DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
34
TIJORAT BANKLARI ORQALI INVESTITSIYALARNI JALB ETISH
YO’LLARI
Raxmatullayev Sobir Zohid o’g’li
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot
Instituti “Moliya” kafedrasi magistri
https://doi.org/10.5281/zenodo.14498942
Jahon tajribasidan ma’lumki, tijorat banklarining investitsion jarayonlarda
faol qatnashishi iqtisodiyotni modernizatsiya qilishda va mamlakat sanoat
salohiyatining mustahkamlanishida muhim o‘rin tutadi. Rivojlangan bozor
iqtisodiyoti sharoitida mablag‘larni qayta taqsimlash moliyaviy vositachilar
orqali amalga oshiriladi. Investitsion jarayon natijasida pul mablag‘lari
moliyaviy soha yordamida ishlab chiqarish tarmoqlariga yo‘naltiriladi va bu
jarayonda tijorat banklari muhim o‘rin egallaydi.
Har bir mamlakatda milliy iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish va ishlab
chiqarishni innovatsion rivojlantirish ishlari turli iqtisodiy vositalar yordamida
amalga oshiriladi. Xuddi shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ham ushbu
natijaga erishish uchun iqtisodiyotning real va moliyaviy sektorida investitsion
faollikni oshirish talab qilinadi. Ma’lumki, iqtisodiyotning real sektorini
moliyaviy jihatdan ta’minlanishi ushbu sektorni yanada barqaror rivojlanishida
muhim rol o‘ynaydi. Mazkur masalani ijobiy hal etishda tijorat banklarining
faoliyati alohida ahamiyat kasb etadi. Tijorat banklari investitsion siyosatining
samarali tashkil etilishi esa iqtisodiyotni modernizatsiya qilishda va real
sektorni barqaror rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda xususiy sektor rivojlanishini
rag‘batlantirish, banklarning investitsiyaviy jozibadorligini, bank xizmatlari
ommabopligi va sifatini oshirish uchun bank sektorini tubdan transformatsiya
qilish maqsadida 2020 yil 12 mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini
isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-5992-sonli Farmoni qabul qilindi
ushbu strategiyaning asosiy maqsadi etib zamonaviy bank tizimini
shakllantirish, banklarning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish va bank
xizmatlarining yangi standartlarini joriy etishga qaratilgan bank tizimida
kompleks o‘zgartirishlarni amalga oshirishdan iborat.
Milliy iqtisodiyotda investitsion jarayonlarni faollashtirish va unda tijorat
banklarining ishtirokini kengaytirish zarurati iqtisodiy barqarorlikni
ta’minlashda bank tizimining rolini oshirish bilan belgilanadi. Investitsion
salohiyatni oshirishda banklar ishtiroki investitsion maqsadlarga bank
DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
35
mablag‘larini yo‘naltirish, investitsion xarakterdagi kreditlarni berish, ulushli
ishtirok etish va qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish kabi
yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi. Tijorat banklarining investitsion faolligi ularning
moliya-sanoat guruhlaridagi ishtirok orqali yanada rivojlanadi. Chunki, moliya-
sanoat guruhlari doirasida banklar istiqbolli investitsion loyihalarni ishlab
chiqish va amalga oshirish, qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalarni
tashkil qilish hamda moliyaviy resurslarni yuqori daromadli sohalarga
yo‘naltirish asosida investitsion faolligini oshiradi.
Banklar uchun moliya-sanoat guruhlari tarkibida investitsion siyosatni
amalga oshirish quyidagi imkoniyatlarni yaratadi: bank resurslari barqarorligini
ta’minlash va ularning resurs bazasini yanada kengaytirish; foydalilik darajasi
yuqori bo‘lgan investitsion loyihalarni amalga oshirish; moliyaviy risklar
darajasini kamaytirish va kapital qo‘yilmalarni diversifikatsiyalash; likvidlilik
darajasini oshirish; korxonalarni tashkil etish va aksiyadorlik munosabatlarini
rivojlantirish, ustav kapitalida ulushli ishtirok etish orqali ular faoliyatiga ta’sir
etishni kuchaytirish.
Investitsion loyihalarni amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan
moliyaviy risklarni baholash va ularni boshqarish yuzasidan zarur chora-
tadbirlarni ishlab chiqish amaliyotini rivojlantirish tijorat banklarining
investitsion faolligini oshirish va investitsion siyosatni samarali yuritish
borasidagi asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Chunki, investitsion loyihani
amalga oshirish jarayonida turli omillarning ta’siri natijasida muayyan darajada
moliyaviy risklar yuzaga kelishi va loyihaning samaradorligiga ta’sir ko‘rsatishi
mumkin. Shu boisdan moliyaviy risklarni baholash va ularning salbiy ta’sirini
oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, bu borada tijorat
banklari investitsion siyosat doirasida monitoring olib borish tizimini va
amaldagi investitsion loyihalarni tahlil etish jarayonini faollashtirishlari lozim.
Banklarning investitsion siyosatini samarali tashkil etish va ularning
investitsion faolligini oshirishda quyidagilarni inobatga olish maqsadga muvofiq
hisoblanadi:
- investitsion portfeli sifati va tavakkalchiliklarni boshqarish amaliyotini
yaxshilash, moliyaviy tavakkalchiliklarni baholash uchun texnologik yechimlarni
tadbiq etish orqali bank tizimining moliyaviy barqarorligini ta’minlash;
- investitsion siyosatni amalga oshirishda unga ta’sir ko‘rsatuvchi
omillarni baholash va ularning ta’sir darajasini chuqur tahlil etish lozim;
- tijorat banklari va sanoat korxonalari o‘rtasidagi moliyaviy
munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan ta’sirchan choralarni amalga oshirish,
DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
36
xususan korxonalardagi investitsion loyihalarni ishlab chiqish va amalga
oshirishda banklarning ishtirokini kuchaytirish lozim;
- moliya va sanoat kapitali integratsiyasini ta’minlash orqali moliya-sanoat
guruhlarini shakllantirish;
- kapitallashuv darajasi yuqori bo‘lgan tijorat banklari ishtirokida moliya -
sanoat guruhlarini tashkil etishni bosqichma-bosqich amalga oshirish lozim,
chunki bu holat, investitsion munosabatlarda foydalilik darajasini oshirish va
risklarni pasaytirishga imkon yaratadi.
Shunday ekan, mamlakatimizda ham tijorat banklarining investitsion
siyosatini aynan shulardan kelib chiqib zamon talablariga moslashtirish qat’iy
talab etilyapti. Buni amalga oshirishda ularning investitsion faoliyatning
maqsadli mo‘ljallari tizimini tashkil etish va mazkur maqsadlarga erishish
usullarini erkin tanlash uchun imkoniyat berilyapti. Shu o‘rinda investitsiya
yo‘nalishida tijorat banklarini rag‘batlantiruvchi omillar bo‘yicha quyidagi
takliflarni keltirib o‘tish mumkin:
- raqobatdagi ustunlikni oshirish;
- resurs bazasini kengaytirish hisobiga kreditlash hajmini oshirish;
- kredit portfeli tavakkalchiliklarini diversifikatsiyalash asosida
tavakkalchilik darajasini kamaytirish;
- kredit qaytmasligi tavakkalchiligini kamaytirish.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, tijorat banklari ishtirokida
integratsiyalashgan korporativ tuzilmalarni shakllantirish banklar investitsion
faolligini oshirish, sanoat tarmoqlarini samarali va barqaror rivojlantirish va eng
muhimi mavjud ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash uchun qulay shart-
sharoit yaratadi. Bu esa, o‘z navbatida ichki va tashqi bozorlarga yo‘naltirilgan
yangi yuqori ilmiy sig‘imli ishlab chiqarishlarni rivojlantirish, jahon bozorlarida
milliy korxonalarning raqobatbardoshligini hamda ularning moliyaviy
barqarorligini oshirish uchun sharoit yaratishga imkon beradi.
