Raqamli davrda yoshlarga ta’sir qiluvchi muammolar

Аннотация

Ushbu maqola bugungi raqamlashtirilgan dunyoda yoshlar orasida kuzatilayotgan koʻpgina muammolar: virtual qaramlik, vaqtni samarali boshqarish qiyinligi, diqqatning tarqoq bo‘lishi va o‘qish sifatining pasayishi, an’anaviy bilim olishga qiziqishning kamayishi kabi taʼlim va kasbiy oʻsishga doir taʼsirlar, shuningdek, shaxsiy ma'lumotlarning o‘g‘irlanishi kabilarga alohida toʻxtatilib, ushbu muammolarni kelib chiqishi va qanday yechim topish mumkinligi haqida batafsil yoritib utiladi.

Тип источника: Конференции
Годы охвата с 2025
inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
CC BY f
484-485
25

Скачивания

Данные скачивания пока недоступны.
Поделиться
Ахмеджанова F., & Умарова G. (2025). Raqamli davrda yoshlarga ta’sir qiluvchi muammolar. Диалог, интеграция наук и культур в процессе научного и профессионального образования, 1(1), 484–485. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/discpspe/article/view/81914
Фарида Ахмеджанова, Самаркандский государственный институт иностранных языков
Учитель
Гульсанам Умарова, Самаркандский государственный институт иностранных языков
Учитель
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqola bugungi raqamlashtirilgan dunyoda yoshlar orasida kuzatilayotgan koʻpgina muammolar: virtual qaramlik, vaqtni samarali boshqarish qiyinligi, diqqatning tarqoq bo‘lishi va o‘qish sifatining pasayishi, an’anaviy bilim olishga qiziqishning kamayishi kabi taʼlim va kasbiy oʻsishga doir taʼsirlar, shuningdek, shaxsiy ma'lumotlarning o‘g‘irlanishi kabilarga alohida toʻxtatilib, ushbu muammolarni kelib chiqishi va qanday yechim topish mumkinligi haqida batafsil yoritib utiladi.


background image

ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR

INTEGRATSIYASI

484

Samarkand State Institute of Foreign Languages

RAQAMLI DAVRDA YOSHLARGA TA’SIR QILUVCHI MUAMMOLAR

Axmedjanova Farida Djavairovna

SamDChTI o‘qituvchisi

Umarova Gulsanam

SamDChTI talabasi

Annatatsiya

: Ushbu maqola bugungi raqamlashtirilgan dunyoda yoshlar orasida

kuzatilayotgan koʻpgina muammolar: virtual qaramlik, vaqtni samarali boshqarish qiyinligi,

diqqatning tarqoq bo‘lishi va o‘qish sifatining pasayishi, an’anaviy bilim olishga qiziqishning

kamayishi kabi taʼlim va kasbiy oʻsishga doir taʼsirlar, shuningdek, shaxsiy ma'lumotlarning

o‘g‘irlanishi kabilarga alohida toʻxtatilib, ushbu muammolarni kelib chiqishi va qanday yechim

topish mumkinligi haqida batafsil yoritib utiladi.

Kalit soʻzlar

: OAV, virtual qaramlik, Axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik,

avtomatlashtirish, mafkuraviy ong.

Bugungi tez sur'atlar bilan rivojlanayotgan dunyoda texnologiya hayotimizning ajralmas

qismiga aylandi. Smartfonlar, ijtimoiy media va boshqa raqamli qurilmalar biz bilan muloqot

qilish va o'zaro ta'sir qilish usulini inqilob qildi. Biroq, ushbu raqamli inqilob, ayniqsa,

o'smirlarning farovonligi haqida gap ketganda, bir nechta tashvishlarni keltirib chiqardi. Xoʻsh,

bu muammolar qanday muammolar, ularni kelib chiqish sabablari qanday va qanday yechillari

mavjud? Bilamizki, bugungi raqamlashtirilgan dunyoda turli internet saytlariga kirish, ulardan

haddan ortiq darjada koʻp foydalanish yoshlar oʻrtasida urfga aylanib bormoqda va bu ommaviy

axborot vositalaridan samarali foydalanadigan yoshlarimizga qaraganda shunchaki vaqtni

maroqli oʻtkazish uchun foydalanadiganlar talaygina. Internet tarmoqlariga berilib ketish,

ommaviy axborot vositalaridan unumli foydalana olmaslik turli xil koʻzga koʻrinarli

muammolarni keltirib chiqaryapti va bu muammolar kundan kunga dolzarb va global

muammoga aylanib bormoqda. Ushbu muammolardan eng asosiysi bu - virtual qaramlik,

bugungi kunda kelib juda ommalashayotgan va barchamizni oʻz domiga tortib borayotgan

virtuallilik bu- sunʼiylikdir[1, 17].

Virtual soʻzi ingliz tilidan olingan boʻlib sunʼiy, sunʼiylik degan maʼnolarni ifodalaydi va

bu narsa shuni anglatadiki, texnologiyalar rivojlanib borgan sari insonlar virtuallikka qarab

boryapti yaʼni sunʼiylikka. Buning natijasida, noreal narsalarga boʻlgan qiziqish, solishtirishlar

insonni oʻziga nisbatan past baho berishi va real dunyodan ajralib qolishiga olib kelmoqda.Shu

bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarga joylanayotgan fake yoki dizinformatsion xabarlarni koʻp qabul

qilish, onlayn oʻyinlarga berilish, Instagram, Telegram, Facebook, singari platformalarga haddan

ortiq berilish insonni ommadan ajratib qoʻyadi va bunday kishilar doimiy yolgʻizlikka ehtiyoj

sezadi, jamoada boʻlishni xohlamaydi. Oddiygina virtual qaramik deganimiz bizni taʼlimda va

kasbiy bilimlarni egallashimizga asosiy toʻsiq boʻladi. Bizning diqqatimiz jamlanishi va

maʼlumotlarni oʻzlashtirishimiz qiyin buladi va anʼanaviy taʼlimga boʻlgan qiziqishimiz soʻna

boshlaydi va har xil saytlarga obuna bulib vaqtimizni maroqli boʻlishini xohlaymiz. Va oʻz

shaxsiy maʼlumotlarimizni xavf ostiga qoʻyishimiz mumkin.

Xavfsizlik masalalari: Biologik texnologiyalarning noto‘g‘ri qo‘llanishi (bioterrorizm

xavfi) hisoblanadi. Internet orqali ma‘lumotlarning buzilishi va nojo‘ya foydalanish holatlari

bugungi kunga kelib juda ham oshib bormoqda. Katta hajmdagi ma‘lumotlarni to‘plash va

saqlash bilan bog‘liq xavfxatarlar oshib bormoqda. Kiberxavfsizlik tizimlarining yetarli darajada

rivojlanmaganligi korxonalar va davlat organlari uchun jiddiy xavf tug‘dirmoqda [2].

Axborot texnologiyalari bilan bogʻliq muammolar faqat shulardan iborat emas albatta.

Sogʻlom turmush tarzi yaratish yoshlarimizni sogʻlom barkamol boʻlib yetishishlari uchun atrof

muhit tasiri ham ahamiyatlidir. Texnologiyalarni noto‘g‘ri boshqarish ekologik resurslarning

haddan tashqari iste’mol qilinishiga olib kelmoqda. Bu global isish va ekologik muvozanatni

buzmoqda. Chiqindilarni boshqarish masalasi ham dolzarb bo‘lib, ayniqsa elektron chiqindilar


background image

ILMIY VA PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA MULOQOT, FAN VA MADANIYATLAR

INTEGRATSIYASI

485

Samarkand State Institute of Foreign Languages

muammosi kuchaymoqda. Shu bilan birga texnologiyalar rivojlangan sari yoshlarimizda ish

oʻrinlari bilan bogʻliq muammolar ham koʻpaya boshladi, buning sababi esa ish oʻrinlarining

yoʻqolishi va avtomatlashtirish jarayonining jadallashuvidir. Avtomatlashtirish natijasida ko‘plab

kasblar yo‘qolib, yangi ish o‘rinlari yaratish ehtiyoji yuzaga kelmoqda. Bu jarayon malakasiz

ishchi kuchi uchun qiyinchiliklar tug‘dirmoqda va ijtimoiy muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Bu muammolarni hal qilish yoshlarda asosan mafkuraviy ongni shakllantirish kerak shuningdek,

tanqidiy fikrlash, mediasavodxonlik va axloqiy fikrlashni rivojlantirish bo‘yicha birgalikda

harakat qilishni talab qiladi. Mafkuraviy ongni tarbiyalashda va OAV ga boʻlgan qaramlikdan

qutulish yuqorida aytib oʻtilgan barcha muammolarni yechishda ta’lim muassasalari hal qiluvchi

rol o‘ynaydi. Fanlararo va madaniyatlararo muloqotni rag‘batlantirish ijtimoiy muammolarni

yanada inklyuziv va yaxlit tushunishga, yoshlarda yanada nozik mafkuraviy ongni tarbiyalashga

yordam beradi [3, 42].

Shuningdek, hamdardlik, mehroqibat va axloqiy yetakchilikni rivojlantirishga qaratilgan

tashabbuslarni shakllanitirish ham yordam bera oladigan vositalar sirasiga kiradi.Ko‘ngillilikni,

fuqarolik faolligini va madaniyatlararo almashinuvni rag‘batlantiradigan jamiyatga asoslangan

dasturlar yoshlarda individuallik va yolgʻiz qolishga boʻlgan ehtiyojlar oʻrniga mas’uliyatlilik va

hamjihatlik tuyg‘usini uyg‘otishi mumkin. Onlayn forumlar, ijtimoiy media kampaniyalari va

raqamli hikoyalar turli nuqtai nazarlarni ilgari surish va mafkuraviy tafovutlarni bartaraf etish

uchun ishlatilishi mumkin. Fuqarolik nutqi va intellektual almashinuvni rag‘batlantiradigan

raqamli makonlarni yaratish orqali yoshlar yanada kengroq nuqtai nazarga egaboʻladi va mavjud

boʻlgan muammolar xavfini kamaytirishi mumkin[4, 25].

Yoshlarning rivojlanishiga sarmoya kiritish jamiyat kelajagiga qo‘yilgan sarmoya bo‘lib,

yoshlarni atrofdagi dunyo bilan konstruktiv va ongli munosabatda bo‘lishlari uchun zarur

bo‘lgan vositalar va qadriyatlar bilan ta’minlash uchun birgalikdagi sa’y-harakatlarni amalga

oshirish zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1. R.Ishmuxamedov, M.Yuldashev. Ta'lim va tarbiyada innovatsion texnologiyalar. -T.: Nihol,

2016, 17-p

2. uz.infosom.uz

3. Holmirzaev, N. National experience in the formation of working culture. Ekonomika i sotsium,

2019 - elibrary.ru №-4, 42

4. A.Abduqodirov, R.Ishmuhammedov. "Ta'limda innovatsion texnologiyalar" T.:2008, 25-p

5. Sherzodovich, A. S., & Jamshedovich, B. F. THE MAIN FEATURES OF THE

TRANSLATION OF LITERARY TEXT. Sciencepublish. org, 16.

6. Aslonov, S. S. (2020). Ingliz tili stilistikasi fanini o’qitishda fonostilististikaning

o’rni. Интернаука, (16-4), 57-59.

7. Ruzimurodova, Z., & Aslonov, S. (2020). WHAT TO TEACH TO THE STUDENTS? TO

TEACH STANDARD ENGLISH OR WORLD ENGLISHES?. In МОЛОДОЙ

ИССЛЕДОВАТЕЛЬ: ВЫЗОВЫ И ПЕРСПЕКТИВЫ (pp. 367-369).

8. Аслонов, Ш. (2024). The importance of Artificial Intelligence in the teaching of translation

theory and practice. Зарубежная лингвистика и лингводидактика, 2(5), 50-53.

Библиографические ссылки

R.Ishmuxamedov, M.Yuldashev. Ta'lim va tarbiyada innovatsion texnologiyalar. -T.: Nihol, 2016, 17-p

uz.infosom.uz

Holmirzaev, N. National experience in the formation of working culture. Ekonomika i sotsium, 2019 - elibrary.ru №-4, 42

A.Abduqodirov, R.Ishmuhammedov. "Ta'limda innovatsion texnologiyalar" T.:2008, 25-p

Sherzodovich, A. S., & Jamshedovich, B. F. THE MAIN FEATURES OF THE TRANSLATION OF LITERARY TEXT. Sciencepublish. org, 16.

Aslonov, S. S. (2020). Ingliz tili stilistikasi fanini o’qitishda fonostilististikaning o’rni. Интернаука, (16-4), 57-59.

Ruzimurodova, Z., & Aslonov, S. (2020). WHAT TO TEACH TO THE STUDENTS? TO TEACH STANDARD ENGLISH OR WORLD ENGLISHES?. In МОЛОДОЙ ИССЛЕДОВАТЕЛЬ: ВЫЗОВЫ И ПЕРСПЕКТИВЫ (pp. 367-369).

Аслонов, Ш. (2024). The importance of Artificial Intelligence in the teaching of translation theory and practice. Зарубежная лингвистика и лингводидактика, 2(5), 50-53.