Ergonimlarning shakllanish tamoyillari va turlari

CC BY f
65-68
124
83
Поделиться
Янгибаева, С. (2022). Ergonimlarning shakllanish tamoyillari va turlari. Развитие лингвистики и литературоведения и образовательных технологий в эпоху глобализации, 1(1), 65–68. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/dllseteg/article/view/5456
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Onomastika tilshunoslikning bir tarmog‘i bo‘lib, u XX asrning I yarmidan boshlab, maxsus predmet sifatida shakllana boshladi. Bu soha xususiy nomlar, ularning vazifalari, rivojlanishi, paydo bo‘lish tarixini geografik, tarixiy, sotsiologik, filosofik, etnografik va psixologik aspektda o‘rganadi. Shuni ta’kidlash kerakki, xususiy nomlar juda qadimdan boshlab paydo bo‘lgan, ammo ularni o‘rganish yaqin o‘tmishda yuzaga kelgan


background image

Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari

65

ERGONIMLARNING SHAKLLANISH TAMOYILLARI VA TURLARI

Yangiboyeva Sohiba Ro‘zmat qizi –

UrDU Filologiya fakulteti yoshlar bilan ishlash

bo‘yicha dekan muovini

Onomastika tilshunoslikning bir tarmog‘i bo‘lib, u XX asrning I yarmidan

boshlab, maxsus predmet sifatida shakllana boshladi. Bu soha xususiy nomlar,
ularning vazifalari, rivojlanishi, paydo bo‘lish tarixini geografik, tarixiy, sotsiologik,
filosofik, etnografik va psixologik aspektda o‘rganadi. Shuni ta’kidlash kerakki,
xususiy nomlar juda qadimdan boshlab paydo bo‘lgan, ammo ularni o‘rganish yaqin
o‘tmishda yuzaga kelgan.

So‘nggi yillarda xususiy nomlarni semantik, etimologik jihatdan o‘rganish

ishlari ancha yuqori bosqichga ko‘tarildi. Tilshunoslik sohasida germenevtika
yo‘nalishi paydo bo‘ldi. Hermeneuö – yunoncha so‘z bo‘lib, tushuntirish, izohlash,
tarjima qilish ma’nolarini anglatadi. Ushbu nazariyaning asosiy mohiyati so‘z
ma’nosini avvalo o‘zing anglab olasan, keyin boshqalarga tushuntirasan.

Rus tilshunosligida onomastika bo‘yicha ko‘plab munozaralar yuzaga keldi.

Masalan, A.A.Reformatskiy xususiy nomlarni ikkiga bo‘ladi. 1. Onomastika (shaxsiy
ismlar: familiya, ism, laqablar. Bunga hayvonlar nomi ham kiritiladi). 2. Toponimika
(geografik nomlar – tog‘lar, past tekisliklar, cho‘l, dengiz, daryo, mamlakatlar,
viloyatlar, shaharlar, aholi yashaydigan turli makonlar)

1

.

V.D.Bondamtov esa onomastikaga tildagi mavjud bo‘lgan barcha nomlarni

kiritadi. U xususiy nomlarni quyidagi turlarga bo‘ladi:

1. Antroponimlar – inson nomlari (ism, familiya, laqab, taxallus);
2. Toponimlar – geografik obyektlar nomlari (daryo, dengiz, okean, tog‘,

shaharlar, qishloqlar, maydonlar, yulduz, planeta, kometa);

3. Zoonimlar – hayvon nomlari (ot, sigir, tuya, it, mushuk, qushlar, baliq);
4. Teonimlar – xudolar, mifologik personajlar nomlari;
5. Ktematonimlar – yunoncha “ktenatos” – buyum, boylik so‘zidan olingan

bo‘lib u korxona, muassasa, tashkilot, tarixiy voqealar, bayramlar, matbuot organlari,
nashriyotlar, san’at va adabiyot asarlari, paroxodlar, poyezdlar, yer yo‘ldoshlari,
teatrlar, magazinlar, ayrim predmetlar (to‘p, qo‘ng‘iroq) nomlarini o‘z ichiga qamrab
oladi

2

.

Rus tilshunosligida bunday qarashlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Ularga baho

berish bizning vazifamiz doirasidan chetda qoladi.

Binobarin, onomastika yunoncha atama bo‘lib, onomastukoc – ismga oid,

onoma-ism, nomni anglatadi. Tilshunoslikning ushbu tarmog‘i o‘zbek olimlarining
ta’kidlashlaricha ikki qismga bo‘linadi. 1. Ismlar, urug‘ va qabilalar, elatlar,
millatlarning nomlari (etnonimika) va geografik atamalar (toponimika) haqidagi fan.
2. Leksikologiyaning atoqli otlarni familiyalar (oila va urug‘ ismlari) ni o‘rganadigan
tarmog‘idir. Atoqli otlar kelib chiqishi (turdosh otlar bilan aloqadorligi, boshqa
tillardan o‘tganligi)ga ko‘ra, lug‘at tarkibida tutgan o‘rni, ulardan turdosh otlarni

1

Реформатский А.А. Введение в языковедение – М.: 1967. –Б.62.

2

Бондаметов В.Д. Русская ономастика. – М.: Просвещение, 1983. –Б.3.


background image

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

66

yasash imkoniyatlari jihatidan ahamiyatli. Shuningdek, atoqli otlar shu ismlarni
tashuvchi kishilar mansub bo‘lgan urug‘, qabila, elat yoki xalq tarixi uchun muhim
ahamiyatga ega. Masalan, o‘zbek tilidagi ismlar kelib chiqish tomonidan turlichadir:
sof o‘zbekcha nomlardan tashqari turli tillardan o‘tgan ismlar ham mavjud. Bu ismlar
orasidagi xorijiy elementlar o‘zbek xalqi va tili qanday tarixiy jarayonlarni
kechirganligi, qaysi xalqlar bilan iqtisodiy, siyosiy va madaniy hamkorlikda
bo‘lganligini namoyish qiladi. Onomastika til va jamiyat tarixiga oid ma’lumotlarni
puxtalashtirish imkonini beradi.

Leksikologiyaning bu tarmog‘i atoqli otlardan turdosh otlarning yasalishi va ular

anglatadigan ma’nolarni o‘rganadi.

O‘zbekistonda onomastika va uning tarmoqlari xususida ko‘pgina ishlar amalga

oshirilgan

3

. Bu ishlarda asosan toponim, antroponim, etnonim, ergonim kabi sohalar

tadqiq qilingan bo‘lib, ergonim, faleronim, emporonim, xrematonim kabi onimlar
haqida so‘z yuritilmagan.

Buning sotsial – iqtisodiy sabablari bor, albatta. Sho‘ro davrida xususiy

korxonalar ochish mumkin emas edi. Shu sababli savdoga aloqador va aloqador
bo‘lmagan barcha muassasa va tashkilotlar davlat tasarrufida bo‘lib, unga oddiy, real
nomlar qo‘yilar edi. Shu sababli ergonim va shu qatordagi boshqa nomlar tadqiqot
doirasidan chetda qolib keldi.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan keyin hayotimiz keskin o‘zgardi,

tashqi iqtisodiy-madaniy aloqalar rivojlanish bosqichiga qadam qo‘ydi. Natijada
ko‘plab fermer xo‘jaliklari, firmalar, savdo-sotiqqa aloqador do‘konlar, xususiy
korxonalar paydo bo‘la boshladi. Har bir obyekt paydo bo‘lar ekan, u o‘z nomiga ega
bo‘lishi kerak.

O‘tgan asrning 90-yillaridan boshlangan bu yangiliklar hozirda cho‘qqisiga

chiqdi. O‘z navbatida, tilshunoslik ilmiga ko‘plab yangi atamalar kirib keldi.
E.Begmatov o‘z tadqiqotida o‘zbek tilida mavjud bo‘lgan quyidagi atamalarni sanab
o‘tadi: antroponimiya, zoonimiya, teonimiya, toponimiya, kosmonimiya, fitonimiya,
xrononim, politonim, ergonim, faleronim, dignitonim, poreyonim, mifonim,
anemonim, stratonim, gemeronim, ideonim. Tadqiqotchi mana shu 19 ta atamaning
15 tasiga izoh berib, ularning aksariyati o‘zbek tilshunosligida hali o‘z
tadqiqotchilarini kutib turganligini qayd qiladi

4

. Shularning orasida ergonimlar ham

bor.

Shu narsani ham ta’kidlab o‘tish lozimki, hayotimizda ro‘y berayotgan ijobiy

o‘zgarishlar negizida shakllanayotgan mazkur obyektlar o‘zining munosib nomiga
ega bo‘lishi kerak. Bu masalada xalqning madaniy saviyasi, didi, farosati, umuman,

3

Қаранг: Бегматов Э. Топонимлар имлоси муаммолари. // Ўзбек тили ва адабиёти, №3, 1996. – Б. 26-30;

Норқулова М. Арабча ўзлашма исмлар семантикасига доир. // Ўзбек тили ва адабиёти, №4, 1997; Отажонова А.
Аргин ва олчин этнотопонимларининг этимологиясига доир. // Ўзбек тили ва адабиёти, №4, 1997. – Б.66-69.
Неъматов Ҳ., Расулов Р. Ўзбек тили систем лексикологияси асослари. – Т.: Ўқитувчи, 1995. (128); Неъматов Ҳ.
Сўз, унинг тил ва нутқдаги ўрни. //Ўзбек тили ва адабиёти. №6, 1988. – Б.38-43; Муҳаммедов С. Ўзбек тили
лексикаси ривожланишининг айрим семиотик хусусиятлари. // Ўзбек тили ва адабиёти, №, 1988. – Б.43-49;
Латипов Ж. Ўзбекистон топонимикасининг ўрганилишига доир. // Ўзбек тили ва адабиёти. №3, 1973. – Б.65-69;
Найимов С. Бухоро вилояти этноойконимлари. // Ўзбек тили ва адабиёти, №3, 1984. – Б.24-27; Шоабдураҳмонов
Ш. Антропонимик формантларнинг таркибий-функционал ривожи ҳақида. // Ўзбек тили ва адабиёти, №4. 2003.
– Б.20-22; ва б.

4

Бегматов Э., Авлоқулов Я. Кўрсатилган мақола, 37-бет.


background image

Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari

67

millat mentaliteti katta rol o‘ynaydi. G‘arb davlatlarida, jumladan Rossiyada ham
ergonimik atamalar mohiyat jihatidan e’tiborga loyiqdir.

Odatda ergonimlar savdo-sotiqqa aloqador va aloqador bo‘lmagan nomlar

o‘rtasidagi oraliq holatni ishg‘ol qiladi. Uni biror tashkilotga qo‘yish lozim degan
yuridik qonun ham yo‘q. Agarda asosiy atamalarni ko‘rib chiqqanda va savdo-sotiqqa
aloqador va aloqador bo‘lmagan xarakterdagi nomlarni hisobga olganda uning tizimi
quyidagicha bo‘ladi:

Ktematonim

Urbanonim

Savdo-sotiqqa aloqador nomlar

Oykodomonim

Emporonim

Reklamaviy
nomlar

Ergonim

Firmonim


Shunday qilib, “Ktematonim” atamasi urbanonimlar, savdo-sotiqqa aloqador

nomlar va ergonimlar uchun umumiy yoki qarindosh atama hisoblanadi. Urbanonim
savdo-sotiqqa aloqador bo‘lishi ham, bo‘lmasligi ham mumkin. Shu sababli ular
savdo-sotiq nominatsiyasiga aloqador bo‘lsa ham, to‘la ravishda mazkur yo‘nalishdan
joy ola olmaydi. Urbanonimlarga oykodonimlar (istagan bir bino nomi) ham
aloqadordir.

Savdo-sotiq nominatsiyasiga emporonimlar (savdo tashkilotlari nomi),

reklamaviy nomlar va firmonimlar ham kiradi.

Ergonimlar esa urbanonim va savdo-sotiq nominatsiyalari oralig‘idan joy oladi.

Ular muassasa nomlarini ham o‘z ichiga qamrab olishi mumkin. Bu jihatdan
urbanonim va oykodonimlarga yaqinlashadi. Shu bilan birga ergonimlar to‘garak,
jamiyat nomlarini ham anglatishi mumkin.

To‘la ravishda ergonimlarni quyidagicha guruhlash mumkin:

Ergonimlar

Savdo-sotiqqa
xoslangan

Savdo-sotiqqa
xoslanmagan

Restoran,

kafe,

magazin,
kinoteatr va b.
nomlar.

Jamiyatlar,
to‘garaklar,
musiqa
ansambllari

OTM,
kasalxona,
poliklinikalar
nomlari

Jamiyatlar,
to‘garaklar va
b. nomlar.


Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan xususiyatlardan kelib chiqib, ergonimlarni unga

yaqin bo‘lgan atamalardan farqini quyidagicha belgilash mumkin:


background image

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

68

1.

Ergonimlar savdo-sotiqqa xoslangan va xoslanmagan barcha muassasalarga

nom sifatida tanlanishi mumkin.

2.

Ergonimlar – kishilardan iborat barcha korxona birlashmalarining xususiy

nomi sifatida tanlanishi mumkin. Bu korxonalar yuridik huquqqa ega bo‘lishi shart
emas.

3.

Ergonimlar muayyan tashkilotlar (teatr, mehmonxona, magazin, kafe) nomi

sifatida, shuningdek, turli to‘garaklar, jamiyatlarga ham nom sifatida qo‘yilishi
mumkin.

Ergonimlar istagan bir lingvistik atama kabi semiologik tizim birligi

hisoblanadi.

Ergonim xususiy nom sifatida faoliyat ko‘rsatganligi sababli predmetlarni

nomlash va ularni bir-biridan farqlashga xizmat qiladi. Ular istagan bir so‘z
turkumidan hosil bo‘lishi mumkin (sifat, fe’l, olmosh, ravish) Ushbu so‘z turkumlari
substantivatsiya natijasida ot turkumiga aylanadi. Ergonimlar bir so‘zdan tortib,
butun bir gap tarzida shakllanishi mumkin. O‘z navbatida, bu hodisa o‘zgaruvchan va
kam yashovchandir. Shuningdek, ular, asosan, ramziy nomlash xususiyatiga ham ega.
Ularning o‘zgaruvchanligiga asosiy sabab obyekt nomlarining kengayishi, xizmat
ko‘rsatish usulining yangilanishi va bozordagi raqobatning kuchayishidir. Ushbu
omillar obyekt nomlarining yangilanishiga, takomillashishiga, ba’zan esa kasodga
uchrashiga olib keladi.

Ergonimlarning yasalishi turli tuzilmalar orqali amalga oshadi. Morfemizm

doirasida

turli

qo‘shimchalar

yordamida

shakllanadi:

“Chorvachilik”,

“Kommunalchi”, “Aloqachi”, “Bog‘bon”, “Paxtakor” kabi.

Bir tomondan olib qaraganda ergonimlarning turli toifalari hayotimizdagi

yangiliklarni ifodalash orqali leksik boyligimizning oshishiga ham o‘ziga xos hissa
qo‘shayotir. Ikkinchi tomondan ushbu holat keng ommaga tushunarli emas. Ularning
katta qismi oddiy kishilarga tanish emas, balki mavhum tushuncha sifatida qabul
qilinadi. Ularni izohlash, tadqiq qilish tilshunoslikning birinchi galdagi vazifasidir.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов