Aspektual konsepsiyaning rivojlanish tarixi

Abstract

Maqolada zamonaviy tilshunoslikning diqqat markazidagi masalalardan biri aspektual konsepsiya, uning sentaktik fremlari va kognitiv modellashuvi tadqiqot obekti sifatida olingan. Vaholanki, kognitiv tilshunoslikning asosiy birligi konsept sanaladi va lingvistik hodisaning semantik jihatlarini to'la o'rganmay turib, uning mohiyatini shuningdek, tabiatini to'la ochib bo'lmaydi.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2025
inLibrary
Google Scholar
Branch of knowledge

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Muratova, M. (2025). Aspektual konsepsiyaning rivojlanish tarixi. Dialogue, Integration of Sciences and Cultures in the Process of Scientific and Professional Education, 1(1), 155–157. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/discpspe/article/view/81483
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Maqolada zamonaviy tilshunoslikning diqqat markazidagi masalalardan biri aspektual konsepsiya, uning sentaktik fremlari va kognitiv modellashuvi tadqiqot obekti sifatida olingan. Vaholanki, kognitiv tilshunoslikning asosiy birligi konsept sanaladi va lingvistik hodisaning semantik jihatlarini to'la o'rganmay turib, uning mohiyatini shuningdek, tabiatini to'la ochib bo'lmaydi.


background image

ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR

INTEGRATSIYASI

155

Samarkand State Institute of Foreign Languages

ASPEKTUAL KONSEPSIYANING RIVOJLANISH TARIXI

Muratova Manzura Islamovna,

QarshiDU katta o’qituvchisi,

+998 95 480 27 27

muratovamanzura27@gmail.com

Annotatsiya:

Maqolada zamonaviy tilshunoslikning diqqat markazidagi masalalardan

biri aspektual konsepsiya, uning sentaktik fremlari va kognitiv modellashuvi tadqiqot obekti

sifatida olingan. Vaholanki, kognitiv tilshunoslikning asosiy birligi konsept sanaladi va

lingvistik hodisaning semantik jihatlarini to‘la o‘rganmay turib, uning mohiyatini shuningdek,

tabiatini to‘la ochib bo‘lmaydi.

Kalit so‘zlar:

konsepsiya, sintaktik freym, kognitiv model, mental tizim, neytral

munosabatlar, natijaviylik konsepsiyasi, iterativlik konsepsiyasi.

Kognitiv tilshunoslikda konsepsiya, sintaktik freym, kognitiv model kabi tushunchalarga

murojaat qilish nafaqat aspektuallik turlari va vositalari haqida to‘liq ma’lumot olishga, balki u

yoki bu konstruksiya nima uchun ishlatilishiga yordam beradi. Konsepsiya atamasiga kognitiv

atamalar lo‘g‘atida quyidagicha ta’rif beriladi: “konsepsiya - bu bizning ongimizning aqliy yoki

psixologik resurslari birliklarini va inson bilimi va tajribasini aks ettiruvchi axborot tuzilmasini

tushuntirishga xizmat qiluvchi atama”.

Konsepsiya atamasni ilk bor S.A.Askoldov qo‘llagan bo‘lib, unga “...bir tur yoki boshqa

turdagi tushunchalar xaqida fikrlash jarayonini o‘zida

aks ettiradigan birlikdir”, deb ta’rif

beradi. Tilshunoslikda esa konsepsiya atamasini birinchilardan bo‘lib, R. Jekendofning (Rey

Jekendoff) “What is a concept, that a perso may prasp it” (1989)asarida, J. Lakoffning (George

Lakoff) “Mataphors we live by”, (1980) asarida, J. Miller, J.Bruner, R.Langaker va

boshqalarning asarlarida uchratish mumkin.

Xozirgi kunga kelib, konsepsiyaga bag‘ishlangan ko‘pgina nazariy va amaliy ishlar

mavjud. Jumladan, YE. S. Kubryakova konsepsiyaga quyidagicha ta’rif beradi: "konsepsiya - bu

bizning ongimizda mavjud bo‘lgan ma’lum bir ma’no, g‘oya demakdir. Asosiysi, bunday g‘oya

anglash jarayonida operativ birlik sifatida mavjud bo‘ladi va butunlay mustaqil va boshqalardan

aniq ajralib turadi”.

Konsepsiya o‘zbek tilshunoslari N.Maxmudov, Sh.S.Safarov,

A.YE.Mamatov,

M.B.Mamatov, H.Q.Yusupov va boshqalar tomonidan tadqiq qilingan bo‘lib, Sh.S.Safarov uni

“moddiy dunyo idroki ayni paytda idrok etilayotgan predmet – hodisalar haqida tushunchaning

tug‘ilishini, keyinchalik ushbu tushuncha mental namuna konsept sifatida shakllanib, moddiy

nom olishi” deb ta’riflaydi. H.Q.Yusupov “tashqi yoki ichki dunyodagi biror bir narsa yoki

hodisa haqidagi ongimizdagi bilimlar majmuasi, u haqidagi obrazlar va unga bo‘lgan ijobiy,

salbiy, neytral munosabatlar, ya’ni baholashlardir”, deydi. M.B.Ergashev esa uni “bir vaqtning

o‘zida ham psixologik, ham kognitiv - semantik va lingvokognitiv jihatlarni namoyon etuvchi

ko‘p qirrali va ko‘p qatlamli mental tizim” sifatida ta’riflaydi. (Ergashev, 2024)

Aspektual konsepsiyalar tuzilishi haqida YE. S. Kubryakova “Tilda konseptual tizimlarni

muqobil vositalar bilan amalga oshirishning o‘ziga xos xususiyati bir xil mazmunni tilda

yetkazish mumkinligidir”, degan juda qiziqarli fikrni bildirgan. Bundan tashqari, ma’lum bir

tushuncha inson tafakkuri uchun qanchalik ahamiyatli bo‘lsa, unda lingvistik vositalar va

lingvistik shakllar tizimi shunchalik murakkabroq ifodalash mumkin”. (Kubryakova, 2004).

T.V.Beloshapkova aspektual konsepsiyani bir qadar chuqurroq o‘rganib, uni to‘qqiz

konsepsiyalar majmuidan: “namoyon bo‘lish darajasi”, “boshlanish”, “davom etish”,

“yakunlash”, “birlik”, “davomiylik”, “natijaviylik”, “takroriylik” va “meyor”dan iboratdir”,

(stepen proyavleniya, nachalo, prodoljeniye, konets, yedinichnost, dlitelnost, rezultativnost,

povtoryayemost, sootnosheniye s normoy) deydi. (Beloshapkova, 2007). Olima bu


background image

ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR

INTEGRATSIYASI

156

Samarkand State Institute of Foreign Languages

konsepsiyalarni ikki elementar va elementar bo‘lmagan guruhga ajratadi. Elemintar guruhga

“boshlanish”, “davom etish”, “yakunlash”, “birlik” va “davomiylik”ni hamda elementar

bo‘lmagan guruhga “namoyon bo‘lish darajasi”, “natijaviylik”, “takroriylik”, “meyor bilan

munosabat”ni kiritadi. Shuningdek u, strukturaviylik nuqtai nazaridan konsepsiyani ikki guruhga

bo‘ladi: oddiy (so‘z bilan ifodalangan) va murakkab (so‘z, iboralar, jumlalar va matnlarda

taqdim etiladigan).

Quyida biz T.V.Beloshapkova nazriyasiga asosan to‘qqiz turdagi konsepsiyani ingliz va

o‘zbek tilidagi badiiy adabiyotlardan keltirilgan misollarda ko‘rib chiqamiz.

Boshlanish konsepsiyasi –

ish – harakatning boshlanishini anglatib, bir so‘z, sodda gap

bilan ifodalanadi. Ingliz tilida start, begin, commence fe’llari bilan ifodalanadi:

Several times

Thornton started to speak,..(J.London, p.52); Men gasped and began to breathe again,

(J.London, p.66); – Ketdik. (O‘.Hoshimov, 7 - b.); Mashina bir silkindi-yu, shiddat bilan yurib

ketdi. (O‘.Hoshimov, 7 - b.);

Davom etish konsepsiyasi

sodda gapda ifodalanadi va ish – harakat ma’lum bir vaqt

oralig‘ida davom etadi. Ingliz tilida continue, go on, endure, lengthen fe’llari shuningdek

davomli zamon fe’l konstruksiyasi ( to be + verb + ing ) bilan ifodalanadi:

For half a day this

continued. (J.London, p.75); He was whining softly (J.London, p.80); o‘zbek tilida boshladik,

ketdik, v.h.k. fe’llar va gapning kesimiga – yapti, qo‘shimchasini qo‘shish orqali yasaladi: –

Menga qarang, qayoqqa ketyapmiz o‘zi? (O‘.Hoshimov, 7 - b.).

Birlik konsetsiyasi

ish-harakatning namoyon bo‘lishining yagonaligini ko‘rsatish orqali

uning miqdoriy xususiyatini bildiradi. U so‘z va sodda gap, matn orqali uzatiladi:

“Can you lend

me a thousand?” he asked, almost in a whisper. “Sure,” answered O’Brien,... (J.London, p.63);

Murodjon qolipni yerga uloqtirgancha shu tomonga yugurdi. O‘n qadamcha yugurgandan keyin

qattiq hatladi. Nasiba o‘rtada ariq borligini endi idrok etdi. (O‘.Hoshimov, 8 - b.).Ushbu

matnlarda ish – harakat bir marta sodir bo‘lganligini ko‘rishimiz mumkin.

Davomiylik konsepsiyasi

harakat yoki holatning miqdoriy xarakteristikasini uning

vaqtinchalik belgilanish o‘lchovini ko‘rsatish orqali bildiradi. U har - xil qisqa lahzali yoki ancha

uzoq vaqt deb hisoblash mumkin.

The crowd was watching curiously. The affair was growing

mysterious. It seemed like a conjuration. (J.London, p.65); Nasiba hamon haykaldek qotib turar,

ro‘parasidagi mana shu odam, loyga belangan mana shu kishi eri ekaniga – Murodjon akasi

ekaniga hecham ishongisi kelmasdi. (O‘.Hoshimov, 8 - b.).

Natijaviylik konsepsiyasi

harakatning sifat va miqdoriy xususiyatlarini bildiradi.

Boshqa konsepsiyalardan farqli o‘laroq, u ikki turdagi - to‘liq va to‘liq bo‘lmagan natijaga

(maqsadga) erishish shakldan iborat. Ingliz tilida natijaviylik tugallangan (perfect tense) zamon

bilan ifodalaniladi.

He had earned it, and he would not be content with less. (J.London, p.34);

From his St. Bernard father he had inherited size and weight, but it was his shepherd mother

who had given shape to that size and weight. (J.London, p.73). O‘zbek tilida esa ega bo‘lmoq,

muvaffaq bo‘moq, qozonmoq, erishmoq, yetishmoq v.h.k. fe’llar bilan ifodalaniladi: Ular ancha

narsaga ega bo‘lishdi. To‘y qilishdi, ota-onasi xohlaganicha, Nasiba istagancha orzu-havas

ko‘rishdi. (O‘.Hoshimov, 10 - b.).

Meyor bilan uyushganlik konsepsiyasi

harakatning miqdoriy xarakteristikasini bildiradi.

U ikki "meyordan ko‘proq"/"meyordan kamroq" variantda taqdim etiladi: Ingliz tilida many,

much, more, the most, less, the least ravishlari bilan qo‘llaniladi:

But it was Dave who suffered

most of all. (J.London, p.34); He saw the movement, or heard sound, and responded in less time

than another dog required… (J.London, p.73); O‘zbek tilida unchalik, bir oz, bir qadar, ozroq,

ancha – muncha, anchagina, v.h.k. daraja miqdor ravishlari bilan ifodalanadi:

Avvalo,

Murodjonning otasi yo‘qligi qiz tomonga unchalik ma’qul kelmadi. (O‘.Hoshimov, 3 - b.);

Nasiba juda hijolatli ahvolda qoldi. (O‘.Hoshimov, 10 - b.).

Takroriylik (interativ) konsepsiyasi

harakatning miqdoriy xususiyatini bildiradi. Yuqorida

aytib o‘tilganidek, miqdoriy o‘zgarishlar ma’lum bir darajani, baholashni talab qiladi, shuning

uchun markazdagi meyor tushunchasi bilan "ko‘p-kam" baholash shkalasidan tashqari, vaziyatni

hamda takrorlanishni hisobga olgan holda miqdoriy aniqlik ham kerak bo‘ladi.


background image

ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR

INTEGRATSIYASI

157

Samarkand State Institute of Foreign Languages

Ko’rinib turibdiki, ba’zi aspektual konsepsiyalar insoniy muloqot uchun muhimroq bo‘lsa,

boshqalari esa kamroq ahamiyatga ega. Shunday ekan, namoyon bo‘lish darajasi (harakat, belgi,

holat) tushunchasi miqdoriy o‘zgarishlarni bildiradi. Tildagi miqdoriy o‘zgarishlar qandaydir

darajani talab qilganligi sababli, baholash markazidagi meyor tushunchasi bilan "ko‘p - kam"

baholash shkalasi paydo bo‘ladi. Shuning uchun, ko‘rib chiqilayotgan konsepsiya elementar

emas - bu "ko‘p - kam" reyting shkalasida baholanadigan namoyonlik darajasi hisoblanadi.

(Beloshapkova, 2007)

Semantika nuqtai nazaridan, aspektuallik kategoriyasi ikki guruh konsepsiyalar miqdor

va sifat kabi ikki turdagi xususiyatlar orqali birlashtiriladi. Miqdoriy xususiyatlarni bildiruvchi

konsepsiyalar - namoyon bo‘lish darajasi, birlik, davomiylik, natijaviylik (variant to‘liq

bo‘lmagan natija), takroriylik meyor bilan bog‘liqlik bo‘ladi. Sifat xususiyatlarni bildiruvchi

konsepsiyalar boshlanish, davom etish, yakunlash, natijaviylik (natijaga/maqsadga erishish

varianti) sanaladi. Konsepsiyalarning ikkala guruhi ham miqdorning sifatga aylanishiga abadiy

intilishi bilan birlashadi; miqdor va sifat bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Aytish kerak ki,

aspektual konsepsiyalarni semantik jihatdan sodda, ya’ni inson muloqoti va tafakkuri asosida

yotgan leksik universallar to‘plami deb tasniflash mumkin. (Vejbitskaya, 1996)

Shunday qilib, aytish mumkinki, namoyon bo‘lish darajasi, boshlanish, yakunlash, birlik,

davomiylik, meyor bilan munosabat konsepsiyalari murakkab konsepsiya sanaladi. Natijaviylik

va takroriylik konsepsiyalari murakkab shakllanishlar bo‘lib, variantlardan biri murakkab,

ikkinchisi esa oddiy bo‘ladi. Murakkab variantlar quyidagilardir: to‘liq bo‘lmagan natija

(natijaviylik konsepsiyasi), takroriylik (iterativlik konsepsiyasi). Oddiy konsepsiya -

davomiylikdir. Shuningdek, aspektuallik kategoriyasining konseptual tuzilishi tilning konseptual

tizimining asosiy darajasiga tegishli ekanligini ko’rish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Ergashev M.B. International scientific and practical conference “Methodology of teaching

foreign languages. Traditions. Problems and their solutions”March 15. 2024

2. Белошапкова Т. В. Когнитивно-дискурсивное описание категории аспектуалности в

современном русском язике. - М. : УРСС, 2007. - 328 с. - библиогр. : С. 297 – 313.

3. Вежбитская А. Язик. Культура. Познание / А. Вежбитская. М., 1996.

4. Кубрякова Е. С. Об установках когнитивной науки / Е. С. Кубрякова // Известия АН. 2004.

т. 63, М З. с.

5. Кубрякова Е. С. Язык и знание / Е. С. Кубрякова. М., 2004. С. 316

6. Safarov. Sh.S.Kognitiv tilshunoslik. Jizzax, Sangzor – 2006y. 208 – b.

7. Шомуродова, Ш. Ж., Назарова, Н. Б., & Акрамова, К. (2020). Barriers of teaching foreign

languages in junior classes. Евразийский научный журнал, (6), 63-65.

8. JAHONOVNA, S. S., FURQATOVNA, S. Y., & QIZI, X. Z. X. Make Use of Interactive Forms

and Methods in Teaching a Foreign Language. JournalNX, 6(11), 260-263.

9. Шомуродова, Ш. (2018). Роль инновационных технологий в широкомасштабной

реформации образовательного процесса. Иностранная филология: язык, литература,

образование, 3(2 (67)), 30-33.

10. Jahonovna,

S.

S.

(2022).

FEATURES

OF

SEMANTIC

AND

STYLISTIC

TRANSFORMATIONS OF STABLE WORD COMBINATIONS. International Journal of Early

Childhood Special Education, 14(7).

11. Jahonovna, S. S., & Avazbekovna, I. M. (2024). The importance of terminology in the study of

specialized language. Science and innovation, 3(Special Issue 19), 279-282.

12. Мирсанов, Г. К. (2009). Инглиз ва ўзбек тилларида юриш-ҳаракат феълларининг акционал

ва аспектуал хусусиятлари. Филол. фанлари номзоди... дисс. автореф.

References

Ergashev M.B. International scientific and practical conference “Methodology of teaching foreign languages. Traditions. Problems and their solutions”March 15. 2024

Белошапкова T. В. Когнитивно-дискурсивное описание категории аспектуалности в современном русском язике. - М. : УРСС, 2007. - 328 с. - библиогр. : С. 297 - 313.

Всжбитская А. Язик. Культура. Познание / А. Вежбитская. М., 1996.

Кубрякова Е. С. Об установках когнитивной науки / Е. С. Кубрякова // Известия АН. 2004. т. 63, М 3. с.

Кубрякова Е. С. Язык и знание / Е. С. Кубрякова. М., 2004. С. 316

Safarov. Sh.S.Kognitiv tilshunoslik. Jizzax, Sangzor - 2006y. 208 - b.

Шомуродова, Ш. Ж., Назарова, H. Б., & Акрамова, К. (2020). Barriers of teaching foreign languages in junior classes. Евразийский научный журнал, (6), 63-65.

JAHONOVNA, S. S„ FURQATOVNA, S. Y„ & QIZI, X. Z. X. Make Use of Interactive Forms and Methods in Teaching a Foreign Language. JoumalNX, 6(11), 260-263.

Шомуродова, Ш. (2018). Роль инновационных технологий в широкомасштабной реформации образовательного процесса. Иностранная филология: язык, литература, образование, 3(2 (67)), 30-33.

Jahonovna, S. S. (2022). FEATURES OF SEMANTIC AND STYLISTIC TRANSFORMATIONS OF STABLE WORD COMBINATIONS. International Journal of Early Childhood Special Education, 14(7).

Jahonovna, S. S., & Avazbckovna, 1. M. (2024). The importance of terminology in the study of specialized language. Science and innovation, 3(Special Issue 19), 279-282.

Мирсанов, Г. К. (2009). Инглиз ва ўзбек тилларида юриш-харакат фсълларининг акционал ва аспсктуал хусусиятлари. Филол. фанлари номзоди... дисс. авторсф.