“Badoyi al- lug‘at” asarining o‘ziga xos xususiyatlari

Abstract

Ushbu maqolada “Badoyi al-lug‘at” asarining tuzilishi va hozirgi zamon lug‘atchiligining rivojlanishi hamda ushbu asarning ahamiyati haqida so‘z yuritilgan bo‘lib, so‘zlarning kelib chiqish tarixi va qadimda qo‘llanish darajasi yoritib berilgan. Maqolada asar yuzasidan izohlar keltirilib o‘tilgan

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
Branch of knowledge
CC BY f
136-137
256

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Elmurodov, A. (2022). “Badoyi al- lug‘at” asarining o‘ziga xos xususiyatlari. Development of Linguistics and Literary Studies and Educational Technologies in the Era of Globalization, 1(1), 136–137. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/dllseteg/article/view/5506
Azizjon Elmurodov, Ажиниёз номидаги Нукус давлат педагогика институти

Turkiy tillar fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 2- bosqich talabasi

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada “Badoyi al-lug‘at” asarining tuzilishi va hozirgi zamon lug‘atchiligining rivojlanishi hamda ushbu asarning ahamiyati haqida so‘z yuritilgan bo‘lib, so‘zlarning kelib chiqish tarixi va qadimda qo‘llanish darajasi yoritib berilgan. Maqolada asar yuzasidan izohlar keltirilib o‘tilgan


background image

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

136

“BADOYI AL- LUG‘AT” ASARINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Elmurodov Azizjon G‘ayratovich

Ajiniyoz nomidagi Nukus DPI Turkiy tillar

fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 2- bosqich talabasi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada “Badoyi al-lug‘at” asarining tuzilishi va hozirgi

zamon lug‘atchiligining rivojlanishi hamda ushbu asarning ahamiyati haqida so‘z
yuritilgan bo‘lib, so‘zlarning kelib chiqish tarixi va qadimda qo‘llanish darajasi

yoritib berilgan. Maqolada asar yuzasidan izohlar keltirilib o‘tilgan.

Kalit so‘zlar

: “Badoyi al-lug‘at”, so‘z, lug‘atchilik, so‘z turkumlari, A.Navoiy,

T.Hiraviy, gramatika, adabiyot, etimologik izoh.

Kundalik turmush tarzimizda so‘zlashuv doirasida bir necha million so‘zlardan

foydalanamiz. Ushbu so‘zlarning qo‘llanish doirasi va tarixiy kelib chiqishi

lug‘atlarga borib taqaladi. Adabiy jamoatchilik tomonidan keng foydalaniladigan

so‘zlarning tarixiy asoslariga e’tibor berish va ularning asrlar davomida o‘z shaklini
saqlab kelyotganligi albatta ijobiy jarayondir.

Bugungi kunda lug‘atchilik va ularning ilmiy jihatdan tutgan o‘rni adabiyot va

tilchilar o‘rtasida keng mushohadalarga sabab bo‘ladi. Kundalik turmush tarzimizda

keng foydalaniladigan so‘zlar asosan Alisher Navoiy tomonidan qo‘llanilgan va

asarlarida keng foydalanilgan so‘zlar bugungi kunda ham ta’sir kuchini yo‘qotmay

kelmoqda. Bunday natijaga erishish uchun lug‘atlar katta ahamiyat kasb etadi.

“Badoyi al-lug‘at” – ushbu lug‘at Alisher Navoiy ijodiyotida qo‘llanilgan

so‘zlarni izohlash uchun tuzilgan bo‘lib, bunda Navoiy dahosining adabiyot ilmida

yangilik sifatida kiritgan uslubi, u qo‘llagan she’riy san’atlari izohlab berilgan.
Muallif davr va bilim saviyasidan kelib chiqib ushbu lug‘atni ikki tilda o‘zbekcha –
forscha tillarda izohlab bergan.

Ushbu lug‘at 1500 – yillarda Sulton Husaynning topshirig‘iga binoan tuzilgan

bo‘lib, “Badoui al-lug‘at” da mingga yaqin so‘z va iboralar izohlab berilgan. Lug‘at
tuzilish juhatidan 180 betdan tashkil topgan bo‘lib, unda tilshunoslik tizimidagi ot,

sifat, son va olmoshlar, bosh kelishikdagi sozlarning ham qo‘llanish izohi berilgan

bo‘lib, fe’llar esa “masdar” shaklida ko‘rsatilgan.

Lug‘at muallifi Tole Hiroviy ushbu lug‘atni tuzishda o‘rta asr qomuschiligining

eng yaxshi an’analaridan foydalangan bo‘lib har bir so‘z haqida uch xil ma’lumot
beriladi:

1.

So‘zning tovush tuzilishi

2.

Uning ma’nosi

3.

Gramatik xususiyati

Ushbu tarzda so‘zlarning izohlanishi lug‘atchik tizimida yuksak ahamiyat kasb

etadi. So‘zlarga nisbatan berilgan grammatik izohdan so‘ng etimologik izohning ham

berilishi lug‘atning saviya darajasini oshirishga xizmat qiladi. Masalan:

“Badoui al-lug‘at da adash so‘zining etimologiyasi haqida ham gapirilib, aslida

“addash” tarzida bo‘lgani keyinchalik esa bir “dol” ning davr va so‘zlashuv

qoliblarining o‘zgaruvchanligi natijasida tushib qolganini ta’kidlaydi. Lug‘atchilik

tizimizda asosan tarjimali lug‘atlar tuzish bo‘yicha ham leksikografik traditsiyaning

mavjudligi va qo‘llanilishi “Badoyi al-lug‘at” ni yaxshi leksikografik saviyada tuzish
imkonini berdi.


background image

Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari

137

“Badoyi al-lug‘at” da jami 854 so‘z o‘rin bo‘lgan bo‘lib, 24 bobga

joylashtirilgan. Boblar tartib va ketma-ketlik bilan joylashtirilishi va so‘zlarning
etimologik izohi, qolaversa ma’nolar tasdig‘i uchun ilyustratsiyalarning ham berilishi
lug‘atning salmoqdorligining darajasini oshirgan.

Alisher Navoiy asaralarining izohli so‘zlar bn xalqqa yetib borilishida tuzilgan.
“Badoyi al-lug‘at”da Navoiyning bir qancha asarlari:
“Lison ut – tayr”,
“Mahbub ul-qulub”,
“Majolis un – nafois”,
“Xamsa” turkumiga kiruvchi barchga dostonlar,
“Chor devon” va boshqalardan keng foydalanilgan.
Muallif – Tole Hiraviy so‘z va uning izohini lug‘atda yoritib berar ekan,

etimologik izoh va izohlanyotgan so‘z qatnashgan biror she’riy misralarni ham misol
sifatida berib o‘tadi. Bunda XIV asr she’riyatining yorqin namoyondalari Suhayliy va
Arzaqiylar ijod namunalarining ham lug‘atda berib o‘tilishi lug‘atda izohlanyotgan
so‘zlarning umumiy ma’nosini singdirish bilan birga, shu so‘zning qo‘llanish doirasi,
u so‘zlashuv uslubida yoki adabiy-she’riy misralarda izohlab berilishi ta’sir
jarayonini oshirilishiga hissa qo‘shadi.

Asrlar silsilasidan bardavom o‘tgan bunday lug‘atlarning ahamiyati kundalik

turmush tarzimiz qolaversa, adabiy jamoatchik uchun yuksak o‘rin kasb etadi. Til
imkoniyatlarining boyligini yorqin aks ettiruvchi har qanday asar, lug‘atchilik
tizimida bo‘ladimi badiiy asar bo‘ladimi kelajak avlod rivoji uchun o‘ziga xos manba
bo‘lib xizmat qiladi.

Adabiyotlar:

1. Abdug‘afurov A. Buyuk beshlik saboqlari: Maqolalar. – Toshkent: Adabiyot

va san’at, 1995.

2. “Devoni lug‘atit turk” asari www.ziyo.uz
3. Abduqodirov A. Tasavvuf istilohlarining qisqacha izohli lug‘ati (2 kitob) –

Xo‘jand: Rahim Jalil nomidagi nashriyot, 2002.

5. Lug‘atshunoslik (leksikografiya) www.arxiv.uz
6. So‘z yoki atama ma’nolarining yoritilishiga ko‘ra lug‘at turlari.

www.tafakkur.net.

References

Abdug‘afurov A. Buyuk beshlik saboqlari: Maqolalar. – Toshkent: Adabiyot va san’at, 1995.

“Devoni lug‘atit turk” asari www.ziyo.uz

Abduqodirov A. Tasavvuf istilohlarining qisqacha izohli lug‘ati (2 kitob) – Xo‘jand: Rahim Jalil nomidagi nashriyot, 2002.

Lug‘atshunoslik (leksikografiya) www.arxiv.uz

So‘z yoki atama ma’nolarining yoritilishiga ko‘ra lug‘at turlari. www.tafakkur.net.