Hazrat Navoiy nazmida tavba talqinlari

CC BY f
248-251
17
20
Поделиться
Маткаримова, С., & Маткаримова, М. (2022). Hazrat Navoiy nazmida tavba talqinlari. Развитие лингвистики и литературоведения и образовательных технологий в эпоху глобализации, 1(1), 248–251. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/dllseteg/article/view/5569
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Hazrat Alisher Navoiyning gazallarida tariqat maqomlari mohiyatan chuqur talqin qilinadi. Shulardan biri – Tavbadir. “Tavba – qaytish demak, ya’ni kamolotga, oliy axloqiy sifatlarga qaytish. Tavbani bob ul-abvob – eshiklarning eshigi ham deydilar, chunki tariqatga qadam qo‘ygan odamning niyati va mohiyati avvalo shu tavbasida ayonlashadi” deydi Najmiddin Komilov199. Ko‘rinadiki, tavba – tariqatga kirish eshigidir. Tavba maqomi shoir ga‘zallarida ikki xil mazmunda sharhlanadi: oddiy odamlarga xos qo‘rquv tavbasi hamda so‘fiylar tavbasi.


background image

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

248

HAZRAT NAVOIY NAZMIDA TAVBA TALQINLARI

Salomat Matkarimova, Munisa Matkarimova

– Urganch davlat universiteti

Hazrat Alisher Navoiyning gazallarida tariqat maqomlari mohiyatan chuqur

talqin qilinadi. Shulardan biri – Tavbadir. “Tavba – qaytish demak, ya’ni kamolotga,
oliy axloqiy sifatlarga qaytish. Tavbani bob ul-abvob – eshiklarning eshigi ham

deydilar, chunki tariqatga qadam qo‘ygan odamning niyati va mohiyati avvalo shu

tavbasida ayonlashadi” deydi Najmiddin Komilov

199

. Ko‘rinadiki, tavba – tariqatga

kirish eshigidir. Tavba maqomi shoir ga‘zallarida ikki xil mazmunda sharhlanadi:
oddiy odamlarga xos qo‘rquv tavbasi hamda so‘fiylar tavbasi.

Qo‘rquv tavbasi, ya’ni gunohga iqror bo‘lish – oddiy odamlarga xos tavbadir,

Bu tavba kufrdan qaytish, shariat man etgan nahy va yomon ishlardan qaytish,

zamima axloqdan hamida axloqqa qaytish, qabih ishlar, qabih fe’l va qabih fikrdan

qaytish, dunyoning ma’nisizligi, arzimasligini anglab, zulm-u adolatsizlikdan
qaytishni bildiradi. Hazrat Navoiy inson umrini g‘animat bilib, bilib-bilmay qilgan
gunohlaridan afsus-nadomat chekishi va ularni qayta qilmaslikka ahd qilib, Allohdan

qilgan gunohlarini kechirishini so‘ramog‘i lozimligini uqtiradi:

Ey Navoiy, dema ko‘p harza-vu, qil istig‘for,
Tengridin ofiyat-u tavba tavallo aylab

200

.

Shoir aytadi: ko‘p harza yolg‘on aytib o‘tirmasdan Tangridan tavallo qilib,

yalinib-yolvorib ofiyat, tavba berishini so‘rab, istig‘for qil. Chunki, Alloh tavfiq
bermasa, ofiyat-u tavba bermasa, inson ma’siyat ko‘chalirag kirib qolib, undan

chiqish yolini topolmay, hatto ma’siyat ko‘chasida ekanligini ham anglamay, adashib
yuraveradi. Har ishda Allohdan tavfiq va hidoyat lozim. Xatokor inson gunohlar

ko‘pligidan tavbaga ham tili aylanmay qoladi. Qilingan bir gunoh ikkinchi,
uchunchisini iziga ergashtiradi. Isyonlar kasrati-ko‘pligidan, gunoh qilishdan
hayiqmaslik, gunoh ustiga gunoh qilaverish va bunda Allohdan hayo qilmaslik
oqibatida til istig‘forga, tavbaga aylanmaydi. Turli xil bahonalar bilan gunohlarini

oqlab, o‘zini o‘zi alday borish barobarida har bir gunoh sabab qalbda hosil bo‘lgan

qora nuqta ziyoda bo‘lib, kattalashib boraveradi, isyonda bardavom bo‘lib

borilaveradi. Qur’oni Karimning “Baqara” surasida Alloh tug‘yonga ketganlarni o‘z

hollariga tashlab qo‘yishi va oxirda ularga alamli azob borligidan ogohlantiradi. Agar

Allohning tavfiqi yetmasa, isyondagi bandaning tavba qilib, to‘g‘ri yo‘lga tushishligi
imkonsizdir. Til istig‘forga aylanishi uchun ham Robbning madadi, rahmkeshligi
lozim. Shuning uchun ham solik Allohdan rahm qilishini, tavfiq berishini va tilini
tavbaga evrulishligini iroda qilishini yolvorib so‘raydi:

Rahm qil, yo rabki, isyon kasratidin yo‘qturur,
Oncha fursatkim tilim evrulgay istig‘forg‘a

201

.

Tavba insonning gunohlar sabab qoraygan qalbini yuvib, unga poklik hissini ato

qiladi. Ammo tavba shunchaki yuzaki, tilde qilingan tavba emas, balki yurakning tub-

tubidan qattiq afsus chekib, o‘zi bilan Ma’shuqi Azal orasiga to‘siq bo‘lgan gunoh

yukidan ezilib, ko‘zlaridan nadomat yoshlarini to‘kib qilingan tavba suvigina botinni
chirk va g‘uborlardan tozalab, poklaydi:

199

Komilov N. Tasavvuf. – T.: “Movarounnahr”-“O‘zbekiston”, 2009. – B. 27.

200

Navoiy A. Mukammal asarlar to‘plami. T.4. –T.: Fan, 1988. –B. 49.

201

Navoiy A. Mukammal asarlar to‘plami. T.3. –T.: Fan, 1988. – B. 432.


background image

Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari

249

Arit sirishk bila botiningda bor esa chirk,
Yu tavba suyi bila bo‘lsa botining aro shux

202

.

Inson yoshlikning betizgin hoy-u havaslari, hayot go‘zallklariga oshuftaliklari

sabab o‘zini kamolotga yetkazish uchun riyozat chekmoq, qiyinchilikka yuz burib,
nafsini ortiqcha hasham-u bezaklardan tiymoqqa o‘zida rag‘bat sezmaydi. Shuning
uchun ham ish-u maydan tavba qilishga chqirilganda nishot chog‘ida bu chaqiriqqa
parvo qilmaydi. Yigitlik chog‘i qilingan turli beadabliklar yoshlik sho‘xliklari deb
qaralib, ko‘pda ayb sanalmaydi. Ammo umr oxirlab, keksalik yaqinlashib kelgan sari
o‘tgan umr sahifalarida bu beadabliklar qora dog‘lar bo‘lib ko‘rinib, ko‘ngil
kengliklarini siqib kela boshlaydi, Bundan qutulish uchun yagona chora – tavba,
Navoiy ta’kidicha, kechirim so‘rash uchun fursat g‘animat, qarigan chog‘da
yoshlikda qilingan xatolarga nadomat chekish, qarilikka yetgan ekan, bundan
foydalanib qolish, tavba qilib ulgurish kerak:

Navoiy, yigitlikni qo‘y, chun qariding,
Qilib tavba, bo‘l zuhdu taqvog‘a tolib

203

.

Hazrat Navoiy g‘azallarida so‘fiylar tavbasi Yaratganga oshiq qalb tilidan bayon

qilinadi.Olim N.Komilov ta’biri bilan aytganda ”So‘fiylar tavbasi – qalb istijobi,
ya’ni istijobat — uzilish, o‘zgarish tavbasidir, Tavbaning haqiqati shuki, solik
Xudoga yetishish yo‘lida g‘ov bo‘ladigan jamiki narsalardan yuz o‘girishga
qasamyod etadi, butun intilishi, tavajjuhini Allohga qaratadi, avvalgi hayot tarzidan
butunlay voz kechadi”

204

. Bunda solik o‘z nuqsonlarini ko‘ra bilishi, o‘zining

ahvolini anglashi lozim. U endi oddiy insonlar qiladigan gunohlardan mutlaqo xoli,
gunoh qilish istagi unda tug‘ilmaydi. Solik gunoh deganda Ma’shuqi Azal – Allohdan
boshqani ko‘ngliga keltirish, uni yod qilishdan bir nafas to‘xtash, qilgan amallarida
riyoga yo‘l qo‘yish, o‘zidan qoniqish, ajz-u niyozda sustlik qilishni tushunadi. Bu
kabi gunohlar solikning chekkan barcha riyozatlari-yu erishgan darajalarini har safar
yo‘qqa chiqaraveradi. Solik esa har safar yana va yana tavba qilib, barchasini
boshidan boshlayveradi. Bu holatning takroriyligi uni holdan toydiradi, ramaqijon
holga keltirib qo‘yadi. Shuning uchun ham u bu kabi tavbadan joniga yetganligidan
yozg‘irib, Yor vasliga yetish yo‘lidagi mashaqqatlarga bardosh berish, buning uchun
jonni asrab qolmoq uchun soqiyga murojaat qiladi:

Soqiyo, jonimg‘a yettim tavbadin, joning uchun
Bo‘l manga bir lab-balab paymona birla dastgir

205

.

Bunda soqiy – “haqiqiy yetuk inson, ulkan ma’rifat sohibi – piri komil”dir

206

.

Ayni paytda soqiy “sevgili” ma’nosidadir

207

. “Fayyozi mutlaq, butun fayz va

sevgining asosi bo‘gan Alloh”dir

208

. “Paymona” – may piyolasi, qadah

209

.

Kuzatiladiki, ushbu o‘rinda soqiy Ma’shuqi Azall ma’nosida kelgan. Oshiq Allohdan
boshqani ko‘ngliga keltirish, uni yod qilishdan bir nafas to‘xtash, qilgan amallarida

202

Navoiy A. Mukammal asarlar to‘plami. T.4. –T.: Fan, 1988. – B. 80.

203

Navoiy A. Mukammal asarlar to‘plami. T.5. –T.: Fan, 1988. – B. 39.

204

Komilov N. Tasavvuf. – T.: Movarounnahr-O‘zbekiston, 2009. – B. 27.

205

Navoiy A. Mukammal asarlar to‘plami. T.3. – T.: Fan, 1988. –B. 167.

206

Avaznazarov O. Alisher Navoiy ijodida soqiy obrazi. F.f.f.d. Diss. Avtoref. – Qarshi, 2020. – B. 10.

207

Pala I. Ansiklopedik divǎn şiiri sőzlűǧű. Akçağ, 1990. –S. 387.

208

Uludaǧ S. Tasavvuf terimleri sőzlűǧű. Istanbul, 1995. S.- 450.

209

Navoiy A. Navoiy asarlari lug‘ati. – T.: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1972. -B. 498.


background image

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

250

riyoga yo‘l qo‘yish, o‘zidan qoniqish, ajz-u niyozda sustlik qilish kabi gunohlardan
goh unisi, goh bunisi sabab qayta-qayta tavba qilaverib, jonidan ayrilar darajaga
yetgan. Ammo u Ma’shuqi Azall – Alloh vasliga yetmoq istagidan kechishni
xayoliga ham keltirmaydi. Joniga yetgan jon o‘zi vasliga intilayotgan sevgilisiga,
soqiyga “joning uchun ishq, vahdat mayidan lab-balab to‘la qadah bilan menga
dastgir bo‘l”, deya murojaat qiladi, Bunda Alloh nurida unga singib ketishni
orzulayotgan jon vahdatul vujud maqomida jon-bilan jononning farqi qolmasligi,
qaysi jon-u qaysi barcha jonlarni o‘ziga ohanrabodek tortayotgan jonon ekanligi
anglashilishi imkonsizligini nazarda tutib, soqiyga “joning uchun” deydi. Chunki jon
va jonon birlashgan lahzalarda jon bu – jonon, jonon esa – jondir.

Oddiy insonlar qiladigan tavbadan so‘fiylar tavbasi farq qiladi. Chunki solik

jannatga tushish umidida yoki do‘zaxga tushish vahmi tufayli istig‘for qilmaydi.
Ma’shuqi Azal vaslisiz unga Jannat tatimaydi, Yor hijroni o‘ti oldida jahannam o‘ti
taftsizdir. Solik uchun faqat bir istak orzu bor – Haqning vasliga yetish. Undan
boshqa hamma narsani ko‘nglidan chiqarib tashlaydi. Yor nавоси uni “тавба
тавбасида насуҳ’ qiladi:

Buyurma tavba yana, nosihoki, mug‘bachalar
Havosi qildi meni tavba tavbasida nasuh

210

.

Haqiqiy do‘st – Allohga yetmoqlik talabida bo‘lgan, Uning diydorini tilagan,

solik g‘aflat uyqusidan uyg‘onib, o‘z ahvolini anglamoqligi, maqsad va niyatni
to‘g‘rilab olgani holda butun ruhi va vujudi bilan faqat Uning visoli umidida harakat
qilmoqligi lozim. Bunda qilayotgan toat-ibodatlari ham do‘zax otashidan qo‘rqib,
unga tushmaslik yoki jannatga yetishmoqlik umidida bo‘lmasligiga e’tibor qilmog‘i,
agar shundayligini sezib qolsa, darrov bundan tavba qilishi kerak:

Do‘st matlub ersa g‘aflat uyqusidin ko‘z ochib
Uchmoq ummidi, tomug‘ biymidin istig‘for qil!

211

.

Navoiy yolg‘iz Allohning muhabbatiga emas, uning yaratiqlaridan bo‘lgan

Jannat umidi va do‘zax qo‘rquvi sabab qilinadigan ibodat-u yukinishni tavbaga loyiq
ish, deb qaraydi. Chunki bunda xolis Alloh muhabbati emas, ta’magirlik, o‘z asl
maqsadini ibodat bilan niqoblash, riyo mujassam. Binobarin, “Kim qilayotgan
ibodatiga Ollohdan evaz tama’ etsa, u minnatchi, ta’machidir”. Go‘yo jannatni
xohlagani yoki do‘zaxdan qo‘rqqani uchun ibodat qiladi. Orif kishi esa Ollohning
zoti uchu ibodat etadi, yagona orzusi ham Ollohning zoti

212

.

Ammo tavba o‘lim farishtasi yetib kelib, jon tanani tark qiladigan lahzalarga

qadar kechiktirilmasligi lozim. Quyidagi baytlar Umr Tangriga isyon bilan, ya’ni
Alloh tomonidan qaytarilgan ishlarni qilish bilan o‘tib, oxir bu dunyodan ketar
chog‘da qilinmasligi lozimligidan bahs etadi:

Rindlar, tavbam ne tongkim, umr o‘tub isyon bila,
Do‘sti oliy dargahig‘a azm aylar chog‘ edi.
Shu o‘rinda tavba qilmoqchi bo‘lsang, uni hamma eshitadigan, ko‘radigan qilib

oshkora qilma, o‘zingni Tangriga topshirib, qalbdan tavba qil, deydi. Navoiy. Chunki
ochiq-oshkora qilingan harakat ko‘ngilda “odamlar meni ko‘p tavba qilib,

210

Navoiy A. Mukammal asarlar to‘plami. T.3. –T.: Fan, 1988. –B. 100.

211

Navoiy A. Mukammal asarlar to‘plami. T.3. – T.: Fan, 1988. – B.309.

212

Abu Homid G‘azzoliy. Ihyou ulumid din. – T.: O‘zbekiston, 2019. – B. 56.


background image

Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari

251

gunohlaridan poklangan inson deb o‘ylashadi” degan fikrning qalbdan beixtiyor o‘tib
ketishi bilan riyo paydo bo‘lishiga, va tavbasi xo'jako‘singa bo ‘lib, Haqning oldida
bee’tibor qolishiga olib keladi:

Tavba qilmoq istar ersang, qilma da’vo oshkor,
Tengriga topshur o‘zungni, qilmag‘il izhor shart.
Xulosa qilganda, Hazrat Navoiy ga‘zallarida Tavba maqomi o‘zining tub ma’no-

mohiyati bilan namoyon bo‘ladi va inson qalbini ma’naviy kirlardan, chang-u
g‘uborlardan forig‘ bo‘lishiga zamin hozirlaydi.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов