ELEKTRON RAQAMLI IMZO VA UNDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI
Mazkur maqolada elektron raqamli imzo (ERI) va uning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridagi o‘rni tahlil qilingan. ERI tushunchasi, uning huquqiy asoslari, texnologik tamoyillari va foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, elektron raqamli imzo axborot xavfsizligi tizimidagi ishonchli vosita sifatida ko‘rilib, uning hujjatlarni autentifikatsiya qilish, maxfiylikni ta'minlash va huquqiy kuchga ega bo‘lishdagi roli yoritiladi. Maqola ERI qo‘llashning iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatini ochib berib, davlat boshqaruvi, biznes va ta’lim sohalaridagi samaradorligini oshirishdagi imkoniyatlarini ham o‘rganadi. Shu bilan birga, ERI texnologiyasini rivojlantirishdagi dolzarb muammolar va ularni hal etish yo‘llariga e'tibor qaratilgan.