Yoshlar nutqida muloqot xulqining buzilishi

CC BY f
109-111
35
51
Поделиться
Мамасодикова, Д. (2022). Yoshlar nutqida muloqot xulqining buzilishi. Развитие лингвистики и литературоведения и образовательных технологий в эпоху глобализации, 1(1), 109–111. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/dllseteg/article/view/5485
Дильфуза Мамасодикова, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti

2-kurs magistranti 

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Barcha sohalar singari ona tilimiz va u bilan bog‘liq muammolar ham asta sekin yechimini topmoqda. Xususan, muloqot xulqiga doir masalalarni hal qilishda tilshunos olimlarimizning mehnatlari, izlanishlari tahsinga loyiqdir. Bu sohada olib borilgan tadqiqotlarda muloqot xulqiga doir bir qancha masalalar tahlilga tortilgan. Professorlar R.Qo‘ng‘urov, E.Begmatov, Y.Tojievlarning «Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari», Nizomiddin Mahmudovning «Til», «Ma‘rifat manzillari», «O‘qituvchining nutq madaniyati» nomli, Y.Tojiev, M.Mallaboevlarning «O‘zbek nutqi madaniyati va uslubiyat asoslari», R.Rasulovning «Nutq madaniyati va notiqlik» nomli, N.Jumaxo‘jaevning «Istiqlol va ona tilimiz» kabi risolalari ana shu sohadagi izlanishlarning yorqin misolidir. Biroq muloqot bosqichlarida muomala etiketlari kabi masalalar alohida tadqiqot obyekti bo‘lgan emas


background image

Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari

109

YOSHLAR NUTQIDA MULOQOT XULQINING BUZILISHI

(T.Malikning “Alvido...bolalik” asari misolida)

Mamasodiqova Dilfuza

– Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti

2-kurs magistranti

Barcha sohalar singari ona tilimiz va u bilan bog‘liq muammolar ham asta sekin

yechimini topmoqda. Xususan, muloqot xulqiga doir masalalarni hal qilishda
tilshunos olimlarimizning mehnatlari, izlanishlari tahsinga loyiqdir. Bu sohada olib
borilgan tadqiqotlarda muloqot xulqiga doir bir qancha masalalar tahlilga tortilgan.
Professorlar R.Qo‘ng‘urov, E.Begmatov, Y.Tojievlarning «Nutq madaniyati va
uslubiyat asoslari», Nizomiddin Mahmudovning «Til», «Ma‘rifat manzillari»,
«O‘qituvchining nutq madaniyati» nomli, Y.Tojiev, M.Mallaboevlarning «O‘zbek
nutqi madaniyati va uslubiyat asoslari», R.Rasulovning «Nutq madaniyati va
notiqlik» nomli, N.Jumaxo‘jaevning «Istiqlol va ona tilimiz» kabi risolalari ana shu
sohadagi izlanishlarning yorqin misolidir. Biroq muloqot bosqichlarida muomala
etiketlari kabi masalalar alohida tadqiqot obyekti bo‘lgan emas.

Axloqiy madaniyatning eng muhim unsurlaridan biri

-muomala etiketi

. U,

mohiyatan, o‘zaro hamkorlikning shakllaridan biri. Inson zoti bir-biri bilan hamkorlik
qilmasdan, o‘zaro tajriba almashmasdan, bir-biriga ta'sir ko‘rsatmasdan rasmana
yashashi mumkin emas. Muomala odam uchun ehtiyoj, zarurat, sog‘lom kishi usiz
ruhan qiynaladi, kayfiyati tushib boradi. Muomala odobi boshqa kishilar qadr-
qimmatini, izzatini joyiga qo‘yishni, an'anaviy axloqiy-me'yoriy talablarni bajarishni
taqozo etadi.

Muloqot jarayonida muomla etiketlariga rioya qilish muhim omillardan biri

hisoblanadi. Biz bugun so‘z yuritmoqchi bo‘lgan mavzuga ham aniqlik kiritish
uchun, avvalo,

muomala

va

etiket

so‘zlarini mohiyatini tushunib olishimiz zarur.

Muomala

so‘zi lug‘atlarda

(a. o‘zaro munosabat, aloqa

)

kishilar bilan munosabat,

so‘zlashuv, shunday munosabat yo‘sini

:

Yaxshi muomala. Dag‘al muomala»,

deya

izohlanadi (8.B.-643).

Etiket

so‘zi esa:

(fr. etiquette odob-axloq; marosim tartibi

biror jamiyatda, ijtimoiy guruh va shu kabilarda qabul qilingan o‘zaro muomala,
odob-axloq; marosim tartibi, qoidalari

.

Saroy ahliga xos etiket. Diplomatik etiket»

(9.B-61)

deb ta’riflanadi

.

Etiket-inson va jamiyat tashqi madaniyatining asosiy qismi. Uning qat’iy rusum

tusini olgan talablari minglab yillar davomida, go‘zallik, intizom va aql hamkorligida
shakllangan. Shuning uchun me’yor, nazokat, xushmuomalalik kamtarlik kabi
hislatlar hammaga har qanday vaziyatda qo‘l keladi.

Etiket kundalik hayotda, ishda, o‘qishda, ko‘chada, mehmondorchilkda turli

rasmiy tadbirlarda o‘zini tutishni o‘rgatadi. U kishi mavqeini ko ‘taradi va barqaror
ushlab turishga yordam beradi. Umuman,

etiket yaxshi turmush tarzini taminlaydi

,

chunki o‘zaro muloqot o‘rnatmay turib, hech kim mavjud bo‘la olmaydi. Muloqot esa
etiket asosini tashkil etadi (3.B-7).

Muomala etiketi

esa boshqalarga yetkazmoqchi bo‘lgan fikrni, o‘zgalar

ko‘ngliga ozor bermasdan nazokat bilan yetkazishdir.


background image

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

110

Muloqot qilishda etiketlarga amal qilish esa suhbatning sermazmun kechishini

taminlaydi. Buning uchun esa avvalo etiket qoidalarini mukammal bilish va unga
amal qilish zarurdir. Afsuski bugungi kunda kelajak poydevori bo‘lgan yoshlar
nutqida o‘zbek tilining serjilo yuziga yarashmagan “xol” qo‘yish qabilidagi ishlarni
kuzatmoqdamiz. Bu esa tilimizning sof holda avlodlarga yetkazilishiga salbiy ta‘sir
ko‘rsatadi.

Biz ushbu maqolamiz orqali yoshlar nutqida muloqot etiketining buzilish

holatlarini Tohir Malikning “Alvido...bolalik” asari misolida ko‘ramiz.

Ma’lumki “Alvido...bolalik” asarida to‘g‘ri yo‘ldan adashgan, taqdirning

sinovlariga dosh berolmay sinish yoqasiga kelgan bolalar va bunga sabab bo‘layotgan
ijtimoiy muhit mohirona aks ettiriladi.

Misol uchun asar qahramoni bo‘lgan Otaulla o‘ziga to‘q oila farzandi. U pul

hamma narsani hal qiladi deb hisoblaydi chunki, u kamol topayotgan oilada muhit
shunday. U o‘zini zamonaviy oiladan ekanligini muloqot jarayonida bildirib borish
uchun nutqida chet el so‘zlaridan noo‘rin foydalanadi.

Boss

, bu nima deganing? Institutda hisobga olishadi o‘rtacha bahoni.

– Institutga kirsam uning bahosisiz ham kiraman…
– Attestatni yaxshilab narxozga bermasam,

batkam

kallamni oladi.Men attestatni

yaxshilasam bas qolgani

batkamning

ishi.

Batkamni

bilasan-ku,

boss

?(6.B-15)

Boss

so‘zi inglizcha boshliq degan ma’noni anglatadi.

Batka

leksemasi orqali

qahramon dadasiga ishora qilyapti. Kichik muloqot jarayonida bir necha til
elementlarini qorishtirib “zamonaviy shaxsga” aylanmoqda.

Quyida keltirilgan parchada Qamariddin va Asrorning muloqot jarayonini

kuzatamiz. Ikkisi ham bir til vakili lekin ikki ijtimoiy guruhga mansub shaxslar.
Qamariddin jinoiy guruh boshchisi. Uning nutqida varvarizmlar, efimizmlar hamda
argolarni uchratamiz va ular muloqot xulqiga salbiy ta’sir o‘tkazadi. Ushbu parchada
Qamariddin nutqida varvarizmlarni bir necha o‘rinda ko‘ramiz.

– Demak, gap bunday,

bratishka,

hamma qayerdaligini yaxshi biladi. Kecha hech

qanday voqea yuz bermadi. Bugun sabanto‘y.

– Mening vaqtim yo‘q.
– O‘zing bilasan. Bilib qo‘y

bashkangni

yo‘qotma. O‘zingga qiyin. Meni hech

qanday qarmoq ilintira olmaydi. Sen maktabda professor bo‘lsang, men u yoqda-
Qamariddin barmoqlarini panjara qilib ko‘rsatdi, akademik bo‘lib kelganman. Omon
qolaman, desang, mendan uzoqlashma.

– Salimning yarasini bog‘ladingmi?
– Salimning ishi besh undan xavotir olma. Sen faqat qo‘rqmasang bas, buyog‘i

o‘key

bo‘ladi (6.B-17).

Yuqoridagi parchada muloqot etiketi varvarizmlar natijasida buzilgan bo‘lsa,

quyidagi parchada aynan Qamariddin tomonidan so‘zning sinonimik qatorda salbiy
bo‘yoqga ega bo‘lgan ma’nodoshidan foydalanish orqali muloqot xulqi buziladi.

– Darsdan qochdingmi?-dedi Qamariddin, Asrorga diqqat bilan tikilib.
– Qochmadim, chiqib ketdim. Asror maktabdagi voqeani aytgisi kelmadi.
– Professor,

basharangda

rang qolmabdi. Shunchalik qo‘rqyapsanmi? Sen

qo‘rqma. O‘zim o‘tirsam ham seni tortmayman (6.B-22).


background image

Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari

111

Asar qahramonlari bo‘lgan yoshlar nutqida argolarni ham ko‘ramiz. To‘daboshi

bo‘lgan Qamariddin

marja

so‘zi orqali Dilfuzaga ishora qilmoqda. Chunki o‘g‘rilar

satsialida qiz bola so‘zining o‘rniga

marja

so‘zini qo‘llanadi.

– Senga bir maslahat aytay: anavi

marjaga

uylan, yaxshi ko‘rmasang ham uylan.

Uning yuragi yarimta. Uylangin-u, ammo bo‘yningdan ip o‘tkazvolishiga yo‘l
qo‘yma (6.B-23).

Kamtarona tahlilimiz natijasida ayon bo‘ldiki, muloqot jarayonida biz

so‘zlovchining nafat yoshi, kasbi, jinsi balki, xulqi va satsialini ham ko‘rishimiz
mumkin. Insonning madaniyati, harakteri uning leksikonida namoyon bo‘ladi.
Shunday ekan kelajak ustunlari bo‘lgan yoshlarimiz nutqini shu orqali ongini,
turmush tarzini yod unsurlardan tozalash har birimizning insonlik burchimiz.

Adabiyotlar

:

1. Mahmudov N. O‘qituvchi nutq madaniyati. Alisher Navoiy nomidagi

O‘zbekiston milliy kutubxonasi. Toshkent. 2007.

2. Mirtojiyev M., Mahmudov N. Til va madaniyat. Toshkent. O‘zbekiston 1992.
3.

Muvaffaqiyat kaliti etiket. ”Yosh kuch” jurnali. Toshkent. 1996.

4. Qo‘ng‘urov R., Begmatov E., Tojiyev Y. Nutq madaniyati va uslubiyat

asoslari. Toshkent. O‘qituvchi, 1992.

5. Rasulov R., Mo‘ydinov Q. Nutq madaniyati va notiqlik san’ati. Toshkent.

2011.

6. Tohir Malik. Alvido...bolalik.www.tohirmalik.com.2009.
7. Tojiyev Y., Mallaboyev M. O‘zbek nutqi madaniyati va uslubiyat asoslari. –

Toshkent. Iqtisodiyot, 2006.

8. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 2-tom. Toshkent-2006.
9. O‘zbek tiining izohli lug‘ati. 5-tom. Toshkent-2006.

Библиографические ссылки

Mahmudov N. O‘qituvchi nutq madaniyati. Alishcr Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi. Toshkent. 2007.

Mirtojiyev M., Mahmudov N. Til va madaniyat. Toshkent. O‘zbekiston 1992.

Muvaffaqiyat kaliti etiket. ”Yosh kuch” jurnali. Toshkent. 1996.

Qo‘ng‘urov R., Bcgmatov E., Tojiyev Y. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari. Toshkent. O‘qituvchi, 1992.

Rasulov R., Mo‘ydinov Q. Nutq madaniyati va notiqlik san’ati. Toshkent. 2011.

Tohir Malik. Alvido...bolalik.www.tohirmalik.com.2009.

Tojiyev Y., Mallaboyev M. O‘zbek nutqi madaniyati va uslubiyat asoslari. -Toshkcnt. Iqtisodiyot, 2006.

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 2-tom. Toshkcnt-2006.

O‘zbek tiining izohli lug‘ati. 5-tom. Toshkcnt-2006.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов