O‘zbek tilida qo‘llaniladigan ayrim maqollarning genetik, leksik-semantik xususiyatlari

16
39
Ulashish
Matjanov, S., & Isokulov, A. (2022). O‘zbek tilida qo‘llaniladigan ayrim maqollarning genetik, leksik-semantik xususiyatlari. Globallashuv Davrida Tilshunoslik Va Adabiyotshunoslik Taraqqiyoti Hamda ta’lim Texnologiyalari, 1(1), 82–83. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/dllseteg/article/view/5465
Sherali Matjanov, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti

O‘zbek tili kafedrasi assistent o‘qituvchisi 

Abdullo Isokulov, Nukus tumani 29-maktab

o‘zbek tili fani o‘qituvchisi

0
Iqtibos
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Tilimizda so‘zlarni chiroyli va ifodali qilib gapirish va ularni ta’sirchanligini oshirishda maqollarning ahamiyati nihoyatda yuqori. Maqollar ifodalagan ma’no va mazmun, undagi so‘zlarning ko‘p ma’noligi va majozga boyligi, eng asosiysi, chuqur mazmuni bilan boshqa janrlardan ajralib turadi. Maqolamizni davom ettirishdan avval O‘zbek tilining izohli lug‘atida maqol janriga berilgan ta’rifga to‘xtalib o‘tmoqchimiz


background image

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

82

O‘ZBEK TILIDA QO‘LLANILADIGAN AYRIM MAQOLLARNING

GENETIK, LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI

Matjanov Sherali Ataxanovich –

Ajiniyoz nomidagi NDPI O‘zbek tili kafedrasi

assistent o‘qituvchisi

Isokulov Abdullo –

Nukus tumani 29-maktab o‘zbek tili

fani o‘qituvchisi

Tilimizda so‘zlarni chiroyli va ifodali qilib gapirish va ularni ta’sirchanligini

oshirishda maqollarning ahamiyati nihoyatda yuqori. Maqollar ifodalagan ma’no va
mazmun, undagi so‘zlarning ko‘p ma’noligi va majozga boyligi, eng asosiysi, chuqur
mazmuni bilan boshqa janrlardan ajralib turadi. Maqolamizni davom ettirishdan
avval O‘zbek tilining izohli lug‘atida maqol janriga berilgan ta’rifga to‘xtalib
o‘tmoqchimiz:

Maqol

[arabcha-maqola, kichik asar; so‘z, nutq]. Hayotiy tajriba asosida xalq

tomonidan yaratilgan, odatda, pand-nasihat mazmuniga ega bo‘lgan ixcham, obrazli,
tugal ma‘noli va hikmatli iborali gap [1. 315].

Xalqimiz orasida maqollarning go‘zal namunalari yaratilgan, masalan:

“Qo‘shning tinch – sen tinch”, “Inson – odobi bilan, Osmon – oftobi bilan”, “Odobni
beodobdan o‘rgan” kabi bir biridan ibratli, ma’no-mazmunga boy maqollar
yaratilgan. Lekin ayrim hollarda xalqimiz orasida ko‘p qo‘llaniladigan, lekin biz har
doim ma’nosiga e‘tibor beravermaydigan maqollar ham uchrab turadi. Biz quyida
shunga o‘xshash maqollarni tahlil qilishga urinib ko‘rdik:

“Otasi tentakning biri – tentak, Onasi tentakning bari – tentak” –

bu

maqolni biz tilimizda juda faol qo‘llamasak ham ora-orada uchrab turadi. “Biror
kimni bizga yoqmaydigan ish qilganda va oilasida ham shunday odamlar bor”,-degan
ma’noda qo‘llaymiz. Izohli lug‘atda “tentak so‘ziga “aqli noroso, esi past” degan
ta’riflar berilgan. Endi nima uchun Otasi tentakning biri –

tentak, Onasi tentakning

bari –

tentak? Ko‘chma ma’noga ega bo‘lgan bu maqolda otalar asosan davlat yoki

bir jamoat yumushlari bilan shug‘ullanishini, hamda kunning asosiy vaqtini, asosan,
uydan tashqarida o‘tkazishini hammamiz yaxshi bilamiz. Oilada farzandlar tarbiyasi
bilan asosan onalar band bo‘ladi. Shu holatdan kelib chiqib shu maqol yaratilgan
bo‘lsa ajab emas.

“Osilsang, baland dorga osil” –

bu maqolda “maqsadni katta qo‘yish kerak”,-

degan ba’zan ijobiy, ba’zan salbiy ma’noda keladi. E’tibor berib qarasak, yuqoridagi
ma‘no bilan “Baland dorning qanday aloqasi bor?”. Bu borada uch xil taxminimiz
bor. Birinchidan, qadimda jinoyati uchun dorga osilishidan oldin olomon tomonidan
toshbo‘ron qilish, yuziga tupurish kabi holatlar tarixda ko‘p bor qo‘llangan, balki shu
haqoratli vaziyatdan yuqoriroqda turish maqsadida qo‘llangan bo‘lishi mumkin.
Ikkinchidan, baland dorga osilish orqali oxirgi bor yaqin qarindoshlarini ko‘rib qolish
istagi ham bo‘lishi mumkin. Uchunchidan, o‘limi oldidan boshqalar tanib olishi, hech
bo ‘lmaganda duo-fotiha qilish umidida qo‘llangan bo‘lishi mumkin. Nima bo‘lganda
ham bu maqolda balandda turish sememasi faollashib, keyinchalik ko‘chma yondosh
ma’nolari vujudga kelib, bugungi kunda “katta ishga qo‘l urish, yuqori mansabni
ko‘zlash” ma‘nolarida qo‘llaniladi.


background image

Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari

83

“Er-xotin –

qo‘sh ho‘kiz”

– izohli lug‘atda “ho‘kiz” leksemasiga “Ikki yoshdan

oshib, qo‘shga yaraydigan holga kelgan bichilgan erkak zotli qoramol.

Masalan

: U yerdan suv chiqadi deb o‘ylash – ho‘kiz sut beradi, deb o‘ylashday

gap. H.Nazir

. 2-ko‘chma ma‘noda – so‘kish shu molga nisbatan haqoratni bildiradi.

Anavi ho‘kizni qarang-u manavi parini!-dedi Zavrak ancha narida turgan
Xudododbekni yana ko‘rsatib...-biyron va shaddod qiz o‘shaning qo‘liga tushayapti.
Mirmuhsin, (Me’mor)

[1. 211]. Bu maqolning etimologiyasiga qaraydigan bo‘lsak yer

haydash uchun qo‘shilgan ho‘kizlar birdek harakat qilmasa yer ko‘ngildagidek
shudgor qilinmasligi hammamizga ma’lum. Maqolda ham aynan shu ma’no qirrasi
“Er-xotin oilada farovonligi uchun birday xizmat qilish kerak”,-degan ma’no ko‘rinib
turibdi.

Lekin

bizni

ajablantirgan

narsa

ayol

kishini,

“dunyodagi yaratiqlar ichidagi eng oliysi” bo‘lgan ayollarimizni ho‘kizga o‘xshatish
“noqisroq” tuyuldi. Qolaversa, jins jihatidan ham to‘g‘ri kelmaydi.

“Berganni

betiga qarama”

– bu maqolimiz “birovni xayriyasini qaytarmay

ol” degan ma’noda qo‘llaniladi. Bizni ajablantirgan narsa nima uchun “betiga
qaramaslik kerak?”, – degan savolga ko‘pchilikni o‘ylantirib qo‘yishi aniq. Bizning
taxminimizcha, bu yerda “andisha qilish” shu bilan birga “kamtarlik” kabi ma‘nolari
faollashgan.

“O‘ng qo‘ling berganni, chap qo‘ling bilmasin” –

bu maqolimiz ham

kundalik hayotimizda ko‘p qo‘llaniladigan maqollaridan biri bo‘lib, yuqorida tilga
olgan maqolimizning uzviy davomiga o‘xshab ketadi va “Qilgan yaxshiligingni hech
qachon birovga bildirma, hatto chap qo‘ling ham bilmasin” degan ma‘no yotibdi.
Bunga sabab birinchidan, andisha qilish, bo‘lsa ikkinchidan, muqaddas dinimizda
ham yashirin tarzda hech kimga bildirmay qilingan yaxshilik savobi yuqori
bo‘lishligi haqida ko‘pgina rivoyatlar keltirilgan. Bu yerda bizni ajablantirgan narsa
nima uchun aynan “O‘ng qo‘l berganini – chap qo‘l bilmasligi kerak?” degan savol
o‘ylantiradi. Bunga sabab xalqimiz orasida o‘ng qo‘lni –Rahmon, chap qo‘lni –
Shayton boshqaradi” degan qarash sabab bo‘lgan bo‘lsa ajab emas.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, har bir so‘zni o‘z o‘rnida qo‘llash, ma’nosi va

estetik go‘zalligiga e’tibor berish, maqollardan unumli va to‘g‘ri foydalanish har
birimizni muomala madaniyatimizni ko‘rsatib beruchi asosiy omillardan biridir.

Adabiyotlar:

1. Madvaliyev A. va boshqalar. O‘zbek tili izohli lug‘ati. 5 jildli. – T.:

“O‘zbekiston” nashriyoti, – 2021.

2. Rahmatullayev Sh. O‘zbek tili etimologik lug‘ati (turkiy so‘zlar) Toshkent:

Universitet, – 2000.

3. O‘zbek

xalq maqollari (Tuzuvchilar: T.Mirazayev, A.Musaqulov,

B.Sarimsoqov). – T.: Sharq, 2005.

Bibliografik manbalar

Madvaliyev A. va boshqalar. O‘zbek tili izohli lug‘ati. 5 jildli. – T.: “O‘zbekiston” nashriyoti, – 2021.

Rahmatullayev Sh. O‘zbek tili etimologik lug‘ati (turkiy so‘zlar) Toshkent: Universitet, – 2000.

O‘zbek xalq maqollari (Tuzuvchilar: T.Mirazayev, A.Musaqulov, B.Sarimsoqov). – T.: Sharq, 2005.

Hepagreen - восстановление нормальной работы печени Androgard — препарат для настоящих мужчин Androgard — препарат для настоящих мужчин Byutivit - Натуральный продукт для женщин любого возраста Byutivit - Натуральный продукт для женщин любого возраста Byutivit - Натуральный продукт для женщин любого возраста Maksimus - Натуральный продукт, для бодрости и энергии Lactovita - Номер один в естественном улучшении иммунитета Lactovita - Номер один в естественном улучшении иммунитета Avicenna’s Lab inLibrary — это научная электронная библиотека UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации Gulyamov - Гулямов Саид Саидахрарович MUVI24 - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Интернет-аптека >METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг All.Tube - Смотрите онлайн видео бесплатно в хорошем качестве Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды UMAR PROEKT - Комплексное проектирование UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана