SAPONIT MINERALINI QAYTA ISHLASH

Annotasiya

Tadqiqotlar natijasi shuni koʻrsatdiki saponit minerali tarkibida kalsiy va magniy oksidi 20-23% ni tashkil etadi. Ushbu saponit mineralini xlorid kislota bilan qayta ishlash jarayoni va kalsiy xlorid tuzi bilan qoʻshib kuydirish jarayoni orqali magniy xlorid eritmasini ajratib olish va uni magniy xloratigacha oʻtkazish boʻyicha olib borilgan tadqʼiqotlar keltirilgan.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
37-40
59

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Pirnazarov , F., & Umirov, F. (2024). SAPONIT MINERALINI QAYTA ISHLASH. Развитие и инновации в науке, 3(12), 37–40. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/dis/article/view/63323
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Tadqiqotlar natijasi shuni koʻrsatdiki saponit minerali tarkibida kalsiy va magniy oksidi 20-23% ni tashkil etadi. Ushbu saponit mineralini xlorid kislota bilan qayta ishlash jarayoni va kalsiy xlorid tuzi bilan qoʻshib kuydirish jarayoni orqali magniy xlorid eritmasini ajratib olish va uni magniy xloratigacha oʻtkazish boʻyicha olib borilgan tadqʼiqotlar keltirilgan.


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

37

SAPONIT MINERALINI QAYTA ISHLASH

Pirnazarov Feruz G‘ulomovich

Umirov Farxod Ergasovich

Doktorant. Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti

Ilmiy rahbar. t.f.d. Professor Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar

universiteti

https://doi.org/10.5281/zenodo.14500896

Annotatsiya. Tadqiqotlar

natijasi shuni koʻrsatdiki saponit minerali

tarkibida kalsiy va magniy oksidi 20-23% ni tashkil etadi. Ushbu saponit
mineralini xlorid kislota bilan qayta ishlash jarayoni va kalsiy xlorid tuzi bilan
qoʻshib kuydirish jarayoni orqali magniy xlorid eritmasini ajratib olish va uni
magniy xloratigacha oʻtkazish boʻyicha olib borilgan tadqʼiqotlar keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

saponit, mineral , natriy gipoxlorit, magniy xlorid, magniy

xlorat, kalsiy xlorid, defoliant, kaustik soda.

Аdabiyotlardan maʼlumki, Saponit minerali “yuvuvchi tosh” nomi bilan

yuritilib, montomorillonit guruhiga kiruvchi silikatlar hisoblanadi, och qizgʻish –
qoramtir rangli, hidsiz va tamsiz modda. Kimyoviy formulasi

(Ca,Na)

0.3

(Mg,Fe

2

)

3

(Si,Al)

4

O

10

(OH)

2

*4H

2

O tarkib boʻlib, koʻp xollarda Fe, Cr

ga almashgan boʻladi, bundan tashqari tarkibida Ni, Zn, Cu, Li va boshqa metallar
ham uchraydi [1-3]. Hozirgi kunda saponit minerali quyidagi sohalarda: oqava
va texnologik suvlarni tozalashda, radioaktiv moddalarni yutuvchi tabiiy
sorbentlar, yuqori adsorbsiyalanish, katalitik va filtrlovchi xossasiga ega boʻlgan
modda, chorva mollari uchun ozuqa komponentlarini, qishloq xoʻjaligi uchun
mikroelementli oʻgʻitlar, metallurgiya sanoatida metallarni quyish, tibbiyot va
farmatsevtikada davolovchi preparatlar sifatida ishlatilib kelinmoqda.
Oʻzbekistonda saponit mineralini oʻrganish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar hozirda
olib borilmoqda [4-7]. Oʻzbekiston Respublikasining Qizilqum vohasi mahalliy
xomashyolarga boy va eng koʻp kimyoviy elementlar tarqalgan maskan
hisoblanib, bu yerda Qizilqum fosforiti, Navbahor dolomiti, Uchtut bentoniti,
Karmana ohaktoshi, serpetiniti, Gazgʻon marmari, Nurota bazalti v.b. uchraydi.
Ushbu konlar Respublikamizning xalq xoʻjaligining va kimyo sanoatining
rivojlanishiga katta hissa qoʻshib kelmoqda. Navoiy davlat konchilik va
texnologiyalar universiteti olimlari tomonidan Navoiy viloyatining Navbahor
tumanida joylashgan Vaush konida dolomit minerali tarkibida saponit minerali
mavjudligini aniqlashgan. Shu sababli ushbu maqolada saponit minerali boʻyicha
olib borilgan tadqiqotlar bayon etilgan .

Metodologiya.

Saponit mineralida bir qancha namunalar olindi va

tajribalar oʻtkazish uchun Retsch RM-200 rusumli harakatlanuvchi analitik


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

38

maydalagich qurilmada maydalandi. Maydalangan saponit minerali 0,01-4,0 mm
li AS-200 BASIC rusumli mexanik laboratoriya qurilmasi elaklaridan oʻtkazilib,
namunalarga ajratildi. Olingan namunalar kimyoviy analiz, alanga-fotometriyasi
– Model-410 rusumli qurilmada, X-ray phases, IK spectri IRTRACER-100
SHIMADZU IK-Furʼe spektrometrida, derivatograpmasi LABSYSEVO–rusumli
zamonaviy qurilmada, rentgenoflyoresent va mikroskopik tahlil qilish usullari
oʻrganilgan.

Olingan natijalar.

Navbahor tumanida joylashgan Vaush konida dolomit

minerali tarkibida saponit minerali mavjudligi aniqlangan boʻlib, ushbu
mineralning kimyoviy va mineralogik tarkibi tahlil qilindi. Natijalar shuni
koʻrsatdiki saponit minerali tarkibida kalsiy va magniy oksidi 20-23% ni tashkil
etadi va ushbu mineral asosida magniy birikmasini ajratish boʻyicha olib
borilgan ilmiy tadqiqotlar keltirilgan.

Ushbu tadqiqotlar olib borishdan avval dastlab saponit mineralining

kimyoviy tarkibi oʻrganildi. Olingan natijalar 1-jadvalda keltirilgan.

1-jadval

Vaush konidagi saponit mineralining kimyoviy tarkibi

Modda miqdori, mass. %

SiO

2

TiO

2

Al

2

O

3

Fe

2

O

3

FeO

MnO

MgO

CaO

29,1

0,7

2,8

6,8

2,1

0,14

21,74

23,71

K

2

O

Na

2

O

CuO

ZnО

NiО

Sr

qoʻshimchalar H

2

O

2,4

1,54

0,5

0,9

0,8

0,11

2,8

2,44

Ushbu natijalar saponit mineraliga mos kelishini va yanada aniqligini

koʻrish uchun IK spektri, derivatogrammasi va rentgenofazali tahlillar oʻtkazildi.
IQ-spektroskopik tahlili IRTRACER -100 (Shimadzu, Yaponiya) spektrometrida
400-4000 sm

-1

chastota sohasida oʻtkazildi. Namunalar КВr asosida tabletka

qilish orqali tayyorlanadi. IQ spektrlarida Saponit Si-O 798,53; 930,54; 1000,85
sm

-1

valentlik tebranish mintaqasida aniq yutilish chiziqlarini hosil qiladi.

Kremniy-kislorodli tetraedrlarning simmetriyasi saponitning kristall panjarasini
tashkil etuvchi kationlarning kattaligiga bogʻliq, chunki magneziyaning oshishi
bilan Si-O tebranishlarining chastotasi oshadi. Saponitdagi temir-magniy
almashinuviga eng sezgir 930-1000 sm

-1

mintaqadagi chiziqli chastota

reaksiyasi. Shuningdek, saponitning IQ spektrlarida OH guruhlarining
tebranishlari tufayli 3630-3903 sm

-1

mintaqada koʻplab yutilish guruhlari

kuzatiladi [9,10]. Differensial termik tahlil Setaram LabSys Evo derivatografida
20-800

o

C harorat oraligʻida oʻtkazildi. Pechni isitish tezligi 10

o

C/min. Standart


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

39

sifatida sintetik samfir ishlatiladi. Saponitning sinov namunasini 800

o

C ga

qizdirganda massa yoʻqotilishi 10,22% ni tashkil qiladi. 90-160

o

C sohasidagi

endoeffektlar saponitni tashkil etuvchi kristallararo minerallarning ichki
yuzasida adsorbsiyalangan suvni olib tashlashga toʻgʻri keladi. 675- 800

o

C da

karbonat minerallarining parchalanish sohasida massa yoʻqotish tezligi sezilarli
darajada oshadi, 9,11% namunalarning massa yoʻqotilishi asosan kalsitning
intensiv parchalanishiga javob beradi. Olib borilgan kimyoviy va fizik-kimyoviy
tahlil natijalari saponit mineralining tarkibi, xossalari uni kimyo sanoati, qishloq
xoʻjaligi va xalq xoʻjaligining boshqa sohalariga ishlatish mumkinligini
tasdiqlaydi. Shuning uchun saponit mineralini konsentrlangan va suyultirilgan
xlorid kislotada eritilib xlorid tuzlarini hosil qilishni oʻrganildi. Unda xlorid
kislota bilan saponitni eritganimizda quyidagi reaksiyalar sodir boʻladi.

MgO+ 2HCl= MgCl

2

+ H

2

O

Al

2

O

3

+ 6HCl = 2AlCl

3

+3H

2

O

Na

2

SiO

3

+ 2HCl = 2NaCl + H

2

SiO

3

Tajribada magniy xlorid hosil qilish uchun eritma ishqoriy muhitga

oʻtkazildi.

Saponit minerali asosida olingan magniy xloridi [10] eritmasi bilan natriy

gipoxloritini konversiya jarayoni quyidagicha amalga oshirildi. Dastlab uch
ogʻizli sigʻimi 500 sm

3

boʻlgan kolba ichiga sensorli termoboshqaruv bilan

taʼminlangan aralashtirgich birlashtirilgan. Kolbaga 20g magniy xlorid tuzi va
ekvivalent miqdordagi natriy gipoxlorit solindi. Maʼlum haroratni ushlovchi
termostatli kolba solindi va intensiv aralashtirilib jarayon 60, 75 va 90

o

C harorat

va 30 dan 90 daqiqa oraligʻida amalga oshirildi va quyidagi kimyoviy reaksiyalar
borishini koʻrsatdi:

MgCl

2

+2NaClO=Mg(ClO)

2

+2NaCl

(1)

3Mg(ClО)

2

→ Mg(ClО

3

)

2

+2MgCl

2

(2)

Bu jarayonni umumiy quyidagi kimyoviy reaksiya bilan koʻrsatish

mumkin.

MgCl

2

+6NaClO=Mg(ClO

3

)

2

+6NaCl

(3)

Unda oraliq mahsulot magniy gipoxloriti hosil boʻlishi va qoʻshimcha

natriy gipoxloriti qoʻshish orqali magniy xlorati hosil boʻlishi aniqlandi.

Xulosa:

Oʻzbekistonda saponit mineralini mavjudligi aniqlanib, uni kimyoviy va

mineralogik tarkibi, IK-spektri, derivatogrammasi va rentgenofazali tahlillar
aniqlangan boʻlib, natijalar saponit mineraliga mos kelishini koʻrsatdi. Ushbu
saponit mineralini xlorid kislota bilan qayta ishlash jarayoni orqali magniy
xlorid eritmasini ajratib olish natijalari oʻrganildi: harorat - 40-95

o

C, HCl


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

40

konsentratsiyasi - 20%, magniy oksidi miqdoridan kelib chiqib xlorid kislota
normasi 100%, t = 2 soat magniy oksidi eritmaga oʻtish darajasi (90,36%)
boʻlishi aniqlandi. Saponit mineralini 200

0

C dan 600

0

C gacha boʻlgan

haroratlarda CaCl qoʻshib qizdirish natijasida Mg miqdorini oshirish oʻrganildi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

Умиров Ф.Э., Музафарров А.М., Пирназаров Ф.Г. Investigation of the
production of surfactants containing sodium chlorate based on sodium
hypochlorite.

Research,

Journal

of

Critical

Reviews

http://www.jcreview.com/index.php JCR. 2020; 7(10): 2577-2581.
Umirov F. E., Пирназаров Ф.Г. Studying the composition of local raw material
saponite mineral rich in magnesium oxide and recovering chloride-chlorate
from it // The American Journal of Engineering and Technology (ISSN – 2689-
0984) September 15, 2023. 13-20с.
Umirov F. E., Музафарров А.М., Пирназаров Ф.Г., Умиров У.Ф. Изучение
химического состава и свойств минерала сопонита // Горный вестник
Узбекистана № 3 (82) 2020 С.75-78

Bibliografik manbalar

Умиров Ф.Э., Музафарров А.М., Пирназаров Ф.Г. Investigation of the production of surfactants containing sodium chlorate based on sodium hypochlorite. Research, Journal of Critical Reviews http://www.jcreview.com/index.php JCR. 2020; 7(10): 2577-2581.

Umirov F. E., Пирназаров Ф.Г. Studying the composition of local raw material saponite mineral rich in magnesium oxide and recovering chloride-chlorate from it // The American Journal of Engineering and Technology (ISSN – 2689-0984) September 15, 2023. 13-20с.

Umirov F. E., Музафарров А.М., Пирназаров Ф.Г., Умиров У.Ф. Изучение химического состава и свойств минерала сопонита // Горный вестник Узбекистана № 3 (82) 2020 С.75-78