Najmiddin kubro obrazi omon matjon talqinida

68
55
Ulashish
Pirnazarova, M. (2022). Najmiddin kubro obrazi omon matjon talqinida. Globallashuv Davrida Tilshunoslik Va Adabiyotshunoslik Taraqqiyoti Hamda ta’lim Texnologiyalari, 1(1), 153–156. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/dllseteg/article/view/5516
Manzura Pirnazarova, Urganch davlat universiteti

O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti, f.f.n.

0
Iqtibos
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Omon Matjonning oltmish yillik to‘xtovsiz, qizg‘in adabiy-ijodiy faoliyati davomida uning dostonnavis, dramaturg, shoir, tarjimon sifatidagi serqirra qiyofasi namoyon bo‘ldi. Shoir so‘nggi yillarda tragediya va nasriy tarixiy qissa janrida ham o‘z qalamini sinab ko‘rdi. Ijodkor asarlarini ko‘zdan kechirar ekanmiz, shoir ijodi davomida buyuk qomusiy olimlarimiz va shoirlarimiz Al Beruniy, Al Xorazmiy, Al Ma’mun, Ahmad Yassaviy, Pahlavon Mahmudlarning obrazi yaratilganini ko‘rishimiz mumkin. Umuman olganda, Omon Matjon asarlarida Xorazm milliy koloriti yetakchilik qiladi. Ijodkorning “Diydor aziz” kitobiga ikki buyuk xorazmlik insonlar Najmiddin Kubro haqidagi tragediya va Xorazm malikasi To‘rabekaxonim haqidagi qissa, shuningdek, so‘nggi yillarda yaratilgan va oldingi she’riy namunalaridan kiritilgan. Biz Omon Matjonning “Najmiddin Kubro” 135 tragediyasi haqida fikr yuritishni ma’qul ko‘rdik


background image

Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari

153

NAJMIDDIN KUBRO OBRAZI OMON MATJON TALQINIDA

Manzura Matnazarovna Pirnazarova –

UrDU, “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi

dotsenti, f.f.n.

Omon Matjonning oltmish yillik to‘xtovsiz, qizg‘in adabiy-ijodiy faoliyati

davomida uning dostonnavis, dramaturg, shoir, tarjimon sifatidagi serqirra qiyofasi
namoyon bo‘ldi. Shoir so‘nggi yillarda tragediya va nasriy tarixiy qissa janrida ham
o‘z qalamini sinab ko‘rdi. Ijodkor asarlarini ko‘zdan kechirar ekanmiz, shoir ijodi
davomida buyuk qomusiy olimlarimiz va shoirlarimiz Al Beruniy, Al Xorazmiy, Al
Ma’mun, Ahmad Yassaviy, Pahlavon Mahmudlarning obrazi yaratilganini
ko‘rishimiz mumkin. Umuman olganda, Omon Matjon asarlarida Xorazm milliy
koloriti yetakchilik qiladi. Ijodkorning “Diydor aziz” kitobiga ikki buyuk xorazmlik
insonlar Najmiddin Kubro haqidagi tragediya va Xorazm malikasi To‘rabekaxonim
haqidagi qissa, shuningdek, so‘nggi yillarda yaratilgan va oldingi she’riy
namunalaridan kiritilgan. Biz Omon Matjonning “Najmiddin Kubro”

135

tragediyasi

haqida fikr yuritishni ma’qul ko‘rdik.

Tragediya janrida yozilgan bu asarda XIII asr Xorazm tarixidagi ijtimoiy-siyosiy

holatlar badiiy talqin etilgan bo‘lib, mo‘g‘ul bosqinchilarning Ko‘hna Urganchga
bostirib kelishi, xonlikdagi ijtimoiy-tarixiy, ma’naviy-axloqiy muammolar badiiy
talqin etiladi. Asarda qalamga olingan davr Muhammad Xorazmshoh hukmronlik
qilayotgan davr edi. Uning o‘g‘li Jaloliddin Manguberdining, Xorazm ijtimoiy-
adabiy muhitida ulkan mavqega ega bo‘lgan mutasavvuf olim, Kubroviya tariqatining
asoschisi Najmiddin Kubroning istilochi bosqinchilarga qarshi mardonavor kurashi
xalq xotirasida, folklor namunalarida va vatanimiz tarixida oltin harflar bilan yozib
qoldirilgan. Tarixdan bilamizki, Najmiddin Kubro o‘zining jonidan kechib bo‘lsa
ham Vatanini himoya qilish va shu yo‘lda jon berish darajasidagi ta’limotni olib
kirdi. Omon Matjon mazkur tragediyasida milliy vatanparvar obrazini yaratadi.
Faylasuf ijodkor ana shu ziddiyatlar va kurashlar, qahramonliklarga to‘la tarixiy
zamonlarni to‘liq qalamga olgan.

Mazkur asarda tarixiy voqealar bilan birga insonning his-tuyg‘ulariga ta’sir

etadigan chiroyli bir tizgin asosida, chiroyli bir fikrlar asosida talqin etilgan jihatlari
borki, kitobxon sifatida qalbimiz junbushga keladi. Yunon faylasufi Aristotelning
“Poetika” asarida keltirilishicha, haqiqiy tragik asar odamni qayg‘uga va hasrat
chekishga majbur etishi va katarsis holatini keltirib chiqarishi kerak. Bu degani
qayg‘u chekib, hasrat chekib, keyin poklanish demakdir. Demak, Omon Matjonning
mana shunday tragik asarlarida tasvirlangan tarixiy voqealardan avvaliga kitobxon
ko‘ngli junbushga keladi, keyin undan ruhiy, ma’naviy ozuqa oladi.

Tragediya jami besh ko‘rinishdan tashkil topgan, badiiy vaqt nuqtai nazaridan

Gurganjda yuzaga kelgan, 1220-21 yillardagi ikki yillik tarixiy voqelikni o‘zida
mujassam etgan. Xalq erki, vatanining ozodligi yo‘lida jonini fido etgan buyuk
tarixiy shaxs, yetmish besh yoshli olim va shoir Najmiddin Kubro tragediyaning bosh
qahramoni.

135

Омон Матжон. Дийдор азиз.

Тошкент: Ношир, 2011.


background image

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

154

“Najmiddin Kubro” tragediyasida Shayx Najmiddin Kubroning hayoti, uning

o‘ylari, tasavvurlari shu darajada go‘zal tasvirlanadiki, hattoki oddiy bir o‘quvchining
o‘zi ham uning kim ekanligini anglaydi. Biz fanda Kubroni avliyo olim sifatida
bilamiz, shuningdek, ma’lum bir doira kishilari bu haqda ma’lumotga ega. Ushbu
tragediya bilan tanishgan oddiy o‘quvchiga Najmiddin Kubroning shaxsiyatini shu
darajada go‘zal tasvirlab beriladiki, uning kim ekanligini, tuyg‘ularini, uning
qarashlarini, uning g‘oyalarini o‘quvchining butun vujudi ongli ravishda his qiladi.

Bundan tashqari, asarda Alouddin Muhammad Xorazmshoh, Jaloliddin

Manguberdi, Turkan xotun, Qutbiddin O‘zloq shoh singari tarixiy shaxslar obrazi
bilan bir qatorda Abdul Jalil, Abdul Xalil, Oychechak, Xojib, sharobdor, davatdor,
munshi, darveshlar, maxfiylar kabi badiiy to‘qima obrazlar ham yaratilgan. Omon
Matjonning ushbu tragediyasida voqealar ikki badiiy makon bo‘lmish Xonaqoh va
Saroyda

tasvirlanadi.

Asarning

yorqin

tomoni

shundaki,

yuqorida

ta’kidlaganimizdek, millatparvar, vatanparvar, komil inson Najmiddin Kubro obrazi
va uning namunali hayoti, fidokorona kurashi yuksak mahorat bilan badiiy talqin
etilgan. Mazkur obraz, muallif asarda ko‘p o‘rinlarda ta’kidlaganidek, yeriy
in’omlaru, yeriy orzu-istaklardan ancha balandga ko‘tarilgan mukammal inson edi.

Adabiyotshunos olim Umarali Normatov o‘zining bir qancha maqolalarida

Omon Matjon uslubi haqida yozar ekan, ijodkorning ijtimoiy salbiy illatlarga
nisbatan o‘ta murosasiz ekanligini alohida ta’kidlab kelgan. “Najmiddin Kubro”
tragediyasida jiddiy tanqid etilgan ma’naviy, ijtimoiy muammolardan biri
xiyonatkorlik va sotqinlikdir. Shu jihatdan olib qaraydigan bo‘lsak, asardagi ijtimoiy
illat, Omon Matjonning oldingi yillarda yozilgan “Beruniy”, “Xorazmiyning to‘rt
sayohati va sakkiz bashorati”, “Pahlavon Mahmud”, “To‘g‘on” kabi dramatik
dostonlarida ham tanqid ostiga olingan. Shoir insonlar aro munosabatlardagi
xiyonatkorlik, sotqinlik, ko‘raolmaslik singari ijtimoiy salbiy illatlarni qizil ip misoli
ko‘pgina asarlarida davomiy o‘rganadi, ayovsiz fosh etadi. Shoir she’rlaridan ham
bunga misollar keltirishimiz mumkin, albatta.

Asarda Najmiddin Kubro nutqi, monolog va dialoglari faylasufona mahorat

bilan badiiy talqin qilingan va haqiqiy ma’noda tarbiyaviy-ma’rifiyligi bilan
ahamiyatlidir. Tragediyaning nihoyasida Najmiddin Kubro o‘z ona tuprog‘ini
dushmandan himoya qilish uchun muridlari bilan birgalikda bosqinchilarga qarshi
kurashayotganini tasvirlar ekan, qahramon tilidan shunday fikrlarni keltiradi: “

Vatan

bilan birlashmoq barcha e’tiqodlarning oliyjanob ibtidosidir! Dema Shayx
Najmiddin Kubro o‘z vatanini hech qachon, hech qanday sharoitda, hech qanday
mukofot va tortiqlar evaziga tark etmaydi! Arzimas joni, umri evaziga Vatanini og‘ir
soatda yolg‘iz qoldirmaydi, tashlamaydi! Hech qachon Ona makon, Ota maskan
ustida g‘ayur yovlar yalovlarining erkin hilpirashiga yo‘l qo‘ya olmaydi! Alvido
xoru-zor toptalgan Vatan! Assalom erk tashna, ozod ruh Vatan!”

136

deya dushman

bayrog‘ini sindirib, qo‘lida mahkam tutganicha jon taslim etadi. Ko‘rinadiki, asarda
Najmiddin Kubro tomonidan aytilgan iltijo, avliyoning ilohiy qudrati va kuchi bilan
ishlatgan tilsimi tragediyaning eng muvaffaqiyatli o‘rinlaridir. Qahramonning jon
holatda Ona Vatan haqqi-hurmati uchun iltijo etishidan so‘ng, osmonda kuchli

136

Омон Матжон. Дийдор азиз. Тошкент: Ношир, 2011.


background image

Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari

155

guldirash, momaqaldiroqlar chaqiladi va Gurganj oldida kumushrang parda paydo
bo‘lib, shahar darvozasi bosqinchilar uchun ko‘rinmay qolib, g‘oyib bo‘ladi. Lekin
Najmiddin Kubro yurtdoshlari bemalol dushman xatti-harakatini ko‘ra olardi. Shu
o‘rinda yana xoinlik yuzaga keladi. Mo‘g‘ul qo‘shiniga asir tushgan Muhammad
Xorazmshohning o‘g‘li O‘zloq shoh xalqiga, yurtiga xiyonat qiladi. Najmiddin Kubro
iltijolari tufayli faqatgina xorazmlik odamning ko‘ziga ko‘rinadigan qilib, lekin
dushman uchun tilsimlangan shahar bosqinchilar tarafga o`tib olgan O‘zloq shoh
yo‘lboshchiligida Gurganj darvozasi mo‘g‘ullarga ochib beriladi.

Asarda qo‘llanilgan bu kabi ilohiy holatlar, ya’ni dushman ko‘zidan yashirilgan

shahar darvozasi, sotqinlik tufayli kumushrang parda to‘siqning g‘oyib bo‘lishi
motivi juda sodda bo‘lgani holida unga teskari ravishda juda ishonarli, jonli,
ta’sirchan chiqqan.

Tragediya haqidagi nazariyaga asoslanadigan bo‘lsak, har qanday tragik asarda

bosh qahramonlar o‘rtasida, avvalo, o‘sha fojeani yuzaga kelishi uchun sabab bo‘lgan
ichki to‘qnashuvlar, ziddiyatlar, kurashlar aks etishi kerak. Asarga e’tibor qilaylik,
keltirilgan to‘qnashuvlar, kuchli ziddiyatlar Najmiddin Kubro atrofida emas,
aksincha, asardagi boshqa qahramonlar, jumladan, Jaloliddin Manguberdi va O‘zloq
shoh, Turkan xotun va Jaloliddin Manguberdi, hattoki ona bola, Xorazmshoh va
onasi Turkan xotun o‘rtasidagi ichki to‘qnashuvlar, qarama-qarshiliklar ko‘rsatilgan.
Shuningdek, obrazlarga realistik belgilarni kiritgan. Masalan, tarixiy shaxslardan
Xorazmshoh obrazi e’tiborimizni jalb qiladi. Mo‘g‘ul elchisi kelgani va bu vaziyatda
davlatga qanday xavf bo‘lib turgan holatda ham shoh sharob keltirishlarini so‘rayapti.
Bu oddiy holat bo‘lishi mumkin, lekin uni asosiy maqsaddan ko‘ra o‘zining shaxsiy
manfaati, shaxsiy mayllarini birinchi o‘ringa qo‘ygani detallar bilan ko‘rsatilganini
anglashimiz mumkin. Asardagi ushbu tasvirlar Omon Matjoning original uslubini
namoyish etib turibdi. Shu bilan birga tragediyada qo‘llanilgan mifologizm o‘zbek
dramaturgiyasida hali shu paytgacha ijodiy tajribada sinalmagan edi.

Umuman olganda, Omon Matjon asarlari adabiy jarayonda yangilik bo‘lgan

asarlar hisoblanadi. Uning she’riyatida, dostonlarida, dramatik asarlarida ham epik
ko‘lam namoyon bo‘lgan. Aytmoqchi bo‘lgan fikrlarining zalvorini, jamiyatdagi
ijtimoiy muammolarni, mavzularni ko‘tarib chiqqanligi bilan ahamiyati yuqori
ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Nima uchun Omon Matjon Najmiddin Kubro
mavzusiga murojaat qilgan, degan haqli savol tug‘iladi. Bu, avvalo, vatan mavzusi,
vatanparvarlikning muqaddas ekanligini ta’kidlash edi. Shuningdk, bu asarni
yaratilgan davrdan tashqari hamma zamonlardagi ahamiyati yuqori bo‘lishiga
kitobxon sifatida ishonamiz, sababi bugungi globallashuv jarayonlarda, umuman
millat va til masalasida yashab qolishga kurash ketayotgan bir zamonda
vatanparvarlik tuyg‘usi, vatanning nima ekanligi, mohiyatini anglatish uchun bu kabi
asarlar o‘zining dolzarbligini yo‘qotmaydi. Eng qizig‘i, Najmiddin Kubro obrazi
uning uchun tayyor komil inson obrazi bo‘lgan. U Kubroviya tariqatini chuqur
o‘rganganligi, Najmiddin Kubro kabi insonning qanday xususiyatlari bo‘lsa, ya’ni
koinotda ham, borliqda ham mana shu barcha xususiyatlar mavjud ekanligini badiiy
asarda ishonarli ifodalangan. Omon Matjonning ilodkor sifatidagi mahorati shundaki,
hamma davrlarda ham vatan uchun jonini berish eng oliy sharaf, eng yuksak bir ish
ekanligini ko‘rsatib berish bilan birga bosh qahramon orqali inson taqdirga hech


background image

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

156

qanday qarshilik qilolmasligi, banda bu o‘rinda ojiz ekanligini qiziqarli voqealar
fonida

yoritib

bergan.,,Najmiddin

Kubro” dramasidagi asosiy konfliktni

manfaatparast, xudbin, o‘ziga katta baho beradigan kimsalar bilan iymon-e’tiqodi
hammaga ibrat bo‘ladigan, ezgu fazilatlari o‘zida jo bo‘lgan insonlar bilan bo‘lgan
kurashda zohir topadi. Najmiddin Kubro tom ma’noda asarga iymon-e’tiqod ramzi
sifatida kiritilganligini ko`rishimiz mumkin. Shayx Najmiddin Kubro hazratlarini asar
oxirida dushman bayrog‘ini qulatib, changallagancha jon berishi bu uning uchun
fojea emas, aslida, Kubro hazratlari uchun sharaf edi. Bilamizki, adabiyotda tarixiy
mavzuda yozilgan tragediya bo‘ladimi, drama bo‘ladimi, roman bo‘ladimi tarixiy
asarlarning o‘zak mohiyatida zamonaviy muammolar qo‘yiladi. Ya’ni bugungi
kunning muhim muammolari asosiy muammo sifatida ko‘rsatiladi. Demak, tarixiy
shaxslar hayoti orqali, tarixiy shaxslarning ibratli ishlari orqali bugungi kun
o‘quvchisiga yaxshi bir ma’rifiy, o‘rnak bo‘ladigan voqealarni, fazilatlarni ko‘rsatib
berish asosiy o‘rinda turadi. Shu ma’noda Omon Matjonning mazkur tragediyasi
nihoyatda ahamiyatlidir.

Hepagreen - восстановление нормальной работы печени Androgard — препарат для настоящих мужчин Androgard — препарат для настоящих мужчин Byutivit - Натуральный продукт для женщин любого возраста Byutivit - Натуральный продукт для женщин любого возраста Byutivit - Натуральный продукт для женщин любого возраста Maksimus - Натуральный продукт, для бодрости и энергии Lactovita - Номер один в естественном улучшении иммунитета Lactovita - Номер один в естественном улучшении иммунитета Avicenna’s Lab inLibrary — это научная электронная библиотека UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации Gulyamov - Гулямов Саид Саидахрарович MUVI24 - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Интернет-аптека >METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг All.Tube - Смотрите онлайн видео бесплатно в хорошем качестве Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды UMAR PROEKT - Комплексное проектирование UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана