Авторы

  • Laziz Xudoyorov
    Iqtisodiyot va pedagogika universiteti “Iqtisodiyot” kafedrasi dotsenti, i.f.f.d. (PhD)
  • Elenur Mamatova
    Iqtisodiyot va pedagogika universiteti magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.dis.84841

Ключевые слова:

kichik biznes xususiy tadbirkorlik eksport sanoat o‘zini-o‘zi band qilish servis bozor infratuzilmasi.

Аннотация

mazkur maqolada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlanish holati, YaIM, eksport va sanoat kabi makroiqtisodiyot ko‘rsatkichlaridagi ulushi tahlil qilingan. Shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy yo‘llari bo‘yicha takliflar ilgari so‘rilgan.


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

74

QARSHI SHAHRINING IQTISODIY-IJTIMOIY RIVOJLANISHIDA

KICHIK BIZNES SUBYEKTLARINING TASHQI SAVDO FAOLIYATINI

RIVOJLANTIRISHNING UZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Xudoyorov Laziz Niyozovich

Iqtisodiyot va pedagogika universiteti

“Iqtisodiyot” kafedrasi dotsenti, i.f.f.d. (PhD)

Mamatova Elenur Ro‘zimurod qizi

Iqtisodiyot va pedagogika universiteti magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15340841

Annotatsiya.

mazkur maqolada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni

rivojlanish holati, YaIM, eksport va sanoat kabi makroiqtisodiyot
ko‘rsatkichlaridagi ulushi tahlil qilingan. Shuningdek, kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy yo‘llari bo‘yicha takliflar ilgari so‘rilgan.

Kalit so‘zlar:

kichik biznes, xususiy tadbirkorlik, eksport, sanoat, o‘zini-o‘zi

band qilish, servis, bozor infratuzilmasi.

Hozirgi zamon sanoat va ishlab chiqarish sohalarida texnologik jarayonlarni

samarali boshqarish muhim ahamiyat kasb etadi. Texnologik jarayonlar
murakkab va ko‘p bosqichli bo‘lib, ularni nazorat qilish va optimallashtirish
katta e’tibor talab qiladi. Shuning uchun texnologik jarayonlarni monitoring
qilish va vizualizatsiya qilish usullari ishlab chiqarish jarayonlarining
samaradorligini oshirishda muhim vosita sifatida xizmat qiladi. Jahon
iqtisodiyoti rivojlanishining yangi bosqichida zamonaviy raqamli texnologiyalar
ijtimoiy farovonlik o‘sishini belgilovchi asosiy ishlab chiqarish resursi sifatida
qaralmoqda.

Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar xorijiy davlatlar

bilan savdo aloqalarining jadal o‘sishiga xizmat qilmoqda. Xususan,
mamlakatning eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha qabul qilingan qarorlar
mahalliy kompaniyalarga tashqi bozorlarda ko‘proq tajriba orttirishga imkon
beradi. Pirovardida ular jahon savdosida raqobatdosh ustunlikka ega bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasida kichik biznes sub’ektlari rivojlanishi

mustaqillikka erishilgan davrdan boshlab hozirgi kungacha ma’lum bosqichlarni
bosib o‘tdi. Salkam 34 yil davomida kichik biznes sub’ektlari rivojlanishi
borasida bir qator me’yoriy hujjatlar, huquqiy asoslar yaratildi. Bu borada
amalga oshirilgan ishlar negizida kichik biznes sub’ektlari rivojlanish
bosqichlarini tasniflab chiqdik

O‘zbekiston Respublikasida kichik biznes sub’yektlari turli chegaralarining

amal qilish bosqichlari


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

75

2020

keyingi

yillarda

O‘zbekiston

Respublikasi

Prezidentining

“Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik
sub’ektlarini qo‘llab quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
(2020 yil 3 apreldagi PF-5978-son Farmoni). O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining “Tadbirkorlar bilan 2022 yildagi “Ochiq muloqoti”da belgilangan
vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘ g‘risida”gi (2022 yil 30
avgustdagi PQ-364-son Qarori)

Qolaversa 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning

taraqqiyot strategiyasining 29-maqsadiga ko‘ra, tadbirkorlik faoliyatini tashkil
qilish va doimiy daromad manbalarini shakllantirish uchun sharoitlar yaratish,
xususiy sektorning Yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 80 foizga va eksportdagi
ulushini 60 foizga yetkazish belgilangan. Muhim vazifalar sifatida hududlarda
200 ta yangi sanoat zonalarini tashkil etish va biznes-inkubatorlar tizimini
rivojlantirish, sharoiti o g‘ir bo‘lgan tumanlarda tadbirkorlikni rivojlantirish
uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, hududlarda tadbirkorlikni qo‘llab-
quvvatlash, ishsizlik va kamba g‘allikni qisqartirish bo‘yicha mavjud tuzilmalar
faoliyatini takomillashtirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va
xususiy sektorga keng yo‘l ochish, iqtisodiy munosabatlarda erkin bozor
tamoyillarini joriy etishni kengaytirish kabilar alohida belgilab qo‘yilgan.

Mamlakatimiz hududlarida kamba g‘allikni qisqartirish va aholi bandligini

oshirish, o‘zini-o‘zi band qilishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada
rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.

Taxlil va natijalar

Mamlakatimizda kichik biznesni rivojlantirish bo‘yicha to‘plangan tajribalar

shuni ko‘rsatadiki, korxonalarning raqobatdoshlik darajasini oshirish ularning
o‘z faoliyatlari davomida kengayib, yiriklashib borishini taqozo etadi. Lekin,
kichik biznes sub’ektlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida
belgilangan imtiyoz va yengiliklarga ega bo‘lish imkonini beruvchi
korxonalarning miqdoriy chegaralari ayrim hollarda ushbu jarayonlarga
to‘sqinlik qilishi mumkin. O‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish darajasining yuksalishi, kichik biznes sub’ektlari uchun
yaratilgan qulay shart-sharoitlar natijasida iqtisodiy salohiyati ortgan ko‘plab
korxonalar mazkur imtiyozlardan foydalanishni davom ettirish maqsadida o‘z
xodimlari sonini belgilangan miqdoriy chegara doirasida saqlab qolishga
harakat qilmoqdalar. Bu esa, ularning yiriklashish jarayoniga to‘sqinlik
qilmoqda.


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

76

Qashqadaryoda bu borada so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan eksportni

rag‘batlantirish, importni optimallashtirish va umuman olganda tashqi savdo
muvozanatini taʼminlash maqsadida amalga oshirilgan chora tadbirlar
natijasida, 2023- yil yanvar-iyul oylarida viloyatning tashqi savdo aylanmasi
(matnda TSA) 345599,5 ming AQSH dollariga yetdi va 2022- yilning yanvar-iyul
oylariga nisbatan 326672,9 ming AQSH dollariga yoki 5,8 % ga koʻpaydi

1

.

Kichik biznesning asosiy xususiyatlaridan biri mamlakatning iqtisodiy

rivojlanishi uchun zarur bo‘ladigan asosiy ko‘rsatkichlarni qisqa muddat ichida
ta’minlab berishi bilan ajralib turadi. Ya’ni kichik biznes mamlakat ichki
bozorida taqchil bo‘lgan tovar va xizmatlar bilan to‘ldiradigan, iqtisodiyotning
tarkibiy negizini belgilab beradigan eng muhim soha hisoblanadi. Shuningdek
mehnat resurslaridan samarali foydalanish uchun ish bilan bandligini va
daromadlarini oshirish hamda mulkdorlar sinfini shakllantirishda eng asosiy
omil va manba bo‘lib xizmat qiladi. Umuman kichik biznesning iqtisodiy
rivojlanishdagi ahamiyati:

- mamlakat yalpi milliy mahsulotining tarkib va miqdor jihatdan

ko‘payishini ta’minlaydi;

-mehnat resurslaridan samarali foydalanish uchun zamin yaratib beradi;
-aholining joriy daromadlari va jamg‘armalarining oshishiga hamda

farovonlik darajasini ko‘tarilishiga zamin yaratadi;

-sohaviy va mintaqaviy yakka hokimlikni bartaraf etishi;
-davlat byudjet mablag‘larining bir me’yorda bo‘lishini ta’minlaydi;
-tashqi iqtisodiy faoliyatda faol eshtirok etadi;
-resurslardan oqilona foydalanish;
-yangi texnika-texnologiya, asbob-uskunalarni ishlab chiqarishga joriy etish

va mehnat unumdorligini oshiradi.

Shuning uchun ham jahonning barcha mamlakatlarida kichik biznes milliy

iqtisodiyotining poydevori hisoblanadi. Bugungi kunda rivojlangan xorijiy
mamlakatlarda ham kichik korxonalarning soni ularda mavjud bo‘lgan jami
korxonalarning 70-80 foizini tashkil etmoqda. Masalan, Yaponiya aholisining esa
71,7 foizi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanmoqda.

Xulosa va takliflar

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash mumkin, milliy iqtisodiyotida kichik va

xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish kambag‘allikni qisqartirish, o‘zini-
o‘zi ish bilan bandligini ta’minlash, mahallalarda xizmat ko‘rsatish sohalarini
rivojlantirish kabilarga erishishni ta’minlaydi. Mahaliy Institutlarning


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

77

samaradorligi rolini oshirish–tadbirkorlarga yangi korxona yaratish uchun eng
yaxshi imkoniyatlarni taqdim etishi, shuningdek, uning keyingi faoliyati va
rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratishga inkoniyat beriishi lozim.

1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun

dastavval tadbirkorlik subyektlarini aniq moliyalashtirish manbalarini, shu
jumladan aholi mabla g‘lari, byudjetdan tashqari jam g‘armalar, tadbirkorlar,
tijorat banklari va moliya institutlarining kreditlari, xalqaro tashkilotlar va
xorijiy davlatlarning grantlari, xalqaro standartlarga muvofiq kredit
uyushmalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

2. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlar oʼz ehtiyojlari uchun obʼektlar

quradigan yangi tashkil etilgan kichik biznes subʼektlariga yagona soliq toʼlovi
toʼlash boʼyicha imtiyozlar yaratish.

3. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari bilan yirik korxonalar

o‘rtasida ilmiy-texnika sohasida kooperasiyasini yo‘lga qo‘yish. Yirik
korxonalarning buxgalteriya, marketing kabi xizmatlarini autsorsing asosida
tashkil etish mexanizmlari bo‘yicha huquqiy asoslarni mustahkamlash.
tadbirkorlik

4. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlarning davlat xaridlarida ishtirokini

oshirish, subʼyektlarining davlat xaridlari sohasida yanada soddalashtirish deb
hisoblaymiz.

Adabiyotlar ro‘yxati:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026
yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi
to‘ g‘risida”gi PF-60-sonli Farmoni// www.lex.uz
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 24 yanvardagi
“Respublikada ishlab chiqarishni rivojlantirish va sanoat kooperasiyasini
kengaytirishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘ g‘risida”gi PQ-
99-son Qarori// www.lex.uz https://lex.uz/acts/-1856013
3. Maxmanazarovna, R. M. (2025). Mintaqada umumta’lim muassasalarining
kapitalga о'zlashtirilgan investitsiyalarni oshirishning ekonometrik tahlilini.
Innovation in the modern education system, 5(48), 165-170.
4. Mukhitdinov, K. S., & Rakhimov, A. N. (2020). The forecast for the
development of the public services sector. Scopus. Solid State Technology, 63(6).
5. Raximov, A. (2022). Aholiga yashash joy va umumiy ovqatlanish xizmatlari
rivojida ichki va yondosh tarmoqlarning ta’sirini baholash (qashqadaryo viloyati
misolida). Iqtisodiyot Va taʼlim, 23(4), 397-402.


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

78

6. Karimova, S. (2024). Elektron tijorat platformalarini takomillashtirishda
virtual ekotizimlarning o ‘rni. Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari,
4(4), 26-33.
7. Maxmanazarovna, R. M. (2023). The Value of Mathematical Modeling in
Teaching Econometrics to Students of Higher Educational Institutions. Eurasian
Research Bulletin, 19, 176-178.
9. Karimova, S., & Sodiqova, D. (2025). Development trends of electronic
commerce and its infrastructure in Uzbekistan. Raqamli iqtisodiyot va axborot
texnologiyalari, 5(1), 131-140.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘ g‘risida”gi PF-60-sonli Farmoni// www.lex.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 24 yanvardagi “Respublikada ishlab chiqarishni rivojlantirish va sanoat kooperasiyasini kengaytirishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘ g‘risida”gi PQ-99-son Qarori// www.lex.uz https://lex.uz/acts/-1856013

Maxmanazarovna, R. M. (2025). Mintaqada umumta’lim muassasalarining kapitalga о'zlashtirilgan investitsiyalarni oshirishning ekonometrik tahlilini. Innovation in the modern education system, 5(48), 165-170.

Mukhitdinov, K. S., & Rakhimov, A. N. (2020). The forecast for the development of the public services sector. Scopus. Solid State Technology, 63(6).

Raximov, A. (2022). Aholiga yashash joy va umumiy ovqatlanish xizmatlari rivojida ichki va yondosh tarmoqlarning ta’sirini baholash (qashqadaryo viloyati misolida). Iqtisodiyot Va taʼlim, 23(4), 397-402.

Karimova, S. (2024). Elektron tijorat platformalarini takomillashtirishda virtual ekotizimlarning o ‘rni. Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari, 4(4), 26-33.

Maxmanazarovna, R. M. (2023). The Value of Mathematical Modeling in Teaching Econometrics to Students of Higher Educational Institutions. Eurasian Research Bulletin, 19, 176-178.

Karimova, S., & Sodiqova, D. (2025). Development trends of electronic commerce and its infrastructure in Uzbekistan. Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari, 5(1), 131-140.