DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
75
KOGNITIV METAFORANING TILSHUNOSLIKDAGI O’RNI
Sotvoldiyeva Muattarxon Ikromjon qizi
Farg’ona shahar kasb-hunar maktabi o’qituvchisi
muattarsotvoldiyeva98@gmail.com
+998948649331
https://doi.org/10.5281/zenodo.13885491
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada “Kognitiv metaforaning tilshunoslikdagi o’rni, ishlatilish
usullari hamda uning o’zbek va ingliz tillaridagi farqlari” haqida fikr-
mulohazalar keltirildi.
Kalit so'zlar:
temporal olam, til, manzara, kognitiv, metafora, tilshunoslik,
qarash, tasvir-tarjima, prognoz, nisbiy.
ANNOTATION
In this article, opinions were given about "The role of cognitive metaphor
in linguistics, methods of its use and its differences in Uzbek and English
languages".
Key words:
temporal world, language, landscape, cognitive, metaphor,
linguistics, vision, image-interpretation, projection, relative.
АННОТАЦИЯ
В данной статье были высказаны мнения о «Роль когнитивной
метафоры в лингвистике, методах ее использования и ее различиях в
узбекском и английском языках».
Ключевые слова:
временной мир, язык, ландшафт, когнитивный,
метафора, лингвистика, видение, образ-интерпретация, проекция,
релятивизм.
Tilshunoslikda metafora haqida yetarlicha izlanishlar olib borilgan bo‘lsa
ham, unga bo‘lgan qiziqish tobora ortib bormoqda. Chunki tilda so‘zlardan
foydalanish uchun so‘zlarning o‘z ma’nosi bilan birga ularning majoziy
ma’nolarini ham bilish kerak. Bu esa, o‘z navbatida tilshunoslikda metaforani
har tomonlama o‘rganib tadqiq etish zaruriyati borligini anglatadi. Tilshunoslar
metafora ilmi haqidagi izlanishlarni metaforaning tilshunoslikda namoyon
bo‘lishi, uning tildagi ahamiyati bilan bog‘lashadi. Metaforani o‘rganishga
ko‘plab yondashuvlar ko‘plab tasniflarning tug‘ilishiga olib keladi. Turli
tadqiqotchilar o‘z yondashuvlari va mezonlari asosida metaforalarning har xil
turlarini ajratadilar. Qadim zamonlardan beri ba’zi an’anaviy metafora
turlarining tavsiflari mavjud. Metafora nutqning bezagi, fikr ifodalashning o‘ziga
xos shakli ekaniligi alohida e’tirof etiladi.
DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
76
Lingvomadaniy tadqiqotlar doirasida maydonga kelgan ilmiy qarashlar
metaforani ma’lum bir xalqning milliy, o‘ziga xos, spesifik dunyoqarashini ifoda
etuvchi muhim vositalardan biri tarzida o‘rganishning dolzarbligini ko‘rsatdi.
Metafora milliy dunyoqarashni ifodalovchi vositalardan biri ekanligi, ularni
tarjimada qayta yaratishda tarjimon oldiga murakkab vazifani qo‘yadi.
Metaforani anglash va olam manzarasini tasvirlashda o‘ziga xos usul sifatida
qo‘llashning zamonaviy tilshunoslik yo‘nalishlari tadqiq etilmoqda. Bu o‘rinda
metaforani shakllantiruvchi elementlar, uning turlari, tarjima jarayonida
metaforaning o‘ziga xos xususiyatlari, muammolari o‘rganildi. Mazkur yo‘nalish
bo‘yicha qilingan ilmiy tadqiqotlar o‘rganilib nazariy bilimlar umumlashtirildi.
Ular ishlariga munosabat bildirildi. Mavzuni o‘rganish jarayonida kognitiv
tilshunoslikning qilinishi kerak bo‘lgan ko‘plab masalalari tadqiqot nuqtai
nazardan ochiq qolib kelayotganligi asoslashga harakat qilinadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Mеtaforaning mazmunini, maqsad va vazifalarini bеlgilash uchun uni,
avvalambor, anglash zarurati yuzaga kеladi. Anglash masalasi tilshunoslikda
turli aspеktlarda o‘rganilgan. Zamonaviy ilmiy adabiyotlarda anglash jarayonini
ifodalovchi turli atamalar uchraydi. Ushbu atama bilan jarayonning o‘zi ham,
natijasi ham nomlanishi mumkin.[Vedjbitskaya А, 1999:776 ] Kognitiv
tilshunoslikning eng muhim tamoyili har qanday lisoniy shakl asosida inson
tafakkur faoliyatining mahsuli bo‘lgan mental tuzilma-kontsept turishini e’tirof
etishdan iboratdir. Metafora kognitiv yondashuv doirasida yuqori qiymatli
hodisa sifatida baholanadi. Metafora inson tafakkur faoliyatining ajralmas
qismidir. Metafora , shuningdek, qandaydir mavhum bilimni ko‘proq tanish,
odatda aniq sohaga oid tushunchalar orqali ifodalanishi bo‘lib, u nafaqat
tushunchalarni kategoriyalashtirish, balki bilimning alohida shaxslar va kishilar
jamosida to‘planishi hamda saqlanishida ishtirok etadi. Amerikalik olimlar J.
Lakoff va M. Jonson tomonidan yaratilgan kontseptual metafora nazariyasi
metafora hodisasi nazariy tahliliga qo‘shilgan katta hissadir. Kognitiv yo‘nalish
doirasida metafora tafakkur qonuniyatlari asosida kechadigan olamni bilish
jarayonini aks ettiruvchi hodisa sifatida talqin qilinadi.[ Lakoff 1990:88]
Boshqacha aytganda, metafora tajribaning bir sohasidan ikkinchisiga ko‘chishini
qanday tizimli ravishda ta’minlashini izohlaydi. Metaforaning kognitiv talqini
uning oddiy lisoniy hodisa ko‘rinishidagi talqinidan chekinish va bilimning
metaforalashuv sharoitlari hamda mexanizmini aniqlash imkonini yaratadi.
Ushbu yondashuv, bir tomondan, til va tafakkur tizimlari aloqasiga ishora qilsa,
ikkinchi tomondan, metaforik tushunchalarning ta’sirchanligi, obrazliligi va
DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
77
ixchamligini ta’minlovchi nolisoniy omillarni ajratish hamda guruhlash uchun
qulaydir.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Hozirgi kunda tilshunoslik, psixologiya, falsafa, sun’iy intellekt,
antropologiya, nevrologiya fanlaridagi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, til tizimi va
lisoniy faoliyatni har tomonlama tadqiq qiladigan, ularga xos hodisalarning
belgi-xususiyatlarini batafsil yoritishga xizmat qiladigan, tilshunoslikning turli
sohalarini o‘zida biriktirib, barchasi uchun umumlashma tahlil tizimini yaratib
bera oladigan fan, shubhasiz, kognitologiya degan xulosaga kelindi. Insonning
dunyoni, voqelikni bilishi, uni idrok etishida uning maqsadli faoliyati natijasi
hisoblangan tafakkurning o‘rnini alohida ta’kidlash zarur. Tafakkur voqelik
haqidagi axborotni qabul qilish, to‘plash, qayta ishlash va tartibga solish usuli
bo‘lsa, til voqelikni idrok etish va bilish quroli hisoblanadi. Nutqiy birliklarning
hosil bo‘lishi va ularning tushunilishi ong bilan bog‘liqdir, ya’ni aqliy faoliyat
natijasi hisoblanadi. Aqliy faoliyat esa lisoniy bilimlarsiz maqsadli jarayon bo‘la
olmaydi. Shu jihatdan kognitiv tilshunoslikka lisoniy qobiliyatning tarkib
topishini tushuntiruvchi fan deb qaralyapti. Kognitiv tilshunoslikning tadqiq
obyekti bilimlar haqidagi tasavvurlar strukturasi va ularning turli kognitiv
jarayonlar (tushunish, tahlil, til axborotining qurilishi)da til imkoniyatlarini
sharhlash, shu bilan birga ularning paydo bo‘lishini o‘rganish kabilarni o‘z ichiga
oladi. Til imkoniyatlarini ichki kognitiv struktura, axborotni qayta ishlash
tizimida kommunikativ dinamika jarayoni sifatida qarash dolzarb muammolar
sifatida qaralmoqda. “Kognitiv” atamasi aslida lotin tilidan kelib chiqqan bo‘lib,
tushunish, anglash, bilish, o‘ylash ma’nolarini beradi.Kognitiv tahlilda olamni
bilish jarayonida yuzaga keladigan mantiqiy strukturalarning lisoniy ifodasini
ochib beruvchi mexanizmlar qurshovidagi uslub va vositalar tadqiqi asosiy
o‘ringa chiqadi.
XULOSA
Bu yondashuv metaforaning kognitiv va diskursiv o‘lchamlari o‘rtasida katta
farq mavjud emasligi to‘g‘risidagi tezisga asoslanadi. Shunga ko‘ra,
tadqiqotchilarning asosiy harakatlari metaforaning kognitiv va diskursiv
xususiyatlarini aniqlashga qaratilgandir. Metafora bir vaqtning o‘zida ham aqliy
ham linguo-ijtimoiy hodisadir. Masalan, siyosiy matnlarni o‘rganib shunga
xulosa qilishimiz mumkinki, mahsus metaforaning yolg‘iz kognitiv yoki yog‘iz
diskursiv tarafdan tasniflash metafora imkoniyatlarini to‘laligicha ochib bera
olmasligi mumkin [3,7]. Hozirgi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, metafora tahliliga
kognitiv yondashuv metaforologiyada muhim ro‘l o‘ynaydi, biroq kognitiv
DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
78
nazariyaning ko‘p taraflari hali ham noma`lumligicha qolmoqda. J.Lakoff va
M.Johnson ilgari surgan g‘oyalari butun dunyo bo‘ylab keng tarqaldi va ko‘plab
amaliy natijalarga erishildi. Shu bilan birga, bu nazariya ko‘plab ilmiy maktablar
va yo‘nalishlarda o‘rganilib talqin qilinmoqda, keyingi rivojlanishlar uchun yangi
usul va metodlar ishlab chiqilmoqda
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Umurzoqova M., Хo‘jambеrdiyeva Sh. “Mеtafora va uning uslubiy
хususiyatlarini o‘rgatish” O‘zbеkiston: Til va madaniyat. III sеriya. O‘zbеk tili
ta’limi. – Toshkеnt, 2017. 98-b.
2.
Арутюнова Н.Д. Язык и мир человека.— Москва: Наука, 1999. — 896 с.
3.
Баранов А.Н. Очерк когнитивной теории метафорi // Баранов А.Н.,
Караулов Ю.Н. Русская политическая метафора (материалi к словарю). —
Москва: Ин-т русского язiка РАН, 1991. — 321 с.
4.
Вежбицкая А. Семантические универсалии и описание язiков. —
Москва: Язык русский кул’турi, 1999. — 776 с. — URL