DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
43
CODERS WAR PLATFORMASIDAGI REYTING VA MUKOFOTLASH
TIZIMINING TALABALAR O‘RTASIDA RAQOBAT VA HAMKORLIK
MUHITINI SHAKLLANTIRISHDAGI AHAMIYATI.
Umarzoda Shohruh Azamat o’g’li
Termiz davlat universiteti Axborot texnologiyalari fakulteti
Amaliy matematika va informatika kafedrasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15117351
Annotatsiya:
Mazkur tezisda "CODERS WAR" o‘quv platformasidagi reyting
va mukofotlash tizimlarining talabalar orasida sog‘lom raqobat va samarali
hamkorlik muhitini shakllantirishdagi pedagogik va psixologik ta'siri ko‘rib
chiqiladi. Shuningdek, ushbu tizimlarning ta’lim jarayonidagi samaradorligi va
talabalarning faolligini oshirishdagi roliga urg‘u beriladi.
Kalit so‘zlar:
CODERS WAR, reyting tizimi, mukofotlash, raqobat,
hamkorlik muhiti, ta’lim motivatsiyasi, pedagogik texnologiya.
Zamonaviy ta’lim tizimida talabalarning motivatsiyasini oshirish, ularni faol
va ijodiy bilim olish jarayoniga jalb qilish pedagogik jihatdan muhim ahamiyatga
ega. Bu jarayonda reyting va mukofotlash tizimlari muhim vositalardan biridir.
CODERS WAR platformasidagi reyting va mukofotlash tizimining talabalar
o‘rtasida sog‘lom raqobat va samarali hamkorlik muhitini shakllantirishdagi
o‘rnini tahlil qilish dolzarblik kasb etadi.
Reyting va mukofotlash tizimlari talabalar bilimini rag‘batlantirishda
muhim pedagogik vosita bo‘lib, ta'lim jarayonini qiziqarli va samarali qilish
imkonini beradi. Bunday tizimlar talabalarda sog‘lom raqobatni shakllantirish,
shuningdek, o‘zaro yordam va hamkorlikni rivojlantirish uchun ishlatiladi.
CODERS WAR platformasidagi reyting va mukofotlash tizimlari quyidagi
mexanizmlar orqali amalga oshiriladi:
- Reyting ballari: Talabalar topshiriqlar va sinovlarni muvaffaqiyatli bajarib,
reyting ballarini to‘playdilar. Har bir topshiriq yoki sinovning murakkabligi va
talabaning ko‘rsatgan natijasiga ko‘ra ballar belgilanadi.
- Mukofot va unvonlar tizimi: Talabalar yig‘ilgan ballar asosida turli xil
unvonlar va mukofotlar bilan taqdirlanadilar. Masalan, "Rekrut", "Titan" va
"Ritser" kabi unvonlar talabalarni yanada yuqori natijalarga intilishlariga
rag‘batlantiradi.
- Duellar va jamoaviy topshiriqlar: Platformada talabalar o‘zaro
raqobatlashishlari (duellar) yoki jamoa sifatida topshiriqlarni bajarishlari
mumkin. Bu orqali talabalar o‘zaro yordam, hamkorlik va sog‘lom raqobat
ko‘nikmalarini rivojlantiradilar.
DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
44
- Yutuqlar tizimi: Topshiriqlar bajarilishi natijasida talabalar turli xil
yutuqlar bilan taqdirlanadi, masalan, personaj uchun yangi jihozlar (qilich,
qalqon, dubulg‘a va boshqalar) yoki bonus ballar beriladi. Ushbu yutuqlar
talabalarning ta'lim jarayoniga bo‘lgan qiziqishini oshiradi.
Ushbu mexanizmlar orqali CODERS WAR platformasi talabalarni o‘qishga
bo‘lgan motivatsiyasini oshirib, ularning bilim olish jarayonini samarali va
qiziqarli qiladi.
Reyting va mukofotlash tizimlari talabalarning motivatsiyasini oshirish
orqali quyidagi ta’sirlarga ega:
Talabalar o‘zaro raqobat orqali yanada yuqori natijalarga erishishga
intilishadi.
Mukofotlar talabalarda darsga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirib, ularni
doimiy ravishda bilim olish jarayoniga jalb qiladi.
Raqobat bilan birgalikda talabalar orasida samarali hamkorlik ham
shakllanadi, chunki umumiy vazifalarni bajarish uchun bir-birlariga yordam
berish zaruriyati tug‘iladi.
Amaliy tajribalar natijasida aniqlanganki, CODERS WAR platformasining
reyting va mukofotlash tizimi talabalarning darslarda faolligini sezilarli ravishda
oshirgan. Platformadan foydalangan talabalar o‘quv jarayoniga faolroq ishtirok
etishgan, vazifalarni bajarishda mas'uliyatni his qilishgan va bilim olish
jarayonini qiziqarli deb baholashgan. O‘tkazilgan talabalar so‘rovnomalari ham
ushbu tizimning talabalar o‘rtasida sog‘lom raqobat va samarali hamkorlikni
shakllantirishdagi ahamiyatini tasdiqlagan.
CODERS WAR platformasida reyting va mukofotlash tizimlarining
qo‘llanilishi talabalarning bilim olish motivatsiyasini oshiradi, ularning
darslarda faol ishtirokini ta’minlaydi hamda talabalar orasida sog‘lom raqobat
va samarali hamkorlik muhitini shakllantiradi. Bunday tizimlarni yanada
kengroq qo‘llash orqali ta'lim samaradorligini oshirish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1.
Kapp, K. M. (2012). The gamification of learning and instruction: Game-
based methods and strategies for training and education. John Wiley & Sons.
2.
Lee, J. J., & Hammer, J. (2011). Gamification in education: What, how, why
bother?. Academic Exchange Quarterly, 15(2), 1-5.
3.
Seaborn, K., & Fels, D. I. (2015). Gamification in theory and action: A
survey. International Journal of Human-Computer Studies, 74, 14-31.
4.
Nicholson, S. (2015). A recipe for meaningful gamification. Gamification in
education and business, 1-20.
DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
45
5.
Dicheva, D., Dichev, C., Agre, G., & Angelova, G. (2015). Gamification in
education: A systematic mapping study. Educational Technology & Society,
18(3), 75-88.