Авторы

  • Mahliyo Xusanova
    Termiz iqtisodiyot va servis universiteti pedagogika va ijtimoiy gumanitar fanlar fakulteti 2-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.dis.115593

Ключевые слова:

Til interferensiya lingvistik interferensiya fonetik interferensiya sotsiolingvistika salbiy va ijobiy interferensiya.

Аннотация

Ushbu maqola til hodisalari va interferensiya hodisasini lingvistik jihatdan turli til sathlari doirasida tahlil qilish,  interferensiya hodisasining yuzaga kelish sabablari, til interferernsiya hodisasining turlari va olimlarning bu borada olib borgan tadqiqotlarini qamrab oladi.


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

21

TIL INTERFERENTSIYASINING LINGVISTIK XUSUSIYATLARI

Xusanova Mahliyo Abdunazarovna

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti pedagogika va

ijtimoiy gumanitar fanlar fakulteti 2-bosqich talabasi

husanovamahliyo582@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15773138

Annotatsiya.

Ushbu maqola til hodisalari va interferensiya hodisasini lingvistik jihatdan

turli til sathlari doirasida tahlil qilish, interferensiya hodisasining yuzaga kelish
sabablari, til interferernsiya hodisasining turlari va olimlarning bu borada olib
borgan tadqiqotlarini qamrab oladi.

Kalit so‘zlar.

Til, interferensiya, lingvistik interferensiya, fonetik

interferensiya, sotsiolingvistika, salbiy va ijobiy interferensiya.

Til millat ruhi, jamiyat ko‘zgusi. U har bir millatning xalq bo‘lib

shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Til insonlar orasida muloqot obyekti
hisoblanib, kommunikativ munosabatni amalga oshiradi. Til jamiyat va kishilar
jamoasi bilan o‘zaro chambarchas bog‘liq. Til jamiyatda shakllanadi va rivoj
topadi. Til insonlarning muloqotga kirishuvi uchun asosiy omil ekanligini inkor
etib bo‘lmaydi.

Adabiyotlar tahlili

.

Til - murakkab muloqot tizimiga yoki shu tizimni o‘rganish va ishlatish

qobiliyatiga aytiladi. Tilni o‘rganuvchi soha TILSHUNOSLIK deyiladi. Til bir
qancha fanlar - sotsiologiya, sotsiolingvistika, psixologiya, etnografiya, tarix,
falsafa va boshqa fanlar bilan uzviy bog‘liq holda rivojlanadi. Tilning jamiyat
bilan aloqasi, lisoniy vositalarning ijtimoiy tabiati, uning insonlar hayotida
tutgan o‘rnini o‘rganuvchi tilshunoslik tarmog‘i sotsiolingvistika deb nomlanib,
sotsialingvistika, A. Berdialiyev ta’biri bilan aytganda, ‘‘Tilshunoslikning
chaqaloq nabirasi’’dir[1.27 ].

‘‘Sotsiolingvistika (lot. Societas – jamiyat+lingvistika) tilshunoslik va

sotsiologiya fanlari aloqasi asosida yuzaga kelgan bo‘lib, tilning ijtimoiy tabiati,
lisoniy muhitini hamda tilning jamiyat hayotidagi o‘rni bilan bog‘liq
muommolarni o‘rganuvchi soha [2.27 ]hisoblanadi. Til jamiyatda rivojlanar
ekan, ijtimoiy omillar tilga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Zero, ‘‘Til aloqa quroli sifatida
o‘zi hizmat qilayotgan jamiyatning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti
bilan bogʻliq ravishda yuksaladi. Jamiyat hayotidagi har qanday o‘zgarish uning
tilida namoyon bo‘ladi’’. [3.160 ] Shu sababdan ham sotsiolingvistika bugungi
jahon tilshunosligida dolzarb masalalar bilan shug‘ullanuvchi fan tarmog‘idir.
Inson har doim izlanishdan to‘xtamaydi, har doim nimagadir intiladi. Yangi


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

22

bilimlar egallashga harakat qiladi. Dunyo ko‘rgisi, sayohatlar uyushtirib yangi
tabiatli insonlar bilan muloqotga kirishishga urinadi. Bu borada horijiy tillarni
o‘rganish ishtiyoqi paydo bo‘ladi. Hozirgi kunda esa bu kabi chet tillarini
o‘rganish hayotimizning zaruriy ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. Bu tillarni
oʻrganish natijasida ikki tillilik va ko ‘p tillilik vujudga keldi ya’ni bilingualizm.
So‘zlovchi buning natijasida yuqorida aytganimizdek, bilingual yoki trilingual va
poligotga aylandi. Bu holatga soʻzlovchi ongida ikki tillilik va ko ‘p tillilik soʻzlar
aloqaga kirishadi. Bu orada ular ongda va nutqda tillar kontaktini hosil qiladi.
Nutqiy jarayonda chet tillaridagi soʻzlarning tilimizdagi boshqa bir chet tiliga
yoki o‘zbek tilidagi so‘zlarga qoshilib nutqimizda ishtirok etishi kuzatiladi. Bu
holatlarni jamiyatimizda juda ko‘p uchratishimiz mumkin. Nutqiy jarayonda
tillarning bir-biriga ta’siri natijasida sotsiolingvistikaga xos tushunchalardan biri
- interferensiya hodisasi yuzaga keladi. Interferentsiya hodisasi nisbatan yangi
sotsiologik tushunchadir. Bir tilga xos xususiyatning boshqa bir til qurilishiga
yoki uning biron bir ichki tizimiga lisoniy jihatdan ta’siri interferentsiya
hodisasidir. Sodda qilib aytganda, nutqimizdagi ikki tildan bittasi ichki ta’sirda
misol uchun ingliz va oʻzbek tilida gaplashuvchilar nutqida oʻzbek tilidagi soʻzlar
orasida inglizcha soʻzlarning ham ishlatilishi, soʻzlarni fonetik leksik jihatdan
nutqimizda ifodalanishi, soʻzlarimiz bilan birgalikda kontakt hosil qilishi
interferentsiya hodisasi hisoblanadi. Interferensiya hodisasining tarjimasi ham
oʻzaro ta’sir degan ma’noni bildiradi. Interferensiya hodisasi lingvistik jihatdan
turli til sathlari doirasida tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalariga koʻra tillar
qanchalik bir – biriga yaqin boʻlsa, ijobiy interferensiya, tillar bir – biriga
oʻxshamagan boʻlsa salbiy interferensiya hodisasini yuzaga keladi. Interferensiya
tillarning oʻzaro ta’sirida vujudga keladigan jarayon boʻlib, tilning barcha
sathlarida namoyon boʻladi degan xulosaga kelingan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR
INTERFERENSIYA hodisasi haqida bir qancha olimlar ilmiy izlanishlar olib

borishgan jumladan, Praga lingvistik toʻgaragi olimlari tillardagi ana shu
xususiyatlarga alohida e’tibor berib, ularni maxsus oʻrganganlar. Oʻzga tilni
osonlik bilan oʻrganishga toʻsqinlik qiladigan har xil hodisalarni aniqlaganlar. Bu
hodisalardan biri interferentsiya hodisasidir. Bu hodisa dastavval, fizika fanida
aniqlangan boʻlib, toʻlqinlarning toʻqnashuvi natijasida ularning tebranishi
amplitudasini, kuchayishi yoki susayishi ma’nosini bildirgan [Fizika, 1996: 37].
Keyinchalik esa, psixologiya fanida ham aniqlangan va u bir qancha turlarga
boʻlingan. Interferensiya terminini tilshunoslikda birinchi boʻlib Praga olimlari
aniqlaganlar boʻlishiga qaramay, mazkur termin U. Vaynrayxning “Til aloqalari”


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

23

nomli kitobi nashrdan chiqqandan soʻng keng qoʻllanila boshlangan [Vaynrayx,
1979: 17]. Bizga ma’ lumki, interferentsiya hodisasi oʻzga tilni oʻrganayotgan
shaxsning ixtiyorsiz ravishda ona tilida mustahkamlangan muomala qoidalari
sistema normasini oʻrganayotgan tiliga koʻchiradi. Tildagi interferensiyaning
paydo boʻlish sababi ham til bilish va uning ostida turgan ikki til jamoasi
orasidagi nutqiy muloqot yoki oʻquv vaziyati tushuniladi. Izlanishlar natijasiga
koʻra, interferensiya fonetik, leksik, morfologik, sintaktik turlarga ajratishgan.
Fonetik interferensiyada til oʻrganish jarayonida xorijiy til orfoepik
me’yorlarining buzilishi, chet tiliga oid fonemalarni ona tilidagi ekvivalentlariga
moslab talaffuz qilishda namoyon boʻladi. Leksik interferensiya esa ona tili
leksik birliklarining chet tili leksik birliklariga ta’siri yoxud aksincha, xorijiy til
leksika birliklarining ona tili leksik birliklariga ta’sir sifatida baholash. Sintaktik
interferensiyada tillar sintaktik birliklardagi oʻzaro ta’sir natijasida vujudga
keladigan interferensiya nazarda tutiladi. Interferensiya – tilshunoslik fanida
yangi tushuncha. Shuning uchun ham O. S. Ahmanovaning “Lingvistik atamalar
lug‘ati”da bu atama va uning fandagi tushunchasiga ma’lumot berilmagan. S.M.
Lokshina tomonidan tuzilgan “Chet so‘zlar qisqacha lug‘ati”da interferensiya
atamasi va uning sharhi berilgan. Interferensiya keng va tor ma’noda
qo‘llaniladi. Keng ma’nodagi tushunchasi interferensiyaning nolingvistik
tomomlari bo‘lib, tilshunoslik fani uchun muhim emas. Interferensiyaning
lingvistik sharhi va mohiyati U.Vaynrayx , V.V.Alimov, E. Xaugen, E. M.
Vereshchogin, V.Yu. Rozensveyg, L.M. Uman, V.V. Klimov, Yu.D. Desheriyev, L.V.
Shcherba, M.T. Zokirov asarlarida berilgan. U. Vaynrayx tomonidan aytilgan
interferensiyaning lingvistik jabhadagi amaliga bevosita tegishli. U “Bilingv
nutqida bir necha tillarni bilish natijasida vujudga kelgan til me’yorlaridan
ixtiyoriy ravishda chekinish holatlari” ni interferensiya deb tushunsa, M.T.
Zokirov esa “Interferensiya bu ona tilida mustahkamlangan til ko‘nikmalarini
o‘rganilayotgan ikkinchi tilga ixtiyorsiz ravishda olib o‘tish natijasidir” deydi.
Tadqiqotlar natijasida Interferensiya hodisasining yana bir qancha tomonlari
oydinlashgan, 1915 – yilda L. Shcherba “Sharqiy Latusiya” asarini yaratdi. Olim
ma’lum muddat nemis va polyak tillarining aralashuvi natijasida paydo bo‘lgan
Mozakov lahjasida gaplashuvchi xalqlar orasida yashadi va ularning tilini tadqiq
qilishga urindi. Shu tarzda olim tillarning bir - biriga ta’sirini o‘rgandi. K.K.
Plotonov birinchilardan bo‘lib “Ko‘nikmalar interferensiyasi” tushunchasini
fanga olib kirdi. Unga ko‘ra ona tili ta’siri ostida chet tilini bilish qobiliyati
rivojlanadi yoki aksincha kamayadi. Unga ko‘ra interferensiya hodisasini ikki xil
tahlil qilish mumkin. Birinchida so‘zlashuvchi shaxsning bobo tilidagi bir - biriga


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

24

yaqin tillar guruhi ya’ni bu guruhga kiruvchi tillar grammatik jihatdan ham
so‘zlashuv jihatida ham yaqin hisoblansa, ikkinchisi esa, bobo tili turlicha
bo‘lgan tillar orasida amalga oshadi. Misol uchun, o‘zbek va ispan tilini olsak,
o‘zbek tili grammatikasida kesim gap oxirida keladi, ispan tilida esa egadan
keyin keladi. Ko‘pchilik insonlar tillarni grammatikaga asoslab o‘rganadilar bu
esa grammatika jihatdan yaqin bo‘lgan tillarni tez o‘rganishga yordam beradi.

Xulosa
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlab o‘tishimiz kerakki, Interferensiya hodisasi

ongimizda mavjud til kontaktidagi bir - biriga yaqin bo‘lgan va bo‘lmagan
tillarning nutqimizdan tashqarida bog‘lanishi. Globallashuv davrida insonlar
sayohat qilishga, boshqa davlat vakillari bilan fikr almashishga, o‘zlari uchun
biror narsani kashf qilishga harakat qiladilar. Shu o‘rinda til o‘rganishga bo‘lgan
ehtiyojlarni ham kuchaytirib boradilar. Shuni hisobga olsak, interferensiya
hodisasining yangi o‘rganilmagan jihatlari shakllanadi va fanga yangi tadqiqot
ishlarini tadbiq etish holatlari uzluksiz davom etadi

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.“O‘zbek tili imkoniyatlaridan amaliy foydalanish masalalari” mavzusidagi
ilmiy-amaliy konferensiya materiallari Qarshi- 2022.
2.Til interferensiyasining mohiyati xususida-27b. M. Zokirov
3.https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal February, 2023
4.Ахманова О.С. Словарь лингвистических терминов / О.С. Ахманова. – 2-е
изд., стер. – М : УРСС : Едиториал УРСС, 2004. – 571 с.
5.U. Vaynrayx - “Til aloqalari” 1979
6.Fizika, 1996

Библиографические ссылки

“O‘zbek tili imkoniyatlaridan amaliy foydalanish masalalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya materiallari Qarshi- 2022.

Til interferensiyasining mohiyati xususida-27b. M. Zokirov

https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal February, 2023

Ахманова О.С. Словарь лингвистических терминов / О.С. Ахманова. – 2-е изд., стер. – М : УРСС : Едиториал УРСС, 2004. – 571 с.

U. Vaynrayx - “Til aloqalari” 1979

Fizika, 1996