Авторы

  • Iroda Ahmedova
    Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.dis.52845

Ключевые слова:

Kartoshka oziq-ovqay maxsuloti o‘simlikning foydali xususiyatlari navlari kasalliklari zararkunandalari.

Аннотация

Maqolada  oziq-ovqat mahsuloti bo‘lgan  kartoshka haqida va uning  xalq xoʻjaligiga kirib kelishi, o‘simlikning inson istimolidagi o‘rni, ekiladigan navlar, chetdan kelgan navlar, kasalliklari, zazarkunandalari va ularga qarshi kurashish choralari,shuningdek, mavzu bilan bog‘liq bo‘lgan maqolalarni o‘rganishga asoslangan.


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

35

KARTOSHKA (SOLANUM TUBEROSUM) O‘SIMLIGINING O‘ZIGA

XOS XUSUSIYATLARI

Ahmedova Iroda Asliddin qizi

Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.13789858

Annotatsiya:

Maqolada oziq-ovqat mahsuloti bo‘lgan kartoshka haqida

va uning xalq xoʻjaligiga kirib kelishi, o‘simlikning inson istimolidagi o‘rni,
ekiladigan navlar, chetdan kelgan navlar, kasalliklari, zazarkunandalari va ularga
qarshi kurashish choralari,shuningdek, mavzu bilan bog‘liq bo‘lgan maqolalarni
o‘rganishga asoslangan.

Abstract:

The article is about potatoes as a food product and its entry into

the national economy, the role of the plant in human consumption, cultivated
varieties, imported varieties, diseases, pests and measures to combat them, as
well as related to the topic. based on a study of related articles.

Kalit so‘zlar:

Kartoshka, oziq-ovqay maxsuloti, o‘simlikning foydali

xususiyatlari, navlari, kasalliklari, zararkunandalari.

Key words:

Potato, food product, useful properties of the plant, varieties,

diseases, pests.

Kartoshka ( Solanum tuberosum)- ildizmevali, bir yillik sabzavot

oʻsimliklaridan biri va uning ildizida yetishadigan, istimol uchun ishlatiladigan
hosili Solanaceae oilasiga mansub tuganak mevali koʻp yillik oʻtsimon oʻsimlik;
asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan biri boʻlgan bir yillik oziq-ovqat, texnika va
xashaki ekin sifatida ishlatiladi.

Kartoshka o‘simligi namsevar (ayniqsa, gullash va tuganak tugish

davrida), yorugʻsevar o‘simlik hisoblanadi, o‘simligimiz sovuqqa chidamlidir.
Tuproqqa ekilgan tuganakdagi kurtaklari 5-8S°da una boshlaydi. Kartoshka
o‘simligi tuganaklari va urugʻidan koʻpayadi. Meristema usuli bilan virussiz
urugʻlik olish texnologiyasi ishlab chiqilgan va amaliyotda qo‘llanib kelinmoqda.

Kartoshka oʻsimligi boʻyi 50-80 sm, 3-6 poyali. O‘simlikning poyasini yer

ostki qismida yer osti novdalar - stolonlarda tuganaklar rivojlanib kartoshka
paydo boʻladi. Tuganak o‘z navbatida rivojlanib kartoshkaga aytlanadi va hosil
bo‘lgan kartoshkasi oqrangdan boshlab qizil tusgacha va turli shaklga ega boʻlib,
sirtidagi chuqurcha ko‘rinishidagi koʻzchalaridan kelgusi yil uchun yangi
poyalar oʻsib chiqadi. Kartoshkaning ildizi popuk ildiz tipiga kiradi. Barglari juft
patsimon bulingan, sargʻish-yashildan toʻq yashilgacha. Guli 2 jinsli, oq, och
binafsha tusda, 2-3 tadan, baʼzan 4 tadan joylashgan bo‘ladi. Kartoshka o‘simligi
oʻzidan ba’zan chetdan changlanishi ham mumkin. Oʻzbekiston sharoitida


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

36

kartoshkaning koʻp navlari gʻunchalari toʻkilib, gullamaydi. Mevasi 2 chanoqli,
koʻp urugʻli, sersuv rezavor hisoblanadi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Kartoshla o‘simligining vatani Janubiy Amerika bo‘lib, 150 ga yaqin

yovvoyi va madaniy turlari mavjud, aksariyati Janubiy va Markaziy Amerikada
oʻsadi. Dehqonchilikda 2 turi and kartoshkasi (S.andigenum) va chili kartoshka
yoki yevropa kartoshkasi (S.tuberosum) bir yillik ekin sifatida ekiladi va
yetishtirilib hosili oziq-ovqat va ishlab chiqarishda foydalaniladi. Kartoshkani
Amerikaning tubjoy aholisi bundan taxminan 14 ming yil ilgari ekib yetishtirib
kelishgan. Yevropaga 1565-yillar oziq-ovqat maxsuloti sifatida keltirilgan.
Rossiyada 18-asr boshlarida maxalliy xalq tomonidan olib kelib yetishtirila
boshlagan. Oʻzbekistonga esa 19-asrning 70-yillaridan bu yerga
koʻchib kelgan ruslar va tatarlar tomonidan olib kelingan va ekilib keng
tarqalgan. Jahon boʻyicha kartoshka ekilgan umumiy maydoni 17,9 million ga,
hosildorlik 16,3 t/ga, yalpi hosil 294,3 million t (1999). Oʻzbekistonda ekin
maydoni 52 ming ga, hosildorlik 12,7 t/ga, yalpi hosil 729,8 ming t (2000). Xitoy
(3 millionga), Polsha (1,2 millionga)da koʻp ekiladi.

Kartoshka oziq-ovqat va yem-xashak sifatida, shuningdek, kraxmal, spirt,

gyukoza, dekstrin va boshqa mahsulotlar olishda xom ashyo sifatida ishlatiladi.
Kartoshka tuganagi tarkibida 75-80% suv, 23.7% quruq modda, shu jumladan,
17.5% kraxmal, 1-2% oqsil, 0.5% qand moddasi, 1% mineral tuzlar, shuningdek
V, V2, V6, S, RR, D vitaminlari va provitamin A (karotin), kartoshka poʻstida
solonin bo‘lib u esa zaharli modda hisoblanadi. Kartoshka bugungi kunda
kishilarning oziq-ovqat ratsionida muhim oʻrin egallagan maxsulot hisoblanadi
deb aytsak mubolag‘a bo‘lmaydi. Kartoshka o‘simligining fiziologik tavsiya
normalariga koʻra, bir kishi uchun yillik kartoshka isteʼmoli miqdori 45 kg ni
tashkil etishi olimlarimiz tomonidan aniqlangan va ratsionga kiritilgandir.

Kartoshka o‘simligini vegetatsiya davri 60-50 kun. Kartoshka pishib

yetilish muddatlariga qarab tezpishar (maysalashidan yetilishiga qadar 60-65
kun), oʻrtacha tezpishar (70-80 kun), oʻrtacha kechpishar (PO-120 kun),
kechpishar (130-150) navlarga boʻlinadi. Tuganagi va urugʻidan ekib
koʻpaytiriladi. Qora yoki qumloq tuproqli yerlarda moʻl hosil olishimiz mumkin
bo‘ladi. Kartoshka sabzavot almashlab ekish tizimida karam, bodring, poliz va
dukkakli don ekinlardan boʻshagan yerlarda yetishtirilsa maqsadga muvofiq
hisoblanadi. Ertagi kartoshka yetishtirishda urugʻlik 20-40 kun yarovizatsiya
qilinadi (maxsus yorugʻ xonada nish chiqarishi taʼminlanadi). Kartoshka
ekiladigan yerning gektariga 60-150 kg azot (oziq modda hisobida), 100-200 kg


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

37

fosfor va 30-60 kg kaliyli mineral oʻgʻit, 15-20 t goʻng solinadi, chuqur haydaladi.
Ekish uchun, asosan, oʻrtacha kattalikdagi (50-80 g) kartoshka ajratiladi. Qator
oralarini 60, 70, 90 sm, qatordagi tup oraligʻini 25, 30 yoki 35 sm qilib 8-12 sm
chuqurlikda ekiladi. Ekish normasi gektariga 2,5-4 t. kartoshka o‘simligini
intensiv texnologiyada yetishtirishda oʻrtacha hosildorlik 42-44 t/ga ni tashkil
qiladi aniqlangan.

Oʻzbekiston sharoitida faqat oziq-ovqat maqsadlarida yetishtiriladi. Ertagi

kartoshka fevral oxiri va mart oyi oraligʻida, janubiy viloyatlarda hatto kech
kuzda (oktabr-noyabrda), kechkisi may oxiri va iyun oraligʻida ekiladi.
Kartoshka qator oralari oʻsuv davri davomida bir necha marta yumshatiladi,
500-800 m2/ga normada ertagisi har 7-10 kunda (7-8 marta), kechkisi har 8-10
kunda (10-15 marta) sugʻoriladi, oziqlantiriladi.

Oʻzbekistonda ekiladigan asosiy navlar.

Aqrab - Oʻzbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy

tekshirish institutida chiqarilgan va respublikada 1996-yildan rayonlashtirilgan.
Oʻrtacha kechpishar, poʻsti kizil, eti oq, koʻzchalari chuqurroq, yumaloq, oʻrtacha
vazni 100-130g;

Zarafshon - Samarqand qishloq xoʻjaligi institutida yaratilgan va

respublikada 1985-yildan rayonlashtirilgan, tezpishar, serhosil, kam kraxmalli
nav. Choʻziq-oval shaklda, poʻsti och-sargʻish, silliq, serkoʻz;

Toʻyimli - Oʻzbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy

tekshirish institutida yaratilgan, respublikada 1995-yildan rayonlashtirilgan.
Oʻrtacha kechpishar, issiqqa chidamli nav. Tugunaklari oq, yumaloq, eti oq,
koʻzchalari chuqurroq, ogʻirligi oʻrtacha 110-130g;

Umid - Oʻzbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy

tekshirish institutida yaratilgan, 2001-yildan rayonlashtirilgan, oʻrtacha
tezpishar, ertagi va kechki muddatlarda yetishtirishga yarokli, tuganagi shakli
choʻziq-oval, eti sariq.

Rossiyada chiqarilgan navlardan

Sedov - ertapishar, serhosil, yumaloq, yirik, oq, yaxshi saqlanadi,

aynimaydi;

Lorx - oʻrtapishar, serhosil, tuganaklari yirik, dumaloq-oval, rangi oq,

serkraxmal;

Falenskiy - oʻrtapishar, eti sargʻish-oq, kam koʻzli, tuganaklari oq, choʻziq

oval shaklda;

Diamant - Gollandiyada 1998-yildan boshlab chiqarilgan navlardan.

Oʻrtacha kechpishar, tuganaklari tekis, sargʻish, mazali;


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

38

Kondor - tezpishar, rangi qizil, poʻsti silliq, serkoʻz;
Kardinal - oʻrtacha kechpishar, rangi qizil, poʻsti silliq, serkuzva boshqa

ekiladi.

Kasalliklari:

Soʻlish kasalligi - kasallangan oʻsimlik soʻliydi, keyinroq qurib qoladi.

Oʻsimlik poyasi kesib qaralganda zararlangan nay toʻqimalari qoʻngʻir tusda
boʻladi. Kasallik issiq kunlarda koʻproq tarqaladi;

Makrosporioz - barglarida qoʻngʻir toʻgarak dogʻlar paydo boʻladi.

Keyinchalik kattalashib, bargni butunlay qoplab oladi, bunday barglar quriydi.
Kasallik oʻsimlik poyasiga ham oʻtib, ulardan choʻziq qoʻngʻir dogʻlar hosil qiladi;

Qora chirish - poya hamda pastki barglar sargʻayadi, yuqoridagilari

qayiqcha shaklida buraladi. Keyinchalik poyaning ostki qismi qorayadi,
ingichkalashadi, kartoshka hosil boʻlmaydi;

Halqasimon chirish - kasallikning boshlanishida kartoshka palagi soʻliydi,

tuganagi chiriydi (kesilganda qoʻngʻir halqasimon chirish koʻrinadi).
Kartoshkaning aynishi, gotika, mayda barglilik, barglarning buralishi kabi
kasalliklar ham kartoshkaning normal oʻsishi, rivojlanishi va hosiliga jiddiy zarar
yetkazadi.

Zararkunandalari:

Oʻzbekiston sharoitida kartoshka, koʻpincha, Kolorado qoʻngʻizi, shira

(oʻsimlik biti), kuzgi tunlam, kartoshka nematodasi, qoʻngʻir kana, chirildoqlar
(sikada), simqurt va buzoqboshilardan shikastlanadi.

Kurash choralari:

Kolorado qoʻngʻiziga qarshi quyidagi preparatlardan biri 500-600 l/ga

suvda aralashtirib purkaladi: detsis-0,5 l/ga, karate-0,35 l/ga, sumi alfa-0,5 l/ga,
benzofosfat (fozalon)-2,0 kg/ga, regent-20-25 kg/ga, nurel D-0,7 l/ga. Kuzgi
tunlamga qarshi ekishda urugʻlikka, vegetatsiya davrida oʻsimliklarga 0,2-0,5
l/ga detsis, 0,03% li nurel, 1% li dendrobatsillin eritmasi purkalanadi. Oʻsimlik
biti (shira)ga va chirildoq (sikada)larga qarshi BI-58-1,0-1,5 l/ga, nurel 0,7-0,8
l/ga, tolstar-0,8 l/ga; sumqurt va buzoqboshilarga qarshi zaharlangan xoʻraklar
ishlatiladi. Nematodaga qarshi kuzda yoki ekishdan 30 kun oldin gektariga 800-
1000 kg dan 20 % li nemagon yoki tiazin, geterofos, karbiation sochilib,
tuproqning 15-20 sm li qatlamiga aralashtiriladi.

Kasalliklarning oldini olish choralariga almashlab ekishni toʻgʻri tashkil

qilish, yuqori agrotexnika va kaliy oʻgʻitlaridan foydalanish, ekin qoldiqlarini va
kasallangan oʻsimliklarni yoʻqotish, urugʻlarni tanlash tadbirlari kiradi. Bulardan
tashqari, makrosporiozga qarshi oʻsimliklarga 1%li bordo suyuqligi, 0,3-0,5% li


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

39

mis xlor oksidi eritmasi va 0,5% li sineb suspenziyasi purkaladi. Chetdan
keltirilgan urugʻlarda baʼzan fitoftoroz uchraydi. Bunga qarshi, makrosporiozga
qarshi qoʻllanuvchi zaharli preparatlarni ishlatish mumkin.[2]

Xulosa.

Kartoshka dunyo dehqonchiligida maydoni bo‘yicha bug‘doy,

sholi, makkajo‘xoridan keyingi o‘rinda, ahamiyati jihatdan ikkinchi o‘rinda
turadi. Ushbu mahsulot B1, B3, PP, K kabi vitaminlar hamda mineral tuzlar,
elementlar manbaidir. Ayniqsa, yosh pishmagan tuganaklari C vitamini yoki
askorbin kislotasini o‘zida ko‘p miqdorda saqlaydi. Tuganaklar pishganda va
saqlash mobaynida C vitaminning miqdori kamayib boradi. Kartoshka foydaliligi
va to‘yimliligi bois, uni “ikkinchi non” ham deyishadi.

2022-yil hosili uchun fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalarining g‘alladan

bo‘shagan maydonlariga takroriy ekin sifatida 26,9 ming gektarga kartoshkaning
yangi serhosil “Surya”, “Spunta”, “Ranomi”, “Passion”, “Malis”, “Luizana”, “Orea”
va “Konstanse” kabi yuqori avlodli xorijiy navlari ekilgan.

Ushbu maydonlardan 519,9 ming tonna mahsulot yetishtirish prognoz

qilingan.

Oziq-ovqat vositasi sifatida hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Davlat

reestriga kartoshkaning 100 dan ziyod navlari kiritilgan. Kartoshka
hosildorligini oshirish va ishlab chiqarishni ko‘paytirish uchun ekin navini to‘g‘ri
tanlash va sifatli urug‘likni ekish muhim hisoblanadi. Ana shunda kartoshka
hosildorligini 2,0-2,5 barobarga oshirish mumkin.

O‘zbekistonda kartoshka 160 yildan beri asosan oziq-ovqat maqsadida

yetishtiriladi. Faqat notovar mayda, sifatsiz tuganaklar hosili mollarga beriladi.
Kartoshka ekinining agrotexnik va agroiqtisodiy ahamiyati ham katta. Chunki
chopiqtalab ekin bo‘lgani uchun u yetishtirilgan dala tuprog‘i yumshoq va
begona o‘tlardan tozalanib, ko‘plab boshoqli va dukkakli don ekinlari uchun
yaxshi o‘tmishdosh hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1.

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-

matbaa ijodiy uyi, 2023 — 964 bet. ISBN 978-9943-8834-4-4.
2.

OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

3.

Balashev N.I., Zeman G.O., Sabzovotchilik, T., 1977;

4.

Abdukarimov D., Safarov T., Ostonaqulov T., Dala ekinlari seleksiyasi,

urugʻchiligi va genetikasi asoslari, T., 1989.
5.

. Қўшоқович, Қ. С., & Сайфидинов, Х. З. (2024). САБЗИ (DAUCUS

CAROTA L.) ИЛДИЗМEВАСИНИНГ ФОЙДАЛИ ХУСУСИЯТЛАРИ. Лучшие
интеллектуальные исследования, 15(1), 99-103.


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

40

6.

29. Qoʻshoqovich, Q. S., & Ziyedullayevich, S. X. (2024). BAMIYA (Hibiscus

esculentus l.) SABZAVOT EKININING FOYDALI XUSUSIYATLARI, XALQ
XOʻJALIGIDAGI AHAMIYATI VA YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI. Лучшие
интеллектуальные исследования, 15(1), 88-94.

Библиографические ссылки

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2023 — 964 bet. ISBN 978-9943-8834-4-4.

OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Balashev N.I., Zeman G.O., Sabzovotchilik, T., 1977;

Abdukarimov D., Safarov T., Ostonaqulov T., Dala ekinlari seleksiyasi, urugʻchiligi va genetikasi asoslari, T., 1989.

. Қўшоқович, Қ. С., & Сайфидинов, Х. З. (2024). САБЗИ (DAUCUS CAROTA L.) ИЛДИЗМEВАСИНИНГ ФОЙДАЛИ ХУСУСИЯТЛАРИ. Лучшие интеллектуальные исследования, 15(1), 99-103.

Qoʻshoqovich, Q. S., & Ziyedullayevich, S. X. (2024). BAMIYA (Hibiscus esculentus l.) SABZAVOT EKININING FOYDALI XUSUSIYATLARI, XALQ XOʻJALIGIDAGI AHAMIYATI VA YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI. Лучшие интеллектуальные исследования, 15(1), 88-94.