Авторы

  • Nafosatxon Minojidinova
    mustaqil izlanuvchi, Farg‘ona davlat universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.dis.129420

Ключевые слова:

Aksiyadorlik jamiyati inson resurslarini boshqarish boshqaruv strategiyasi mehnat samaradorligi korxona rivoji tashkilot boshqaruvi O‘zbekiston iqtisodiyoti.

Аннотация

Mazkur ilmiy izlanishda zamonaviy iqtisodiy munosabatlar sharoitida O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan aksiyadorlik jamiyatlarining rivojlanish yo‘nalishlari, ularning tashkiliy-huquqiy asoslari hamda xodimlarni boshqarishdagi tendensiyalar chuqur tahlil qilinadi. Shuningdek, inson resurslarini boshqarishning samarali strategiyalari va ularni joriy etish orqali korxonalarning raqobatbardoshligini oshirish imkoniyatlari o‘rganiladi. Tadqiqotda amaliy tavsiyalar bilan bir qatorda, ilg‘or xorijiy tajribalar tahlili ham keltirilgan.


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

90

AKSIYADORLIK JAMIYATLARI RIVOJI VA KADRLAR BOSHQARUVI

TENDENSIYALARINING O‘ZBEKISTONDAGI HOLATI TAHLILI

Minojidinova Nafosatxon Marufjon qizi

mustaqil izlanuvchi, Farg‘ona davlat universiteti

https://doi.org/10.5281/zenodo.16605332

Annotatsiya.

Mazkur ilmiy izlanishda zamonaviy iqtisodiy munosabatlar

sharoitida O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan aksiyadorlik jamiyatlarining
rivojlanish yo‘nalishlari, ularning tashkiliy-huquqiy asoslari hamda xodimlarni
boshqarishdagi tendensiyalar chuqur tahlil qilinadi. Shuningdek, inson
resurslarini boshqarishning samarali strategiyalari va ularni joriy etish orqali
korxonalarning raqobatbardoshligini oshirish imkoniyatlari o‘rganiladi.
Tadqiqotda amaliy tavsiyalar bilan bir qatorda, ilg‘or xorijiy tajribalar tahlili
ham keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

Aksiyadorlik jamiyati, inson resurslarini boshqarish,

boshqaruv strategiyasi, mehnat samaradorligi, korxona rivoji, tashkilot
boshqaruvi, O‘zbekiston iqtisodiyoti.

Bozor munosabatlari chuqurlashib borayotgan hozirgi davrda O‘zbekiston

Respublikasi iqtisodiyotining muhim tarmog‘ini aksiyadorlik jamiyatlari tashkil
etmoqda. Aksiyadorlik jamiyati shaklidagi korxonalar yirik ishlab chiqarish
quvvatlariga ega bo‘lishi, jamoaviy kapital asosida tashkil etilishi va bir nechta
mulkdorlar manfaatini uyg‘unlashtirgan holda faoliyat yuritishi bilan ajralib
turadi. Mamlakatimizda so‘nggi yillarda aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini isloh
qilish, ularning raqobatbardoshligini oshirish, korporativ boshqaruvni
kuchaytirish bo‘yicha bir qator huquqiy-me’yoriy hujjatlar qabul qilindi.

Jumladan, Prezidentning 2023-yil 13-apreldagi PQ–110-sonli qarori

("Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilish va aksiyadorlik jamiyatlariga
o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida") va “2022–2026 yillarda O‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirish bo‘yicha Yangi O‘zbekiston strategiyasi” kabi
hujjatlar doirasida korxonalarni aksiyadorlik shakliga o‘tkazish, ularning
boshqaruv tizimini modernizatsiya qilishga alohida urg‘u qaratilmoqda.

Aksiyadorlik jamiyatlarining rivojlanish holati: O‘zbekiston Respublikasi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi kunda
respublikada turli sohalarda faoliyat yurituvchi minglab aksiyadorlik jamiyatlari
ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ularning katta qismi sanoat, energetika, transport,
xizmat ko‘rsatish va moliya sektorlarida faoliyat olib bormoqda. Ularning
iqtisodiyotdagi ulushi yildan-yilga ortib bormoqda, ayniqsa, davlat ishtirokidagi
yirik korxonalarning aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirilishi iqtisodiyotda


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

91

korporativ boshqaruvning kengayishiga olib keldi. Ammo bu jarayon hali ham
o‘zining muammolari va tizimli kamchiliklariga ega. Jumladan:

Aksiyadorlar va menejment o‘rtasidagi manfaatlar to‘qnashuvi;

Boshqaruvning markazlashganligi;

Kadrlar salohiyatining pastligi;

Samarasiz motivatsiya tizimi;

Zamonaviy HR texnologiyalarining joriy qilinmaganligi kabi omillar

mavjud.

O‘zbekistonda aksiyadorlik jamiyatlari xodimlarni boshqarishda asta-sekin

ilg‘or usullarga o‘tmoqda. Xususan, quyidagi tendensiyalar kuzatilmoqda: HR
(Human Resources) tizimining shakllanib borishi – Yirik aksiyadorlik
korxonalarida kadrlar bo‘limlari "inson resurslari bo‘limi" sifatida qayta tashkil
etilmoqda, bu esa xodimlarni faqat rasmiylashtirish emas, balki ularning
rivojlanishi, baholanishi va motivatsiyasini ham o‘z ichiga oladigan keng
qamrovli faoliyatni ko‘zda tutadi. Xodimlarning malakasini oshirishga
yo‘naltirilgan siyosat

– Aksariyat korxonalar ichki va tashqi o‘quv kurslari, seminarlar, malaka

oshirish dasturlarini joriy etmoqda. Biroq bu jarayon hali to‘liq
tizimlashtirilmagan. Motivatsiya tizimlarining soddaligi

– Ko‘plab aksiyadorlik jamiyatlarida xodimlarni rag‘batlantirish hali ham

an’anaviy yo‘sinda (pul mukofotlari, tarif stavkalariga qo‘shimchalar orqali)
amalga oshirilmoqda. Zamonaviy yondashuvlar, masalan, KPI (asosiy
ko‘rsatkichlar asosida rag‘batlantirish), ichki rotatsiya, karera yo‘llari kabi
usullar yetarlicha joriy etilmagan. Mehnat unumdorligini oshirishga e’tibor
ortmoqda

– Ayni paytda sanoat tarmoqlarida xodimlar ish hajmini optimallashtirish,

natijadorlikni baholash ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish kabi jarayonlar
boshlangan. Bu esa mehnat samaradorligiga ta’sir qiluvchi boshqaruv
mexanizmlarining

asta-sekin

shakllanayotganini

bildiradi.

Raqamli

texnologiyalar va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari

– Yirik aksiyadorlik jamiyatlarida xodimlar harakati, ish vaqti, ish

unumdorligi, malaka holati kabi ko‘rsatkichlarni raqamli platformalarda yuritish
tendensiyasi ortib bormoqda.

Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda aksiyadorlik jamiyatlarining

rivojlanish sur’atlari va ularning xodimlarni boshqarish bo‘yicha olib borayotgan
faoliyati muayyan ijobiy siljishlarga ega bo‘lsa-da, hali to‘laqonli zamonaviy
boshqaruv tizimiga o‘tish yo‘lida turibdi. Xodimlarning mehnat unumdorligini


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

92

oshirish, ularni samarali baholash, motivatsiya qilish va malakasini oshirish
bo‘yicha ilg‘or yondashuvlar keng joriy etilishi lozim.

-
r
a
O‘zbekistondagi AJ lar iqtisodiyot tarmoqlari bo’yicha taqsimlanishi

Shuningdek raqamlarga murojaad qiladigan bo’lsak, davlat aktivlarini

boshqarish agentligi ma’lumotlariga ko‘ra:

2024-yil yakuniga kelib, respublikada 9000 dan ortiq aksiyadorlik

jamiyatlari

ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ularning 35% sanoat, 17% xizmat

ko‘rsatish,

12%

transport va logistika, qolganlari esa savdo, qurilish, bank va boshqa

tarmoqlarda faoliyat olib bormoqda.

Davlat ulushi bo‘lgan AJlar soni 500 dan ortiq bo‘lib, ularning 60%

transformatsiya jarayonida.

2022–2024 yillarda 130 dan ortiq davlat korxonasi aksiyadorlik jamiyatiga

aylantirilgan.

Bu ko‘rsatkichlar aksiyadorlik jamiyatlarining iqtisodiyotdagi o‘rni

kengayayotganini va boshqaruv shaklining o‘zgarayotgani, xususan xodimlar
bilan ishlash tizimiga ham ta’sir ko‘rsatayotganini ko‘rsatadi. Mamlakatimizda
xodimlar boshqarishdagi asosiy tendensiyalar quyidagilar:

1.

HR tizimining bosqichma-bosqich shakllanishi


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

93

Yirik AJlarda kadrlar bo‘limlari asta-sekin “inson resurslari” bo‘limlariga

aylantirilmoqda. Bu bo‘limlar endilikda faqat hujjat yuritish bilan emas, balki
xodimlarning kasbiy rivoji, motivatsiyasi, ish faoliyatining baholanishi kabi
kompleks masalalar bilan shug‘ullanmoqda.

2.

Malaka oshirish va ichki treninglar sonining ortishi

Ko‘plab AJlar o‘zida ichki seminarlar, treninglar va tajriba almashinuvi

dasturlarini joriy qilmoqda. Lekin bu jarayon hali ham tizimli yondashuv asosida
emas, ko‘proq yuqori tashkilot topshirig‘i bilan yuzaga chiqmoqda. Masalan,
2023-yilgi so‘rovnomalarga ko‘ra, korxonalarning atigi 27% i o‘z xodimlari
uchun yiliga kamida 2 marotaba malaka oshirish dasturlarini o‘tkazadi.

3.

Rag‘batlantirish tizimining an’anaviyligi

Hozirgi kunda ko‘pchilik AJlarda xodimlar faqat oylik ustamalari, mukofot

pullari yoki yillik bonuslar bilan rag‘batlantirilmoqda. KPI, karera yo‘li, ichki
rotatsiya, ilg‘or ishchi tanlovlari kabi mexanizmlar ko‘pchilik korxonalarda hali
joriy etilmagan.

4.

Mehnat samaradorligiga e’tibor ortmoqda

Ayni paytda ayrim korxonalar ishlab chiqarishdagi ishchi kuchini

maqbullashtirish, xodimlar unumdorligini baholovchi ko‘rsatkichlar ishlab
chiqish ustida ish olib bormoqda. Bu, ayniqsa, neft-gaz, energetika va avtomobil
sanoatida ko‘proq kuzatilmoqda.

5.

Raqamli boshqaruv tizimlari rivojlanmoqda

“UzAuto

Motors”,

“Hududgazta’minot”,

“Navoiy

kon-metallurgiya

kombinati” kabi yirik AJlar xodimlar faoliyatini elektron monitoring qilish, ish
vaqti va unumdorlikni raqamli baholash, yillik hisobotlar asosida baholash
tizimlarini joriy etgan. Bu yondashuvlar hozircha yirik davlat ishtirokidagi
AJlarga xos bo‘lib, xususiy AJlarda bu boradagi siljish sust.

Shuningdek sohada quyiddagi muammolarni alohida misol qilib keltirish

mumkin:

Xodimlarni baholash tizimlarining sustligi

,

KPI va kompetensiya asosidagi

yondashuvlarning joriy etilmagani;

Menejment va xodimlar o‘rtasidagi aloqa zaifligi

,

strategik maqsadlar bilan

oddiy ishchilarning manfaatlari orasida tafovut mavjudligi;

Kadrlar salohiyatining pastligi

,

ayniqsa o‘rta bo‘g‘in rahbarlarida

boshqaruv ko‘nikmalarining yetishmasligi;

Raqamli

transformatsiyaga

tayyorgarlik

pastligi

,

axborot

texnologiyalaridan foydalanuvchi xodimlar ulushi ko‘pchilik AJlarda 20% dan
kam.


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

94

O‘zbekistonda aksiyadorlik jamiyatlarining soni, sifati va ta’sir kuchi yildan-

yilga oshib bormoqda. Ularning faoliyati iqtisodiyotning turli sektorlarida
muhim rol o‘ynab, zamonaviy boshqaruvga, xususan inson resurslarini samarali
boshqarishga ehtiyoj ortib bormoqda. HR bo‘limlari faoliyatining kengayishi,
malaka oshirishga e’tibor berilishi va raqamli boshqaruv tizimlarining joriy
etilishi bu boradagi ijobiy siljishlardir. Biroq motivatsiya, baholash va karera
rivoji kabi sohalarda hali tizimli yondashuv yetishmaydi. Shu bois, korporativ
boshqaruvda inson kapitaliga sarmoya kiritish bugungi kunning dolzarb
vazifalaridan biridir.


Korporativ boshqaruvda inson kapitaliga sarmoya kiritishdagi

muammo va kamchiliklari

Yo’nalish

Amaldagi holat

Muammolar

1

Hr

bo’limining

rivojlanishi

Yirik AJ larda mavju

O’rta va kichik AJ larda
hali shakllanmagan

2

Malaka oshirish

Ichki

treninglar

mavjud lekin tizimsiz

Doimiy rejalashtirilgan
tizim yo‘q

3

Rag’batlantirish
tizimi

Asosan pul mukofoti,
KPI keng tarqalmagan

Notizimiy

an;anaviy

yondoshuv ustuvor

4

Mehnat
samaradorligini
baholash

Bazi

korxonalarda

boshlang’ich baholash
ko’rsatkichalri

joriy

etilgan

Baholash mezonlari to’liq
ishlab chiqilmagan

5

Raqamli boshqaruv Yirik AJ larda joriy

etilgan,

xusisiy

AJlarda sust

Texnik infratuzilma va
kadrlar salohiyati yetarli
emas


Aksiyadorlik jamiyatlarida xodimlarni boshqarish bo‘yicha mavjud

tendensiyalarni tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, bu yo‘nalish bo‘yicha ijobiy
siljishlar mavjud bo‘lsa-da, ularning joriy etilishi ko‘plab muammolar bilan
yuzma-yuz kelmoqda. Jumladan, hozirgi vaqtda yirik aksiyadorlik korxonalarida
HR bo‘limlarining shakllanib borayotgani kuzatilmoqda. Bu bo‘limlar an’anaviy
“kadrlar bo‘limi” faoliyatidan farqli ravishda xodimlarning mehnat faoliyatini
boshqarish, ularni baholash va motivatsiyalash kabi funksiyalarni ham
bajarishni boshlagan. Biroq bu yangilanish faqat yirik AJlarga xos bo‘lib, o‘rta va
kichik hajmdagi jamiyatlarda bu tizim hali joriy etilmagan.


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

95

Shuningdek, xodimlar malakasini oshirish borasida ham muayyan

harakatlar mavjud. Aksariyat korxonalar ichki treninglar, qisqa muddatli
seminarlar orqali o‘z xodimlarining kasbiy salohiyatini oshirishga harakat
qilmoqda. Biroq bu jarayon ko‘pincha rejalashtirilmagan, tasodifiy xususiyat
kasb etgan bo‘lib, korxonalar darajasida tizimli yondashuv yetishmaydi.

Motivatsiya tizimi ham hali an’anaviy shaklda saqlanib qolmoqda. Xodimlar

odatda pul mukofotlari, oylik ustamalari yoki yil yakunida beriladigan bonuslar
orqali rag‘batlantirilmoqda. Zamonaviy tizimlar – KPI (asosiy samaradorlik
ko‘rsatkichlari), karera yo‘li, ichki rotatsiya kabi usullar faqat ayrim ilg‘or
korxonalarda uchraydi. Bu esa motivatsiya tizimining samaradorligini
pasaytiradi va xodimlarda ichki o‘sish istagini sustlashtiradi.

Mehnat samaradorligini oshirish borasida ham ayrim sanoat korxonalarida

ijobiy o‘zgarishlar mavjud. Jumladan, ish hajmini optimallashtirish, baholash
ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish, xodimlarning faoliyatini raqamli tarzda
monitoring qilish kabi choralar ko‘rilmoqda. Ammo ularning amaliyotda
qo‘llanishi keng emas, ko‘p hollarda faqat yirik sanoat subyektlari doirasida
cheklanib qolmoqda.

Raqamli boshqaruv tizimlarining joriy etilishi esa dolzarb va zaruriy

yo‘nalish bo‘lib, bugungi kunda ayrim yirik AJlarda ishchi harakati, ish vaqti,
malaka holati kabi ko‘rsatkichlar elektron platformalarda yuritilmoqda. Lekin
texnik

infratuzilmaning

yetishmasligi

va

kadrlarning

raqamli

kompetensiyalarining pastligi sababli, bu tizim xususiy va kichik aksiyadorlik
jamiyatlarida deyarli uchramaydi.

Umuman olganda, O‘zbekistondagi aksiyadorlik jamiyatlarida xodimlar

boshqaruvi sohasida muayyan yangilanishlar kuzatilmoqda, ammo ularning
joriy etilishi noteng, cheklangan va ko‘proq tashabbusga asoslangan bo‘lib,
tizimli islohotlarga ehtiyoj katta. Shuning uchun bu sohada davlat darajasida
metodik qo‘llanmalar, malaka oshirish markazlari va zamonaviy boshqaruv
mexanizmlarini joriy etishga qaratilgan dasturlar zarurdir

Adabiyotlar:

1.Arntz M., Gregory T., Zierahn U. The Risk of Automation for Jobs in OECD
Countries: A Comparative Analysis // OECD Social, Employment and Migration
Working Papers. 2016. No. 189. P.
2.Bessen J. How Computer Automation Affects Occupations: Technology, jobs,
and skills // Boston University School of Law, Law and Economics Research
Paper. 2016. P.


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

96

3.Meskon, M., & Albert, M. (2017). Drucker for Every Day: 366 Tips for a
Successful Manager / Fundamentals of Management (P. F. Drucker). St.
Petersburg: Piter. (672 pages).
4.Мaслoвa В.М. Упрaвлeниe пeрсoнaлoм. Учeбник. Мoсквa. ЮРAЙТ. 2015 г.
495 стр.
5.Teshabayeva, O., & Hamidova, S. (2023). The Importance of Labor Productivity
in Increasing the Economic Efficiency of Industrial Enterprises. Journal of
Marketing and Emerging Economics.
6.Nasridinovna, T. O. (2023). Factors affecting the management of
competitiveness in tourism enterprises. Ethiopian International Journal of
Multidisciplinary Research, 10(10), 159-163.
7.Nasridinovna, T. O. (2023). Methodological Foundations for Assessing
Competitiveness. Miasto Przyszłości, 36, 437-440.
8.Teshabayeva, O., & Abdug‘afforov, A. (2025). Integratsiyalashgan yondashuvlar
asosida raqobatbardoshlikni baholash usullari. Инновационные исследования
в современном мире: теория и практика, 4(11), 125-128.
9.Teshabaeva, O. N. (2023). Analysis of industrial policy and investment
processes in the production and enterprises of innovative products in the
economy of Uzbekistan. Modern Scientific Research International Scientific
Journal, 1(3), 48-58.
10.Nasridinovna, T. O. (2025, April). The importance of effective marketing
strategies in the development of tourism services. In conference of modern
science & pedagogy (Vol. 1, No. 1, pp. 119-124).

Библиографические ссылки

Arntz M., Gregory T., Zierahn U. The Risk of Automation for Jobs in OECD Countries: A Comparative Analysis // OECD Social, Employment and Migration Working Papers. 2016. No. 189. P.

Bessen J. How Computer Automation Affects Occupations: Technology, jobs, and skills // Boston University School of Law, Law and Economics Research Paper. 2016. P.

Meskon, M., & Albert, M. (2017). Drucker for Every Day: 366 Tips for a Successful Manager / Fundamentals of Management (P. F. Drucker). St. Petersburg: Piter. (672 pages).

Мaслoвa В.М. Упрaвлeниe пeрсoнaлoм. Учeбник. Мoсквa. ЮРAЙТ. 2015 г. 495 стр.

Teshabayeva, O., & Hamidova, S. (2023). The Importance of Labor Productivity in Increasing the Economic Efficiency of Industrial Enterprises. Journal of Marketing and Emerging Economics.

Nasridinovna, T. O. (2023). Factors affecting the management of competitiveness in tourism enterprises. Ethiopian International Journal of Multidisciplinary Research, 10(10), 159-163.

Nasridinovna, T. O. (2023). Methodological Foundations for Assessing Competitiveness. Miasto Przyszłości, 36, 437-440.

Teshabayeva, O., & Abdug‘afforov, A. (2025). Integratsiyalashgan yondashuvlar asosida raqobatbardoshlikni baholash usullari. Инновационные исследования в современном мире: теория и практика, 4(11), 125-128.

Teshabaeva, O. N. (2023). Analysis of industrial policy and investment processes in the production and enterprises of innovative products in the economy of Uzbekistan. Modern Scientific Research International Scientific Journal, 1(3), 48-58.

Nasridinovna, T. O. (2025, April). The importance of effective marketing strategies in the development of tourism services. In conference of modern science & pedagogy (Vol. 1, No. 1, pp. 119-124).