Авторы

  • Sardor Kenjayev
    Buxoro davlat pedagogika instituti tarix fanlari falsafa doktori(PhD),dotsent.
  • Ilhom Jo‘rayev
    Buxoro davlat pedagogika instituti tarix fanlari falsafa doktori(PhD),dotsent.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.dis.87824

Ключевые слова:

Afg‘oniston Moskva Kobul «Mikrorayon» Babrak Karmal «Texnoeksportstroy».

Аннотация

SSSR bilan ADR o‘rtasida XX asrning birinchi choragida shakllangan do‘stona, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik munosabatlarining dastlabki bosqichi tahlil qilinadi. Tadqiqotda ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarning shakllanishiga alohida urg‘u beriladi.


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

55

SSSR BILAN ADR O‘RTASIDA DO‘STLIK, YAXSHI QO‘SHNICHILIK

VA HAMKORLIK MUNOSABATLARIDA DASTLABKI, BOSQICH

NATIJA VA SABOQLAR

Kenjayev Sardor Nurmurod o‘g‘li

Jo‘rayev Ilhom Abdisattorovich

Buxoro davlat pedagogika instituti tarix fanlari

falsafa doktori(PhD),dotsent.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15402338

Annotatsiya:

SSSR bilan ADR o‘rtasida XX asrning birinchi choragida

shakllangan do‘stona, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik munosabatlarining
dastlabki bosqichi tahlil qilinadi. Tadqiqotda ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy,
iqtisodiy va madaniy aloqalarning shakllanishiga alohida urg‘u beriladi.

Kalit so‘zlar:

Afg‘oniston, Moskva, Kobul, «Mikrorayon», Babrak Karmal,

«Texnoeksportstroy».

XX asrda Kobulda Sovet-Afg‘oniston iqtisodiy hamkorligining yangi

obyektini ochishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘ldi. Qattiq foydali
qazilmalarni analiz qiluvchi kompleks laboratoriya ish boshladi. ADR geologiyasi
va konruda sanoatini rivojlantirish uchun bu laboratoriya juda katta ahamiyatga
ega bo‘ladi. Bu obyekt mamlakatlarimizning teng huquqlilik va o‘zaro
manfaatdorlik asosiga qurilib kelgan va qurilayotgan samarali aloqalarining
so‘nggi namunalaridan biridir. RSFSR bilan Afg‘oniston o‘rtasida do‘stona
munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida 1921-yil 28-fevral kuni Moskvada tuzilgan
shartnoma shu aloqalarga asos edi. Bu shartnoma solgan sovetlar
mamlakatining lenincha tinchliksevar tashqi siyosati prinsiplari bamisoli
ko‘zgudek aniq ifodalangan edi. Shundan keyin ikkala dav-lat bir qancha
hukumatlar-aro hujjatlarni imzoladi. Ular orasida do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik
va hamkorlik to‘g‘risidagi 1978 yil 5 dekabr shartnomasi o‘rin oladi. Alohida
Afg‘oniston Xalq Demokratik partiyasining Bosh sekretari Babrak Karmal o‘z
nutqlaridan birida bu shartnomani ikki tomonlama aloqalar tarixidagi muhim
voqea, deb atadi. Bu shartnoma Vatanimning ozodligi va mustaqilligini yanada
ko‘proq mustahkamladi dedi[2; 1-2].

Asosiy qism.

Afg‘onistonning iqtisodiy xaritasiga bir nazar tashlagandayoq

Sovet-Afg‘oniston hamkorligining samaralarini yaqqol ko‘rish mumkin. Xaritada
Ittifoqi ishtirokida Sovet qurib bitkazilgan yoki qurilayotgan obyektlarning
belgilari to‘lib-toshib yotibdi. Hammasi bo‘lib ikki yuztaga yaqin shunday obyekt
bor. Jangalak avtoremont zavodi bu obyektlarning to‘ng‘ichi hisoblanadi.

Kobul uysozlik kombinati uy-joy qurilishi sohasidagi Sovet-Afg‘oniston

hamkorli-gining yaqqol misolidir. Yaqinda u o‘zining yigirma yilligini nishonladi.


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

56

Shu korxonaning kuchi bilan Afg‘oniston poytaxtida hozircha 400 ming kvadrat
metrdan or-tiq uy-joy, 28 ta maktab, 20 ta magazin, bolalar bog‘chala-ri, kino-
teatr, Kobul daryosi ustiga ko‘prik qurildi[1; 125].

«Mikrorayon» so‘zi kobulliklar lahjasidan mustah-kam o‘rin oldi. Hozir bu

yerda ikkita mikrorayon barpo etildi. Dastlabki besh qavatli imoratlarga ba’zi
kimsalar shubha bilan qaragan edilar: bu uylar afg‘onlarning an’anaviy turar
joyiga mutlaqo o‘xshamas edi. Hozir shahar Sovetida hamma qulayliklarga ega
bo‘lgan kvartirani olishni xohlovchi ming kishi navbat kutib turibdi. Shunday
talab-ni e’tiborga olib, kombinatni rekonstruksiya qilishga qaror qilindi. Sovet
«Texnoeksportstroy» birlashmasi bilan shu haqida bitim imzolandi[3; 35].

Kobul uysozlik kombinatining istiqbollari porloq, vazifalari katta.

Chunonchi, shahar Soveti tasdiqlagan texnikaviy loyihaga muvofiq hozirning
o‘zidayoq onda-sonda uchraydigan guvala kulbalar-gina ko‘zga tashlanuvchi «Bi-
bi magru» uy-joy rayonida 15 yil mobaynida jami sahni 1,2 million kvadrat metr-
dan oshadigan uy-joy bino-lari qurish ko‘zda tutilgan.

Afg‘oniston xalqi 1978 yilgi shartnomaning Afg‘oniston uchun bo‘lgan

ahamiya tini yuqori baholamoqda. Mamlakat mehnatkashlari, ayniqsa, Sovet
Ittifoqining ko‘magi bilan qurilayotgan obyektlarning ishchilari shartnomaning
yetti yilligini mehnatda yangi muvaffaqiyatlar bilan kutib olmoqdalar SSSR bilan
hamkorlik avvalo oddiy insonning baxt-saodatiga xizmat qilishini ular yaxshi
biladilar[4; 75].

Xulosa.

SSSR bilan ADR o‘rtasidagi dastlabki hamkorlik bosqichi ikki

tomonlama manfaatlarga asoslangan bo‘lib, bu jarayon o‘zaro ishonch va
ideologik yaqinlik zaminida shakllangan. Siyosiy va iqtisodiy aloqalarning
mustahkamlanishi ikki davlatning xalqaro maydondagi mavqeini kuchaytirgan.
Shuningdek, bu davrda qo‘lga kiritilgan ijobiy tajribalar, xususan, tenglik
asosidagi tashqi siyosat yuritish, madaniy almashinuvlar, hozirgi zamonaviy
diplomatiya uchun muhim saboqlar sifatida qaraladi. Shu asosda, tarixiy
tajribalarni chuqur tahlil qilish ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi va
kelajakdagi rivoji uchun zaruriy poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Алимов И. А. Узбекское дехканство на пути к социализму (социально-

экономические преобразования в узбекском кишлаке в 1921-1925 гг. -
Ташкент: Узбекистан, 1974. -239 с.
2.

Baykov G. Дўстона мададкорлик // Совет Ўзбекистони. 1985-йил 279

(19,355)-son 5-декабр.
3.

Мустафаева Н. Туркистон маорифи XX асрнинг 20-йиллари

муаллифлари назарида // O‘zbekiston tarixi. - Тошкент, 2004. -№3. -Б. 33-45.


background image

DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE

International scientific-online conference

57

4.

Алимова Д. А., Голованов А. А. Ўзбекистон совет мустабид тузуми

даврида: сиёсий ва мафкуравий тазйиқ оқибатлари (1917-1990 йй.). -
Тошкент: Ўзбекистон, 2000. -75 б.

Библиографические ссылки

Алимов И. А. Узбекское дехканство на пути к социализму (социально-экономические преобразования в узбекском кишлаке в 1921-1925 гг. -Ташкент: Узбекистан, 1974. -239 с.

Baykov G. Дўстона мададкорлик // Совет Ўзбекистони. 1985-йил 279 (19,355)-son 5-декабр.

Мустафаева Н. Туркистон маорифи XX асрнинг 20-йиллари муаллифлари назарида // O‘zbekiston tarixi. - Тошкент, 2004. -№3. -Б. 33-45.

Алимова Д. А., Голованов А. А. Ўзбекистон совет мустабид тузуми даврида: сиёсий ва мафкуравий тазйиқ оқибатлари (1917-1990 йй.). -Тошкент: Ўзбекистон, 2000. -75 б.