DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
110
SHE’RIY MATNLARDA METAFORIK BIRLIKLARNING QO‘LLANISH
USULLARI (SHAVKAT RAHMON SHE’RLARI MISOLIDA)
Durdona Yunusova Axtamovna
Samarqand viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi
Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti
durdonayunusova3@gmail.com tel: 93 304 83 33
https://doi.org/10.5281/zenodo.12576918
Anotatsiya:
Mazkur maqolada Shavkat Rahmon qalamiga mansub
she’rlarda metaforalarning hosil bo’lish usullari haqida fikr yuritilgan bo’lib,
unda muallif she’rlarida qo’llangan metaforik birliklarning o’zaro farqli ma’noviy
va shakliy xususiyatlari tahlil etilgan.
Kalit so‘zlar:
ko‘chma ma’no, metafora, tasvir vositasi, lisoniy, uslub, belgi
o‘xshashligi.
Adabiyotning so‘z san’ati ekanligi haqidagi haqiqat juda qadim
zamonlardan beri takrorlanib kelinadi. Demakki, adabiyotning bosh unsuri so‘z,
umuman, tildir. Adabiy asarning abadiy asar darajasiga ko‘tarila bilishi uning
lisoniy tarkibi va asar muallifining badiiy ifoda balog‘atiga bog‘liq ekanligi
shubhasiz. Shunday ekan, har qanday adabiy asarning mohiyatini xolis
baholamoq uchun, eng avvalo, uning lisoniy tarkibining o‘ziga xosligi tahlil
etilmog‘i lozim. Til va shoir o‘rtasidagi munosabatni shaxmat va shaxmatchi
o‘rtasidagi munosabatga qiyoslash mumkin. Shahmatda har bir donaning
mavqeyi, darajasi, shaxmat taxtasi ustidagi harakatlanish qoidalari avvaldan
belgilangan. Ana shu qoidalarni tugal egallash oqibatida yuzaga kelgan yuksak
mahorati tufayli shaxmatchi tamoman yangi, kutilmagan yurishlar qiladi,
betakror kombinatsiyalar yaratadiki, bu unga raqibini mag‘lub va muxlisini
maftun qilish imkonini beradi. Tilda ham har bir unsurning o‘z vazifasi, ma’no
doirasi, boshqa unsurlar, birliklar bilan bog‘lanish qonuniyatlari mavjud. Ana
shu qonuniyatlardan mukammal boxabar bo‘lgan, badiiy didi, so‘z sezgisi va
mahorati yuksak shoir betakror tasvir, kutilmagan, ohorli badiiy lavhalar, so‘z
chaqinlarini paydo qila oladiki, kitobxon shoirning nafaqat g‘oyasi, balki go‘zal
tilining asiriga aylanadi [1]. Ana shunday shoirlardan biri Shavkat Rahmon
hisoblanadi. Shoir she’rlarida umumxalq tilidagi ohori to‘kilmagan birliklarni
tanlashi, saralash va sayqallashi, misralarda fikr, kechinma ifodalashning eng
ta’sirli nuqtasiga chiqa olganligi bilan boshqa shoirlardan ajralib turadi.
//Yog‘iladi mayin sas, sado,
yog‘ar, yog‘ar shomurut qori,
aqadar xush
jodugar
navo,
ozod,
qora sochlar ifori. //
DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
111
Mazkur bandda shoir “jodugar” so‘zini navoga nisbatan qo‘llab, boshqa
ko‘chma ma’noni hosil qilmoqda. Aslida bu so‘z salbiy ma’noni berish uchun
qo‘llaniladi. Shavkat Rahmon o‘z she’rida uni naqadar xush, sehrlovchi kuy
ma’nosida, insonga orom bag‘ishlovchi ma’nosida qo‘llagan. Boshqa
kontekstlarda, ko‘pincha nasriy asarlarda, jodugarning sehri o‘z manfaatiga
xizmat qiladi. She’rda esa, jodugar navo insonlarga rohat bag‘ishlamoqda. Bu
yangi metaforik ma’no hisoblanadi.
//Xayolimning tirishlariga
gullar oqib kelar qayoqdan —
ro‘mollarning
tirqishlaridan
yilt etkizib qarar ayollar.//
Bu o‘rinda tirqish so‘zi ham qattiq jismlarga, ko‘pincha, eshik, deraza,
darvoza, darcha kabilarning ochilib qolgan qismiga nisbatan qo‘llaniladi. Mazkur
bandda esa, shoir tomonidan ro‘molga, matoga nisbatan qo‘llangan.
//Qovjiradim yoz guliday
sog‘ingancha o‘shal joyni,
xoli kecha,
yetim
hulvo,
yarqiragan ulkan oyni... //
Yetim so‘zi ham misrada ko‘chma ma’noda qo‘llanilmoqda. Mazkur so‘z
kontekstda turli ma’nolarni ifodalab keladi. Yetim so‘zi she’riyatda begona
ma’nosidan tashqari yana yolg‘iz ma’nosini ham beradi.
//So‘zlarni qayraylik,
tag‘in qayraylik,
tokim keskir bo‘lsin bamisli olmos,
O‘tkir
so‘z qolmasa shoirlaridan,
o‘tkir
so‘z qolmasa...
Hech narsa qolmas. //
So‘zlar matnda turli ma’nolarni ifodalab keladi, jumladan, o‘tkir so‘zi ham
asl ma’nosidan tashqari hidga, so‘zga, nigohga nisbatan qo‘llanilib, turli
metaforik ma’nolarni ifodalab kelmoqda. Sh. Rahmon she’riyatida esa, bu so‘z
nafasga nisbatan qo‘llanayotgan bo‘lsa-da rayhon so‘zidan keyin kelgani uchun
nafas so‘zi ham ko‘chma ma’noda kelmoqda:
//Shabbodalar olib keladi
rayhonlarning
o‘tkir
nafasin,
yaproqlarning oralarida
ikki kushning baxtiyor sasi.//
DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
112
Yorug‘ so‘zi ham kelajak, taqdir kabi so‘zlar bilan ko‘p qo‘llaniladigan
polisemantik so‘z bo‘lsa-da quyidagi she’rda mazkur so‘z bosh so‘ziga nisbatan
ham qo‘llanmoqda:
//Ehtiyot bo‘l
nomard jo‘rangdan,
sinab ko‘rish uchun doshingni,
olmasin-da tag‘in mo‘ljalga
pistirmadai
yorug‘ boshingni. //
Aslida mazkur she’rda metaforaning kam uchraydigan qo‘shaloq formasi
qo‘llanilgan bo‘lib, bu o‘rinda yorug‘ so‘zi – ezgu ma’nosini, bosh so‘zi – aql,
tafakkur ma’nolarini ifodalab kelmoqda.
// Go‘zallik, poklikdan uyalib,
qisilib, qimtinib turasan,
qop-qora devorga suyanib,
yop-yorug‘
xayollar surasan. //
“Yorug‘” so‘zi kun, kelajak so‘zlariga nisbatan ko‘p qo‘llaniladi, ammo xayollarga
nisbatan ishlatish, buning ustiga orttirma nisbatdagi shaklidan foydalanish
she’riy bandga o‘zgacha ruh bermoqda. Bu misralardagi so‘z tahlil qilinganda
shu jihati ma’lum bo‘ldiki, shoir, asosan, ruhiyat tasvirini bermoqchi bo‘lganligi
bois bu so‘zlar ma’nosiga, grammatik qurilishiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazgan.
Ayrim salbiy ma’noni ifodalovchi so‘zlar ham nutqda ba’zan ko‘chma
ma’nolarda qo‘llanadi. Belgi-xususiyatni ifodalovchi
“dag‘al”
so‘zi quyidagi
bandda vaqtni ifodalovchi so‘zlar bilan birga qo‘llangan va yangi metaforik
ma’no hosil qilmoqda:
//Men sezmay qolibman, o‘ynoqi ko‘zi
yurakning tubiga borib yetibdi,
jarangdor va sirli kulgisin, ayyor
dag‘al
kunlarimga osib ketibdi.//
Og‘ir kunlar, yomon kunlar, hatto qora kunlar kabi ko‘chma ma’nolar nutq
jarayonida tez-tez uchraydi, biroq
“dag‘al”
so‘zining kunga nisbatan qo‘llanilishi
noan’anaviy yondashuvdir.
“Hamal” nomli she’rida hayvonlarga xos bo‘lgan xususiyat, jarayonga
tabiatda sodir bo‘ladigan holatni o‘xshatib ajoyib metafora hosil qiladi:
//Erib bitdi poyonsiz qorlar,
yana ko‘hna zamin
tulladi
.
Vodiydagi ulkan o‘riklar
bir kechada oppoq gulladi [2].//
DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
113
Aslida hayvonot olami ham tabiatning bir qismi bo‘lsa-da, ularga xos
jihatlarning biridagisini boshqasiga ko‘chirish uslubiy va mantiqiy jihatdan
nomutanosib. Shunday bo‘lsa-da, Shavkat Rahmon
“tullamoq”
so‘zini zaminga
nisbatan muvaffaqiyatli qo‘llay olgan. Bu esa shoirning metaforalardan o‘z
o‘rnida foydalana olish mahoratini namoyon etadi.
Shavkat Rahmon o‘z kechinmalarni, his-tuyg‘ularini ifodalashda til birliklaridan,
badiiy tasvir vositalarining deyarli barchasidan unumli foydalanadi. Bu bilan
Shavkat Rahmonni metaforadan dunyoni anglash va uni o‘zgalarga
tushuntirishning eng muhim vositasi sifatida samarali foydalana olgan faylasuf
shoir deb atashimiz mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Yo‘ldoshev M., Isaqov Z., Haydarov Sh. Badiiy matnning lisoniy tahlili. –
Т.: 2010. – Б.95.
2.
Раҳмон Шавкат. Сайланма. – Тошкент: Шарқ, 1997. – Б.382.