Gazeta matnlarida nutq fe’llarining uslubiy xususiyatlari

CC BY f
58-61
117
23
Поделиться
Джамалова, З. (2022). Gazeta matnlarida nutq fe’llarining uslubiy xususiyatlari. Развитие лингвистики и литературоведения и образовательных технологий в эпоху глобализации, 1(1), 58–61. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/dllseteg/article/view/5452
Зухра Джамалова, Nukus Dаvlаt Pеdаgоgikа Instituti

O‘zbek tili kafedrasi o‘qituvchisi

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Fors tili gazcta matnlarida fe’lning barcha semantik guruhlari qo‘Hanadi. Mazkur maqolada nutq fe’llarining gazeta matnlarida qodlanishida o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Binobarin, nutq fe’llari barcha tillarda bodgani kabi fors tilida ham axborot yetkazishda faol qo‘llanuvchi vositalardan biri sanaladi67.


background image

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

58

GAZETA MATNLARIDA NUTQ FE’LLARINING USLUBIY

XUSUSIYATLARI

Zuhra Jamalova

– Nukus DPI O‘zbek tili kafedrasi o‘qituvchisi

Fors tili gazeta matnlarida fe’lning barcha semantik guruhlari qo‘llanadi.

Mazkur maqolada nutq fe’llarining gazeta matnlarida qo‘llanishida o‘ziga xos
xususiyatlari tahlil qilinadi. Binobarin, nutq fe’llari barcha tillarda bo‘lgani kabi
fors tilida ham axborot yetkazishda faol qo‘llanuvchi vositalardan biri sanaladi

67

.

Nutq – inson faoliyati turlaridan biri. Faoliyat substansiya, holat yoki

xususiyat emas, balki jarayondir. Shu ma’noda nutq fe’llari ma’nosining asosiy
komponentlaridan biri jarayon tushunchasi hisoblanadi. Fors ti lidagi نتفگ

gapirmoq

fe’lining

“tildan foydalanish ko‘nikmasi (malakasi)ga ega bo‘lmoq”

ma’nosi ana shunday sememalar qatoriga kiradi. Bu semema strukturasi

“gapirish ko‘nikmasiga egalik”

va

“gapiruvchi (subyekt)”

komponentlaridan

iborat. Nutq fe’llarining boshqa ma’nolari bu sememaga nisbatan ancha
murakkab strukturaga ega: ular tarkibida gapiruvchi (subyekt), tinglovchi,
jarayon, mazmun kabi elementlar mavjudligi sezilib turadi. Lekin bu semantik
elementlarning mavqei barcha sememalar tarkibida bir xil emas. Nut q fe’llari
ma’nolari strukturasining turliligi mazkur fe’llarning semantik tomondan turlicha
guruhlanishini keltirib chiqaradi

68

.

Ma’lumki, publitsistik uslub boshqa uslublardan o‘zining ko‘p janrliligi

bilan ajralib turadi. Uning janrlari ichida axborot (informatsion) janri o‘ziga xos
o‘ringa ega. Axborot matni muhim voqealar haqida xabar berib, ma’lumotni
operativ ravishda yetkazib berishga yo‘naltirilganligi uchun fe’llarning faol
qo‘llanishini taqozo etadi. Axborot matnlarida fe’l semantikasi o‘ziga xos
xususiyat kasb etadi. Unda axborot, ta’kid va tasdiq ma’nosiga ega nutq fe’llari
asosiy o‘rinni egallaydi

69

.

D.Ahmedovaning “Fors tili so‘z turkumlarining gazeta matnlarida

funksional va uslubiy xususiyatlari” (Toshkent, 2018) nomli monografiyasida
Eron gazeta matnlarida faol qo‘llanuvchi نتفگ

aytmoq

”, ندرک دیکات

ta’kidlamoq

”,

نتشاد دیکات“

ta’kidlamoq

”, ندوزفا

qo‘shimcha qilmoq

”, ندرک ناشنرطاخ, دش روادای

ن

eslatib o‘tmoq

”,

داد حیضوت

ن

izohlamoq

”,

درک حیرصت

ن

aniqlamoq

”, داد همادا

ن

davom etmoq

”,

ظا

درک راه

ن

izhor etmoq

”, نتشاد نایب

bayon qilmoq

” kabi nutq

fe’llari keltirilgan.

Mazkur guruh fe’llari bir tomondan axborot olish manbasiga, ikkinchi

tomondan uning ishonchliligiga ishora qiladi. Axborot matnlarida nutq
fe’llarining asosiy semantik belgisi berilayotgan axborotning ishonchliligi va
uning tasdig‘i hisoblanadi

70

.

Ma’lum bir uslubning spetsifikasini aniqlashda mazkur uslubning dominant

funksiyasini amalga oshirishda faol qo‘llanuvchi leksik guruhlarni o‘rganish

67

Ahmedova D. Fors tili so‘z turkumlarining gazeta matnlarida funksional va uslubiy xususiyatlari. – Toshkent, 2018.

68

O‘sha asar.

69

O‘sha asar.

70

Ahmedova D. Fors tili so‘z turkumlarining gazeta matnlarida funksional va uslubiy xususiyatlari. – Toshkent, 2018.


background image

Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari

59

katta ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, publitsistik uslubga informativ va ta’sir
etuvchi funksiya xosligi inobatga olinsa, nutq fe’llari mazkur uslubni
shakllantiruvchi leksika sifatida xizmat qiladi

71

.

Nutq fe’llari gazeta matnlarida axborot berish funksiyasini bajarib, “axborot

berish” semasi ostida birlashadi. Leksik semantik maydonning asosini نتفگ

fe’li

tashkil etadi. Gazeta matnlarida nutq fe’llarining qo‘llanishidagi o‘ziga xoslik
shundaki, unda turli fe’llar bir ma’noda qo‘llanishi mumkin. Masalan,

باوج

نداد

“javob bermoq”

va نتفگ

“aytmoq”

bir ma’noda “demoq, aytmoq” ma’nosida

qo‘llanishi mumkin

72

.

Gazeta matnlarida qo‘llangan nutq fe’llari nafaqat ko‘chirma gap tarkibida,

balki oddiy gap tarkibida ham keng qo‘llanishi kuzatiladi. Nutq fe’llarining
leksik-semantik tahlili natijasida ular asosiy semasi “nutqni amalga oshirmoq”
bo‘lgan “faktlar haqida axborot bermoq”, “biron narsa bilan bog‘liq fikrni
bildirmoq”, “biror narsa haqida guvohlik bermoq”, “biror narsaga ishora qilmoq”
kabi ma’nolarda qo‘llanadi. Eng asosiy xususiyati esa nutq fe’llari “xabar
bermoq” ma’nosida qo‘llanishidir

73

.

Gazeta matnlarida درک

ن

راهظا (uning sinonimi sifatida

راهظا

نتشاد

f e’li) ملاعا

ندرک

fe’llari nafaqat

“ma’lum narsa haqida axborot berish”,

balki ma’lum

rasmiy shaxsning so‘zlarida ifodalangan

“nutq jarayoni”

kuchi va yo‘nalishini

ifodalaydi

74

:

:تشاد راهظا یو

۲۴

یم هسلج نآ زا شیپ ،دوب زاین رگا و دوب دهاوخ ام یدعب هسلج نیدرورف

میراذگ

75

.

Uning ta’kidlashicha, 24-farvardinda keyingi majlis bo‘lib o‘tadi va agar

lozim bo‘lsa, undan oldin majlis o‘tkaziladi.

لقن

ندرک

,

وگزاب

ندرک

,

ندرک فیرعت

fe’llarining leksik ma’nosi gazeta matnlarida

axborot bermoq

” dominant fe’li semantikasi bilan uzviy bog‘liq

76

.

Ushbu nutq fe’llari ishtirokidagi gaplar siyosiy matnlarda deyarli uchramadi,

bu esa mazkur fe’llarning siyosiy matnlar tarkibida kammahsul ekanini ko‘rsatdi.

ندرک داهنشیپ fe’li ham gazeta matnlarida “

biror narsa haqida xabar berish

”,

biror ishning bajarilishini talab etish

”, “

biror nomzodni tavsiya etish

” kabi

ma’nolarni anglatadi.

Nutq fe’llarining asosiy ma’nosi gazeta matnlarida kommunikantlarning

ijtimoiy mavqei, nutqning rasmiy, norasmiyligi, nutq mavzusini namoyon etuvchi
nutq sharoiti sistemasida namoyon bo‘ladi. Fe’llarning funksiyasi ularning leksik
ma’nosi bilan belgilanadi. Gazeta matnlarida nutq fe’llari gazeta-publitsistik
uslubining asosiy funksiyalaridan biri axborot hamda ta’sir etish funksiyalarini
amalga oshirishda asosiy omillardan hisoblanadi

77

.

Eron gazeta matnlari doirasida asosiy (bosh, o‘z) ma’noda qo‘llangan nutq

fe’llarini o‘rganish jarayonida ularning ma’nosi va uslubiy bo‘yog‘i nutq holati

71

O‘sha asar.

72

O‘sha asar.

73

Ahmedova D. Fors tili so‘z turkumlarining gazeta matnlarida funksional va uslubiy xususiyatlari. Toshkent, 2018.

74

O‘sha asar.

75

هبنشکی| 11 دادرم1394 |.زور تسایس همانزور

76

Ahmedova D. Fors tili so‘z turkumlarining gazeta matnlarida funksional va uslubiy xususiyatlari. Toshkent, 2018.


background image

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

60

asosida aniqlanishi ma’lum bo‘ladi. Shunday qilib, nutq vaziyatida unda
qatnashuvchi nutq adresant va adresati, nutq jarayonida qatnashuvchilarning
o‘zaro munosabati, nutq mavzusi, holat va vaziyati kabi komponentini aniqlash
mumkin

78

.

Vaziyatdan kelib chiqib, har bir nutq vaziyati ichida rasmiy va norasmiy

muloqot vaziyati ajratiladi. Mana shu muloqot vaziyati fe’l leksemalarni tanlab
olishga ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli turli leksik semantik guruhdagi fe’llarning
turli nutq vaziyatida qo‘llanishi faolligi turlicha. Eron gazeta matnlarida xabar,
muloqot, ta’sir, murojaat hamda nutq faoliyati kabi leksik semantik guruhiga oid
nutq fe’llari qo‘llanadi. Mazkur leksik semantik guruh fe’llari turli nutq
vaziyatlarida qo‘llansa, ba’zilari rasmiy va ba’zilari esa norasmiy vaziyatda
qo‘llanishi faolligi aniqlandi. Masalan, rasmiy nutq vaziyatida, asosan, xabar
leksik semantik guruhga oid fe’llar faol bo‘lsa, nutq faoliyati leksik semantik
guruhiga oid fe’llar nofaol qo‘llanishi kuzatiladi. Buni esa, adresatga biror
axborotni yetkazish rasmiy muloqotning asosiy vazifasi sanalishi bilan asoslash
mumkin.

Fors tilida ko‘p fe’llarning yuqori uslubdagi variantlari mavjud. Gazeta

matnlari rasmiy xabarlar, davlat rahbbarlari ma’ruzalari va hokazolarni o‘z ichiga
olgani sababli uning tarkibida yuqori uxlubga xos fe’llarning keng qo‘llanishi
gazeta tilining o‘ziga xos jihati hisobalanadi

79

.

Bunday fe’llarni D.

Azimjanova o‘zining “Синонимия глагольной лексики

персидского языка” nomli dissertatsiyasida keltirib o‘tgan

80

. Fors tilida

rasmiylik va hurmat ekspressiyasini berish uchun ma’lum fe’llar qo‘llanadi:

نتفگ

o‘rniga

ندومرف

,

نتفر

o‘rniga

ندرب فیرشت

,

ندمآ

o‘rniga

ندروآ فیرشت

,

تخاس

ن

o‘rniga

ندیرفآ

.

Gazeta matnlari tahlili jarayonida ularda qator fe’llarning yuqori uslub

variantlari qo‘llanilishi ma’lum bo‘ldi.

Umuman, fe’llarning gazeta matnlarida qo‘llanishini o‘rganish orqali,

uning gazeta-publitsistik uslubidagi semantik va uslubiy imkoniyatlari
namoyon bo‘ladi. Bu imkoniyatlarning namoyon bo‘lishida fe’lning nisbat,
zamon, mayl va shaxs-son kategoriyalari muhim ahamiyatga ega.

Xulosa qilib aytganda, vaziyatdan kelib chiqib, har bir nutq vaziyati

ichida rasmiy va norasmiy muloqot vaziyati ajratiladi. Mana shu muloqot
vaziyati fe’l leksemalarni tanlab olishga ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli turli
leksik semantik guruhdagi fe’llarning turli nutq vaziyatida qo‘llanishi
faolligi turlicha bo‘ladi.

Shuningdek, Eron gazetalarining siyosiy ruknlarida rasmiy fe’llarning

farovonligi va ba’zi fe’llarning yuqori uslub formasi ishlatilishi guvohi
bo‘ldik. Jumladan, Fors tilida rasmiylik va hurmat ekspressiyasini berish
uchun ma’lum fe’llar qo‘llanadi:

نتفگ

o‘rniga

ندومرف

,

نتفر

o‘rniga

فیرشت

درب

ن

,

78

O‘sha asar.

79

O‘sha asar.

80

Азимджанова Д. Синонимия глагольной лексики персидского языка. Дисс. … канд.филол.наук. – Ташкент,

1997. – С.66-67.


background image

Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari

61

ندمآ

o‘rniga

ندروآ فیرشت

,

نتخاس

o‘rniga

ندیرفآ

va hokazo. Fe’llarning gazeta

matnlarida qo‘llanishini o‘rganish orqali, uning gazeta-publitsistik
uslubidagi semantik va uslubiy imkoniyatlari namoyon bo‘ladi. Bu
imkoniyatlarning namoyon bo‘lishida fe’lning nisbat, zamon, mayl va shaxs-
son kategoriyalari muhim ahamiyatga ega.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов