты в сердце, знаки, ведущие к
ним, и препятствия на этом пути. В этом произведении Коэльо призывает
человека глубоко задуматься о своей жизни, прислушаться к своему
сердцу и никогда не отказываться от своих мечтаний.
Ключевые Слова
Личная легенда, стремление к цели, духовное путешествие,
внутреннее пробуждение, жизненное предназначение, стиль Коэльо
Abstract
Paulo Coelho's novel "The Alchemist" is a philosophical work of fiction that
tells the story of dreams, destiny, identity, and spiritual quest. The work depicts
DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
32
the spiritual and physical journey of the Spanish shepherd boy Santiago, the
hero of the work, to find his personal legend, that is, his true purpose in life. "The
Alchemist" is a novel rich in mystical views and a symbol of deep spiritual ideas
hidden behind a simple plot, emphasizing that every person has hidden dreams
in his heart, signs leading to them, and obstacles on this path. Through this work,
Coelho encourages a person to deeply reflect on his life, listen to his heart, and
never give up on his dreams.
Keywords
Personal legend, striving for a goal, spiritual journey, inner awakening, life
purpose, Coelho's style
Zamonaviy adabiyotda inson qalbi va ruhiyatini yortishga qaratilgan
falsafiy - badiiy asarlar orasida Paulo Koeloning "Alkimyogar" romani alohida
oʻrin tutadi.
Asarda insonning oʻz taqdiri, orzusi va ichki ovozini tinglash yoʻlidagi
izlanishlari hayotiy timsollar vositasida chuqur tasvirlangan. "Kimyogar" - bu
nafaqat bir yigitning uzoq safarga chiqqan sayohati, balki har bir odamning
yuragida yashirin boʻlgan, "Shaxsiy afsona" ni topishga boʻlgan chaqiriqdir.
Muallif real voqealar ortiga ramziy maʼnolarni joylashtirib, insonni oʻz
hayoti va orzulari haqida mushohada qilishga undaydi. Ushbu maqolada
asardagi asosiy gʻoya, falsafiy qarashlari, timsollari turi va shaxsiy afsona
konsepsiyasining adabiy ifodasi tahlil qilinadi.
Adabiyotlar Tahlili
Poulo Koeloning "Alkimyogar" romani - zamonaviy, falsafiy, badiiy adabiyot
namunasi sifatida dunyo miqyosida katta shuhrat qozongan asarlaridan biridir.
Asar markazida Ispan choʻpon yigit Santiyugo turadi. U Misr piramidalari yonida
yashiringan xazinani topish uchun uzoq va mashaqqatli safarga otlanadi. Biroq
bu safar nafaqat jismoniy yoʻl, balki maʼnaviy va ruhiy oʻsishni aks ettiruvchi
timsollarga boy sayohatdir. Romanning asosiy gʻoyasi har bir insonda "shaxsiy
afsona" borligi va oʻz taqdirini anglab orzusi sari intilish kerakligi haqidadir.
Santiago obrazi orqali muallif qalb ovoziga quloq tutish, oʻz hayot yoʻlini
topish va orzulari uchun kurashish zarurligini eslatadi. Asarda tez-tez
uchraydigan ramzlar - xazina, choʻl, kimyogar, alomatlar (belgilar), shamol va
yurak - insonning ichki holati, shubha, ishonch, xavf va maʼnaviy uygʻonish
timsollaridir.
Koeloning yozuv uslubi soddaligi bilan ajralib turadi, ammo bu soddalik
ortida chuqur maʼnaviy qatlamlar yashiringan. U Sharq falsafasi, gʻarbiy motivlar
va zamonaviy psixologik tafakkurni birlashtirgan holda universal va taʼsirli
DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
33
obrazlar yaratgan. "Alkimyogar" romanida har bir epizod ramziy maʼnoga ega
boʻlib, bu asarni nafaqat badiiy, balki ruhiy tarbiya beruvchi asar sifatida ham
qadrlashga sabab boʻladi.
Asarda "taqdir" va "erkinlik" oʻrtasidagi ziddiyat ham muhim oʻrin
egallaydi. Santiago oʻz yoʻlida turli sinovlarga duch keladi, ammo bu sinovlar uni
zaiflashtirmaydi, aksincha oʻzini anglashga, kuchliroq boʻlishga olib keladi.
Muallif bu orqali inson oʻz taqdirining egasi ekanini va toʻsqinliklarga qaramay,
oʻz yoʻlini topishi mumkinligini targʻib qiladi.
Muhokama
"Alkimyogar" romanining muallif faoliyati uning soddaligi ortidagi chuqur
maʼnaviy mazmunda yashiringan. Asar koʻpchilikni odatiy voqealar bilan emas,
balki ichki ruhiy izlanish, orzular va ularni roʻyobga chiqarish uchun kurash
haqida oʻylashga undaydi.
Santiago safar davomida turli odamlar bilan uchrashadi - bu odamlarning
har biri hayot falsafasi, orzu va tanlov timsoli sifatida maydonga chiqadi.
Ayniqsa, "Alkimyogar" obrazi orqali muallif inson oʻzgarishga qodir, hayotni "
Oltin"ga aylantira oladigan kuchga ega degan gʻoyani ilgari suradi.
Asarda Sharq va Gʻarb ruhiyatining uygʻunlashuvi ham kuzatiladi. Gʻarbdagi
realistik tafakkur va Sharqdagi tasavvufiy falsafa sentizida yozilgan bu roman oʻz
insoniga universal haqiqatni eslatadi.
Xulosa
"Alkimyogar" romani - bu insoniy orzu, qalb ovozi va taqdir sari intilishni
madh etuvchi ruhiy falsafiy asardir. Muallif Santiago obrazi orqali shuni
koʻrsatadiki, har bir inson ichida yashirin bir xazina - yaʼni uning orzusi, maqsadi
bor. Ushbu xazina sari borish yoʻli oson emas, sinovlar, shubhalar, tanlovlar
bilan toʻla. Ammo ana shu yoʻlning oʻzi insonni oʻzgartiradi, kamolga yetkazadi,
haqiqatga olib boradi. Koelo bu asari orqali oʻzlikni anglash, ruhiy uygʻonish va
hayot maʼnosini topish yoʻlidagi eng oddiy, ammo eng muhim haqiqatlarni
chuqur badiiy ifoda etgan.
foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. Ibrohim Gʻafurov bilan intervyu. Badiiy tarjima nusxa koʻchirish
emas//Oʻzbekistonda xorijiy tillar - 2015
2. Ahmad Otaboy, "Alkimyogar" b.13.
3. Poulo Koelo, translated by Alan R. Clarke, the Alchemist, perfectbaund, p.7..