DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
12
PIRLS XALQARO BAHOLASH DASTURI ASOSIDA O‘QUVCHILARDA
O‘QISH SAVODXONLIGINI SHAKLLANTIRISHNING METODIK
TALABLARI
Rajabova Kimyoxon Farmonovna
Buxoro davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.11124856
Annotatsiya.
Maqolada PIRLS xalqaro baholash dasturi asosida
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘qish savodxonligini shakllantirishning
metodik talablari, PIRLS tadqiqotida anglab o‘qishni baholashga yo‘naltirilgan
topshiriqlarning taqsimlanish foizlari, O‘quvchilarning o‘qishni o‘rganishida
yuzaga keladigan muammolar va ularni amaliyotga joriy etish masalalari haqida
ilmiy tahlillar va tavsiyalar bayon etilgan.
Kalit so‘z:
matnni o‘qish, tushunish, milliy ta’lim, PIRLS dasturi, mashq,
ijodiy topshiriq
Аннотация.
В статье изложены методические требования к
формированию читательской грамотности у младших школьников на
основе
международной
оценочной
программы
PIRLS,
процент
распределения заданий, направленных на оценку осознанного чтения в
исследовании PIRLS, научный анализ и рекомендации по проблемам,
возникающим при обучении учащихся чтению, и вопросам их внедрения в
практику.
Ключевое слово:
чтение текста, понимание, национальное
образование, программа PIRLS, упражнение, творческое задание
Annotation.
The article describes the methodological requirements for the
formation of Reading Literacy in primary school students based on the PIRLS
International Assessment Program, the percentage of distribution of tasks aimed
at assessing comprehension and reading in the PIRLS study, scientific analyzes
and recommendations on problems arising in student literacy and their
implementation in practice.
Keyword:
text reading, understanding, National Education, PIRLS program,
exercise, creative assignment
Kichik yoshdan boshlab bolalarni o‘qishga qiziqtirish oilada shakllanadi.
Uydagilar: ota-ona, bobo-buvi, aka-uka, opa-singillarning bolani o‘qishga
tayyorlash uchun jalb qilishi o‘rinli ravishda yetarlicha natijasini ko‘rsatadi.
O‘qish va o‘qish asosida hayotni tushunib borish bolalarning dunyoni
anglashiga yordam beradi. Umumiy o‘rta ta’limda esa boshqa fan bilimlarini
o‘zlashtirishda aynan o‘qish savodxonligi natijasini ko‘rsatadi. O‘qishda
DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
13
qiyinchiliklarga duch kelgan o‘quvchilar bilan muvaffaqiyatli ishlarni olib borish
shart hisoblanadi.
PIRLS xalqaro tadqiqot monitoringi badiiy va axborot matnlari asosida
o‘quvchilarning savodxonlik va bilim darajasini, shaxsiy o‘qish ko‘nikmalarining
shakllanishini baholash, turli tadqiqot sikllaridagi o‘zgarishlarni tahlil qilish va
h.k. vazifalarni bajaradi. Sinov paytida vaqt cheklangan bo‘lib, o‘quvchilarga
xalqaro tadqiqot bankining barcha topshiriqlarini bajarish imkoniyati mavjud
emas. Chunki tadqiqotda taxminan 10 ta matn va matndan kelib chiqib, 135
tadan ortiq topshiriqlar kiritiladi. Shuning uchun xalqaro sinovni tuzishda va
natijalarni qayta ishlashda zamonaviy sinov nazariyasi (IRT – Item Response
Thyeogu) ishlatiladi. Ushbu nazariya tadqiqot davomida cheklangan miqdordagi
vazifalarni (30 tagacha) o‘quvchilarning shaxsiy xususiyatlari, o‘qituvchilar va
ta’lim muassasalarining xususiyatlarini hisobga olgan holda, anketa savollariga
berilgan javoblarni tahlil qilish natijasida, har bir bola va har bir mamlakat
uchun miqdoriy ko‘rsatkichlar, xalqaro ma’lumotlarni individual o‘quvchilar
yoki butun guruh o‘quvchilari tomonidan bajarishi mumkinligini tavsiflaydi.
– o‘quvchilarda badiiy o‘qish savodxonligi ko‘nikmasini shakllantirish va
rivojlantirish;
– axborotni o‘zlashtirish va ulardan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish va
rivojlantirish.
Tadqiqotda o‘quvchilarning dars vaqtidagi va maktabdan tashqari vaqtdagi
o‘qish savodxonligini baholaydi. Ya’ni o‘quv dasturlari asosida olib borilgan
ta’lim hamda o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida, ta’tillarda qiziqib o‘qiganlari
baholanadi.
Tadqiqotda o‘quvchilar badiiy va axborot (ilmiy-ommabop) matnlarni
o‘qish qobiliyatlari to‘rt guruhda baholanadi:
– aniq shaklda berilgan matndan ma’lumot topish;
– berilgan matndan xulosa chiqarish;
– axborotni umumlashtirish, sintez va talqin qilish;
– matnning mazmunini, til xususiyatlarini va tuzilishini tahlil qilish va
baholash. O‘qish qobiliyati 4-guruh darajasidagi o‘quvchilarning iste’dodi borligi
yaqqol ko‘rinadi (1-jadvalga qarang).
1-jadval.
PIRLS tadqiqotida anglab o‘qishni baholashga yo‘naltirilgan topshiriqlar
quyidagi foizlarda taqsimlanadi
:
T/r Tushunish jarayonlari
PIRLS
DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
14
1
Aniq ko‘rinishda berilgan ma’lumotni topish
20%
2
Matndan kelib chiqib to‘g‘ridan to‘g‘ri
xulosalarni tuzish
30%
3
Ma’lumotni umumlashtirish va izohlash
30%
4
Matnning tuzilishi va mazmuni, tilning o‘ziga
xosligini tahlili va baholanishi
20%
Aniq ko‘rinishda berilgan ma’lumotni topish, matnning tuzilishi va
mazmuni, tilning o‘ziga xosligining tahlili va baholanishi jami 40 foizni tashkil
qilsa, matndan kelib chiqib to‘g‘ridan to‘g‘ri xulosalarni tuzish, ma’lumotni
umumlashtirish va izohlash 60 foizni tashkil qilishi 1.3-jadvalda ko‘rinadi.
PIRLS tadqiqotida ishlatiladigan matnlar uchun quyidagi mezonlar
belgilangan.
1.
PIRLS tadqiqotida matnlar 1000 tagacha so‘zni o‘z ichiga oladi.
O‘qish savodxonligi darajasi past bo‘lgan mamlakatlar uchun esa
400-500 ta so‘zli matn beriladi.
2.
PIRLS tadqiqotidagi mavzularga qo‘yiladigan talablar:
Adabiy matnlar asosiy mavzuga ega bo‘lib, u berilgan matndan tashqari
o‘quvchi tomonidan umumlashtiriladi.
Axborotdan iborat bo‘lgan matnlar o‘quv materiallardan olinmagan mavzu
yoritib beriladi.
3.
Tadqiqotda matn va topshiriqlar 40 dan ortiq tillarga tarjima qilinadi,
shuning uchun tarjima qulay bo‘lishi muhim hisoblanadi:
– metafora yoki epitet kabi aniq ifodali tasvirlash so‘zlari tanlanadi;
– hech qanday so‘zlashuvga oid leksika yoki sleng (jargon) ishlatilmaydi;
– haddan ziyod ortiqcha texnik ifodalar olib tashlanadi.
4. PIRLS tadqiqotida matnlarning mazmuniga qo‘yiladigan talablar:
– matnning mazmuni 9-10 yoshdagi o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos
kelishi kerak;
– ayrim mamlakatlar madaniyatiga juda xos bo‘lgan mavzulardan chetlanishi
lozim;
– matn shu yoshdagi maktab o‘quvchilari uchun qiziqarli va zavqli bo‘lishi shart
hisoblanadi;
– yaxshi yozilgan va unchalik tanish bo‘lmagan bo‘lishi lozim bo‘ladi.
5. Tadqiqotning materiallaridagi bog‘liklik va ketma-ketlik
:
– syujetning mantiqiy tuzilishiga rioya qilinadi;
DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
15
– oddiy va murakkab gaplar bir xil ishlatiladi;
– agar dialog ustunlik qilsa, ma’lumotni birlashtirib, murakkab gaplar qo‘shiladi.
Axborot matnida matnning strukturasi va ma’lumotning mantiqiy ketma-
ketligi sarlavhalar, jadvallar, grafiklar kabi vizual elementlar bilan bog‘liq
kuzatiladi.
PIRLS tadqiqotida matn xaritasi mavjud bo‘lib, u matning dolzarbligini
aniqlashga yordam beradi, masalan: u yetarlicha mazmunli va tushunarliligini
aniqlaydi. Matndagi muhim g‘oyalarni va ularning o‘zaro munosabatlarini
ko‘rsatadi. Asosiy g‘oyalar, ularning munosabatlarini va matnni yaratish bo‘yicha
vazifalarni ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratiladi.
Tadqiqot matn xaritasining turlari:
1. Adabiy xarita – badiiy asarlarning strukturasini belgilaydi.
2. Janr – masalan: ertak, realistik adabiyot, fantastika va h.k.
3. Mavzular, syujet, vaziyat, qahramonlar, mualliflik mahorati.
4. Axborot xaritasi – syujetsiz matnlardagi ma’lumotlarni qayd qiladi.
5. Turlar – masalan: ekspozitsiya, dalil, jarayon va h.k. Asosiy g‘oyalar,
asosiy g‘oyalarning isboti, tashkiliy shakllar, mualliflik mahorati.
Adabiy xarita. O‘qish savodxonligini tekshirish bo‘yicha vazifalar adabiy
xarita yordamida beriladi. Bunday vazifalar quyidagi qadamlarda belgilanadi:
1-qadam. Matn haqidagi asosiy ma’lumotni sanab bering (sarlavha, so‘zlar
soni, o‘qish darajasi va janri)
2-qadam. Matnning mavzusini aniqlang va tasvirlab bering.
3-qadam. Vaziyatni aniqlang va ta’riflab bering, asosiy qahramonlarni sanab
o‘ting, ularning ismini, fazilatlarini va vazifalarini yoriting.
4-qadam. Asosiy syujet elementlarini aniqlang, bundan tashqari muammo
va ziddiyatlarning yechimini toping.
5- qadam. Asosiy voqealarni va epizodlarni sanab bering.
6-qadam. Yozuvchi tomonidan qo‘llanilgan tayanch iboralar va lug‘atni,
adabiy yoki ritorik uslublarni aniqlang va sanab bering.
Faqat pedagogik jamoa hamkorligida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining
o‘qish savodxonligini yuqori darajada saqlabgina qolmay, ta’limning keyingi
bosqichlarida o‘qish savodxonligi ta’sirida ta’limni yuqori natijalariga
erishishlari mumkin.
Qo‘yilgan
talablardan
kelib
chiqib,
tadqiqotda
qatnashuvchi
mamlakatlarda o‘quvchilar o‘qish natjalarini yuqori darajada namoyish etadilar:
– o‘qish haqida ijobiy fikrlaydi;
– o‘qish jarayonida o‘zlarining muvaffaqiyatlarini qadrlab boradilar;
DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
16
– o‘qish mashg‘ulotlarida, o‘qish jarayonida o‘zlarining ishtirokchiligini his etib
borishadi.
O‘qish savodxonligining o‘sish nuqtalari maktabdagi har bir sinfda ta’limni
differensiallashtirishga e’tiborni kuchaytirish, ayniqsa, birinchi sinf
o‘quvchilarining aksariyati o‘qishni muvaffaqiyatli boshlab bilmaydi, bu uchun
zarur ko‘nikmalarga ega bo‘lgan, alohida e’tibor talab qiladigan ta’limni olib
borish zarur hisoblanadi.
Yana ikkita masalani yodda tutish kerak:
1) eng kuchli o‘quvchilarning oldinga borishiga yordam bering – kelajakda
o‘sishi uchun;
2) o‘g‘il bolalarga yordam bering va chunki ularning natijalari qizlar
natijalaridan yomonroq bo‘ladi (2-jadvalga qarang).
2-jadval.
O‘quvchilarning o‘qishni o‘rganishida yuzaga keladigan muammolar
T/
r
Muammolarga
keltiradigan
omillar
Yuzaga keladigan muammolar
1
O‘qishni
o‘rganishni
boshlashdan qo‘rqish
Noto‘g‘ri o‘rganish sababli bolalarning
o‘qishga qiziqishi susayadi.
2
Noto‘g‘ri o‘qitish usuli
Bolalar matnni noto‘g‘ri tushunishni
boshlaydi.
3
O‘qishi
rivojlangan
o‘quvchilarga
individual
yondashuvning yo‘qligi
O‘qishga
qiziqish
dinamikasining
buzilishiga olib keladi.
4
Ko‘pgina
takroriy,
bir
xil
ma’nodagi savollar
O‘qish idrokining susayishi va matnni
tahlil qilmaslikka olib keladi.
5
Boshlang‘ich ta’limda badiiy
matnlarni ko‘proq o‘qitish
Boshqa turdagi matnlarni o‘qiganida
tushunmaslikka sabab bo‘ladi.
2-jadvalda keltirilgan
o‘quvchilarning o‘qishni o‘rganishida yuzaga
keladigan muammolarni o‘qish savodxonligi asosida yechishning usullari ko‘rib
chiqiladi:
– umumiy o‘rta ta’limda xilma-xil matnlardan foydalanish kerak: uzluksiz,
uzluksiz bo‘lmagan, tarkibiy qismli (qo‘shma gapli).
– har xil turdagi matnlar uchun turli xil o‘qish strategiyalarini ishlab chiqish
muhimdir;
DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
17
– o‘qishni tushunishni shakllantirish va baholash uchun turli formatlardan
foydalanish zarur hisoblanadi (qog‘oz va kompyuter formatda).
Boshlangʻich sinf o‘quvchilariga ona tili va o‘qish savodxonligini
o‘rgatishda «PIRLS» darslari natijasida yuzaga keladigan o‘zgarishlar:
– o‘qish tezligini nazorat qilishdan matnni o‘qib tushunishni nazorat qilishga
e’tibor o‘zgaradi;
– o‘qish savodxonligi funksional savodxonlikning integral komponenti sifatida
tan olinadi;
– matematik, lingvistik, tarixiy, tabiiy fanlarga oid matnlarni, lug‘atlar va
ma’lumotnomalardagi matnlarni o‘qishni o‘rganishning o‘ziga xos xususiyatlari
ishlab chiqiladi;
O‘qish savodxonligini baholashning turli modellari yaratilmoqda.
Tadqiqotda o‘qish savodxonligini tavsiflashda o‘qishning ikkita asosiy maqsadi
aniqlandi:
– badiiy adabiyotni o‘qishda estetik tajriba va dunyo bilimlarini olish maqsadida
o‘qish;
– axborot olish va undan foydalanish maqsadida o‘qish.
Shunday savol tug‘iladi: ta’lim jarayoni oldida qo‘yilgan maqsad qanday
amalga oshiriladi?
1.
Qaysi mavzularda?
Misol qilib olsak; deylik, qish nima uchun qiziqarli?
– Bolalar qorbo‘ron o‘ynashadi, qordan odam yasashadi, chanada uchishadi. Shu
bilan birga muzli shaharchani qurish qanchalik qiziq!
2.
Bola berilgan matndan nimani tushunishi kerak?
1. Men matn bilan ishlayman (kerakli so‘zni qidiraman).
2. Men tugatish uchun barcha shartlarga e’tibor beraman va hisobga olaman
(so‘z bir vaqtning o‘zida uchta xususiyatga ega bo‘lishi kerak).
3. Belgilangan xotirada saqlash usulidan foydalanaman (uni eslab qolishim
kerak).
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun o‘qish savodxonligining eng muhim
ko‘rinishlari:
– o‘qish maqsadi va o‘qilgan narsaning mazmuni bilan o‘zaro bog‘liqligi;
– asosiy va ikkinchi darajali ma’lumotlarni farqlash;
– grafik va og‘zaki ma’lumotlarning o‘zaro bog‘liqligi;
– o‘qilgan matnni sharhlash (tarjima, o‘qilgan narsa haqida fikr yuritish, o‘quvchi
va matn, uning muallifi o‘rtasidagi o‘ziga xos dialog);
– matnning til va strukturaviy xususiyatlarini tahlil qilish;
DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
18
–
matn ta’sirida sodir bo‘lgan o‘z qarashlarida (munosabatlar) o‘zgarishlarni aks
etuvchi tahlil qilish;
– o‘z nuqtayi nazarini fikrlar bilan solishtirish.
Tadqiqotlardan o‘qish savodxonligini tavsiflashda o‘quvchilarning
quyidagi harakatlari aniqlandi:
1) matnda aniq shaklda keltirilgan ma’lumotlarni toping;
2) ushbu ma’lumotlar asosida soddaroq xulosalar chiqarish;
3) matnning alohida xabarlarini sharhlash va umumlashtirish;
4) butun xabarning mazmuni, tili va shaklini baholash va uning alohida
elementlari.
PIRLS
- matnni o‘qish va tushunish sifatini xalqaro o‘rganish dasturi ta’lim
oluvchilarning to‘rtinchi sinfgacha bo‘lgan bilimlarini sinab ko‘radi, chunki bu
davr bolalarning rivojlanishida muhim bosqich bo‘lib hisoblanadigan
boshlang‘ich sinfning bitiruv o‘quv yili bo‘lib, so‘ngra o‘quvchilar yuqori
sinflarda o‘qishlarini davom ettirishlari kerak, bu esa keyingi ta’lim olishlarining
vositasiga aylanadi.
Ko‘pgina mamlakatlarda olti yoshga kirgan bolalar maktabga qamrab
olinadi va o‘n yarim yoshli bolalar to‘rtinchi sinfga o‘qishadi.
Ammo Angliya, Yangi Zelandiya, Trinidad va Tobago davlatlarida bolalar
besh yoshdan boshlab ta’lim olishni boshlashadi, shuning uchun bu
mamlakatlarda beshinchi sinf o‘quvchilari ishtirok etishadi.
Shvetsiya, Daniya va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida bolalar yetti yoshdan
boshlab ta’limni boshlashadi hamda ushbu mamlakatlarning o‘quvchilari esa
10,7 - 10,9 yosh orasida 4-sinfda o‘qishadi.
Barcha mamlakatlarda maktablarni tanlashda ushbu maktabdagi 4-sinfda
o‘qiydigan parallel sinf o‘quvchilar sonini hisobga olgan holda mamlakatlardagi
barcha maktablar ro‘yxatidan probabilistik uslub bilan tanlanadi.
Tanlab olingan maktab o‘quvchilari PIRLS xalqaro baholash dasturining
sinovlari va anketa so‘rovnomasiga qatnashadi, shuningdek, ushbu
o‘quvchilarning ota-onalari, o‘qituvchilar va maktab ma’muriyati vakillaridan
ham anketa so‘rovnomasi o‘tkaziladi. Natijalar ma’lumotlar bazasiga kiritilib,
mazkur mamlakatdagi boshlang‘ich ta’lim tizimi to‘g‘risidagi xulosalarga
kelinadi.
Keyingi o‘rinda quyidagi savolga javob topamiz.
Nima uchun boshlang‘ich sinfni bitiruvchilarga o‘qish savodxonligi muhim?
Chunki ayni sinf va yoshda bolada matnni o‘qib bilishni emas, o‘qib
mazmunini tushunish, anglash jarayoni sodir bo‘ladi. Umumiy ta’lim olishning
DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
19
ayni o‘qish savodxonligi davri boshlanadi. O‘rta maktabning ta’lim yutuqlari
taqdiri aslida boshlang‘ich sinf bitiruvchilarining o‘qish savodxonligiga
bog‘liqdir. Avvalo, bu ta’limning eng katta va eng kichik texnologiyalanganligi
natijasi – o‘rganish qobiliyatiga tegishlidir. Shuning uchun PIRLS topshiriqlarida
yangi ma’lumotlarni diqqat bilan o‘rganish va batafsil tahlil qilish mantiqan
to‘g‘ri keladi.
PIRLS matnlari individual savollarni tahlil qilish bilan amalga oshiriladi.
Tajribali mutaxassislar bilim sifati va pedagogik metodlarni xalqaro
standartlarga mosligini taqqoslashadi.
Eng muhimi, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari hamda barcha fan
o‘qituvchilari har bir darsda foydalanish uchun asosiy matn bilan ishlash
namunalari va tajribalarini o‘rganishadi.
Faqat pedagogik jamoaning hamkorlikda olib borgan ishlari bilan
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini yuqori darajada
saqlabgina qolmay, ta’limning keyingi bosqichlarida o‘qish savodxonligi ta’sirida
ta’limda yuqori natijalarga erishish mumkin.
Tadqiqotda qatnashuvchi mamlakatlar o‘quvchilari o‘qish natijalarini
yuqori darajada namoyish etadilar:
– o‘qish haqida ijobiy fikrlari mavjud bo‘ladi;
– o‘qish jarayonida o‘zlarining muvaffaqiyatlarini qadrlab boradilar;
– o‘qish mashg‘ulotlarida, o‘qish jarayonida o‘zlarining ishtirokchi ekanliklarini
his etishadi.
Tadqiqotning yozma, ya’ni qog‘oz versiyasida:
1) vazifalar yozilgan buklet;
2) anketalar:
– talabalar uchun;
– o‘qituvchi uchun;
– ota-onalar uchun;
– maktab ma’muriyati uchun.
Tadqiqotning onlayn, ya’ni kompyuter versiyasida:
1) Pleyer (vazifalar raqamli format + interaktiv topshiriqlar + talaba uchun
so‘rovnoma);
2) Anketa (o‘qituvchilar, ota-onalar, maktab ma’muriyati uchun).
O‘quvchi anketasi:
– o‘quvchi ma’lumotlari;
– oiladagi ta’lim manbalari;
– maktabga, o‘qituvchiga, fanlarga munosabati;
DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
20
– o‘quvchilar o‘rtasidagi munosabatlar;
– o‘quv fanlari bo‘yicha o‘z-o‘zini baholash;
– maktabdan tashqari tadbirlar.
O‘qituvchi anketasi:
– o‘qituvchi haqida ma’lumot (jinsi, ish staji, yoshi, ma’lumoti, kasbiy
tayyorgarligi);
– maktabning xususiyatlari (xavfsizlik, jihozlar, intizom);
– maktab muhiti;
– o‘qitish uslubi;
– toifasining oshib borishi.
Ota-onalar anketasi:
– ota-onalar haqida ma’lumot (ma’lumoti, kasbi);
– oilaviy ta’lim resurslari;
– bolani maktabga tayyorlash, maktabga o‘qitish davridagi ko‘nikma, bilim,
malaka va kompetensiyalari;
– maktabdan tashqari darslari (uy vazifalari, qo‘shimcha darslar);
– ota-onalarning maktabga munosabati.
Maktab ma’muriyati anketasi:
– maktabning xususiyatlari (yashash joyi, joylashuvi, jihozlari, ta’lim resurslari);
– maktabda o‘quv jarayonini tashkil etish;
– maktab muhiti.
Xulosa qilib aytsak, ona tili o‘qish darslarida PIRLS mashg‘ulotlaridan
foydalanish bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarni o‘qishdan qo‘rqmaslik va
o‘qishga qiziqishini oshiradi. A’lochi o‘quvchilarni o‘qish davomida mushohidali
fikrlashga undaydi.
Natijalar shuni ko‘rsatib kelmoqdaki, iqtisodiy rivojlanish ta’lim sifati va
uning natijasiga to‘g‘ri proporsional ta’sir ko‘rsatar ekan. Ma’lumki, ta’lim sifati
bilan bog‘liq tarzda har bir ta’lim muassasasi qator vazifalarni hal qiladi. Bundan
tashqari, ta’lim sifati muammosini tadqiq qilishda metodologik jihatdan muhim
bo‘lgan quyidagi ta’kidlarni keltirish lozim:
1) ta’lim sifati – bu ta’lim oluvchi, barkamol shaxsni har tomonlama
tarbiyalash va rivojlantirishga doir masalalarni hal qilishga imkon beradigan
o‘ziga xos xususiyatlar to‘plamidir;
2) ta’lim sifatini yaxlit, jamlangan holda, ham protsessual, ham natija
beradigan jihatlar nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq;
3) ta’lim sifati inson faoliyatining asosiy turlari tizimi bilan belgilanadigan
mazmuniga bog‘liq;
DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
21
4) ta’lim sifati jarayon sifatida o‘quv jarayonining tashkiliy doirasida hosil
bo‘ladigan o‘zaro bog‘liq ta’lim berish va ta’lim olish faoliyati sifatida namoyon
bo‘ladi;
5) ta’lim sifati, avvalo, ta’lim oluvchilarda bilimning to‘liqlik, chuqurlik,
tezkorlik, moslashuvchanlik, aniqlik, umumlashganlik, anglanganlik va
mustahkamlik kabi xususiyatlar tizimini shakllantirish qobiliyati hamda
egallangan bilimni amaliyotda jamiyat, muassasa va o‘zi uchun samarali, o‘z
vaqtida va mobil qo‘llanilishi bilan belgilanadi;
6) ta’lim (o‘qitish) sifati eng muhim tashqi va ichki aloqalar kesimida uning
xususiyatlarini ajratuvchi tizimli-tuzilmaviy jihatdan ham qaralishi lozim.
Ta’limning belgilangan aniq maqsadlariga erishishda muhim bo‘lgan
imkoniyatga quyidagilar kiradi:
– ta’lim maqsadlari;
– ta’lim standartlari;
– ta’lim dasturlari, dastur sifati;
– ta’lim jarayonining moddiy-texnika bazasi va uning sifati;
– o‘qituvchi kompetntligi va unga qo‘yilgan talablar;
– hamda axborot o‘quv-uslubiy bazani nazarda tutish mumkin.
Yuqoridagi ta’lim sifatini ifodalovchi har bir xarakteristika alohida
o‘rganish, tahlil, baholash imkoniyati va amaliyotni qamrab oladi.
Hozirgi
vaqtda
ta’limning
sifati
mamlakat
maktablarining
raqobatbardoshlik darajasini belgilovchi muhim tavsiflardan biridir. Shu nuqtayi
nazardan qaralganda ta’lim sifati mezonlarini quyidagicha tasniflash mumkin:
1-mezon: ta’lim oluvchilarning ta’lim olishdagi shaxsiy yutuqlari.
2-mezon: pedagoglarning professionalligi.
3-mezon: ta’lim jarayonini tashkil etish.
4-mezon: boshqaruv faoliyatini tashkil etish.
5-mezon: innovatsion faoliyat.
PIRLS tadqiqotlari muvaffaqiyatli ta’lim negizida muvaffaqiyatli shaxs,
muvaffaqiyatli kelajak va muvaffaqiyatli kasb egasi yotganini ta’kidlaydi. IEA
xalqaro assotsiatsiyasi o‘zining 15 yillik tadqiqotlari natijasida 50 dan ziyod
mamlakatlar, 12000 ta maktab, 340000 ta o‘quvchi va 16000 ta o‘qituvchining
faoliyatini tahlil qildi. 15 yil ichida 4-sinf o‘quvchilarining savodxonlik darajasi
anchaga ko‘tarilganligi ta’kidlanadi. Xalqaro ekspertlar 2 turdagi o‘qishni
baholaydilar:
– yangi adabiyotni o‘qish tajribasi;
– yangi ma’lumotni egallashga yo‘naltirilgan o‘qish malakasi.
DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
22
Tadqiqotda ishtirok etuvchilar 2 turdagi adabiyotni o‘qishadi: badiiy va
informatsion. Bunda tadqiqotda ishtirok etuvchilarning 4 ko‘nikmasi
baholanadi: zarur ma’lumotni topish va uni o‘qib gapirib berish, matnning
ma’lum qismidan zarur xulosalarni chiqarish, bosh qahramonlar harakatlaridan
interpritatsiyalar namoyon qilish va o‘z fikrlarini matnning zarur qismlaridan
misollar bilan tasdiqlash.
Shuni ta’kidlash joizki, O‘zbekiston bolalari hali bunday tadqiqotlarda
ishtirok etishmagan, lekin maktab ta’lim tizimida yuz berayotgan ijobiy
o‘zgarishlar farzandlarimizni har qanday murakkab sinovlarga tayyor ekanligini
ko‘rsatmoqda.
Summativ, oraliq va formativ baholashni o‘z ichiga olgan o‘quvchilarni
baholashning integratsiyalashgan muvozanatli tizimini qanday ishlab chiqish
bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar tayyorlab, amaliyotga yuborgan. Xalqaro ta’lim
siyosatida talabalarni baholash bo‘yicha texnik ekspertiza bilan ta’minlash
ishlarini rivojlantirdi. Xususan, maslahatchi talabalarni baholash hisoboti va
PISA tahlili natijalarini oladi va davra suhbati uchun taqdimot tayyorlaydi,
shuningdek, Qozog‘iston hukumati uchun ta’limni rivojlantirish siyosati bo‘yicha
tavsiyalar va aniq harakatlar dasturini ishlab chiqadi.
Shu maqsadda xorijlik olimlar «Ta’lim yutuqlarini baholashning milliy va
xalqaro dasturlari» kursi nisbatan mustaqil mazmunga ega – xalqaro va milliy
baholash tizimlarining tavsifi va tahlilini olib bordilar.
Ta’lim sifatini baholash (milliy va xalqaro) sohasidagi asosiy loyihalarni
o‘rganish va ushbu loyihalarni qiyosiy tahlil qilish asosida axborot-tahliliy
xarakterga olish hamda PISA, TIMSS, PIRLS va boshqalar xalqaro NCLB, NAEP
(AQSh milliy) loyihalari, mamlakat holatlari, shuningdek, oʻrganilayotgan loyiha
va dasturlarning qiyosiy tahlili haqidagi maʼlumotlar jamlanadi.
Turli dasturlarning turli modellari va tarkibiy xususiyatlarini ochib beradi,
shuningdek, turli loyihalarga xos bo‘lgan «ta’lim sifati»ning turli
konstruksiyalarini chuqur tahlil qilishga qaratilgan.
Ta’lim sohasidagi boshqaruv va siyosiy qarorlarning o‘rganilayotgan
loyihalarda taqdim etilgan ma’lumotlar turi bilan bog‘liqligiga alohida e’tibor
berildi. O‘quv jarayonida turli mamlakatlar misollarini o‘rganish modeli boshqa
mamlakatlarda ham qo‘llanilishi lozimligini ko‘rib chiqishdi.
Jahon olimlari o‘z oldlariga maqsad qilib ta’lim sifatini baholash sohasidagi
eng mashhur loyiha va dasturlarni ishlab chiqib, milliy va xalqaro miqyosdagi
aniq tadqiqot loyihalari asosida «ta’lim sifati» tushunchasi haqidagi bilimlarini
konkretlashtirib borildi.
DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
23
Quyidagicha vazifalar belgilandi:
1. Ta’lim sifatini baholash sohasidagi milliy va xalqaro loyihalar haqida
umumiy ma’lumot olish.
2. Ta’lim sifatini baholashning turli dasturlarini qiyosiy tahlil qilish
tajribasini olish uchun shart-sharoit yaratish: maqsadlar, tashkilotning
xususiyatlari, foydalaniladigan vositalar va boshqalar bo‘yicha.
3. PIRLS va TIMSS loyihalarini qiyosiy tahlil qilish va Yagona davlat
imtihonlari misolida «ta’lim sifati» konsepsiyasini ishlab chiqishning asosiy
yo‘nalishlari haqidagi bilimlarni konkretlashtirish.
4. Aniq loyihalarning maqsadlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash va
ularning natijalaridan boshqaruv faoliyatida qanday foydalanishni o‘rgatish kabi
aniq vazifalarni belgilab olindi.
O‘rganish natijalari asosida quyidagi ta’lim yutuqlariga erishishi
ta’minlandi:
Bilim va tushunish:
– alohida loyiha va dasturlarning mazmuni, shu jumladan, ta’lim sifatini
baholash sohasidagi monitoring;
– keng ko‘lamli tadqiqotlarni amalga oshirish imkoniyatini ta’minlaydigan
harakatlar va tadbirlar ketma-ketligi (boshqaruv vazifalarini belgilash, vositani
ishlab chiqish va ishlatishdan boshlab, asosiy va ikkinchi darajali ma’lumotlarni
tahlil qilishgacha);
– « ta’lim sifati»ni ishga soluvchi asosiy konseptual konstruksiyalar.
Intellektual ko‘nikmalardan esa:
– ushbu sohadagi nazariy va amaliy ishlanmalarni tanqidiy tahlil qilish;
– olingan bilimlarni o‘z kasbiy faoliyatida qo‘llash;
– ta’lim sifatini baholash bo‘yicha loyiha va dasturlar ma’lumotlarini sharhlash
va ulardan foydalanish.
Amaliy ko‘nikmalardan bo‘lsa:
– o‘lchov uchun topshiriqni shakllantirish orqali boshqaruv vazifalarini
operativlashtirish;
– ta’lim sifatini baholash dasturlari uchun maqsadli talablarni ishlab
chiqish.
Universal ko‘nikma va malakalardan (intizomni o‘rganish quyidagi
universal kompetensiyalarni shakllantirishga yordam beradi):
– ta’lim sifatini baholash bo‘yicha dastur va loyihalarni ishlab chiquvchilar
jamoasida og‘zaki va yozma muloqot (shu jumladan, chet tillarida);
– guruhlarda ishlash;
DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
24
– muammolarni qo‘yish va hal qilish;
– texnik vositalardan foydalanish;
– ma’lumotlar bazalari bilan ishlash va natijalarni turli formatlarda taqdim
etish kabi natijalarga erishildi.
Xorij olimlari tadqiqotlar natijasida har davlatning xos xususiyatlari ya’ni milliy
ta’limga integratsiyalash lozimligi xulosasiga kelindi.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Rajabova K.F. Xalqaro baholash dasturlaridan foydalanishda jahon ta’limi
bilan integratsiyalash – ta’lim sifatini oshirish omili / «Ta’lim va innovatsion
tadqiqotlar» xalqaro ilmiy-metodik jurnal. 2022/№7/ 174-179 bet;
2.
Rajabova K.F. PIRLS xalqaro tadqiqot dasturi / Ma’rifat yog‘dusi. Ta’limiy,
ma’naviy-ma’rifiy gazeta. №11-12 (59-60) 1-30 iyun 2019-yil/7 bet;
3.
Rajabova
K.F.O‘zbekiston
ta’limining
jahon
ta’limi
bilan
integratsiyalashuvida xalqaro baholash dasturlarini qo‘llashning ilmiy ahamiyati
(PIRLS xalqaro baholash dasturi asosida) «Pedagogik mahorat» jurnali 2022-y.
iyun 9 bet;