DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
5
MUTAFAKKIR OLIMLAR ASARLARIDA URF – ODAT VA
MAROSIMLARI.
Shodiyeva Shaxina
Farg’ona davlat universiteti
Pedagogika ,
psixologiya va san’atshunoslik fakulteti
“Musiqiy ta’lim va madaniyat” kafedrasi Musiqa ta’limi yo‘nalishi
1 – bosqich talabasi
Shaxinashodiyeva617@gmail.com
+998932014428
https://doi.org/10.5281/zenodo.14997389
Annotatsiya:
Umuman olganda, ushbu asar Markaziy Osiyo xalqlari
madaniyati, mutafakkir olimlar ularning olib borgan tadqiqotlari va ularning
hayoti davomida yozgan asarlarida urf – odatlarning muhum ahamiyati.
Kalit so’zlar:
urf – odatlar, xalq madaniyati, bayramlar va milliy
qadriyatlar, Navro’z bayrami, ajdodlar, “Avesto” kitobi.
Аннотация:
В целом это произведение о культуре и мыслителях
народов Средней Азии, важное значение традиций и обычаев в
исследованиях, проводимых учеными, и в произведениях, написанных ими
при жизни.
Ключевые слова:
обычаи, народная культура, праздники и
национальные ценности, праздник Навруз, предки, книга «Авесто».
Sharq xalqlarining yil tabiat va koinot bilimlari bilan bog‘liq
ma’lumotlarni о‘zida aks ettirgan о‘rta asr yozma manbalari orasida buyuk
qomusiy olim Abu Rayhon Beruniyning “Qadimgi xalqlardan qolgan
yodgorliklar” nomli asari alohida ahamiyatga ega. Mazkur tarixiy-etnografik
asarda islomgacha bо‘lgan davrdagi xorazmliklar, sо‘g‘diylar, eronliklar amal
qilgan yil taqvimlari va oylarning nomlanishi hamda ular asosida
о‘tkaziluvchi hayitlar – bayramlar, turli-tuman marosimlar hamda о‘zaro
о‘xshashliklari va о‘ziga xosliklari borasida e’tiborga sazovor ma’lumotlarni
bayon etilgan . Ayniqsa, allomaning Navrо‘z, Mehrjon, Sada, “qovoq bayrami”,
“uzum bayrami”, “о‘tgan ajdodlarni xotirlash” bilan bog‘liq bayram va
marosimlar tо‘g‘risidagi ma’lumotlari tadqiqotimiz uchun muhim ahamiyatga
ega. Mazkur bayramlarning barchasi yil taqvimlariga mos ravishda
о‘tkazilgan bо‘lib, ularda tabiatda yuz beradigan о‘zgarishlar aks etgan.
Shuningdek, olim qadimgi xalqlar amal qiluvchi taqvimlardagi oy nomlarini
qayd etish bilan birga mazkur oylardagi kunlarning ham о‘ziga xos nomlar
bilan atalishini bayon etgan. Beruniy xorazmliklar Isfandarmoji oyining 1-
kunida “Vaxshangom” deb ataluvchi hayit о‘tkazishi va u Vaxsh, Jayxun
DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
6
suviga bag‘ishlanishi tо‘g‘risida ma’lumot bergan Navrо‘z haqida kо‘plab
sharq mualliflari qiziqarli va ibratli ma’lumotlarni yozib qoldirganlar, ammo,
ularning eng ishonchlisi Kisraviy (IX), Beruniy (X–XI) asarlarida va muallifi
Umar Xayyom deb taxmin qilingan mashhur “Navrо‘znoma” kitobidan joy
olgan. Abu Rayhon Beruniy ma’lumotiga kо‘ra, Navrо‘z bayrami Kayyoniylar
sulolasining afsonaviy shohi Jamshid tomonidan joriy etilgan. Abu Rayhon
Beruniy va Muso ibn Iso al-Kisraviy qadimgi shohlar saroyida Navrо‘z
bayramining qanday nishonlanganligini batafsil tasvirlab berganlar. Yangi
yilning birinchi oyi besh kundan olti qismga bо‘lingan, har bir qism aholining
ijtimoiy guruhi uchun bayram sanalgan.
Umuman olganda, ushbu asar Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati,
ularning urf-odat va e’tiqodlari tarixi aks ettirilgan tarixiy-etnografik asar
bо‘lib, о‘zbek xalqi taqvimiy marosimlari genezisi va tarixiy taraqqiyotini
о‘rganishda bebaho manbalardan biri hisoblanadi. Balasag‘unlik (Balasag‘un
mavludlig‘) Yusuf Xos Hojib XI asr turkey yozma adabiyotining ulug‘
namoyandasi, buyuk shoir va faylasuf, davlat arbobi о‘tgan. Adibning hayoti
va ijodi tо‘g‘risida xabar berguchi yagona manba uning о‘z “Qutadg‘u bilig”
masnaviysidir. Asarda ilmiy haqiqat bilan ijodkor badiiy tafakkuri о‘zaro
uyg‘unlashib ketgan. Hukmdor Kuntug‘di-elig (otining lug‘aviy ma’nosi –
“chiqqan, tuqqan Kun”), vazir Oytо‘ldi ( “tо‘lin Oy”) – Quyosh va Oyning
holatini ham badiiy shaklda aks ettiradi. Yusuf Xos Hojibning ta’rificha, Oy
harakatda bо‘lgani uchun yorug‘lig‘ о‘zgarib turadi. “Kun bilan yuzma-yuz
kelganda tо‘lishadi” (Yashiq birla о‘tru baqishsa, tо‘lur) deya ta’kidlaydi shoir.
Yusuf Xos Hojibning ta’rificha, Kun qо‘zg‘almasdir. Kun burji barqaror,
turg‘undir. Kun burji sabit turur (Kun burji sobit turur) deb ta’kidlaydi
olim. Shuning uchun doim birday yorug‘liq sochib turadi. Boshqa bir yog‘i,
muallifning ushbu fikrlari asosida katta bir masala turibdi. Bu jumboqni
shunday tushuntirish mumkin: Falak va Yer doimiy harakatda. Kun
markazda turadi, u turg‘undir. Yer esa uning tevaragida aylanadi. Bu fikrlar
ulug‘ olimning dunyo va uning tuzilishi tо‘g‘risidagi falsafiy qarashlarining
asosini tashkil etadi. Muhimi, muallifning yuqorida ta’kidlangan falsafiy
qarashlari badiiy kо‘rinishda, asarning g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari hamda
qahramonlarning holati bilan uyg‘un holda tasvirlanadi. Ushbu fikrlarning
davomini takomillashgan bir kо‘rinishda Alisher Navoiy ijodida ham
kuzatamiz.
Alisher Navoiy о‘zining “Saddi Iskandariy” asarida Ollohga hamd о‘qir
ekan, Oyning harakatini shunday ta’riflagan edi:
DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
7
Yana birni soz aylading turfa dayr,
Aning sokinin aylading tez sayr.
Baridin itigrak xiromi aning,
Vale tegmayin yerga gomi aning.
Manozilg‘a bob-bot qilip intiqol,
Atin gah etip Badr-u gahi Hilol.
(Yana bir falakdan ajoyib butxona yaratib, uning yashovchisini
sargardon qilding. Uning yurishi barcha sayyoralardan shu qadar tezki, uning
oyog‘i yerga ham tegmaydi. Manzilini tez-tez о‘zgartirib turadi, otini ham
goh Badr (tо‘lin), goh Hilol (yangi chiqqan Oy) deb о‘zgartirib turadi). Mahmud
Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘atit turk” asarida о‘rta asrlarda yashagan turkiy
xalqlarning tili, ijtimoiy-siyosiy hayoti, etnik tarkibi, geografik joylashuvi
hamda ularning urf-odatlari, dunyoqarashi, madaniyati va eng muhimi
taqvimiy qarashlari borasida katta ahamiyatga ega bо‘lgan ma’lumotlar
mavjud. Ekinzor va g‘allazorlarni saqlash va qо‘riqlashdagi bunday usullar,
choratadbirlar turkiy xalqlarda qadimdan mavjud bо‘lgan. “Devonu lug‘otit
turk”da keltirilishicha ekinzorlarni yomon kо‘zlardan saqlashda quyiladigan
qо‘riqchi qadimda “abaqi”deb atalgan bо‘lsa, hosilni qushlardan qо‘riqlash
uchun qо‘yilgan qо‘riqchi “kosgо‘k” deb nomlangan. Olimning о‘n ikki yillik
muchal taqvimi, yulduzlar va sayyoralar, xо‘jalik mashg‘ulotlari hamda yomg‘ir
yog‘dirish marosimlari bilan bog‘liq ma’lumotlari taqvimiy marosimlarning
kelib chiqishi va rivojlanishi jarayonini о‘rganishda о‘ziga xos о‘rin tutgan.
Bundan tashqari, Muhammad Narshaxiyning “Buxoro tarixi” nomli asarida
ham Navrо‘z bayrami va olov bilan bog‘liq marosimlar о‘tkazilganligi qayd
qilingan. Asarda kо‘rsatilishicha, dehqonlar va mubad(kohin)larning Navrо‘z
bayrami bir-biridan о‘tkazilish muddati bilan farq qilib, vujudga kelish tarixi
mil. av. 2 ming yilliklar bilan bog‘langan. Mazkur asar о‘rta asr kishilarining
taqvimiy marosimlarning kelib chiqishi bilan bog‘liq tasavvurlari hamda
о‘sha davrda ularga bо‘lgan munosabatning qay darajada ekanligi tо‘g‘risida
xulosalar chiqarishga imkon beradi. Abulfazl Bayhaqiyning “Mas’ud tarixi”
asaridagi Sulton Mas’ud (1030–1041) davrida Navrо‘z, Mehrjon kabi
bayram va marosimlarning hukmron tabaqa hamda aholi о‘rtasida
о‘tkazilish tartibiga doir ma’lumotlari taqvimiy marosimlarning о‘rta
asrlardagi kо‘rinishi hamda unga nisbatan qanday siyosat yuritilganligi
haqida aniq tasavvurga kelish imkonini beradi. XI asr tarixchisi Gardiziyning
“Zayn al-Axbor” yoki Ibn al-Faqihning “Kitob axbor al-Buldon” nomli
asarlarida “yada toshi”ga oid qiziqarli ma’lumotlar keltirilgan bо‘lib, ular
DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
8
taqvimiy marosimlar tarkibidagi yomg‘ir chaqirish bilan bog‘liq odatlar tarixini
о‘rganishda muhim ahamiyatga ega. Nizomulmulkning “Siyosatnoma”sida
Navrо‘z va Mehrjon bayrami kunlari podshohlar ariza bilan kelgan oddiy
xalqni о‘zi qabul qilib, tegishli qarorlar qabul qilganligi va bu kunlarda barcha
aholining haq-huquqi barobar bо‘lganligi tо‘g‘risidagi ma’lumotlar bayon
qilingan bо‘lsa, Umar Hayyomning “Navrо‘znoma”sida Navrо‘z bayrami tarixi,
о‘sha davr yil taqvimidagi oylar nomlari, mazkur oylarda bajarish mumkin
bо‘lgan amallar hamda qadimgi davr podshohlarining odatlari tо‘g‘risidagi
qiziqarli ma’lumotlar qayd etilgan. Mazkur ma’lumotlar taqvimiy
marosimlarning rivojlanib borishi jarayonida unga nisbatan hukmron
tabaqaning yuritgan siyosati va munosabati, shuningdek, taqvimiy
marosimlarning davlat ahamiyatiga qay darajada aloqador ekanligi borasida
tegishli xulosalar chiqarish imkonini beradi. Abdulg‘ozi Bahodirxon turkiy
qavmlar tarixiga bag‘ishlangan “Shajarayi turk” asarida taqvimiy marosimlar
tarkibidagi Navrо‘z ayyomining turklar orasida nima sababdan bayram
qilinishi hamda ba’zi bir hukmdorlar buyrug‘iga binoan “yadachilar”
tomonidan ob-havoning о‘zgartirilganligi haqidagi ma’-lumotlar taqvimiy
marosimlarning keyingi davrlardagi saqlangan kо‘rinishi haqida tushuncha
berishi bilan ahamiyatlidir. “Bahor yomg‘iri suvining fazilatlari haqida risola”
nomli qо‘lyozmada esa hafta kunlari bilan bog‘liq qarashlar aks etgan bо‘lib,
“xosiyatli” va “xo siyatsiz” kunlar bilan bog‘liq qarashlar borasidagi fikrlarni
bir qator aniqlashtirishda xizmat qiladi . Mazkur manbalardagi ma’lumotlar
о‘zbek xalqi urf-odat va marosimlarining vujudga kelishi hamda rivojlanishi
borasidagi fikrlarimizni isbotlaydi. Ayniqsa, “Avesta”, “Ocsor ul boqiya”,
“Navrо‘znoma”da bayon etilgan taqvimiy qarashlar va marosimlar
tо‘g‘risidagi ma’lumotlar fanimizda muhim ahamiyat kasb etadi. Ularda
bitilgan yangi yilning boshlanishi, yilning turli vaqtlari (quyoshning burilish
nuqtalari) va eski yilning oxiri bilan bog‘liq ma’lumotlar о‘zbeklarning urf-
odat va marosimlari genezisi va transformatsiyasiga doir xulosalar
chiqarishda katta ahamiyatga ega. Kо‘rsatilgan manbalardagi ma’lumotlarga
kо‘ra, taqvimiy urf-odat va marosimlar о‘zbek xalqi ajdodlarining turmush
tarzida juda katta ahamiyatga ega bо‘lib, ular tabiatning uyg‘onishi va
uyquga ketishi bilan bog‘liq qadimiy falsafiy qarashlarning takomillashib
borishi natijasida vujudga kelgan. Umuman olganda, yuqorida keltirilgan
manbalarda asosiy e’tibor taqvimiy marosimlar tarkibida yetakchilik
qiluvchi Navrо‘z va Mehrjon kabi xalq bayramlariga qaratilgan. Yilning ikki
xil muddatida о‘tkaziluvchi mazkur bayramlar о‘zida qadimiy falsafiy
DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
9
qarashlarni aks ettirgan bо‘lib, о‘zbek xalqi taqvimiy marosimlarini
о‘rganishda davriy chegara hamda yetakchilik kabi funksiyalarni о‘taydi.
О‘zbek marosim-udumlarining tarixini о‘rganishda ularning kelib
chiqishi, mazmun-mohiyatini aniqlash uchun albatta tarixiy manbalardagi
ma’lumotlar muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Sharq manbalari, ya’ni
qadimgi avesto, sо‘g‘d, xitoy, arab, fors va turkiy tillardagi qо‘lyozma
asarlardagi urf-odat va marosimlarni о‘rganish hozirgi kundagi dolzarb
masalalardan biri bо‘lib qolmoqda. О‘zbekiston tarixining eng qadimgi
manbalardan biri bо‘lgan qadimgi “Avesto” asarida ham urf-odat va
marosimlar bilan bog‘liq ma’lumotlar uchraydi. Zardushtiylik ta’limoti
Markaziy Osiyoda ibtidoiy davrda mavjud bо‘lgan tabiat unsurlarini
ilohiylashtiruvchi tasavvurlarga nisbatan mukammalroq ta’limot edi. Shu
bois jahon madaniyati durdonasiga aylangan, ajdodlarimiz tafakkuri
taraqqiyoti mahsuli bо‘lgan “Avesto”ni tarixiy-etnologik jihatdan о‘rganish
о‘sha davrdagi atrof-muhitni asrash bilan bog‘liq masalalarga aniqlik kiritadi.
Zardushtiylik kosmogonikasi bо‘yicha Yer gardish shaklida, namlik, suv
hamma narsaning asosi, yerni okean qurshagan, u xuddi suvdagi taxtadek.
Ana shu aqidaga kо‘ra, zardushtiylar suvni hatto olovdan ham ortiqroq
e’zozlashgan. Ular fikricha, Yerni qurshagan olti moddaning (olti ma’bud)
birinchisi suv (Apam-Napat), unda hayot kuchi bor, suvdagi hayot kuchini
о‘limlik sharbatlari bilan boyitib borish kerak
UMUMIY XULOSA.
Milliy tuyg‘u so‘zi faxr, iftixor, quvonch manolarini anglatadi. Bu so‘zlar
mumtoz qo‘shiqlarda, she’riyatda, nasrda, faxriya, ballada va dostonlarda, xalq
og‘zaki folklor ijodi ma’nosidan sinonim sifatida foydalaniladi.
Milliy qo‘shiqlar – muayyan millatning o‘tmishidan, bugungi
taraqqiyotidan, milliy qadriyatlaridan, shu makonda yashagan va jahon
miqyosida tan olingan fan, ilm, din, adabiyot, San’at daholaridan, qomusiy
olimlardan, xalq qahramonlari va davlat arboblarida g‘ururlanish hissidir.
Bo‘lajak musiqa o‘qituvchilarida o‘zbek xalq qo‘shiqlari orqali estetik didni
shakllantirish va kasbiy malakasini tarkib toptirishda xulosa qilib shuni aytib
o‘tish kerakki, bunda ayniqsa ma’naviy yuksak qadriyatlarga ega bo‘lgan o‘zbek
xalqining madaniy meroslaridan bo‘lgan kuy va qo‘shiqlaridan foydalanish
alohida ahamiyatga molik.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Ibraximov O. O’zbek xalq musiqa ijodi, - metodik tafsiflar. Toshkent 1992-
yil
DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
10
2.
Kamolov O.Qaldirgochni kondirgan qoshiq “Zarafshon” Samarqand 1993 -
yil
3.
Omonullayev. Darslikka xalq merosini o’rganish . Boshlang’ich talim
1993- yil.