ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR
INTEGRATSIYASI
185
Samarkand State Institute of Foreign Languages
ISHONTIRISH KATEGORIYASINING SIYOSIY DISKURSGA
XOS KOGNITIV XUSUSIYATLARI
(fransuz tili materialida)
Suvonova Nigorabonu Nizomiddinovna
Samarqand davlat chet tillar instituti dotsenti
Kamolov Og‘abek Hasan o‘g‘li
Samarqand davlat chet tillar instituti magistri
Annotatsiya:
Political speech has always played an important role in human history. One of
its main tasks is to persuade the audience, influence their opinion and encourage them to take
certain actions. The category of persuasion in political speech is carried out through various
methods, rhetorical devices and logical strategies. In this article, we will talk about the main
methods of persuasion in political speech, its tools and power of influence.
Keywords:
political discourse, ethos, pathos, persuasion strategies, Charles de Gaulle.
Fransuz siyosiy dikursini tahlil qilish biroz munozarali ilmiy masala bo’lib
hisoblanishining asosiy sabablaridan biri undagi strukturaviy tuzilishining murakkabligi, turli xil
frazeologik birliklardan foydalanilishi va tilning ma’lum sohada chegaralanganligi ko’pchilikka
qiyinchilik tug’diradi. Diskurs atamasi zamоnaviy tilshunоslikda lingvistik аtama sifatida о‘tgan
аsrning о‘rtalarida foydalanila bоshlandi. Jumladan, 1960-yillar bоshlarida antrоpоlоg Dell
Humes ilk bоr diskurs tushunchasi va uning mohiyati bilan shug
‘
ullana bоshlagan. Diskurs
tushunchasi lotincha
“discursus” – “mulohaza yuritish”, “oldinga va orqaga yugurish”,
“harakat”, “aylanish”, “suhbat
” yoki fransuzcha “
Discours” – “nutq
” degan ma’nolarga borib
taqaladi [1, 271].
Siyosiy diskurs – bu siyosiy mavzular atrofida shakllangan nutq va yozma matnlarning
umumiy majmuasi bo‘lib, u siyosatchilar, jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari va
akademiklar tomonidan qo‘llaniladi. Diskurs til, g‘oyalar va tushunchalar orqali hokimiyatni
shakllantirish, yo‘naltirish va tushuntirish uchun ishlatiladi. Siyosiy diskursda ishontirish
kategoriyasi juda muhim o’rin egallaydi. Bu kategoriya haqida qisqacha to’xtalib o’tamiz.
Ishontirish – bu auditoriyaning fikrini o‘zgartirish yoki mustahkamlash maqsadida dalillar,
emotsional ta’sir va mantiqiy asoslar orqali ta’sir ko‘rsatish jarayoni. Siyosiy nutqda ishontirish
quyidagi maqsadlarda qo‘llaniladi:
•
Davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlashga undash;
•
Raqiblarni fikridan qaytarish yoki zaiflashtirish;
•
Jamiyatni muayyan harakatlarga chorlash.
Ishontirish vositalari siyosiy diskursning asosiy qismi hisoblanib, nutq ko’zlangan asosiy
maqsad sari yetaklaydi. Bu kabi unsurlarning bir nechta turi mavjud va quyidagi asosiy vositalar
orqali amalga oshiriladi:
1.
Logos – mantiqiy dalillar bo’lib, bu usul faktlar, statistik ma’lumotlar va aniq dalillarga
asoslanadi. Masalan, siyosatchi iqtisodiy o‘sish sur’atlari yoki bandlik darajasi haqidagi
raqamlarni keltirib, o‘z dasturining samaradorligini isbotlashi mumkin.
2.
Ethos – nutq so‘zlovchining ishonchliligi bo’lib, bu usulda tinglovchilar siyosatchining
shaxsiy obro‘-e’tiboriga ishonadi. Agar nutq so‘zlovchi tajribali, halol va bilimli inson sifatida
namoyon bo‘lsa, uning gaplari auditoriya tomonidan ishonchli qabul qilinadi.
3.
Pathos – emotsional ta’sir hisoblanib, bu usulda nutq so‘zlovchi tinglovchilarning
hissiyotlariga ta’sir qiladi. Masalan, vatanga bo‘lgan muhabbat, qo‘rquv yoki umid kabi
hissiyotlar orqali auditoriyani ishontirishga harakat qiladi. Siyosatchilar ko‘pincha tarixiy
voqealar yoki xalqning kechmishlari haqidagi hikoyalarni misol qilib keltiradilar.
Bu ilmiy munozarali masalani to’liqroq tahlili uchun Fransiya 5-Respublika asoschisi
General Sharl de Gollning “
Discours de l'Hôtel de Ville de Paris, 25 août 1944
” nutqidan bir
ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR
INTEGRATSIYASI
186
Samarkand State Institute of Foreign Languages
parchaga nazar solamiz. “
Pourquoi voulez-vous que nous dissimulions l'émotion qui nous
étreint tous, hommes et femmes, qui sommes ici, chez nous, dans Paris debout pour se libérer et
qui a su le faire de ses mains
”. [2] Yuqorida keltirilgan parchada ritorik so’rooqni mahorat bilan
ishatilganligiga guvoh
bo’lishimiz mumkin. Ya’ni,
Pourquoi voulez-vous que - nima uchun xohlamaysiz
iborasi gapdan
anglanilayotgan ma’noga so’roq ohangida lekin darak gap shaklida ifoda etilayotgani ritorik
gapning jozibadarligi va emotsionalligini boyitmoqda va
faire de ses mains - o’z qo’llariningiz
bilan bunyod qilish
jumlasi esa ko’proq xalqning o’zi barpo etgan Vatanga aloqadorlik hissini
uyg’otmoqda va manipulatsiyaning yorqin misoli bo’lib xizmoq qilmoqda. Bu nutqning
davomida esa yanada emotsionallikni oshiruvchi vositalardan foydalanilgan:
“Paris! Paris outragé! Paris brisé! Paris martyrisé! mais Paris libéré! libéré par lui-même,
libéré par son peuple avec le concours des armées de la France, avec l'appui et le concours de la
France tout entière, de la France qui se bat, de la seule France, de la vraie France, de la France
éternelle”.
Ushbu jumlada aynan uch so’z takroriga ko’proq urg’u berilgan bo’lib,ya’ni
Paris!
Paris outragé! Paris brisé! Paris martyrisé!
so’zlarida
Paris
iborasiga,
mais Paris libéré! libéré
par lui-même, libéré par son peuple
ushbu gapda esa
libéré
ko’proq e’tiborni tortmoqda va
nihoyat
la seule France, la vraie France, la France éternelle
kabi iborada o’z yurtining nomi
takror holda ishlatilmoqda. Tilda lingvistik birliklarning ma‘lum bir doirada takroriy tarzda
qo‘llanilishining o‘ziga xos bir necha shakllari mavjud bo‘lib, ular bir-birlaridan o‘zlarining
xilma-xil fonetik, leksik, grammatik va struktur xususiyatlari bilan ajralib turadi. Shunga ko‗ra
ularni turli xil shakllariga qarab turlicha turkumlarga bo‗lib o‗rganish maqsadga muvofiqdir [9,
23].
E’tibor beradigan bo’lsak omma oldida so’zlanayotgan bu nutqda ko’proq ozodlik va
Vatan so’zlariga siyosatchi ko’proq murojaat qilinishidan asosiy ko’zlangan maqsad xalqning
o’z Vataniga bo’lgan muhabbatini oshirishga va shu Vatan uchun kurashga da’vat etishda
muhim ro’l o’ynamoqda. Demak so’z takrorlari manipulyatisiyaning asosiy vositalaridan biri
bo’lib hisoblanadi. Bundan keyingi jumlalarda esa siyosatchi o’z xalqii ruhlanitirish uchun
harakat qilmoqda:
“
Eh bien! puisque l'ennemi qui tenait Paris a capitulé dans nos mains, la France rentre à
Paris, chez elle”
. Ushbu jumlaga e’tibor qaratadigan bo’lsak, nutq
eh bien!
undov so’z orqali
boshlanib tinglovchini diqqatini o’ziga qaratmoqda va General bor mahoratidan foydalangan
holda jamoatni ruhlantirish uchun
capitulé dans nosmains -
qo’limizda taslim bo’lgan
iborasidan juda o’rinli foydalanmoqda. Ushbu ibora tinglovchiga psixologik ta’sri o’tkazib
o’ziga bo’lgan ishonchini yanada ko’tarmoqda.
Ma'lumki, intellektual (mantiqiy) mazmun har qanday baho asosini tashkil etadi.
Yaxshi –
yomon, foydali – zararli, aqlli – ahmoq
kabi hollarda biz emotiv bo'lmagan baholash turiga
duch kelamiz. Ayrim hollarda esa undov so'zlar ishtirokida, masalan,
―Oh!
singari misollarda
baholash xususiyatiga ega bo'lmagan emotivlikni,
―Oh, qanday yaxshi!
kabi hollarda esa
baholash xususiyatiga ega bo'lgan emotivlikni uchratish mumkin. Shu bilan birga, baho keng
ma'noda so'zlovchining (baho sub'ektining) maqsadi va harakat rejasi bilan aniqlanadi. Bu
maqsad va harakat rejasining baho ob'ekti bilan mos kelishi ijobiy ma'nodagi bahoni ifodalasa,
aksincha holatda esa, ya'ni ularning bir-biriga mos kelmasligi salbiy ma'nodagi bahoniifodalaydi.
Tafakkur emosional qatlamdan holi bo'lgan baholovchi tushunchalar sistemasini hosil qiladi.
Inson bunday baholovchi tushunchalar ѐrdamida inson his-tuyg'ulari orqali boshqariladigan
(ayrim hollarda boshqarilmaydigan) baholash mulohazalarini yaratadi. Shuningdek, inson
birgina baholash tushunchasi orqali haqiqiy borliqqa bo'lgan emosional emas, balki, faqat aqliy –
mantiqiy munosabatnigina ko'rsata oladi. Bunday munosabatni, ya'ni emosional momentning
mantiqiy bahosini yaratish uchun munosabatlar sifatini o'zgartirish va uni emotiv bahoga
aylantirish qobiliyatiga ega bo'lgan nointellektual munosabat zarurdir [8, 309].
Lisoniy birliklar ta'sirchanligi tilga yoki nutqqa xos bo'lishi mumkin. Bunda nutqqa xos
ta'sirchanlik yuqori (qo'shimcha) intensivlikning manbai sifatida xizmat qiladi va bu ta'sirchanlik
ularning stilistik jihatdan qo'llanilishida yuzaga keladigan ekspressiyadir. Shunday qilib, yuqori
ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR
INTEGRATSIYASI
187
Samarkand State Institute of Foreign Languages
intensivli ta'sirchanlik o'zida bir xil belgili baholar zanjirini aks ettiruvchi baholar to'plami
hisoblanmish stilistik usulni hosil qiladi. Masalan, o’zbek tilidagi ―
Azizim, kichkintoyim, nuri
diydam
.
Shuni ta'kidlash joizki, lisoniy birliklarning nafaqat lug'atlardagi ma'lum bir bahoni
ifodalash yoki aniq bir muayyan bahoni namoyon etish imkoniyati, balki, lug'atlarda ularga xos
bo'lmagan baholash xususiyati nutqda ham aks etadi va
shuningdek, bu baholash xususiyati uning lug'atdagi baholash xususiyatini qarama-qarshi
tomonga o'zgartirib yuborishi ham mumkin.
Yuqoridagilardan xulosa qilib aytadigan bo’lsak, siyosiy nutqda ishontirish kategoriyasi juda
muhim bo‘lib, u siyosatchilarning ommaga ta’sir o‘tkazish vositasi hisoblanadi. Ishontirish logos,
ethos va pathos kabi vositalarga asoslanib, mantiqiy dalillar, emotsional ta’sir va shaxsiy
ishonchlilik orqali amalga oshiriladi. Ishontirish strategiyalarining to‘g‘ri qo‘llanilishi siyosiy
nutqning samaradorligini oshiradi va auditoriyani muayyan harakatlarga chorlaydi. Diskurs bir
pауtning о
‘
zida hаm lisoniу faоliyat jarayоni, hamda ushbu faоliyatning mahsulidir. Shuningdek,
diskurs bu insonlarning о
‘
zarо fikr almashinishi, mulоqоt qilishi, bir-biriga turli fikrlarni va
maʼlumоtlarni yetkazishi va bularni yetkazishda turli vоsitalardan fоydalanishi, ikkala
suhbatdоsh uchun ham tushunarli bo
‘
lgan jarayоn hisоblanadi. Bu maqola siyosiy nutqdagi
ishontirish usullari va ularning ta’sir kuchini tushunishga yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar royxati:
1. Захарченко Е. Н., Комарова Л.Н., Нечаева И.В. Новый словарь иностранных слов. -М.,
2008, -271 c.
2. Irisqulov M.T. Tilshunoslikka kirish. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2009. -B.3-4. / -262 b.
3. Safarоv Sh. Pragmalingvistika. –Toshkent. 2008.-318 b
4. Stepanоv Yu.S.
Alternative world, Discоurse, Fact and the principle of Causality.
Language and science of the end of the XX century: Cоllection of articles / Edited by Yu. S.
Stepanov.
- Moscow: RSUH, 1995.
5. “O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi” “D” harfi. Davlat ilmiy nashriyoti – Toshkent,
2013. – 627 b.
6.
https://uz.eferrit.com/ethos-logos-ishonch-uchun-pathos/
7.
https://pedagogie.ac-montpellier.fr/sites/default/files/ressources/docs_memoires_e
8. Сувонова Н.Н. Новая
перспектива
личностно-деятельный
подход
и
его
дидактическая сторона. // Научные школы. Молодежь в науке и культуре XXI века. XVII
междунардный научно-творческий форум. –Челябинск, 2018. – С. 307-311.
9. Suvonova N. Fransuz frazeologiyasida reduplikatsiya hodisasiga doir ayrim mulohazalar. /
Хорижий филология: тил, адабиѐт, таълим. №4 (77), 2020. –B. 23-29.
10. Сувонова Н.Н., Долиева Л.Б. Description of Human Spirituality in The Phraseological
Units With French Onomatopoeic Verbs // Ўзбекистонда хорижий тиллар.
–
2020.
–
№
2
(31).
–
Б.
65–79.
/
