“Saddi iskandariy” dostonidagi hikoyatlarda tashbeh san’ati

CC BY f
264-266
577
32
Поделиться
Отаназарова, Ш. (2022). “Saddi iskandariy” dostonidagi hikoyatlarda tashbeh san’ati. Развитие лингвистики и литературоведения и образовательных технологий в эпоху глобализации, 1(1), 264–266. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/dllseteg/article/view/5581
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

“Tashbeh – Sharq adabiyotida keng tarqalgan san’atlardan biri bo‘lib, ”o‘xshatish” ma’nosini ifodalaydi. Bu ikki narsa yoki tushunchani ular o‘rtasidagi haqiqiy (real) yoki majoziy munosabatlarga ko‘ra o‘xshatish san’atidir. Tashbih san’ati tasvirlanayotgan shaxs, buyum yoki tushunchani o‘quvchi ko‘z o‘ngida aniqroq, jozibaliroq gavdalantirishga xizmat qilib, asar timsollari ma’naviy qiyofasini yorqinroq ochish, binobarin, shoir g‘oyasini o‘quvchi ongiga to‘laroq yetkazishga imkon beradi


background image

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

264

“SADDI ISKANDARIY” DOSTONIDAGI HIKOYATLARDA

TASHBEH SAN’ATI

Otanazarova Shodiya A’zambek qizi

Urganch davlat universiteti

“Tashbeh – Sharq adabiyotida keng tarqalgan san’atlardan biri bo‘lib,

”o‘xshatish” ma’nosini ifodalaydi. Bu ikki narsa yoki tushunchani ular o‘rtasidagi
haqiqiy (real) yoki majoziy munosabatlarga ko‘ra o‘xshatish san’atidir. Tashbih
san’ati tasvirlanayotgan shaxs, buyum yoki tushunchani o‘quvchi ko‘z o‘ngida
aniqroq, jozibaliroq gavdalantirishga xizmat qilib, asar timsollari ma’naviy qiyofasini
yorqinroq ochish, binobarin, shoir g‘oyasini o‘quvchi ongiga to‘laroq yetkazishga
imkon beradi”

221

.

Tashbeh san’atining bir necha turi mavjud bo‘lib, ular tashbehi mutlaq, tashbehi

kinoya, tashbehi mashrut,tashbehi tavsiya, tashbehi aks,tashbehi izmor va tashbehi
tafzil nomlari bilan ataladi

222

. ”Saddi Iskandariy”dostonidagi hikoyatlarda bu

san’atning “tashbehi mutlaq” turi tez-tez ko‘zga tashlanadi. ”Aniq o‘xshatish”
ma’nosini ifodalovchi bu xil san’at

go‘yo, singari, kabi, yanglig‘, -day, -dek

kabi so‘z

yoki qo‘shimchalar vositasida hosil qilinadi. Masalan,”Iskandar bila ul gadolig‘
ixtiyor etgan podsho” hikoyatida shunday bayt keltiriladi:

Qolibmu ekin bir aningdek kishi –
Ki, qilsam ruju’ anga mulk ishi?

223

Baytdan shunday bir kishi qolibdimi, unga saltanat ishlarini topshirsam degan

ma’no anglashiladi va

-dek

qo‘shimchasi mutlaq tashbehni yuzaga keltirgan.

Dedi:”Himmat o‘lmish manga hamnishast,
Sen istardek ermas, vale asru past”.(99)
Bu baytda ham

-dek

qo‘shimchasi orqali yuzaga kelgan mutlaq tashbeh

qo‘llanilgan.

Tashbeh san’ati unsurlari to‘rttadir:
1.

Mushabbih – nima o‘xshatilgan bo‘lsa, o‘sha narsa yoki tushuncha.

2.

Mushabbihun bih – nimaga o‘xshatilgan bo‘lsa, o‘sha narsa yoki tushuncha.

3.

Vajhi shabih – mushabbih bilan mushabbihun bih orasidagi munosabat.

4.

Vositayi tashbih – o‘xshatilish belgisi.

224

“Bulbul” hikoyatidan olingan mana bu baytda:
Chu gul yo‘qturur o‘n bir oy bog‘ aro,
Erur ro‘zg‘orim seningdek qaro.
Baytda “ro‘zg‘orim” so‘zi – mushabbih,”seningdek” so‘zi

mushabbihun bih,

“qaro” so‘zi

vajhi shabih, seningdek so‘zidagi “-dek” qo‘shimchasi – vositayi

tashbih.

Hamma juzvi mavjud bo‘lgan

o‘xshatish

tashbihi mufassal”

deb ataladi

225

.

Yuqoridagi bayt tashbihi mufassalga misol bo‘ladi.

221

Hojiahmedov A. Mumtoz badiiyat malohati. – T.: Sharq, 1999. –B.14.

222

Hojiahmedov A. Mumtoz badiiyat malohati. – T.: Sharq, 1999. –B.18.

223

Navoiy A. Mukammal asarlar to‘plami. T.11. – T.: Fan, 1993. –B. 97. Keyingi o‘rinlarda sahifani ko‘rsatish bilan

cheklanamiz.

224

Hojiahmedov A. She’riy san’atlar va mumtoz qofiya. –

T.: Sharq,1998. B.14.

225

O’sha asar. – B.15.


background image

Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari

265

She’riyatda vajhi shabih juzvi qo‘llanmasligi ham mumkin. Bu xil o‘xshatish

tashbihi mujmal

” hisoblanadi

226

.

Masalan, Navoiyning “Ul bolig‘lar…” hikoyatidagi baytda
Ne girdobkim, charxi gardandadek,
Ne igrim, sipehri navardandadek.(425)
“Girdob” so‘zi

mushabbih, “charxi gardanda” so‘zi – mushabbihun bih,

“-dek” qo‘shimchasi vositayi tashbih hisoblanadi.

Mumtoz adabiyotimizda ko‘pincha vajhi shabih va vositayi tashbihning har

ikkisi tushirib qoldiriladi. Bu holda faqat mushabbih va mushabbihun bihdan tashkil
topgan o‘xshatish “

tashbihi muqayyad

” deb ataladi. Tashbihi muqayyad tashbihi

mufassalga qaraganda o‘xshatish belgisining kuchliligi bilan ajralib turadi.

227

Jumladan, shoirning
Eshittimki, bir turfa barno edi,
Yuzi dilkash-u qaddi ra’no edi.(284)
Baytidagi “yuzi” va “qaddi” so‘zlari – mushabbih,”dilkash” va “ra’no” so‘zlari

mushabbihun bih sanaladi. Navoiy qisqa va aniq tashbihni qo‘llar ekan, u mufassal
holdagi o‘xshatishga qaraganda qahramonning latofatini yorqinroq gavdalantiradi.

She’riy ijodda tashbih qo‘llanilarkan, ko‘pincha o‘xshatilayotgan narsa

(mushabbih) nomi tushirib qoldiriladi-da, o‘xshatilgan narsa (mushabbihun bih)
nomigina saqlanadi. Ammo mushabbihni, ya’ni nima o‘xshatilayotganini osongina
aniqlash mumkin. Bu o‘shatishning nomi “

tashbihi kinoya

” deb nomlanadi.

228

Ushbu bayt bunga misol bo‘la oladi:
Kulub dedi sohibdil: ” Ey bulhavas,
Emasmu edi tajribang muncha bas? ”(286)
Birinchi misradagi “bulhavas” so‘zi aslida “har narsaga havas qiluvchi” deb

tushuniladi. Ammo o‘quvchi bu so‘zda “har narsaga havas qiluvchi,beqaror yigit”
ma’nosini anglaydi. So‘zning bunday shaklda kelishi so‘z ma’nosiga xalal bermagan,
aksincha, uning ma’nosini yanada kuchaytirgan.

Tashbihi mashrut (shartli o‘xshatish).

Bu xil tashbehda bir narsaning ikkinchi

bir narsaga o‘xshashi ma’lum shartga bog‘liq qilib qo‘yiladi.

229

Navoiyning quyidagi

baytlari shu san’atga asoslanib yozilgan:

Demakka javob o‘lmadi saxtko‘sh
Qish ayyomi bulbuldek o‘ldi xamo‘sh (403).
Ikkinchi baytda qish ayyomi bulbulga o‘xshashi uchun uning “qish ayyomi

bulbuldek o‘ldi xamo‘sh bo‘lishi”, ya’ni jim bo’lishi shart qilib qo’yilyapti, ana shu
talabga javob bersagina, qish ayyomi bubulga o‘xshaydi.

Tashbihi tafsil

. Bu xil tashbehni qo‘llar ekan, shoir avval bir narsani ikkinchi

bir narsaga o‘xshatadi-yu, keyin o‘z o‘xshatishidan voz kechgandek bo‘ladi. Bu voz
kechish jiddiy bo‘lmay, aksincha, tasvirlanayotgan belgini yanada kuchaytirish
maqsadini ko‘zlaydi

230

.

226

Hojiahmedov A.She’riy san’atlar va mumtoz qofiya. –T.: Sharq, 1998. – B.15.

227

Hojiahmedov A.She’riy san’atlar va mumtoz qofiya. –T.: Sharq, 1998. – B.15.

228

Hojiahmedov A.Mumtoz badiiyat mohiyati. –T.: Sharq, 1999. – B.19.

229

Hojiahmedov A.Mumtoz badiiyat mohiyati. –T.: Sharq, 1999. – B.20.

230

Hojiahmedov A.Mumtoz badiiyat mohiyati. – T.: Sharq,1999. -B.21.


background image

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

266

Sarosar go‘yo ul nay guhardir,
G‘alat qildim, labolab nayshakardir.
Ma’lumki, she’riy san’atlar badiiy asarda ifodalangan hayotiyroq, ta’sirchanroq

ifodalanishiga, lirik va epik timsollarning yorqinroq gavdalantirilishiga, misralar,
baytlar, bandlarning lafziy nazokati, musiqiyligi, jozibadorligini ta’minlashga xizmat
qiladi.

Xulosa qilganda, buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy ijodidagi badiiy

san’atlar har tomonlama mukammaldir. Jumladan, tashbeh ham, o‘zining badiiy
nafosati bilan xilma-xil ifodalarda berilgan. Biz tahlilga tortgan hikoyatlarda
tashbehning “tashbihi mutlaq”, ”tashbihi mufassal”, ”tashbihi muqayyad”, ”tashbihi
kinoya”, ”tashbihi mujmal” kabi turlari qo‘llanilgan. Bu tashbehlar hikoyatlarda
tasvirlanayotgan shaxs yoki tushunchani o‘quvchi ko‘z o‘ngida aniqroq, jozibaliroq
gavdalantirishga xizmat qilgan. Shuningdek, mazkur tashbehlar asar timsollari
ma’naviy qiyofasini yorqinroq ochishga va shoir g‘oyasini o‘quvchi ongiga to‘laroq
yetkazishga imkon bergan.

Adabiyotlar:

1. Hojiahmedov A. Mumtoz badiiy malohati.

T.: Sharq, 1999.

2. Hojiahmedov A. She’riy san’atlar va mumtoz qofiya.

T.: Sharq,1998.

3. Navoiy A. Mukammal asarlar to‘plami.

T.: Fan, 1993.

Библиографические ссылки

Hojiahmedov A. Mumtoz badiiy malohati. – T.: Sharq, 1999.

Hojiahmedov A. She’riy san’atlar va mumtoz qofiya. – T.: Sharq,1998.

Navoiy A. Mukammal asarlar to‘plami. – T.: Fan, 1993.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов