DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
34
TALABALARDA IMPERАTIV АLGORITMIK TАFАKKURNI
SHAKLLANTIRISHGA QARATILGAN METODLAR
Xushvaqtov Umar Norqobilovich
“O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi”
Surxondaryo viloyati hududiy sho’basi bosh mutaxassisi
Tel: +998994248086
https://doi.org/10.5281/zenodo.15239166
Аnnotatsiya.
Mazkur maqolada talabalarga algoritmik tillar va dasturlash
asoslari fanini oʼqitishning umumiy xususiyatlari shu bilan birga dasturlash
asoslari taʼlimida metodik innovatsiyalarning mazmun-mohiyati haqida fikirlar
yuritilgan, Аlgoritmik faoliyatni oʼzlashtirish, algoritmlarni yaratish va ularni
bajarish koʼnikmasini shakllantirish oʼquvchi mustaqil ravishda hal qila oladigan
amaliy masalalar sinfini kengaytirish imkonini berishi, algoritmik tillarga oid
manbalarning nazariy va amaliy aspektlari atroflicha tahlil qilingan.
Kalit soʼzlar.
Talabalar, algoritmik tillar, dasturlash asoslari, innovatsiya,
fanini oʼqitishdagi oʼziga xos xususiyatlari, yangilanish.
Tarixan, bolalarga algoritmlash asoslarini oʼrgatish uchun birinchi
pedagogik dastur oʼtgan asrning oltmishinchi yillarining oxirida amerikalik
pedagog-psixolog S. Papert tomonidan ishlab chiqilgan LOGO dasturlash tili
boʼlgan [3]. LOGO ekranda toʼgʼri chiziqli kesimlardan iborat chizmalar
tuzadigan “Toshbaqacha” nomli ijrochini oʼz ichiga olgan. Tilda barcha asosiy
tuzilmaviy buyruqlar olingan. “Toshbaqacha” ijrochisining asosiy metodik
afzalligi – oʼquvchi uchun hal qilinadigan vazifalarning aniqligi, dasturni amalga
oshirish jarayonida ish jarayonining koʼrgazmaligi. Ushbu yondashuvda
algoritmik fikrlashni rivojlantiruvchi vosita sifatida kompьyuterdan
foydalaniladi, asosiy mazmuni esa algoritmlarni qurish va tahlil qilishdan iborat.
Informatika fanini oʼqitish metodikasi boʼyicha aksariyat qoʼllanmalarda
“Аlgoritmlash va dasturlash” boʼlimini oʼrganishga А.P. Yershov gʼoyalariga
asoslangan anʼanaviy yondashuv qoʼrib chiqilib, u oʼzining maktab
informatikasiga oid metodik maqolalarida va chiqishlarda quyidagi gʼoyani ilgari
surgan: “kattaliklar bilan ishlaydigan hamda “atrof-muhitda” ishlaydigan
algoritm ijrochilarini farqlash; bu ijrochilar uchun mos keladigan algoritmlarni
esa kattaliklar bilan ishlash algoritmlari va “muhitda” ishlash algoritmlari deb
atash [1]. Bunda algoritmlarni yozib olish uchun “Taʼlim olamlari majmuasi”
tarkibiga kiruvchi maktab algoritmlash tilidan foydalaniladi.
Ushbu usulning afzalliklari: algoritmik tilning lugʼati, analitik qaytar
aloqaning mavjudligi (ijrochi notoʼgʼri berilgan buyruqqa javoban harakatni
bajarishdan bosh tortadi). Koʼrgazmali ijrochilardan foydalanish faoliyatni
DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
35
faollashtirish, faoliyat natijalarini koʼrsatish, bilimdan harakatga oʼtish imkonini
beradi. Shu bilan birga, oʼquvchilarning algoritmlash asoslarini oʼzlashtirishdagi
muvaffaqiyati oʼqituvchining oʼz mahoratidan toʼgʼri foydalana olishiga bogʼliq.
Аlgoritmni aniq rasmiylashtirilgan shaklda – algoritmik tilda yoziladi.
Ushbu oʼrganish usulida oʼquvchilar har doim ham oʼquv vazifalarini bajara
olmaydilar va mustaqil ravishda algoritmlarni qurishda muammolarga duch
kelishadi. Ushbu muammolar quyidagilardan kelib chiqadi:
- algoritm boshidan oxirigacha oʼylangan boʼlishi kerak;
- oʼquvchilar nafaqat barcha variantlarda hamma narsani “oldindan” oʼylab
koʼrishlari, balki buni “va hok.” kabi iboralarsiz yozishlari kerak;
- hamma narsa rasmiy ijrochiga aniq va tushunarli tilda va maʼlum bir
ijrochining buyruq tizimiga asoslangan holda tasvirlangan boʼlishi kerak.
Imperativ algoritmik tafakkurni rivojlantirish uchun quyidagi yondashuvni
taklif qilingan [2]:
1. Oʼquvchining oʼzi yoki tanlangan ijrochi tomonidan yangi algoritm
yaratish, yozib olish, sinovdan oʼtkazish va bajarish.
2. Masalani yechish uchun namunaviy algoritmlar toʼplamini oʼzlashtirish.
3. Аlgoritmdagi xatolarni topish va bartaraf etish.
4. Tayyor algoritmni takomillashtirish, yaʼni uni optimallashtirish.
Ushbu yondashuvdan foydalanish turli darajadagi murakkablikdagi nazariy
va amaliy vazifalarni tanlash orqali oʼqitishni tabaqalashtirish imkonini beradi.
Koʼrib chiqilgan yondashuvlar mavhumlashtirishning yuqori darajasiga
asoslanadi. Taʼrifi berilgan yondashuvlardan foydalangan holda “Аlgoritmlash”
boʼlimini hamma ham oʼzlashtira olmaydi, chunki ular oʼzlarining kognitiv
xususiyatlari tufayli, masalan, kinestetik boʼlgan oʼquvchilar algoritmning rasmiy
yozuvini tuzish bosqichini yengib oʼta olmaydi.
Har bir inson turli xil idrok kanallaridan foydalanishini hisobga olgan holda,
kinestetik trenajerlar yordamida imperativ algoritmik fikrlashni rivojlantirish
muammosini hal qilishni taklif qilingan. Bu yondashuv “jismoniy, kinestetik
sezgilar va idrok oʼrtasidagi oʼzaro bogʼliqlikni hisobga olgan holda algoritmik
tafakkurni rivojlantirish vositalarini, algoritmlash va dasturlashni oʼrgatish
vositalarini hamda tafakkurni rivojlantirish vositalarini yaratishni” nazarda
tutadi.
Mazkur metod algoritmlash boʼyicha oʼquv materialini tushunish va
oʼzlashtirish darajasini oshirishga imkon beradi, chunki “tamomila tushunish
uchun faollik zarur, oʼzingiz, oʼz qoʼllaringiz bilan biror narsa qilishingiz, teginish
orqali his qilishingiz kerak” [4]. Kinestetik trenajerlardan foydalanish
DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
36
oʼquvchilarga yaratilayotgan algoritmlarni toʼgʼridan-toʼgʼri bajarayotganda
tushunish imkonini beradi. Ushbu usulning kamchiliklari kinestetik trenajerlarni
mustaqil ravishda yaratish zarurati, algoritmlashning barcha asosiy mavzulari
boʼyicha ishlab chiqilgan trenajerlarning yetishmasligi hisoblanadi.
Davlat taʼlim standartlarini joriy etilishi bilan koʼplab maktablarda
robototexnika konstruktorlari paydo boʼldi. Bir qator tadqiqotchilar fikricha,
algoritmlarni tuzishni oʼrgatishda robototexnikadan foydalanish [5]:
- imperativ algoritmik va tanqidiy tafakkurni rivojlantirishga yordam
beradi;
- mustaqillikka oʼrgatadi, oʼquvchilarga “oʼz ishlarida mustaqil xatolarga yoʼl
qoʼyish va tuzatishga imkon beradi, oʼquvchilarni tengdoshlari oʼrtasida
hurmatni yoʼqotmasdan yechim topishga majbur qiladi” [2, 157-b],
- pedagoglarni muammoli oʼqitish usullarini qoʼllash va amaliyotga
yoʼnaltirilgan vazifalardan foydalanishga yoʼnaltiradi.
Аlgoritmlashni oʼrganishda robototexnikadan foydalanish “nazariy
asoslardan ularni amaliy bajarishga oʼtishga” [3, 489-b] va shuning uchun
materialni yanada anglab tushunish va mustahkamlashga imkon beradi.
Robototexnika tizimlaridan foydalanishning kamchiliklariga ularning
yuqori narxi kiradi. Davlat taʼlim standartini amalga oshirish oʼquv jarayonining
moddiy-texnik taʼminotini oʼzgartirishni nazarda tutadi, ammo aksariyat
maktablarda bunday konstruktorlar mavjud emas, tavsiflangan yondashuvning
yana bir kamchiligi – informatika fanini oʼrganishda oʼqituvchilarni
robototexnikadan foydalanishga oʼrgatish zaruratidir.
“Аlgoritmlash” boʼlimini oʼrganish uchun koʼrgazmali-majoziy tafakkur
imkoniyatlaridan foydalanishga asoslangan imperativ algoritmik tafakkurni
shakllantirish va rivojlantirish tizimini joriy etishni taklif qilingan.
Foydalanilgan adabiyotlar roʼyxati:
1. Югфельд И. А. Подготовка будущих учителей к использованию игровых
технологий в процессе изучения психолого-педагогических дисциплин
//URL:
https://www.
dissercat.
com/content/podgotovka-
budushchikhuchitelei-k-ispolzovaniyu-igrovykh-tekhnologii-v-protsesse-
izucheniya Zagatskaya TS. – 2007. – С. 13.
2. Орлов С. А. Технологии разработки программного обеспечения //СПб.:
Питер. – 2002. – Т. 464. – С. 21.
3. Макконнелл С. Профессиональная разработка программного
обеспечения //СПб.: Символ-Плюс. – 2006. – С. 82.
DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
37
4. Попов С.В., Трифонова Е.Е. Информатика и образование 8-2003 О
проблеме создания интеллектуальных обучающих систем. Под ред.
Иванова Т. В Москва 2003
5. Лапчик М.П. и др. Методика преподавания информатики: Учебное
пособие для студентов педагогических вузов. - М.: Издательский центр
Академия, 2001.