Ma’naviyatni ko‘zlagan ma’rifat yulduzlari

CC BY f
258-260
17
7
Поделиться
Ибрагимов, Д. (2022). Ma’naviyatni ko‘zlagan ma’rifat yulduzlari. Развитие лингвистики и литературоведения и образовательных технологий в эпоху глобализации, 1(1), 258–260. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/dllseteg/article/view/5579
Джавохир Ибрагимов, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti

Turkiy tillar fakulteti, O‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabasi

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Eng qadimgi davrdan tortib shu kungacha bo‘lgan davr oralig‘idagi insonlar, ayniqsa, Markaziy Osiyoda yetishib chiqqan olim-u fuzolalarining ilm va ma’rifat ishlari va ularning jahon ilm faniga qo‘shgan hissalarining ta’rifi yuz kitobga sig‘arlik darajada emas, undan ham ortiqdir. Qaysi jabhada bo‘lmasin ko‘pchilik Markaziy Osiyolik olimlarning ilmiy ijodi ularning bilimlaridan hozirga kelib ham qaytadan ilm sifatida o‘rganilib kelinmoqda. Ularning zamon og‘irliklariga qaramay davrning qiyinchiliklarini chin bardosh bilan yecha olganliklari shunday muhitda ijod eta olganliklarining o‘zi ham ularning hayotini o‘rganilishini taqozo etadii.

Похожие статьи


background image

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

258

MA’NAVIYATNI KO‘ZLAGAN MA’RIFAT YULDUZLARI

Ibragimov Javohir Isamiddin o‘g‘li –

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika

instituti Turkiy tillar fakulteti, O‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi 2-kurs

talabasi.

Ilmiy rahbar: prof. F.D.Sapayeva

Kalit so‘zlar:

Markaziy Osiyolik olimlar, Abdulla Avloniy, Avaz O‘tar, Hamza

Hakimzoda Niyoziy, maktab, Chor Rossiyasi hukmronligi, ilm va maorif, she’rlar,
ma’rifat, millat.


Eng qadimgi davrdan tortib shu kungacha bo‘lgan davr oralig‘idagi insonlar,

ayniqsa, Markaziy Osiyoda yetishib chiqqan olim-u fuzolalarining ilm va ma’rifat
ishlari va ularning jahon ilm faniga qo‘shgan hissalarining ta’rifi yuz kitobga sig‘arlik
darajada emas, undan ham ortiqdir. Qaysi jabhada bo‘lmasin ko‘pchilik Markaziy
Osiyolik olimlarning ilmiy ijodi ularning bilimlaridan hozirga kelib ham qaytadan
ilm sifatida o‘rganilib kelinmoqda. Ularning zamon og‘irliklariga qaramay davrning
qiyinchiliklarini chin bardosh bilan yecha olganliklari shunday muhitda ijod eta
olganliklarining o‘zi ham ularning hayotini o‘rganilishini taqozo etadi.

Tahlil qilish uchun olingan ijodkorlardan Abdulla Avloniy, Avaz O‘tar va

Hamza Hakimzoda Niyoziylarning ijodiy kuchini tashkil etuvchi ma’rifatparvarlik
g‘oyalarini o‘zida aks ettira bilgan va ularning ijodida umumiylikka aylanib qolgan
xalqni savodli qilishga shu orqali jaholat qutqusidan qutulishga urunishlarini aks
ettiran she’rlaridan “Maktab” nomli ilm o‘chig‘ining markazi hisoblangan she’rlarini
tahlil qilishga harakat qildik. Hozirgi kunlarimizning shu shaklda bo‘lishini orzu qilib
o‘z she’rlariga shu kabi tuyg‘ularni baxsh eta olganliklarini tahlillashdan iborat.

Uch ijodkorning ijodiy faoliyati bilan tanishar ekansiz, ularning barchasini

bo‘glab turgan bir jihat yurtni savodli qilish va ilmsizlikni jar yoqasidan qutqarishdan
iborat ekanligini anglab yetishimiz shubhasiz. Chor Rossiyasi hukmronligining tig‘i
tushgan har soha borki, o‘zgarishsiz qanday bo‘lsa shundayligicha yo‘q qilingan
bo‘lsa jumladan maktab sohasida ham bu o‘z aksini topadi. Zamonga yangilik olib
kirishga uringan har qaysi ilm ahlining vakili borki, qanotsiz qush misoli ko‘kdan
yerga tomon parvoz qilgan. Uch ijodkorning she’rlarida zamona kishilarining
maktabga munosabatini o‘zgartirishga ularni ma’rifatli qilishga harakatlari aks
ettirilgan. Abdulhamid Cho‘lpon ta’kidlagandek, “Hech to‘xtamasdan harakat qilib
turgan vujudimizga suv, havo naqadar zarur bo‘lsa, maishat yo‘lida har xil qaro kirlar
ila xiralangan ruhimiz uchun shu qadar adabiyot kerakdir. Adabiyot yashasa, millat
yashar: Adabiyoti gullamagan va adabiyotining taraqqiysiga cholishmagan va adiplar
yetishtirmagan millat oxiri bir kun hissiyotdan, o‘ydan, fikrdan mahrum qolib, sekin-
sekin inqiroz bo‘lur. Buni inkor qilib bo‘lmas. “Zero, takrorlanmas ushbu
jumlalarning o‘ziyoq o‘zbek adabiyotining, o‘zbek xalqini uyg‘otish yo‘lida
aytilganligini ochib beradi. Zamondosh shoirlarning ijodida asosiy o‘rin egallagan
xalqni savodli qilishga da’vat uch ijodkorning ijod namunasida to‘la to‘kis yorita
olingan.


background image

Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari

259

Avaz O‘tarda:

Ochinglar, millat vayronini obod etgusi maktab,
O‘qisin yoshlarimiz,ko‘linglini shod etgusi maktab.
Dil-jon birla el maktab ocharga ijtihod etsin,
Nedinkim, bizni g‘am qaydidin ozod etgusi maktab

213

.

Maktab atigi olti harfli ushbu jumlaning zamirida shunchalik olam sirini

ochadigan, millatning vayronasini obod eta oladigan, ko‘ngillarga shodlik urug‘ini
quay oladigan, g‘amdan qutqara oladigan joy ekanligi buni ochish uchun dil-u jon
birla tirishish kerakligini Avaz O‘tar o‘z she’rida ko‘rsatib bera olgan. Avaz O‘tar
hayoti va ijodida satirik yo‘nalishda yozilgan she’rlari alohida bo‘limni tashkil etsa-
da uning ma’naviyat yo‘lida ishlari va sara namunalari kishini mushohadaga
chorlabgina qolmay hozirgi davrning bizga berilgan imkoniyatlarning qadrini eslatib
turadigan ko‘zgu bo‘la oladigan she’rdir. Zero, Birinchi Prezidentimiz Islom
Karimov ta’kidlaganlaridek: „Men har doim mustabid sho‘rolar tuzumi, o‘sha
zamonda xalqimiz boshidan kechirgan kunlar haqida ko‘proq yozinglar, deb tarixchi
va yozuvchilarimizdan iltimos qilaman. O‘sha davrda yashagan, uning barcha
kirdikorlarini ich-ichidan bilgan ziyolilarimizning qanchasi otib tashlandi, qanchasi
qamoqda o‘lib ketdi. Ammo o‘sha zamonni yoshlarimiz bilishi uchun bizga ko‘proq
kitoblar, darsliklar zarur” deya bong urib hozirgi davrning istiqlol yoshlariga oyna
bo‘lib xizmat qilishi kerak ekanligini ochiq oydin ko‘ndalang qo‘yganlar.

Avaz O‘tarda:

Ko‘ngullarning surusi,dog‘i ko‘zlar nuridir farzand,
Alarning umrini,albatta, obod etgusi maktab.
Ota birla onaga farz o‘qitmoq bizni majburiy-
Ki, bizni yaxshilik qilmoqqa mu`tod etgusi maktab

214

.

Farzand insoniyatning davomchisi u bor ekan hayot davom etadi. Uning

qanchalik yaxshi va barkamol shaxs bo‘lib yetishida umrini obod etaoladigan ham
maktab deydi ijodkor. Ota va onaga dindagi farz kabi majburiy ekanligini uqtirib
kelajakning poydevori bo‘la oladigan farzandlarni tarbiyalash zarurligini ta’kidlab
o‘tadi. Chunki bizni yaxshilikka odatlantiruvchi ko‘ngillarni yorutuvchi oftob kabi
to‘gri yo‘lni ko‘rsatuvchi maskan maktab ekanligini ko‘rsata bilgan.

Hamza Hakimzoda Niyoziyda:

Qayu millatda maktab o‘lmasa beshak xarob o‘lg‘ay,
Hama millatda shulchun guftugo‘ bisyor maktabdin.
Hama ilm-u maorif ganjini devoridur maktab,
Hama hikmat chiqar bu mahzani asror maktabdin

215

.

Hamza Hakimzoda Niyoziy ijodiyatidagi “Maktab” she’ridan olingan ushbu

jumlada ham maktabi bo‘lmagan millat aniq xarob o‘lgan, hamma millat uchun ham
maktab kerakligini ta’kidlaydi. Maktabni ilm va maorif xazinasining devori,
hikmatning barchasi shu yerda ekanligini o‘z chizgilarida isbotlab bera olgan.
Hamzaning hayoti va ijodida ham uning qanchalik yurti va millatini bu qaro
kunlardamn ilm yo‘li bilan olib chiqishga urunganligini ko‘rish, tushunish qiyin
emas.

213

To‘xliyev B. Adabiyot. (Majmua). 3-kurs. – Toshkent: Bayoz, 2018. 55-bet.

214

To‘xliyev B. Adabiyot. (Majmua). 3-kurs. – Toshkent: Bayoz, 2018.

55-bet.

215

To‘xliyev B. Adabiyot. (Majmua). 3-kurs. – Toshkent: Bayoz, 2018. 106-bet.


background image

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

260

Hamza Hakimzoda Niyoziyda:

Kimi maktabda bo‘lsa o‘rganur axloq o‘lub komil,
Hayo, iymon-u aql-u sharm-u nomus, or maktabdin.
Kimi istar esa yaxshi hayot-u shon-u shavkatni,
Kelib ilm o‘qisin, hosil o‘lur ming bor maktabdin

216

.

Ilm va ma’rifatning beshigi hisoblangan maktabni hayo iymon-u aql sharm-u

nomus bera olishini, agar shon-u shavkat tilagan bo‘lsa ham ularning bachasiga javob
bo‘la oladigan maskan ekanligini bildirib o‘tadi. Ilm ishlov berilmagan olmos misol
ko‘zga ko‘rinmay turgan bo‘lsa uni sayqallab beradigan uning bor go‘zaligini ochib
beraoladigan bu maktabdir. Ustoz qanchalik buyuk bo‘lgan yurtning ertasi ham
buyuk bo‘ldi.

Abdulla Avloniyda:

Hama xursandlikni ma`danidir ilm, ey o‘g‘lon,
Hama fazl-u karamni manbayidir ilm, ey o‘g‘lon,
Hama xo‘blarni xo‘bin maskanidir ilm, ey o‘g‘lon,
Hama islom elini masnadidur ilm, ey o‘g‘lon,
Qo‘linga bir kuni muhri Sulaymonni berur maktab,
Shahodatnomayi firdavsi g‘ilmonni berur maktab

217

.

Abdulla Avloniy ijodiyotidagi “Maktab haqinda“ she’ridan olingan ushbu bo‘lak

ham keng ijod ahli uchun, ilm yo‘liga kirishgan insonlar uchun ilmning fazli karami
nimaga olib borishimi ochib bera oladigan jumlalar qo‘llangan. Xursandlikning
maskani, fazl-u karamning manbayi yaxshilarni eng yaxshisi va asosiysi islom elining
suyanchig‘i ilm bo‘lsa bir kun kelib Sulaymonning muhrini, shahodatnomayi
firdavsiyni tutqazar maktab deya bong urib chiqqan ijodkordir.

Dunyo yaralibdiki doimo harakatda va o‘zgarishga tayyor shubhasiz oldinlari

halqni savodli qilishga maktab ochishga yoshlarni ma’rifat cho‘qqilarini egallashga
uringan ijodkorlarning o‘y xayollari bugungi kunda ro‘yo emas balki kundalik
turmush bo‘lib ulgurdi. Endigi navbat esa shu kunlarga erishish uchun hayotidan
kechagan, o‘zini ilm yo‘lida baxshida qilgan, oilasi farzandlaridan kechib bo‘lsa ham
millatning uyg‘onishi uchuin harkat qilgan ijodkorlarning ijodiy ishlarini to‘laroq
o‘rganish ularning o‘zbek adabiyotiva jahon adabiyotidagi o‘rnini ko‘rsata bilish
bizning kelajak avlodning vazifasi bo‘lmog‘i kerak. Uch ijodkorning ijodiyotida
“maktab” turli o‘rinda turli xil variantda qo‘llanganligini ularning kichik variant
shaklida ko‘rgan bo‘lsak hammasida yurt farzandlarini uyg‘otishga chorlovdan iborat
ekanligini anglash oson. So‘z oxirida Hamza Hakimzodaning hozirgi kunimizni orzu
qilganligi va shu kunlar uchun yonib yashaganligi aks etgan.

Adabiyotlar:

1. “Adabiyot” (Majmua) Akademik litseylarning uchunchi bosqichi uchun.

“Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi.T 14.02.2018.AI N 234.

2. Tanlangan asarlar. 2 jildlik, 1-jild. – Toshkent: Ma’naviyat, 2006.
3. To‘xliyev B. Adabiyot. (Majmua). 3-kurs. – Toshkent: Bayoz, 2018. 107-bet.
4.

Sapaeva, F. (2021). Poet's Heart Addresses. Pindus Journal of Culture,

Literature, and ELT, 10, 64-69.

216

To‘xliyev B. Adabiyot. (Majmua). 3-kurs. – Toshkent: Bayoz, 2018.

217

Tanlangan asarlar. – Toshkent: Ma`naviyat, 2006. 84-bet.

Библиографические ссылки

“Adabiyot” (Majmua) Akademik litseylarning uchunchi bosqichi uchun. “Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi.T 14.02.2018.AI N 234.

Tanlangan asarlar. 2 jildlik, 1-jild. – Toshkent: Ma’naviyat, 2006.

To‘xliyev B. Adabiyot. (Majmua). 3-kurs. – Toshkent: Bayoz, 2018. 107-bet.

Sapaeva, F. (2021). Poet's Heart Addresses. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 10, 64-69.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов