DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
26
BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI O‘QUVCHILAR
YOZMA NUTQIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH
USULLARINI QO‘LLASHGA TAYYORLASHNING METODIK
JIHATLARI
Abduraxmonova Dinara Yusupovna
JDPU Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi
o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15043353
Kalit so‘zlar
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf, yozma nutq, nutqiy kompetensiya,
o‘quvchilarning yozma nutqi, metodik jihatdan tayyorlash.
Annotatsiya
Ushbu maqola
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini
o‘quvchilar yozma nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish usullarini qo‘llashga
tayyorlashning metodik jihatlari ochib berishga qaratilgan.
Mazkur
paragrafda
bo‘lajak
boshlang‘ich
sinf
o‘qituvchilarini
o‘quvchilarning yozma nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish usullarini
qo‘llashga tayyorlashning metodik jihatlarini tahlil qilishga bag‘ishlangan.
Tadqiqotda boshlang‘ich ta’limda yozma nutqni shakllantirishga doir metodik
yondashuvlar, samarali pedagogik texnologiyalar va interaktiv usullar ko‘rib
chiqiladi hamda bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligida lingvodidaktik
kompetensiyani rivojlantirish, yozma nutq faoliyatiga oid mashg‘ulotlarni
tashkil etish, baholash va muammolarni bartaraf etish mexanizmlari asosida
ta’lim jarayonini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Quyida keltirilgan metodlar o‘qituvchilarning o‘quvchilar yozma nutqni
rivojlantirish bo‘yicha fundamental pedagogik yondashuvlarga tayyorlashga
qaratilgan:
1.
Nazariy metodlar.
Nazariy metodlar bo‘lajak o‘qituvchilarga yozma
nutq kompetensiyani shakllantirish tamoyillari, lingvodidaktik asoslari va
metodologiyasini tushuntirishga qaratilgan.
a) Analiz va sintez.
Analiz va sintez ilmiy tadqiqotning muhim metodologik
asosi bo‘lib, yozma nutqiy kompetensiyani rivojlantirish jarayonida tizimli
yondashuvni ta’minlaydi. Analiz – yozma nutqiy kompetensiyaga oid ilmiy
adabiyotlarni batafsil o‘rganish, ularning nazariy asoslarini ajratib ko‘rsatish va
mavjud pedagogik konsepsiyalarni tahlil qilish orqali muayyan xulosalarga
kelishga yo‘l ochadi. Mazkur jarayonda yozma nutqiy faoliyatga oid lingvistik,
psixolingvistik va didaktik jihatlar kompleks tadqiq etilib, yozma nutqiy
kompetensiyaning tarkibiy tuzilishi aniqlanadi hamda uning har bir
komponentining mazmun-mohiyati belgilanishi bilan birga, ularning o‘zaro
aloqadorlik darajasi baholanadi va pedagogik amaliyotda qo‘llash mexanizmlari
DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
27
ishlab chiqiladi. Ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish natijasida yozma nutqiy
kompetensiyaning o‘quv jarayonidagi roli, uni rivojlantirish metodlari hamda
lingvodidaktik tamoyillari aniqlanadi.
Sintez tahlil qilingan nazariy manbalar, ilg‘or pedagogik tajribalar va
lingvodidaktik konsepsiyalar asosida yaxlit tizimni shakllantirishga yo‘naltirilib,
yozma nutqiy kompetensiya rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini belgilash,
metodologik yondashuvlarni uyg‘unlashtirish hamda o‘qitish texnologiyalarini
takomillashtirish qulaylik tug‘diradi.
Yozma nutqiy kompetensiyani rivojlantirishda analiz va sintezning uyg‘un
qo‘llanilishi pedagogik jarayonda kompleks yondashuvni ta’minlayshga
qaratilgan. Tahlil orqali aniqlangan ilmiy-nazariy dalillar sintez jarayonida
umumlashtirilib, ularning amaliyotga tatbiq etilish mexanizmlari ishlab chiqiladi
hamda mazkur jarayonda lingvodidaktik tadqiqotlar natijalaridan foydalanish,
o‘quvchilarning yozma nutqiy faoliyatidagi xatolarini tahlil qilish va ularni
bartaraf etish strategiyalarini ishlab chiqish muhim metodologik ahamiyat kasb
etadi. Analiz va sintezning birgalikda qo‘llanilishi nazariy hamda amaliy
yondashuvlarning integratsiyasini ta’minlaydi hamda bo‘lajak o‘qituvchilarning
yozma nutqiy kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish
uchun mustahkam ilmiy asos yaratib berishi mumkin.
b) Modellashtirish.
Modellashtirish yozma nutqiy kompetensiyani
rivojlantirishga qaratilgan didaktik tizimlarni ilmiy asosda shakllantirish,
ularning tarkibiy tuzilishini aniqlash va pedagogik jarayonda samarali
integratsiyasini ta’minlaydi. Modellashtirish metodini qo‘llash jarayonidda
lingvodidaktik qonuniyatlar, kognitiv psixologiya tamoyillari hamda zamonaviy
pedagogik texnologiyalar asosida o‘quvchilarning yozma nutqiy faoliyatini
rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodik konsepsiyalar ishlab chiqish imkoniayi
mavjud. Modellashtirish jarayonida, avvalo, yozma nutqiy kompetensiyaning
didaktik asoslari tizimli tadqiq etilib, uning mazmuniy komponentlari va
funksional jihatlari aniqlanadi, so‘ngra komponentlarning o‘zaro bog‘liqligi,
pedagogik jarayonda qo‘llanilish darajasi hamda ta’sirchanligi eksperimental
tahlil va empirik tekshirish asosida baholanadi.
Modellashtirish differensial va integrativ yondashuvlar uyg‘unligi asosida
yozma nutqiy kompetensiyani rivojlantirishning bosqichlari, mezonlari va
didaktik shartlarini aniqlab olish kerak. Shakllantirilgan modelning
samaradorligini aniqlash esa pedagogik tajribalar, eksperimental tadqiqotlar va
empirik ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi. Didaktik modellar amaliyotga
joriy etilgach, ularning ta’limiy jarayondagi natijadorligini turli parametrlar
DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
28
bo‘yicha baholash mumkin bo‘lib, bu baholash o‘quvchilarning yozma nutqiy
faoliyatida yuzaga keladigan dinamik o‘zgarishlar, lingvistik va uslubiy
me’yorlarga muvofiqlik darajasi, kognitiv jarayonlarning rivojlanish sur’ati
hamda pedagogik samaradorlik ko‘rsatkichlarini tahlil qilishga qaratilgan.
Modelning o‘quv jarayoniga moslashuvchanligi, zamonaviy ta’lim metodlari
bilan integratsiyalashuv darajasi hamda interaktiv va innovatsion
texnologiyalarga muvofiqligi o‘rganiladi. Modelni baholashda eksperimental
ma’lumotlarni statistik tahlil qilish, nazariy xulosalarni empirik faktlar bilan
solishtirish va pedagogik eksperiment natijalarini umumlashtirish muhim.
Mazkur jarayonda olingan natijalar modelning ta’limiy jarayonda optimal
qo‘llanilishi uchun zarur bo‘lgan takomillashtirish yo‘nalishlarini belgilash
imkonini beradi.
Yozma nutqiy kompetensiyani rivojlantirishga yo‘naltirilgan didaktik
modellarni ishlab chiqish va ularning samaradorligini tahlil qilish ta’lim
jarayonida ilmiy-nazariy va amaliy metodlarning uyg‘unligiga asoslanadi.
Modelning pedagogik tizimda muvaffaqiyatli ishlashi uchun uning
lingvodidaktik, kognitiv va kommunikativ asoslari puxta ishlab chiqilishi lozim.
Belgilangan jarayonda metodologik aniqlik va empirik dalillarga asoslangan
tahliliy yondashuv o‘ta muhim bo‘lib, u ta’lim jarayonida didaktik modellar
asosida yozma nutqiy kompetensiyani shakllantirishning ilmiy asoslangan
tizimini yaratishga muvoffaq bo‘ladi.
c) Ekspert baholash.
Ekspert baholash yozma nutqiy kompetensiyani
rivojlantirishga qaratilgan metodikalarning ilmiy asoslanganligi, didaktik
samaradorligi va pedagogik amaliyotga implementatsiya qilish imkoniyatlarini
aniqlash jarayoni bo‘lib, u tajribali pedagoglar, lingvodidaktik mutaxassislar
hamda ta’lim texnologiyalari bo‘yicha ekspertlar ishtirokida kompleks tahlil va
baholash usullari asosida amalga oshiriladi. Baholashning asosiy vazifasi mavjud
metodikalarning lingvistik va pedagogik tamoyillarga muvofiqligini aniqlash,
ularning amaliy qo‘llanilish darajasini baholash va zamonaviy ta’lim talablariga
javob bera oladigan innovatsion yondashuvlar bilan uyg‘unligini tahlil qilishdan
iborat.
Ekspertlar
tomonidan
o‘tkaziladigan
baholash
jarayonida
metodikalarning didaktik asoslari, o‘quv jarayonida qo‘llanilish samaradorligi va
o‘quvchilarning yozma nutqiy kompetensiyasini rivojlantirishga ta’siri maxsus
baholash mezonlari asosida tahlil qilishni bajarish mumkin. Tanlangan mezonlar
pedagogik nazariyalarning ilmiy asoslanganligini, metodikalarining universal
yoki kontekstual xususiyatlarini, lingvodidaktik texnologiyalarning zamonaviy
talablar bilan uyg‘unligini aniqlashga yo‘naltirilgan.
DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
29
Ekspert baholash natijalari asosida mavjud metodikalar takomillashtirilib,
ularning pedagogik jarayondagi moslashuvchanligi oshiriladi va samaradorligini
oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqiladi. Metodikani baholash
jarayonida ekspertlar tomonidan aniqlangan kamchiliklar, lingvodidaktik
modellar bilan bog‘liq cheklovlar va metodik tavsiyalarning didaktik jarayonga
mosligi empirik ma’lumotlar asosida sinovdan o‘tkaziladi. Ekspert xulosalari
asosida pedagogik strategiyalarni diversifikatsiya qilish, yozma nutqiy
kompetensiyani shakllantirishda interaktiv texnologiyalarni keng joriy etish
hamda individual va differensial yondashuvlarni optimallashtirish imkoniyatlari
aniqlanadi. Ekspert baholash natijasida olingan ilmiy tahlillar va empirik
ma’lumotlar asosida ishlab chiqilgan takomillashtirish choralari, metodik
yondashuvlarning ta’limiy samaradorligini oshirishga, o‘quvchilarning yozma
nutqiy kompetensiyasini rivojlantirish bo‘yicha sifat jihatdan yangi bosqichga
chiqishiga asos bo‘ladi.
2. Amaliy metodlar.
Amaliy metodlar bo‘lajak o‘qituvchilarning amaliy ko‘nikmalarini
rivojlantirish va yozma nutqiy kompetensiyalarni shakllantirish bo‘yicha
usullarni qo‘llashga yo‘naltirilgan.
a) Ilmiy-metodik seminarlar va treninglar.
Ilmiy-metodik seminarlar va
treninglar yozma nutqiy kompetensiyani rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy
pedagogik yondashuvlarni amaliyotga joriy etishning muhim shakli bo‘lib,
o‘qituvchilarning
metodik
tayyorgarligini
oshirish,
yozma
nutqiy
kompetensiyaning lingvodidaktik va psixolingvistik asoslarini chuqur anglash,
metodik innovatsiyalarni o‘quv jarayoniga integratsiya qilish hamda ilg‘or ta’lim
texnologiyalaridan
samarali
foydalanish
ko‘nikmalarini
shakllantirish
jarayonlaridan iborat.
Seminar va treninglarda o‘qituvchilarga nazariy bilimlar berilibgina
qolmay, amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘z pedagogik faoliyatlarida turli didaktik
modellarni qo‘llash, yozma nutqiy kompetensiyani rivojlantirishning individual
va differensial yondashuvlari asosida ishlash metodikasi o‘rgatiladi.
Ilmiy-metodik seminarlar va treninglar doirasida yozma nutqiy
kompetensiyani shakllantirishga yo‘naltirilgan didaktik mexanizmlar chuqur
o‘rganilib, o‘qituvchilar tomonidan ishlab chiqilgan pedagogik strategiyalar
ekspert tahlilidan o‘tkaziladi hamda seminar ishtirokchilari o‘z pedagogik
faoliyatlari bo‘yicha refleksiyalash, o‘quvchilarning yozma nutqiy ko‘nikmalarini
rivojlantirish jarayonida yuzaga kelayotgan qiyinchiliklarni muhokama qilish
orqali ularni bartaraf etish yo‘llarini aniqlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
30
Treninglarda interaktiv metodlar asosida yozma nutqiy faoliyatga oid
mashg‘ulotlar tashkil etilib, o‘qituvchilar o‘zlarining o‘quvchilari bilan ishlashda
qo‘llashlari mumkin bo‘lgan muayyan strategiyalarni ishlab chiqadilar.
Seminar va treninglar o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirishga,
ta’lim jarayonida yangi pedagogik texnologiyalarning joriy etilishiga ham
sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Ilmiy-metodik tadbirlar o‘qituvchilarning kasbiy
refleksiyalarini chuqurlashtirish hamda yozma nutqiy kompetensiya
rivojlanishining turli bosqichlariga mos metodlarni o‘zlashtirish imkonini
beruvchi samarali platforma bo‘lib, seminarlarning natijaviyligi pedagoglarning
lingvodidaktik va pedagogik kompetensiya darajasi, didaktik innovatsiyalarni
amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmalari hamda seminar jarayonida shakllangan
yangi o‘quv-uslubiy materiallarning sifat ko‘rsatkichlari asosida baholanishi
mumkin.
b) Dasturiy va texnologik ta’minotdan foydalanish.
Dasturiy va texnologik
ta’minotdan foydalanish yozma nutqiy kompetensiyani rivojlantirishda
zamonaviy lingvodidaktik yondashuvlarni amalga oshirishning muhim tarkibiy
qismi bo‘lib, o‘quv jarayonida raqamli texnologiyalarni integratsiyalash orqali
ta’lim samaradorligini oshiradi. Elektron resurslar, masalan, raqamli darsliklar,
intellektual o‘quv platformalari va avtomatlashtirilgan tekshiruv tizimlari,
o‘quvchilarga
yozma
nutqiy
faoliyatning
fundamental
qoidalarini
mustahkamlash, grammatika va stilistik analizni avtomatlashtirish hamda
individual o‘rganish trayektoriyalarini shakllantiradi. Sun’iy intellektga
asoslangan til o‘rgatish platformalari yozma matnlarni avtomatik tahlil qilish,
o‘quvchilarning xatolarini aniqlash va ularga mos tuzatish tavsiyalarini berish
orqali mustaqil o‘rganish jarayonini tashkil qilishda foydalanish imkoniyati
mavjud.
Interaktiv platformalar o‘quvchilarning yozma nutqiy faoliyatini
rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotlarni tashkil etishda o‘qituvchilar uchun
samarali didaktik vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Xususan, virtual ta’lim
muhitlari orqali o‘quvchilar yozma matnlarni tahlil qilish, o‘z fikrlarini mantiqiy
ravishda ifodalash va akademik yozuv ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatiga
ega bo‘ladilar. Blog platformalari, onlayn forumlar va matnli tahrirlash tizimlari
esa o‘quvchilarga o‘z fikrlarini yozma ravishda bayon qilish va o‘zaro muhokama
qilish orqali yozma nutqiy faoliyatni mustahkamlash qo‘llanilanadi. Elektron
resurslarning yuqorida aytib o‘tilgan imkoniyatlari yozma nutqiy
kompetensiyani shakllantirish jarayonini interfaol va personalizatsiyalangan
ta’lim tamoyillariga muvofiq tashkil etishga qaratilgan.
DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
31
Dasturiy va texnologik ta’minotdan foydalanish ta’lim jarayonida
lingvodidaktik innovatsiyalarni keng joriy etish imkoniyatini berib,
o‘quvchilarning yozma nutqiy faoliyatiga oid qobiliyatlarini chuqurlashtirish,
yozma ifodalash madaniyatini rivojlantirish va akademik yozuvni
mustahkamlashda qo‘ keladi. Elektron platformalar yordamida o‘quvchilarning
yozma ishlarini diagnostik tahlil qilish, ularning xatolarini aniqlash va tuzatish
strategiyalarini takomillashtirish imkoniyati yaratiladi hamda yozma nutqiy
kompetensiyaning ilmiy asoslangan metodlar orqali shakllantiradi. Mazkur
texnologiyalar nafaqat didaktik resurs sifatida, balki innovatsion pedagogik
texnologiyalar vositasi sifatida ham talqin etilib, o‘qitish jarayonining
personalizatsiyasi va individual yondashuvlarni optimallashtirishi kuzatiladi.
c) O‘quvchilarning yozma ishlari bilan ishlash.
O‘quvchilarning yozma
ishlari bilan ishlash pedagogik jarayonning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, mazkur
jarayon nafaqat yozma nutqiy kompetensiyani rivojlantirishga, balki lingvistik,
uslubiy va mantiqiy tafakkurni shakllantiradi. Insho, bayon va referat yozish
metodikasi bo‘yicha o‘tkaziladigan amaliy mashg‘ulotlar o‘quvchilarning fikrni
yozma shaklda ifodalash ko‘nikmalarini rivojlantirish, mantiqiy bog‘lanishlarni
ta’minlash va yozma nutq madaniyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan. Matnni
tarkibiy tuzish, asosiy g‘oyalarni rivojlantirish va dalillarning izchilligini
ta’minlash amaliyotlari o‘quvchilarga matn yaratishning ilmiy-nazariy asoslarini
chuqur anglashga ko‘maklashadi.
Yozma ishlarni o‘rganish jarayonida insho, bayon va referat yozish
metodikasi lingvistik tahlil, mantiqiy tuzilma va uslubiy uyg‘unlik mezonlariga
asoslanaishi e‘tiborimizga sazovor. Insho yozish metodikasi o‘quvchilarning
ijodiy tafakkurini rivojlantirish, muayyan mavzu doirasida chuqur tahlil qilish va
shaxsiy mulohazalarni aniq ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan
bo‘lsa, bayon yozish metodikasi o‘quvchilarning matnni mantiqiy tartibda qayta
yaratish va uning asosiy mazmunini izchil bayon etish qobiliyatini rivojlantiradi.
Referat yozish esa ilmiy-nazariy manbalarni o‘rganish, ular asosida tahliliy
yondashuv shakllantirish va aniq ilmiy xulosalar chiqarishda qo‘l kelishi
mumkin.
Yozma ishlarga oid amaliy mashg‘ulotlar o‘quvchilarning lingvistik
tafakkurini rivojlantirish, yozma nutqiy faoliyatning aniq mezonlarini
shakllantirish va mantiqiy ifodalanishning ilmiy asoslangan tamoyillarini chuqur
anglash jarayonini ifodalaydi. Insho, bayon va referat yozish bo‘yicha amaliy
mashg‘ulotlar orqali o‘quvchilarning lingvistik va uslubiy mahorati
mustahkamlanib, ularning akademik va ijodiy yozish madaniyati takomillashadi.
DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
32
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quvchilarning yozma nutqiy
kompetensiyalarini rivojlantirishga tayyorlanish jarayonida diagnostik testlar,
portfolio usuli, kooperativ ta’lim va fanni integratsiyalashgan yondashuv kabi
metodlarning qo‘llanilishi pedagogik jarayonni optimallashtiradi
Yuqorida keltirikgan metodlar bo‘lajak o‘qituvchilarning lingvodidaktik, metodik
va baholash kompetensiyalarini shakllantirib, ularni zamonaviy didaktik
texnologiyalar va innovatsion yondashuvlardan samarali foydalanishga
yo‘naltiradi.