DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
98
ELEKTROMOBILLARNI ISHLAB CHIQARISH TAMOYILI
Shavqiyev Elbek Abdurazzoq oʻgʻli
Jizzax Politexnika instituti Transport fakulteti talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.12274802
Annotatsiya:
Ushbu maqolada O‘zbekistonda elektromobillar ishlab
chiqarishning imkoniyatlari, bu sohani yo’lga qo’yishdagi mavjud muammolar,
kamchiliklar va ularning yechimlari, elektromobillar ishlab chiqarish bo’yicha
rivojlangan mamlakalardagi hozirgi kundagi holat, ilg’or avtokonsernlar,
ularning yutuqlari va kamchiliklari tahlil qilingan.
Kalit so’zlar
:
akkumulyator, inverter, batareya, elektr konvertori,
O’zbekoston avtomobilsozlik sanoati hozirgi kunda rivojlanmoqda va
yangilanmoqda, yildan-yilga yangi rusumdagi avtomobillar ishlab chiqarish
yo’lga qo’yilmoqda. Shu bilan bir vaqtda mamlakatimizda kuzatilayotgan yonilg’i
yetishmovchiligi alternativ yonilg’i turlarida ishlovchi avtomobillarni ishlab
chiqarish zarurligini ko’rsatmoqda.
Bu esa o’z navbatida elektromobillarni ishlab chiqarish va mavjud ichki
yonuv dvigatellarida harakatlanuvchi avtomobillarni elektromobil qilib qayta
jihozlash zarurligini ko’rsatdi. Hozirgi kundagi mamlakatimizdagi mavjud
sharoitdan kelib chiqib respublikamiz prezidenti sohani rivojlantirish bo’yicha
“elektromobillar ishlab chiqarishni tashkil etishni davlat tomonidan qo‘llab-
quvvatlash choratadbirlari to‘g‘risida” gi qarorni imzoladilar. Unga ko’ra:
“Yashil” texnologiyalarni barcha sohalarga faol joriy etish, elektromobillar va
ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqarishni qo‘llabquvvatlash orqali havoga
chiqariladigan zararli gazlar hajmini qisqartirish maqsadida:
1. Elektromobillar va gibrid avtomobillarni sanoat usulida ishlab
chiqarishni qo‘llab-quvvatlashning quyidagi choralari qo‘llanilsin:
a) 2030-yil 1-yanvarga qadar: respublikada ishlab chiqarilgan
elektromobillar va gibrid avtomobillar utilizatsiya yig‘imidan; belgilangan
tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha xorijdan olib kelinadigan
elektromobillarning
va
gibrid
avtomobillarning
butlovchi
qismlari
(mashinokomplekt), xomashyo va materiallar, uskunalar va texnologik
jihozlarni, shu jumladan servis xizmati ko‘rsatish uchun ehtiyot qismlarni
bojxona bojidan ozod etish;
b) elektromobillar va gibrid avtomobillarni to‘liq siklda ishlab chiqarish
jarayonlari o‘zlashtirilgunga qadar, biroq loyiha amalga oshirilishi boshlangan
vaqtdan 24 oydan ko‘p bo‘lmagan vaqt mobaynida ishlab chiqaruvchilarga
elektromobillarni va gibrid avtomobillarni bojxona boji va utilizatsiya yig‘imi
MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
99
Bir qator xorijiy mutaxasislar elektromobillar va ularda qo’llaniladigan
qurilmalar bo’yicha izlanishlar olib borganlar. Jumladan James Larminie, John
Lowry (UK), V.Е. Yutt, V.I.Stroganov(Rossiya), L.M.Valentinovna(Qozog’iston),
Fulton L, Tal G. va Turrentine T. (AQSH) va boshqa olimlarning ishlarini
ko’rsatish mumkin. Oksford Bruks universiteti texnologiya fakultetida
aspirantura bo'limi direktori va katta o’qituvchisi Jeyms Larmini va yordamchi
injener John Lowrylar[3] olib borgan tadqiqotlarida avtotransport sohasida
yaqin kelajakda elektr yuritmalarning hissasi oshishi hamda batareyalarning
rivojlanishi natijasida elektromobillar elektropoyezdlar va elektrovelospedlar
ishlab chiqarilishining ortishi borsida ilmiy izlanishlar olib borilgan. Ishlab
chiqarilgan ilg’or elektromobil rusumlari tahlil qilingan. V.Е. Yutt, V.I.Stroganov
o’z izlanishlarida elektr yuritmalari orqali transport vositalarini ishlab chiqish
va kombinatsiyalashgan yuritmali transport vositalarini ishlab chiqish bo’yicha
bir qancha tahlillarni o’tkazganlar [4].
Fulton L, Tal G. va Turrentine T. larning olib borgan izlanishlarida elektr
transport vositalarining dunyo avtomobil bozoridagi so’nggi tendensiyalari
o’rganilgan. Dunyo mamlakatlarining jadallik bilan elektr transport vositalariga
o’tishi elektromobillarning yaqin kelajakda dominant sifatida rivojlanishini
ko’rsatib bergan. Xususan Elektromobiilashish to’g’risidagi Parij (UNFCCC,
2015) deklaratsiyasi butun dunyo bo’yicha 2030-yilga qadar 400 million
elektromobillar ishlab chiqarishni talab qiladi. Ushbu maqolada bu talablarga
erishish asoslari tadqiqi qilingan [5]. L.M.Valentinovnaning olib brogan
magistrlik dissertatsiyasida elektromobillarning rivojlanish tendensiyalari va
ularning xarakteristika va dizaynini yaxshilash bo’yicha chuqur ilmiy izlanishlar
olib borilgan. Xususan hozirgi kunda elektromobillarda qo’llnilayotgan
elektrodvigatellar, uzatmalar qutisi, va akkumulyator batareyalari ilmiy asosda
tahlil qilingan. Bundan tashqari hozirgi kunda jahon miqiyosida elektr transport
vositalari ishlab chiqarish borasidagi raqobat muhiti tahlil qilingan [7].
Tomsk politexnika universiteti bakalavri Buxtuyev Vadim Yureyichning diplom
ishida elektromobillarni loyihalash bosqichlari to’liq olib borilgan. Xususan
elektrodvigatel tanlash va uni tortish tezlik xarakteristikalarini qurish,
akkumulyator batareyalarini tanlash va ularning energiya sig’imi, minimal
zaryad sikli, optimal ishlash haroratlari hisoblab chiqilgan va empirik tajribalar
asosida o’rganilgan. Akkumulyator batareyasi sifatida Litiy-temir-fosfat
akkumulyatorlari tanlangan bu aynan eng oxirgi zamonaviy ilg’or akkumulyator
batareyasi hisoblanadi[8].
DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
100
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.
Электромобили
и
автомобили
с
комбинированной
энергоустановкой. Расчет скоростных характеристик: учеб. пособие / В.Е.
Ютт, В.И. Строганов. – М.: МАДИ, 2016. – 108 с.
2.
Fulton L, Tal G. and Turrentine T. Can We Achieve 100 Million Plu-in cars
by 2030? Institute of Transportation Studies, University of California, Davis,
2016.
3.
https://youtu.be/hExci5a0p-k
7.
“Современное
состояние
электромобилей и пути улучшения его характеристика и дизайна” Ли
Мария Валентиновна магистрская диссертатсия, Сетбаев Университети
Казахстан, 21,06,2021 г