ULUG‘BEK HAMDAM LIRIKASIDA SOMATIZMLARNING BADIIY FUNKSIYASI

Annotasiya

Mazkur maqolada Ulug‘bek Hamdam she’rlaridagi somatizmlar tahlilga tortiladi. Somatizmlarning  badiiy matnda qo‘llashdagi ijodkor mahorati tahlil qilinib, ularning she’rdagi funksiyalari aniqlanadi.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
79-81

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Saypidinova , M. . (2025). ULUG‘BEK HAMDAM LIRIKASIDA SOMATIZMLARNING BADIIY FUNKSIYASI. Развитие и инновации в науке, 4(9), 79–81. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/dis/article/view/135325
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Mazkur maqolada Ulug‘bek Hamdam she’rlaridagi somatizmlar tahlilga tortiladi. Somatizmlarning  badiiy matnda qo‘llashdagi ijodkor mahorati tahlil qilinib, ularning she’rdagi funksiyalari aniqlanadi.


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

79

ULUG‘BEK HAMDAM LIRIKASIDA SOMATIZMLARNING BADIIY

FUNKSIYASI

Saypidinova Mexmonoy

Buxoro shahar

35-IDUM ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.16916962

Annotatsiya:

Mazkur maqolada Ulug‘bek Hamdam she’rlaridagi

somatizmlar tahlilga tortiladi. Somatizmlarning badiiy matnda qo‘llashdagi

ijodkor mahorati tahlil qilinib, ularning she’rdagi funksiyalari aniqlanadi.

Kalit so‘zlar:

somatizm, funksiya, matn, metafora, ifoda tarzi, somatik

birliklar.

Annotation:

This article analyzes somatisms in the poems of Ulugbek

Hamdam. The creative skill of using somatisms in the artistic text is analyzed,

and their functions in the poem are determined.

Keywords:

somatism, function, text, metaphor, style of expression, somatic

units.

Аннотация:

В статье анализируются соматизмы в стихотворениях

Улугбека Хамдама. Анализируется творческое мастерство использования

соматизмов в художественном тексте и определяются их функции в

стихотворении.

Ключевые слова:

соматизм, функция, текст, метафора, стиль

выражения, соматические единицы.

Somatizmlar asrlar davomida badiiy adabiyotda qo’llanib kelinayotganiga

guvoh bo’ldik. Ular badiiy nutqda sifatlanishi qanday holatidan darak bersa,

tasvirlanishi esa kishilar xarakteri, fe’l-atvori, jamiyatdagi ro’li va o’rnini ifoda

etadi. shuningdek, oyoq ham insonning muhim tana a’zosi hisoblanadi. U orqali

inson yurish harakatini amalga oshiradi. Ulug’bek Hamdam she’rlarida boshqa

somatik birliklarga nisbatan oyoq somatizmi kamroq qo’llangan. Quyida oyoq

somatizmi qo’llangan, sifatlangan misralarni tahlilini ko’rib chiqamiz.

Orzular armoni ko’ngilni yoqar,

ichim lovillaydi,

lovillar tash ham.

Yillarim o’tindek yo’limga yog’ar,

oyoqlar charsillar,

sharsillar bosh ham

1

“Najot haqida qo’shiq” she’rda qo’llangan oyoq somatizmi sifatlanishida

yillar davomida yurib-yurib charchagani ifodalanadi. Xalq orasida qattiq

charchasa zirillab oyog’i og’igan kishilar oyoqlarim charsillab yonyapti

iborasidan foydalanadi. Shoir bu o’rinda yillarni o’tinga o’xshatib, har bir

yurayotgan yo’liga sochilib, yonib oyoqlarini yondirayotganini tasvirlaydi.

“Ko’ngil esa…” she’rida ikki o’rinda oyoq somatizmidan fodalanadi:

1

Hamdamov U. Eski dunyo va yangi men: saylanma. – T.: Yangi asr avlodi, 2018. – 36-bet


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

80

Ilgari meni suyab turishardi,
Qo’llarimdan, oyoqlarimdan.

Yelkalarim erkin emasdi,

Ushlab turar edi uni ham kimdir

2

Oyoq somatizmni ba’zi so’zlar bilan birikib, ibora sifatida qo’llanadi.

Oyog’idan chalmoq - yiqitmoq, oyoq qo’ymoq – behurmat qilmoq, oyog’ini qo’lga

olmoq – shoshilmoq kabi. Bu o’rinda oyog’idan suyashlik, madad berish, qo’llab-

quvvatlash ma’nosini ifoda etadi.

Tortib oldim oyoqlarim ham,

Yelkalarim tortdim tayanchdan.

Men o’zimga suyandim, birdan

Men yig’ladim so’ngsiz quvonchdan

3

!..

Ushbu misralar Navoiyning “Lison ut-tayr” dostonida keltirilgan:

O’z vujudingga tafakkur aylagil,

Har ne istarsen, o’zingdan istagil

4

;

yoki Mavlono Rumiyning:

Narsa yo’qki, xoriji olam erur,

Har ne istarsan o’zingda jam erur, baytlari bilan g’oyaviylik kasb

etadi

5

.

Inson biror narsani oldiga maqsad qo’ysa, odamlardan emas, o’zidam izlab

harakat qilsa, maqsadiga erishadi. Haqiqatdan ham biz suyangan hamma narsa

qulashi mumkin, kimgadir suyanish o’ziga ishonchni susaytiradi. O’ziga, o’z

kuchiga ishongan kishi doimo g’olib bo’ladi.

Boshdin-oyoq gunohga botdim,

Aritguvchi savolim qani

6

?

“Men savolman…” she’rida boshdan-oyoq juft so’zlar shaklida qo’llangan

somatik birlik tasavvufona ohangda yozilgan bo’lib, lirik qahramonning o’z-

o’zini savolga tutishi natijasida hamma qilayotgan ishlarim gunoh degan iqrorga

kelishiga savob bo’lgan.

Yaproqlarning qo’shig’ini ema-ema

Shaffof bo’lib qolibdi-ku yuraklarim.

Odamlarning orasida yuray desam,

Bardosh bermas tizzalarim, bilaklarim

7

.

“Baxtli bo’lay derdim” she’rida tizza somatizmi qo’llanadi. Tizza – oyoqning

bukiladigan, boldir bilan son qo’shiladigan joyi

8

. Oyoqning harakatidagi muhim

tana a’zosi. Lirik qahramonning yuragini shaffofligi e’tiborni tortadi. Shaffof so’zi

2

Hamdamov U. Eski dunyo va yangi men: saylanma. – T.: Yangi asr avlodi, 2018. – 44-bet

3

Hamdamov U. Eski dunyo va yangi men: saylanma. – T.: Yangi asr avlodi, 2018. – 44-bet

4

Navoiy Alisher. Lison ut-tayr. – Toshkent: Adabiyot va san’at, 1991. 151-bet.

5

Fish Rashid. Jaloliddin Rumiy. Tarixiy-biografik roman. – Toshkent: 1986. 154-bet.

6

Hamdamov U. Eski dunyo va yangi men: saylanma. – T.: Yangi asr avlodi, 2018. – 67-bet

7

Hamdamov U. Eski dunyo va yangi men: saylanma. – T.: Yangi asr avlodi, 2018. – 185-bet

8

O’zbek tilining izohli lug’ati. 5 jildlik. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”, - davlat ilmiy nashriyoti, 2006


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

81

bu juda ham nozik, ingichka, nasif narsalarga nisbatan qo’llanadi. Hayoti
davomida odamlardan zarar ko’rgan, dil og’riqlarini boshidan kechirgan

qahramonning yuragi shaffof holga kelib qolgan. Shuning uchun ham

odamlarning orasida yurishga tizzalarning kuchi, chidami yetmaydi. Chunki

odamlar orasida do’stman deb ham oyoqdan chalib yiqituvchilar hamma

zamonlarda uchrab turadi.

Umuman olganda, o’tkir qalam sohibi Ulug’bek Hamdam

somatizmlarni tasviri, ifodasi, tasvirlanishidan katta moharat bilan foydalangan.

Ularda noziklik, ko’p o’rinda oyoqlari bilan emas, yuragi bilan yurib yashayotgan

shoirni ko’ramiz. Zero, shoir o’zi aytgandek:

Yuragimni mash’aldek,

Ko’targancha boshimga
Tunni kechib o’tgumdir

9

.

Misralardan anglashimiz mumkinki, Ulug’bek Hamdamning yolini

yoritguvchi chirog’i uning qalbi, yuragidir. Qalbi bilan yashagan inson, go’zallik
bilan yashaydi. Go’zallikni ulashadi.

Adabiyotlar:

1.Navoiy Alisher. Lison ut-tayr. – Toshkent: Adabiyot va san’at, 1991
2.Fish Rashid. Jaloliddin Rumiy. Tarixiy-biografik roman. – Toshkent: 1986
3.Hamdamov U. Eski dunyo va yangi men: saylanma. – T.: Yangi asr avlodi, 2018
4.O’zbek tilining izohli lug’ati. 5 jildlik. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”, -
davlat ilmiy nashriyoti, 2006

9

Hamdamov U. Eski dunyo va yangi men: saylanma. – T.: Yangi asr avlodi, 2018.

Bibliografik manbalar

Navoiy Alisher. Lison ut-tayr. – Toshkent: Adabiyot va san’at, 1991

Fish Rashid. Jaloliddin Rumiy. Tarixiy-biografik roman. – Toshkent: 1986

Hamdamov U. Eski dunyo va yangi men: saylanma. – T.: Yangi asr avlodi, 2018

O’zbek tilining izohli lug’ati. 5 jildlik. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”, - davlat ilmiy nashriyoti, 2006