DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
81
QISHLOQ XO‘JALIGI FAOLIYATINI TURLI RISKLARDAN
SUG‘URTALASHNING MOLIYAVIY JIHATDAN DOLZARBLIGI
Nurullaev Abdulaziz Sirojiddinovich
TDIU, mustaqil izlanuvchi, i.f.n., dotsent
https://doi.org/10.5281/zenodo.15474819
Annotatsiya:
Maqolada
qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish borasida
olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar asosan fermer va dehqon xo‘jaliklari va
boshqa turdagi qishloq xo‘jaligi korxonalarini rivojlantirish orqali qishloq
xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi hamda qayta ishlovchi tarmoqlar o‘rtasida
uzluksiz zanjirni ta’minlashga qaratilgan. Shuningdek, qishloq faoliyatini qishloq
xo‘jaligi risklarini sug‘urtalashning moliyaviy jihatdan dolzarbligi asoslangan
holda ustuvor rivojlantirish qaratilgan ilmiy-amaliy ahamiyatga ega tavsiyalar
berilgan.
Kalit so‘zlar:
qishloq xo‘jaligini sug‘urtalash, risk turlari, sug‘urta, qishloq
xo‘jaligi mahsulotlari, qishloq xo‘jaligi risklari, paxta hosilini sug‘urtalash holati.
Kutilmagan tabiiy ofatlar bilan bilan bog‘liq risklarning sodir bo‘lishi
pirovardida qishloq xo‘jaligida doimo kutilgan natijani bermaydi. Birinchi
o‘rindagi asosiy masala qishloq xo‘jaligini turli risklardan ko‘rilgan zararlarni
bartaraf etishda zaruriy moliyaviy instrumentlardan foydalanish muhim
ahamiyatga ega. 2019-yil qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning
2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” gi PF-
5853-sonli Farmonida “qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati tarmog‘ining
strategik yo‘nalishlari va ehtiyojlariga mos kreditlash va sug‘urtalash
mexanizmini takomillashtirish” ga qaratilgan vazifalar belgilab berildi
1
.
Dunyoning turli mamlakatlarida global muammoga aylangan iqlim
o‘zgarishi ta’sirida havo haroratining ko‘tarilishi, antropogen omillar ta’sirida
atmosferaning ifloslanishi, atmosferada SO
2
gazining ortishi, chuchuk suv
hajmining kamayishi, tuproqlar degradatsiyasining ortishi natijasida atrof-
muhitning tabiiy ravishda izdan chiqishi oqibatida mamlakatda oziq-ovqat
xavfsizligini ta’minlashga keskin ta’sir ortib bormoqda.
Qishloq xo‘jaligida faoliyat yurituvchi fermer va dehqon xo‘jaliklari
tomonidan yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmining
kamayishiga hamda qishloq xo‘jaligi mavsum davomida kutilgan natijani
olishiga bevosita qishloq xo‘jaligi faoliyatiga jiddiy ta’sir qilayotgan iqlimiy
xavflar bevosita qishloq xo‘jaligida risklarni kamaytirish zaruriyatini talab qiladi.
Biroq, qishloq xo‘jaligi faoliyatini yuritishdagi katta muammolardan biri sifatida
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning mol-mulki, ular
tomonidan yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, qishloq xo‘jaligida
band aholi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishdan to iste’molchiga yetib
borguncha bo‘lgan jarayondagi kutilmagan risklardan sug‘urtalash orqali turli
DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
82
moliyaviy yo‘qotishlardan ko‘rilgan zararlarni bartaraf etish muhim ahamiyatga
ega.
Bugungi kunda qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan yetishtirilayotgan
ekinlar hosilini turli risklardan sug‘urtalash borasida quyidagi masalalarga
e’tibor qaratilmayapti:
- qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘urtalashda mavjud tariflarning
diferensiallashmaganligi yoki sug‘urtalanuvchilarning hududiy nuqtai-nazardan
daromadi hisobga olinmaganligi;
- qishloq xo‘jaligi ekinlari hosilini sug‘urtalashda sug‘urtalovchi tashkilotlar
tomonidan xorijiy tajribalar joriy etilmaganligi;
- qishloq xo‘jaligi ekinlari hosilini sug‘urtaviy himoyalash borasida
sug‘urtalanuvchilarda sug‘urta faoliyatiga oid bilim va ko‘nikmalarining
yetishmasligi;
- qishloq xo‘jaligi ekinlari hosilini turli iqlimiy risklardan sug‘urtalash
borasida o‘z vaqtida targ‘ibot-tashviqot ishlarining sustligi;
- qishloq xo‘jaligi ekinlarining vegetatsiya davrida o‘simlik kasalliklari
hamda turli zararlantiruvchi hashoratlarga qarshi kurashish ishlarining o‘z
muddati va me’yorida tashkil etilmasligi;
- sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchilar o‘rtasida tuzilgan shartnoma
shartlarining o‘z vaqtida bajarilmasligi yoki turli nizolarni bartaraf etishda
da’voni qondirilish bilan bog‘liq muddatlarning cho‘zilib ketishi;
- qishloq xo‘jaligi ekinlari hosilini qayta sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta
tariflarining yuqoriligi va boshqalar.
Qishloq xo‘jaligi risklari sifatida tabiiy ofatlar, stixiyali va texnogen tusdagi
hodisalar, ekstremal hodisalar, issiqlikning me’yoridan ortishi, turli epidemik
kasallik va viruslar tarqalishi, yoppasiga zararkunandalar va chigirtkalar bosishi,
atrof-muhitning ifloslanishi va ekologiyaning izdan chiqishi kabi xavf-xatarlar
bevosita qishloq xo‘jaligi ekinlari hosiliga keskin ta’sir qiladi. Mamlakatimiz
agrar tarmoqlarida jami klasterlar soni 669 tani tashkil etadi. Bugungi kunda
paxta-to‘qimachilik klasterlari 153 ta, g‘allachilik klasterlari 126 ta, meva-
sabzavotchilik klasterlari 136, sholichilik 41 ta, dorivorchilik 8 ta, chorvachilik
34 ta, qorako‘lchilik 46 ta, parrandachilik 11 ta, baliqchilik 38 ta va pillachilik 76
tani tashkil etmoqda
2
.
O‘zbekiston Respublikasi sanoat tarmoqlari hamda paxtani qayta ishlovchi
klasterlarning asosiy xom ashyo manbai hisoblangan paxta ekini
hosildorligining yuqori bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Paxta ekini hosilini
sug‘urtalash bo‘yicha tuzilgan sug‘urta shartnomalari o‘zgarishini tahlil
qiladigan bo‘lsak, 2014-yilda fermer xo‘jaliklari bilan 12168 ta shartnomalar
tuzilgan bo‘lsa, 2016-yilga kelib 36821 ta shartnomalar tuzilgan va oxirgi o‘n
yilda eng ko‘p tuzilgan shartnomalar sifatida qayd etish mumkin.
DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
83
1-rasm. Paxta ekini hosilini sug‘urtalash bo‘yicha tuzilgan sug‘urta
shartnomalarining o‘zgarish dinamikasi, birlikda
3
Biroq, 2021-yilga kelib fermer xo‘jaliklari bilan tuzilgan shartnomalar soni
keskin pasayishi kuzatilgan, 2023-yilga kelib, 2022-yilga nisbatan 2,8 martaga
yoki 448 taga ortganligini ko‘rish mumkin. Ammo, tahlil davrida 2023-yilni
2014-yilga nisbatan taqqoslaydigan bo‘lsak, 11470 taga yoki 17,4 martaga
kamayganligini ko‘rish mumkin (1-rasm).
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida paxta ekini hosilini sug‘urtalash
ko‘rsatkichlarini tahliliy ko‘radigan bo‘lsak, 2014-2023 yillar davomida sug‘urta
mukofotlari tushumi hamda sug‘urta tovonlari o‘rtasida yuqori zararlilik
darajasi kuzatilgan. 3.14-rasmda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2014-yilda
Respublika bo‘yicha paxta ekini hosilini sug‘urtalashdan tushgan sug‘urta
mukofoti 5549,4 mln.so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, shu davrda ko‘rilgan zararlarni
qoplash maqsadida “O‘zagrosug‘urta” AJ sug‘urta kompaniyasi tomonidan
3640,3 mln.so‘m to‘lab berilgan va ko‘rsatilgan moliyaviy xizmatlar natijasida
zararlilik darajasi 65,6 % ni tashkil etgan.
Qishloq xo‘jaligi risklaridan sug‘urtalashni rivojlantirish borasida quyidagi
masalalarga alohida ahamiyat qaratish maqsadga muvofiq:
birinchidan,
qishloq
xo‘jaligida
ekin
ekiladigan
maydonlarni
inventarizatsiyadan o‘tkazish orqali tuproqlarning sho‘rlanganlik darajasini
aniqlash, yerlarning ball boniteti bo‘yicha qayta ko‘rib chiqish, hududlardagi
tuproq holatini hisobga olgan holda ekinlarni joylashtirishni qayta
tizimlashtirish;
12168
24231
36821
27486
24545
7842
4596
174
250
698
-5000
0
5000
10000
15000
20000
25000
30000
35000
40000
2013
2014
2015
2016
2017
2018
2019
2020
2021
2022
2023
2024
DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
84
ikkinchidan, qishloq xo‘jaligiga yaroqli yerlarni muhofaza qilish choralarini
ko‘rish, qishloq xo‘jaligi ekinlari maydonini saqlab qolish bo‘yicha me’yoriy-
huquqiy hujjatlarni takomillashtirish;
uchunchidan, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini monitoringdan o‘tkazishda
raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi
infratuzilma ob’ektlari va moliyaviy muassasalar hamkorligini ta’minlash;
to‘rtinchidan, qishloq xo‘jaligining barcha ekin turlari hosilini
sug‘urtalashga jalb qilish, shu bilan birga chorva hayvonlari, parrandachilik,
baliqchilik, asalarichilik xo‘jaliklarini sug‘urtalashni takomillashtirish, o‘z
vaqtida sug‘urta shartnomalarini tuzish, ushbu xo‘jaliklar uchun imtiyozli va
tabaqalashgan sug‘urta tariflarini joriy etish maqsadga muvofiq.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son
“2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi
to‘g‘risida” gi Farmoni. https://lex.uz/ru/docs/5841063
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktyabrdagi PF-5853-
sonli “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 - 2030
yillarga mo‘ljallangan Strategiyasi” Farmoni. https://lex.uz/docs
3.
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligining yillik hisoboti. Erishilgan natijalar,
tahlillar va tendensiyalar. 2023-yil.
4.
“O‘zagrosug‘urta” AJ sug‘urta kompaniyasining yillik hisobot ma’lumotlari
asosida muallif tomonidan ishlab chiqilgan.