Til oʻrganishning samarali metodlari

Annotasiya

Bugungi rivojlanib borayotgan dunyoda chet tillarini bilish muhim koʻnikmaga aylanib bormoqda. Biroq aksariyat oʻrganuvchilar anʼanaviy yondashuvlar bilan til oʻrganishda biroz qiyinchiliklarga duch keladi yoki zerikib, jarayondan voz kechadi. Shu sababli, ushbu maqolada zamonaviy va samarali til oʻrganish usullari, innovatsion texnologiyalar, o‘yinlashtirish va immersiv yondashuvlar haqida soʻz yuritiladi. Ushbu mavzuni yoritishimning asosiy sababi – til oʻrganish jarayonini yanada samarali va qiziqarli qilishga yordam berish hamda oʻquvchilarga mos keladigan usulni topishda yoʻl-yoʻriq koʻrsatishdir.

Manba turi: Konferentsiyalar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2025
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:
CC BY f
482-483
55

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Axmedjanova, F., & Roʻzimurotova, E. (2025). Til oʻrganishning samarali metodlari. Ilmiy Va Professional ta’lim Jarayonida Muloqot, Fan Va Madaniyatlar Integratsiyasi, 1(1), 482–483. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/discpspe/article/view/81912
Farida Axmedjanova, Samarqand davlat chet tillar instituti
o’qituvchisi
Eʼzozxon Roʻzimurotova, Samarqand davlat chet tillar instituti
talabasi
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Bugungi rivojlanib borayotgan dunyoda chet tillarini bilish muhim koʻnikmaga aylanib bormoqda. Biroq aksariyat oʻrganuvchilar anʼanaviy yondashuvlar bilan til oʻrganishda biroz qiyinchiliklarga duch keladi yoki zerikib, jarayondan voz kechadi. Shu sababli, ushbu maqolada zamonaviy va samarali til oʻrganish usullari, innovatsion texnologiyalar, o‘yinlashtirish va immersiv yondashuvlar haqida soʻz yuritiladi. Ushbu mavzuni yoritishimning asosiy sababi – til oʻrganish jarayonini yanada samarali va qiziqarli qilishga yordam berish hamda oʻquvchilarga mos keladigan usulni topishda yoʻl-yoʻriq koʻrsatishdir.


background image

ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR

INTEGRATSIYASI

482

Samarkand State Institute of Foreign Languages

TIL OʻRGANISHNING SAMARALI METODLARI

Axmedjanova Farida Djavairovna

SamDChTI o’qituvchisi

Roʻzimurotova Eʼzozxon Husniddin qizi

SamDChTI talabasi

Annotatsiya:

Bugungi rivojlanib borayotgan dunyoda chet tillarini bilish muhim

koʻnikmaga aylanib bormoqda. Biroq aksariyat oʻrganuvchilar anʼanaviy yondashuvlar bilan til

oʻrganishda biroz qiyinchiliklarga duch keladi yoki zerikib, jarayondan voz kechadi. Shu sababli,

ushbu maqolada zamonaviy va samarali til oʻrganish usullari, innovatsion texnologiyalar,

o‘yinlashtirish va immersiv yondashuvlar haqida soʻz yuritiladi. Ushbu mavzuni yoritishimning

asosiy sababi – til oʻrganish jarayonini yanada samarali va qiziqarli qilishga yordam berish

hamda oʻquvchilarga mos keladigan usulni topishda yoʻl-yoʻriq koʻrsatishdir.

Kalit soʻzlar:

Til o‘rganish, chet tili, innovatsion texnologiyalar, o‘yinlashtirish, samarali

metodlar.

Shubhasiz, til oʻrganish bugungi davrning asosiy talablaridan biri hisoblanadi. Misol

uchun, Buyuk Britaniyada tilni maktabdan o’rganishga chuqur e’tibor berilmaganligi tufayli

mamlakat har yili £48 miqdoridan ko‘p xalqaro biznes imkoniyatlarini qo’ldan boy beradi.

Aslida biz nega chet tilini oʻrganishga ehtiyoj sezamiz? Bu bir qancha sabablar tufayli boʻlishi

mumkin[1, 11]. Ayrim odamlar chet elda oʻqish, yoki sayohat qilish uchun muayyan tilni

oʻrgansa, boshqalar maʼlum bir kasb egasi boʻlish, ya'ni kariyera uchun oʻrganishadi. Nima

boʻlgan taqdirda ham tilni samarali tarzda oʻrganish va undan erkin foydalana olish asosiy

maqsad hisoblanadi. Negaki, xorijiy tilni oʻrganish orqali xotirani mustahkamlash, ushbu

jarayonda boshqa mamlakatlarning urf-odatlari, madaniyatlarini oʻrganib, dunyoqarashni turli

nuqtai nazardan kengaytirish va jamiyat oʻrtasida ochiq fikrga ega boʻlish mumkin. Biroq bu

borada anʼanaviy metodlar doim ham ish bermaydi yoki ular koʻpchilik tomondan zerikarli deb

aytib oʻtiladi[2, 357].

1. Innovatsion texnologiyalar orqali til oʻrganish hozirgi zamonning eng keng tarqalgan

metodlaridan biri hisoblanadi. Ular har tomonlama qulay, ortiqcha vaqt va mablagʻ talab

qilmagan holda til oʻrganish imkonini beradi. Masalan, Duolingo, Memrise kabi ilovalar yangi

soʻz yodlash hamda ularni muntazam ravishda takrorlab turish uchun juda foydali. Shuningdek,

ijtimoiy tarmoqlardan foydalangan holda video va interaktiv kurslarga qatnashish, BBC learning

English, Udemy and Khan academy kabi platformalardan foydalanib, 4 koʻnikma asosida til

oʻrganish mumkin. Bundan tashqari, smartfondan foydalangan holda ovozni yozib olish, uni

qayta tinglash va xatolarni tahlil qilish ham til oʻrganishda qoʻllaniladigan tadbirlardan biridir [3,

11].

2.Oʻyinlar orqali til oʻrganish ham qiziqarli va samarali usullardan biri hisoblanadi.

Chunki oʻyinlar o‘rganuvchiga doimiy ravishda yangi so‘zlarni o‘rgatadi, interaktiv muhit

yaratadi va real hayotga yaqin tajriba beradi. Bu usul maktab oʻquchilariga til oʻrgatishda ham

qiziqarli usul sifatida tan olingan. Shuni aytib oʻtish joizki, bolalarga til oʻrgatishda shunday

oʻyinlardan foydalanish kerakki, unda barcha oʻquvchilar birdek ishtirok etishsin hamda darsdan

yangilik olishsin. Oʻyin davomida berilgan topshiriqlar, muloqot va vazifalar o‘yinchini chet

tilida fikrlashga majbur qiladi. Masalan, RPG o‘yinlari, strategik va interaktiv hikoya asosidagi

oʻyinlar orqali yangi so‘zlarni kontekstda o‘rganish mumkin. Shuningdek, onlayn koʻp o‘yinchi

rejimida (multiplayer) boshqa o‘yinchilar bilan suhbat qilish, chet tilida yozish va tushunish

ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. O‘yinlar ichida matnli topshiriqlar, subtitrlar va

ovozli dialoglar bo‘lishi esa tinglab tushunish va talaffuzni rivojlantirish uchun ayni muddao.

Shu sababli, oʻyinlar yordamida chet tilini o‘rganish nafaqat foydali, balki zavqli jarayonga ham

aylanadi[4, 38].


background image

ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR

INTEGRATSIYASI

483

Samarkand State Institute of Foreign Languages

3. Og‘zaki nutq ko‘nikmasini rivojlanishi haqida Krashen nazariyasiga ko‘ra, navbatdagi

kontroler – nazoratchi gipotezasida olim til o‘rganuvchi tilni faqat qonun qoidalar asosida

o‘rganish haqida mulohazasida o‘rganilayotgan chet tilida gapirayotganda o‘rganuvchining ongi

ifodalayotgan fikrni grammatik, fonetik o‘rganilgan qoidalar asosida tuzilayotganligini nazorat

qiladi, ba’zi o‘rganuvchilarga miyaning bunday boshqaruvi chet tilida gapirishga uyalish

ikkilanish hissini beradi. Olimning fikricha, ong nazoratini chegaralash, ya’ni xato qilishdan

qo‘rqmaslik chet tilida gapirish ko‘nikmasini yaxshiroq rivojlanishiga olib keladi. Qisqa qilib

aytganda, onging tilga ko‘chayotgan fikri ustidan nazoratini chegaralash, tilga ko‘chgan fikr

miyada tahlil qilinganda xato kamchiliklar aniqlansa-da, fikrni ifodalashdan uyalmaslik lozim

bo‘ladi va natijada vaqt o‘tib brogan sari kamchiliklar o‘z-o‘zidan yaxshilanib boradi[5, 62].

4. Oʻrganganni oʻrgatish. Ushbu metod eng samarali usullardan bir boʻlishi shubhasiz.

Masalan, kuniga chet tiliga oid yangi iboralar, grammatik qoidalarni oʻrganish, lugʻatlar yodlash

hamda ularni kimgadir aytib berish, tushuntirib berishga harakat qilish, ushbu maʼlumotlarning

xotirada uzoq muddat saqlanib qolishiga sabab boʻladi. Shuningdek, oʻzlashtirilgan bilimni

oʻzgalarga tushuntirish uchun siz tilni chuqurroq tahlil qilish va tushunish imkoniyatiga ega

boʻlasiz. Bundan tashqari, ushbu usul talaffuz va muloqot koʻnikmalarini rivojlantirish uchun

ayni muddao.

Xulosa

Ushbu zamonaviy metodlardan foydalangan holda til o‘rganish jarayonini samaraliroq va

qiziqarli qilish mumkin. Chet tilini oʻrganishda texnologiyalardan oqilona foydalana bilish,

jarayonni turli xil metodlar bilan boyitish rivojlanishning eng asosiy omillaridir. Eng muhimi,

inson oʻziga mos usulni tanlashi va uni doimiy qo‘llashdir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1. Jalolov. J - Chet tilini oʻqitish metodikasi - Toshkent -1996, 11- bet.

2. Мuslimоv N.A. tа'limi о'qituvсhisini kаsbiy shаkllаntirishning mеtоdik аsоslаri: Pеd.fаnl.dоkt.

diss. - T.: 2007. - 357 b.

3. Нишонова З.Т. Мустакил ижодий фикрлашни шак-ллантиришнинг психологик асослари:

Псих.фан док. дис. - Т., 2005.- 11-p.

4. Jack C. Richards (2006) Communicative Language Teaching Today. Cambridge University

Press. 38-p

5. 2. Artemov V.A. Psychology of visibility in teaching. - M.: Enlightenment, 2016, 62 p.

6. Shomurodova Shahlo Jaxonovna. Features of semantic and stylistic transformations of stable

word combinations. International Journal of Early Childhood Special Education.

https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=lpUNsSYAAAAJ&ci

tation_for_view=lpUNsSYAAAAJ:MXK_kJrjxJIC

7. Makhzuna Ismatova. The using of coaching for scientific guidance of english learner’s graduate

qualifying

works.

https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=0mLmjKEAAAAJ&c

itation_for_view=0mLmjKEAAAAJ:hqOjcs7Dif8C

8. Rayhona Narzikulova. Scrutinizing materials in organizing class for high school students. Asian

Journal of Multidimensional Research.

https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=Aeo3Rb0AAAAJ&ci

tation_for_view=Aeo3Rb0AAAAJ:d1gkVwhDpl0C

9. Sherzodovich, A. S., & Jamshedovich, B. F. THE MAIN FEATURES OF THE

TRANSLATION OF LITERARY TEXT. Sciencepublish. org, 16.

10. Aslonov, S. S. (2020). Ingliz tili stilistikasi fanini o’qitishda fonostilististikaning

o’rni. Интернаука, (16-4), 57-59.

11. Ruzimurodova, Z., & Aslonov, S. (2020). WHAT TO TEACH TO THE STUDENTS? TO

TEACH STANDARD ENGLISH OR WORLD ENGLISHES?. In МОЛОДОЙ

ИССЛЕДОВАТЕЛЬ: ВЫЗОВЫ И ПЕРСПЕКТИВЫ (pp. 367-369).

12. Аслонов, Ш. (2024). The importance of Artificial Intelligence in the teaching of translation

theory and practice. Зарубежная лингвистика и лингводидактика, 2(5), 50-53.

Bibliografik manbalar

Jalolov. J - Chet tilini oʻqitish metodikasi - Toshkent -1996, 11- bet.

Мuslimоv N.A. tа'limi о'qituvсhisini kаsbiy shаkllаntirishning mеtоdik аsоslаri: Pеd.fаnl.dоkt. diss. - T.: 2007. - 357 b.

Нишонова З.Т. Мустакил ижодий фикрлашни шак-ллантиришнинг психологик асослари: Псих.фан док. дис. - Т., 2005.- 11-p.

Jack C. Richards (2006) Communicative Language Teaching Today. Cambridge University Press. 38-p

Artemov V.A. Psychology of visibility in teaching. - M.: Enlightenment, 2016, 62 p.

Shomurodova Shahlo Jaxonovna. Features of semantic and stylistic transformations of stable word combinations. International Journal of Early Childhood Special Education. https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=lpUNsSYAAAAJ&ci tation_for_view=lpUNsSYAAAAJ:MXK_kJrjxJIC

Makhzuna Ismatova. The using of coaching for scientific guidance of english learner’s graduate qualifying works. https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=0mLmjKEAAAAJ&c itation_for_view=0mLmjKEAAAAJ:hqOjcs7Dif8C

Rayhona Narzikulova. Scrutinizing materials in organizing class for high school students. Asian Journal of Multidimensional Research. https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=Aeo3Rb0AAAAJ&ci tation_for_view=Aeo3Rb0AAAAJ:d1gkVwhDpl0C

Sherzodovich, A. S., & Jamshedovich, B. F. THE MAIN FEATURES OF THE TRANSLATION OF LITERARY TEXT. Sciencepublish. org, 16.

Aslonov, S. S. (2020). Ingliz tili stilistikasi fanini o’qitishda fonostilististikaning o’rni. Интернаука, (16-4), 57-59.

Ruzimurodova, Z., & Aslonov, S. (2020). WHAT TO TEACH TO THE STUDENTS? TO TEACH STANDARD ENGLISH OR WORLD ENGLISHES?. In МОЛОДОЙ ИССЛЕДОВАТЕЛЬ: ВЫЗОВЫ И ПЕРСПЕКТИВЫ (pp. 367-369).

Аслонов, Ш. (2024). The importance of Artificial Intelligence in the teaching of translation theory and practice. Зарубежная лингвистика и лингводидактика, 2(5), 50-53.