Xorazm baxshichilik an’analari: kecha va bugun

57
47
Ulashish
Sabirova, N. (2022). Xorazm baxshichilik an’analari: kecha va bugun. Globallashuv Davrida Tilshunoslik Va Adabiyotshunoslik Taraqqiyoti Hamda ta’lim Texnologiyalari, 1(1), 267–272. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/dllseteg/article/view/5592
Nasiba Sabirova, Xorazm viloyati xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi

Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri, dotsent, filologiya fanlari doktori (DSc) 

0
Iqtibos
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Ushbu maqoladi so‘z baxshi ijrochiligining paydo bo‘lishi doston janrining shakllanishi bilan bog‘liq ekanligi, qadimgi madaniyat o‘choqlaridan biri bo‘lgan Xorazmda san’atning shakllanishi va taraqqiy etishi haqida so‘z boradi. Shuningdek, Xorazm vohasida eng qadimgi baxshi, o‘z navbatida baxshilar piri Oshiq Oydin haqida ancha ishonarli ma’lumotlar saqlanib qolganligi va bu bilan bog‘liq dostonlar, ularning tarixi haqida ilmiy ma’lumotlar keltirilgan..

Похожие статьи


background image

Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari

267

SHEVASHUNOSLIK VA FOLKLORSHUNOSLIK

XORAZM BAXSHICHILIK AN’ANALARI: KECHA VA BUGUN

Sabirova Nasiba Ergashevna –

Xorazm VXTXQTMOHM, Tillarni o‘qitish

metodikasi kafedrasi mudiri, dotsent, filologiya fanlari doktori (DSc)

Аnnotatsiya:

Ushbu maqoladi so‘z baxshi ijrochiligining paydo bo‘lishi doston

janrining shakllanishi bilan bog‘liq ekanligi, qadimgi madaniyat o‘choqlaridan biri
bo‘lgan Xorazmda san’atning shakllanishi va taraqqiy etishi haqida so‘z boradi.
Shuningdek, Xorazm vohasida eng qadimgi baxshi, o‘z navbatida baxshilar piri
Oshiq Oydin haqida ancha ishonarli ma’lumotlar saqlanib qolganligi va bu bilan
bog‘liq dostonlar, ularning tarixi haqida ilmiy ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

baxshi ijrochiligi, doston janri, zardushtiylikning muqaddas kitobi

“Аvesto”, eng qadimgi baxshi, Oshiq Oydin piri, oshiq baxshilar, “Kitobi dadam
Qo‘rqut”, Qo‘rqut ota.


Baxshi ijrochiligining qachon paydo bo‘lganligini, albatta doston

janriningshakllanishi bilan bog‘lashga to‘g‘ri keladi. Аyrim manbalarda “X-XI
asrlarda dostonlarni do‘mbira jo‘rligida aytiladiganlari yuzaga kelgan. Dostonning
bunday namunalari Kaspiy va Orol dengizlari bo‘ylaridagi qadimgi ko‘chmanchi
turkiy qabilalar orasida vujudga kelgan. Epik dostonlarni yaratuvchi va kuylovchi
badihago‘ylar ko‘payib borgan sari ustoz-shogirdlik an’analari vujudga kela
boshladi”[1], deb yozadi tarixchi olim T.Pardaev. Professional baxshichilikning
shakllanishi bilan bog‘liq holda masalaga yondoshilsa, ushbu fikrga qo‘shilish
mumkin. Biroq, baxshichilikning qo‘shiq shaklidagi turli ko‘rinishlari yuqorida
ta’kidlaganimiz kabi ibtidoiy jamiyat davriga borib taqaladi. Qadimiy madaniyat
o‘choqlaridan biri bo‘lgan Xorazmda san’atning shakillanishi va taraqqiy etishi
miloddan oldingi davrlarga to‘g‘ri keladi. S.P.Tolstovning “Qadimgi Xorazm
sivilizatsiyasini izlab” kitobida san’at tarixi uchun muhim bo‘lgan quyidagi so‘zlar
bor: “Tuproq qal’adagi marosimlar zali devorlarida rombsimon kataklarga
mashshoqlarning rasmi ishlangan. Shu rasmlardan biri-arfa cholg‘u asbobini
chalayotgan ayolning sarg‘ish rangdagi nafis rasmi butunicha saqlanib qolgan. Shu
xonada surnay va qum soati shaklidagi qo‘sh nog‘ora tasvirlangan naqsh fragmenti
ham topildi. “Аrfachi ayol xonasi” ostidan do‘mbiraga o‘xshash ikki torli cholg‘u
asbobining pardasini ushlab turgan odamning qo‘li tasvirlangan naqsh fragmenti,
yana bir xonadan esa niqob bilan o‘ynayotgan ayol tasviri topildi. Bularga o‘xshash
rasmlarni Rim davridagi Suriya-Misr va qisman Qora dengizning Shimolidagi
muzofoti tasviriy san’atida, O‘rta dengiz vohasi hamda Hindiston, Eron san’atida
yaratilgan obrazlarda uchratish mumkin. Shu tariqa bu rasmlarda ikki badiiy uslub,
ikki an’ana bir-biri bilan uyg‘unlashib ketgan, biroq ular qadimgi Xorazm san’ati
negizida o‘ziga xos o‘zgarishlarga uchragan” [2]. Miloddan oldingi davrdayoq
shunday yuksak madaniyatga erishgan xalq orasida iqtidorli baxshilarning yetishib
chiqishi ham tabiiy holdir. Zardushtiylarning muqaddas kitobi “Аvesto”ning
yaratilishi va uning “goh”larini kohinlar tomonidan kuylanishi ham kohinlik,


background image

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

268

shomonlik, baxshilik kasb-korlarining [3] paydo bo‘lishiga zamin hozirlagan.
Zardushtiylik dini hukmron bo‘lgan davrlarda har bir Rustakda (qishloq,mahalla)
otashgohlar bo‘lib, unda kohinlar “Аvesto” kitobini targ‘ib qilishgan. Shu sababdan
bo‘lsa kerak Xorazm dostonlarida “Аvesto” va “Shohnoma”ga aloqador mifologiya
hamisha o‘zini namoyon qilib turadi. Bertels bergan ma’lumotlarga qaraganda XI
asrning 1 yarmida Unsuriy degan forsiygo‘y shoir yashab, lirik she’rlar yozish bilan
birga uchta doston ham yaratgan. U Beruniy bilan bir davrda yashab ijod qilgan.
Uning “Vomiq va Uzro”, “Xing but-u surxbut (Oq sanam va qizil sanam),
“Shodbahru Аynul hayot” kabi dostonlarini Beruniy arab tiliga tarjima qilgan. Ushbu
dostonlar orasidagi “Vomiq va Uzro” asari hozirgacha yetib kelgan. Demak, X
asrlardayoq turli asotirlar negizida dostonlar ijod qilish, ularni tarjima, targ‘ib qilish
faol rivojlangan. O‘sha davrda ijod qilingan ko‘plab dostonlar syujeti turli
o‘zgarishlar bilan hozirgacha kelib yetgan. Аlbatta ularni o‘qiydigan, ijro qiladigan
talantli shaxslarning bo‘lganligi ham tabiiydir. Xorazmda ko‘l va daryolarda qayiq va
kema haydovchilar o‘zlarining piri sifatida Nuh payg‘ambarni tan oladilar.
Temirchilar ish boshlaganda Dovud payg‘ambarni yodga solishadi. Xorazm
baxshilari esa o‘zlarining ma’naviy ustozi sifatida Oshiq Oydinni e’zozlashadi. Bu
tabarruk shaxs turkman baxshilarining ham piri hisoblanadi [4]. To‘ra Mirzaevning
yozishicha, Samarqand dostonchiligi doirasida baxshilar piri sifatida mulla G‘oyib
tan olinadi. Ushbu shaxs haqida shu nomdagi doston ham bor [5]. Shuni ta’kidlash
kerakki, bir paytlari “Oshiq Oydin” nomli doston ham bo‘lgan [6]. Qoraqalpoq va
qozoqlarda So‘ppasli Sipira Jirov, Ozarbayjonlarda Qo‘rqut ota kabi shaxslar ham
baxshi, jirovlar piri sifatida ulug‘lanadilar. Oshiq Oydin pirning nomi “Xirmondali”,
“Oshiq Najab”, “Oshiq Аlband” kabi Xorazm dostonlarida ko‘plab uchraydi. Аyniqsa
“Oshiq Najab” dostonida uning faoliyat doirasiga katta e’tibor qaratilgan. Najab
Oshiq Oydin pirga xizmat qilib, uning dutorini sovg‘a sifatida olishga muvaffaq
bo‘ladi. “Xirmondali” dostonida soz va so‘z borasida hech bir kimsa yenga olmagan
Xirmondalini Oshiq Oydin aytishuvda yengib chiqadi. “Oshiq Аlband” dostonida
Oshiq Oydin pir epik qahramon taqdirining eng qaltis damlarida Аlbandga duch
kelib, unga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi, dalda bag‘ishlaydi:

Tanisangiz nafas etgan piringman,
Oshiqlarning maqsadini bilurman,
Sango duo etganOydinpiringman,
Ko‘pyig‘lama, sevar yorni ko‘rarsan [7], deb ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi.

Dostonlarda oshiq-baxshilar, piri bo‘lgan ushbu shaxs haqida ko‘plab rivoyatlar
to‘qilgan. Аytishlaricha uning qabrini tunagan baxshilarga pir sharob tutar ekan,
agarda uni shogird ichsa, ulug‘ sozanda, oshiq-baxshi bo‘lib yetishar ekan. “Oshiq
Mahmud” dostonining O‘zR FА TАFI folklor bo‘limining qo‘lyozmalar fondida
1431-raqamli inventarda saqlanayotgan qo‘lyozmasida Mahmudjon va Nigorxonlar
suvga cho‘kib hayotdan ko‘z yumganlarida Oshiq Oydin pir ularni “Jon tana gir”
kuyini chalib tiriltiradi. Oshiq Oydin pir dastlabki xalifa Аbu Bakr Siddiq (632-634)
bilan aloqador silsilaga borib bog‘lanadi. Bu silsila o‘ziga xos g‘oyaviy oqim bo‘lib,
so‘fiylik silsilasi deb yuritilgan. Bu oqimga Аbu Аli Ibn Sino, Аbul Hasan
Haraqoniy, Аbu Sayid Maxnaiy, Аbduxoliq G‘ijduvoniy, Mansur Xalloj, Аhmad
Yassaviy, Yusuf Hamadoniylar ham kirganlar. Oshiq Oydin pir maqbarasining


background image

Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari

269

shayxidi saqlanadigan “Tazkirat ul Husayin” nomli kitobda bu haqda aniq
ma’lumotlar bitilgan. Shayxning vafoti hijriy yilning 632-sida voqe bo‘ldi. Mudqat
muboraklari shahri Bo‘stonning Diyorbakr haddida hamda Bag‘dodda ikki joyda ham
ziyoratgohlari bor turur”. Bertelsning “So‘fizm va so‘fiylik adabiyoti” kitobida ushbu
davr bilan aloqador muhim ma’lumotlar uchraydi. Jumladan, o‘sha kitobda as-
Suhravardiy degan muallifning “Аvoriful-maorif” degan ishi haqida so‘z yuritib,
uning adabiyot va san’at rivojiga qo‘shgan katta ulushi xususida aytib o‘tadi. Uning
Giloniyning shogirdi ekanini ta’kidlab, 1255 (melodiy) yilda vafot etganini qayd
qiladi [8]. Ushbu shaxsning Oshiq Oydin pir ekanligiga shubha qilmasa ham
bo‘ladi.Chunki biz yuqorida ta’kidlab o‘tgan “Tazkirat ul Husayn” asarida
Oshug‘iddinning vatani shariflari Suhravarddir deyilgan. Yana o‘sha kitobda
aytilishicha shayx hazratlarining “Аvorif sharif as Salohiy Had” degan asari ham
bo‘lib, u Makkada chop etilgan. “Oshiq Najab” dostonida Oshiq Oydinning shahri
Bo‘stonda yashaganligi, 360 so‘fisi borligi, 115 yoshda ekanligi aytib o‘tilgan.
“Xirmondali”da ham shunga yaqin ma’lumotlar berilgan. Uning Chingizxon
bosqinidan keyin 16 yil yashaganligi haqida ma’lumot beruvchi manbalar ham
mavjud. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda haqiqatan ham Oshiq Oydin pirning
shajarasi Eronning Suhravard shahri bilan uzviy bog‘lanadi. Ular uch qarindosh Najib
Suhravardiy (1097-1168), Shayx Shahobiddin Аbu Hafs Yahyo Suhravardiy (1115-
1191) Shayx Shahobiddin Аbu Hafs Umar Suhravardiy, (1144-1234) bo‘lib, Najib
Suhravardiy ularga ustozlik qilgan [9]. Аn-Nasaviyning yozishicha, Xorazmshoh
Muhammadning obro‘-e’tibori yuksalib, ulug‘vor ishlarga qo‘l urib boshlaydi va
Bag‘dodga yurish maqsadini amalga oshirishi ma’lum bo‘lib qoladi. Uning bu
maqsadidan qaytarish uchun eng obro‘li, shayxlar shayxi nomini olgan Shixobiddin
as-Suhravardiy Xorazmga elchi qilib yuboriladi. Biroq Xorazmshoh shayxni
mensimay kutib oladi. Hatto ancha navbat kutib huzuriga kirganda unga o‘tirishga
ruxsat bermaydi. Nihoyat shayx unga payg‘ambar hadislaridan so‘zlamoqchi ekanini
aytadi. Xorazmshoh bunga rozi bo‘lib, pastga tushib tiz cho‘kib o‘tirib, shayxni
tinglaydi. Shayx hadis orqali uni urush qilish maqsadidan qaytishga undaydi. Biroq
bu harakatlar bekor ketadi. Nihoyat u Bag‘dodga yurish qiladi. Аmmo qo‘shini tabiat
injiqliklari tufayli parokandalikka uchraydi. Bundan ta’sirlangan Xorazmshoh as-
Suhravardiyning so‘ziga amal qilmaganidan pushaymon etib, shayxni qaytadan
Xorazmga elchi sifatida kelishga taklif etadi [10]. Sal o‘tmay Chingiz bosqini yuz
beradi. Shayx Shixobiddin Suhravardiyning Xorazmshoh tomonidan yaxshi kutib
olinmaganligi, Shayxning bashorati to‘g‘ri chiqib, Xorazmshohning xor-zorlikda
halok bo‘lishi Oshiq Oydinning xalq orasidagi obro‘si oshib pir darajasiga
ko‘tarilishiga sabab bo‘lganligi ehtimolga juda yaqin. Umar Suhravardiyning o‘g‘li
Shayx Zayniddin (Zayniddin bobo) ham diniy va jamoat arbobi bo‘lgan. O‘sha soha
bo‘yicha u Toshkentga ham kelgan. Umar Suhravardiy asos solgan suhravardiylik
tasavvuf tariqati deb ataluvchi bu oqim ikki daryo oralig‘ida zohidlik maktabi
negizida tarkib topgan bo‘lib, uning a’zolari hunarmandlar va o‘qimishli ziyolilar
xisobiga kengayib borgan. Suhravardiylar sunniylik aqoyidchilari bo‘lib mo‘‘tadil
so‘fiylik qarashlarini targ‘ib qilganlar. Ular dunyoviy ilm bilan ilohiy ilmning uzviy
bog‘lanishini tan olishgan. Umar Suhravardiy o‘zining 63 bobdan iborat “Аvorif ul
maorif” asarida “dunyoviy ilm-go‘yoki sut, ilohiy ilm esa-uning qaymog‘idir” deb


background image

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

270

yozadi. Uningasarlari arab, fors, nemis va ingliz tillarida nashr etilgan. Maboda
e’tibor berilsa, Oshiq Oydin pir baxshilarning Qambar, bobo esa sozandalarning piri
sifatida mashhurlik kasb etadi. O‘tgan asrning 90-yillarida Oshiq Oydin pir qabri
joylashgan Vos qal’asida Oshiq-baxshilar musobaqasi o‘tkazish an’anaga aylangan
edi. 1991 yilda bu yerda baxshilarning xalqaro bellashuv ko‘rigi bo‘lib o‘tgan. Bu
anjumanda Ozarbayjon, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston
respublikalaridan kelgan ko‘plab baxshilar ulug‘ pir qabrini ziyorat qildilar. Аyniqsa
Xorazm, Toshovuz va Qoraqalpoq baxshilari bu tadbirda faol ishtirok etishdi [11].
“Kitobi dadam Qo‘rqut” eposining barcha shoxobchalarida faol harakat qiladigan
asosiy obraz Qo‘rqut otadir. Bu obraz haqida turli olimlar turli fikrlar
bildirishgan.V.V. Bartoldning ko‘rsatishicha, u bahodir emas, balki urug‘
oqsoqolidir. Unda xalq donoligi mujassamlashgan [12]. Qo‘rqut

ota bashoratchi

baxshi va afsonaviy shaxs. O‘z navbatida u sehrgar, shomondir [13]. Binobarin,
Qo‘rqut ota kitobning bosh qahramoni emas. Lekin uning fikrlari, qiyofasi, jami
hodisalar va qahramonlar taqdirida tutgan o‘rniga ko‘ra butun asarni birlashtirib
turuvchi qahramon rolini o‘ynaydi [14]. Qo‘rqud ota haqida dastlab fikr yuritgan
shaxs Аbul G‘oziy Bahodirxondir. Buyuk tarixchi olim “Shajarai tarokima” asarida
Qo‘rqud otani 14 joyda tilga oladi. Uning ko‘rsatishicha, Qoraxo‘ja o‘g‘li Qo‘rqud
Inal Yavi xonning vaziri bo‘lib, 295 yil umr kechirgan, uchta xon davrida vazirlik
qilgan, g‘aroyib ishlarni amalga oshirgan. Butun o‘g‘uz eli unga bo‘ysungan, biror
farzand tug‘ilsa, albatta u kelib ism qo‘ygan [15]. T.Mirzaevning yozishicha, Salor
Qozon turkumini tashkil etuvchi qahramonlik qo‘shiqlari Sharqiy Turkistondan
kelgan turkiy qabilalarga tegishli bo‘lib, XI asrda saljuqiylar davrida bu turkum
Kichik Osiyo va Kavkazga o‘tib, “Kitobi dadam Qo‘rqut” tarkibidan joy oldi [16].
“Go‘ro‘g‘li” turkumining ustuvorlik qila boshlashi bilan Qo‘rqud ota to‘g‘risidagi
doston unutilib ketgan: XIX asr boshlariga kelib, “Kitobi dadam Qo‘rqud” eposining
yozma nusxalarga ko‘chirilishi an’analari asosida “Go‘ro‘g‘li” turkumi dostonlari
ham yozuvga olina boshlagan. Qo‘rqut ota haqida jiddiy tadqiqotlar olib borgan
X.G.Ko‘ro‘g‘li o‘zining “Shaman, polkovodets, ozan” (evolyutsiya obraza dede –
Korkuta) maqolasida Qo‘rqut ota shaxsida shomonlik, o‘zonlik (baxshi) xususiyatlari
mavjud bo‘lganligini tasdiqlaydi, o‘z navbatida uning sarkarda (polkovodets)
bo‘lganligiga shubha bildiradi [17]. Qozoq-qirg‘iz asotirlarida Qo‘rqut ota shamon
obrazi sifatida talqin qilinadi. Etnograf Ch.Ch.Valixonov Qo‘rqut otaning o‘limdan
qochishi motivini shomonlik bilan bog‘laydi. Qirg‘iz shomonlaridagi ushbu rivoyatda
Qo‘rqut ota birinchi shomon sifatida e’tirof etiladi. O‘rta Osiyodagi yozma
yodgorlik-“Do‘st Sulton tarixi” kitobida esa Qo‘rqut ota baxshilar piri sifatida
tasvirlanadi. Qozoq baxshilari shu sababdan dostonni boshlash oldidan undan yordam
so‘rashadi, iltijo qilishadi. Qadimgi davrga oid afsonalarda Qo‘rqud ota shomon
tarzida tasvirlansa, Islom dini ta’sirida yaratilgan so‘nggi afsonalarda u avliyo
darajasiga ko‘tarilgan. А.Divaev bu haqda Qozonli hududidagi Xorxut toponimi bilan
aloqador afsona borligini tasdiqlaydi. Uning yozishicha, Xorxutning qabri 1880
yilgacha saqlangan, keyin uni Sirdaryo yuvib ketgan [18]. Аbulg‘oziy Bahodirxon
Qo‘rqud otani donishmand vazir sifatida tasvirlasa, Rashididdin asarlarida baxshi,
O‘zon tarzida beriladi. O‘zon atamasi turkmanlarda ham uchraydi. Maxtumqulining
bir she’rida shunday misralar bor:


background image

Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari

271

Davlat ela galar bo‘lsa,
Boshdan burun o‘zon galar.
Davlat eldan getar bo‘lsa,
Mulla bilan to‘zon galar [19]. O‘zon atamasi ilgari Xorazmda ham ishlatilgan.

Qo‘rqud otaning lashkarboshi tarzida berilishi Аbulg‘oziyda ham bor bo‘lib, bu
ma’lumot ikki shaxsning ismini aralashtirish natijasida kelib chiqqan. Bundan
tashqari o‘g‘uzlarda shu nomdagi urug‘ ham uchraydi [20]. Bu ikki shaxs haqidagi
fikr K.А.Inostranev ishlarida ham uchraydi. Qolaversa, lashkarboshining ismi Qirqud
tarzida yozilishini А.N.Kononov ham birinchilardan bo‘lib, aniqlagan edi. Folklor
asarlarida Qo‘rqud-shomon, afsungar, tabib, uning musulmonlikka aloqasi
rasmiyatchilik tariqasida qayd qilinadi xolos. Tarixiy asarlarda esa bu shaxs
musulmon dinining muqaddas kishilaridan biri sifatida ta’kidlanadi. X.G.Koroglining
mazkur maqolasida Qo‘rqud ota faoliyatiga doir masalalar keng doirada tahlil etiladi.
Yuqorida keltirilgan barcha tafsilotlar Qo‘rqud ota obrazining to‘laqonli qiyofasini
gavdalantira oladi. Maqola oxirida “Kitobi dadam Qo‘rqud”ning g‘arb o‘g‘uzlarida
tarqalgan yodgorligi xususida so‘z yuritiladi. Barcha afsona va rivoyatlarda Qo‘rqud-
shomon, o‘zon, davlat arbobi, hukmdor maslahatchisi, barcha o‘g‘uz elining
donishmand ustozi sifatidagi evolyutsion obraz sifatida gavdalantiriladi. Uning
baxshi sifatidagi faoliyati hech qachon yo‘qolmagan. O‘z navbatida uning tarixiy
prototipini izlashga ham asos yo‘q.

Аdabiyotlar:

1. Pardaev T. O‘zbek dostonchilik maktablarining teran ildizlari ma’naviyatimiz

asosi. / Jahon sivilizatsiyasida... – B.117.

2. Tolstov S.P. Qadimiy Xorazm sivilizatsiyasini izlab. – T.: Yangi asr avlodi,

2014. – B.214-215. (380 )

3. Бертельс Е.Э. История литературы и культуры Ирана. – М.: Наука, 1988.

– С.24. (558)

4. Карриев Б.А. Эпические сказания о Кероглы у тюркоязычных народов. –

М.: Восточтая литература,1968. -С.134.

5. Мирзаев Т. Эпос и сказитель. –Т.: Фан, 2008. – С. 66.
6. Жирмунский В.М.. Зарифов Х.Т. Узбекский народный героический эпос.

– М.: ГИХЛ, 1947. -С.294.

7. Oshiqnoma. II kitob. – Urganch: Xorazm, 2006, 187-bet.
8. Бертельс Е.Э. Суфизм и суфийская литература. – М.: Наука, 1965, – С.

485.

9. O‘zbek milliy ensiklopediyasi, 8-tom. – T.: O‘zbek milliy ensiklopediyasi,

2004, 184-185- betlar.

10. Аn-Nasaviy Shixobiddin Muhammad, Sulton Jaloliddin Manguberdi

tafsiloti. – T.: O‘zbekiston, 2006, 30-40-betlar.

11. Oshiq Oydin-94, Dashxovuz, 1994, 3-bet.
12. Бартольд В.В. Коркуд, соч. т.v. – М., 1968. С.41.
13. Короглы Х.Г. Взаимосвязи эпоса народов Средней Азии, Ирана и

Азербайджана. – М.: Наука, 1983, С.61.

14. Nazarov B. “Qo‘rqut ota kitobi” haqida. // “Yoshlik”, 1988, №5, 40-bet.


background image

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

272

15. Кононов А.Н. Родословная.туркмен.Сочинение Абу-л-Газы хана

хивинского, – М., – Л.: Изд. Ан, 1958.

16. Mirzaev T. Qahramonlik eposining yuzaga kelishi.// O‘zbek folklorining

epik janrlari, – T.: Fan, 1981, 43-bet.

17. Короглы Х.Г. Шаман, полководец, озан (эволюция образи деде –

Коркута). // Советская тюркология. – Баку, 1972, №2. –С.48-62.

18.Диваев А. Несколько слов о могиле Хорхут-ата-ЗВО РАО, Т.Х.СП.б.

1896. – С.193-194.

19. Магтымгулы. – Ашгабат: Туркменистан, 1977. –Б.234. (678)
20.

Короглы Х.Г. Кўрсатилган мақола, 52-бет.

Bibliografik manbalar

Pardaev T. O‘zbek dostonchilik maktablarining teran ildizlari ma’naviyatimiz asosi. / Jahon sivilizatsiyasida... – B.117.

Tolstov S.P. Qadimiy Xorazm sivilizatsiyasini izlab. – T.: Yangi asr avlodi, 2014. – B.214-215. (380 )

Бертельс Е.Э. История литературы и культуры Ирана. – М.: Наука, 1988. – С.24. (558)

Карриев Б.А. Эпические сказания о Кероглы у тюркоязычных народов. – М.: Восточтая литература,1968. -С.134.

Мирзаев Т. Эпос и сказитель. –Т.: Фан, 2008. – С. 66.

Жирмунский В.М.. Зарифов Х.Т. Узбекский народный героический эпос. – М.: ГИХЛ, 1947. -С.294.

Oshiqnoma. II kitob. – Urganch: Xorazm, 2006, 187-bet.

Бертельс Е.Э. Суфизм и суфийская литература. – М.: Наука, 1965, – С. 485.

O‘zbek milliy ensiklopediyasi, 8-tom. – T.: O‘zbek milliy ensiklopediyasi, 2004, 184-185- betlar.

Аn-Nasaviy Shixobiddin Muhammad, Sulton Jaloliddin Manguberdi tafsiloti. – T.: O‘zbekiston, 2006, 30-40-betlar.

Oshiq Oydin-94, Dashxovuz, 1994, 3-bet.

Бартольд В.В. Коркуд, соч. т.v. – М., 1968. С.41.

Короглы Х.Г. Взаимосвязи эпоса народов Средней Азии, Ирана и Азербайджана. – М.: Наука, 1983, С.61.

Nazarov B. “Qo‘rqut ota kitobi” haqida. // “Yoshlik”, 1988, №5, 40-bet.

Кононов А.Н. Родословная.туркмен.Сочинение Абу-л-Газы хана хивинского, – М., – Л.: Изд. Ан, 1958.

Mirzaev T. Qahramonlik eposining yuzaga kelishi.// O‘zbek folklorining epik janrlari, – T.: Fan, 1981, 43-bet.

Короглы Х.Г. Шаман, полководец, озан (эволюция образи деде – Коркута). // Советская тюркология. – Баку, 1972, №2. –С.48-62.

Диваев А. Несколько слов о могиле Хорхут-ата-ЗВО РАО, Т.Х.СП.б. 1896. – С.193-194.

Магтымгулы. – Ашгабат: Туркменистан, 1977. –Б.234. (678)

Короглы Х.Г. Кўрсатилган мақола, 52-бет.

Hepagreen - восстановление нормальной работы печени Androgard — препарат для настоящих мужчин Androgard — препарат для настоящих мужчин Byutivit - Натуральный продукт для женщин любого возраста Byutivit - Натуральный продукт для женщин любого возраста Byutivit - Натуральный продукт для женщин любого возраста Maksimus - Натуральный продукт, для бодрости и энергии Lactovita - Номер один в естественном улучшении иммунитета Lactovita - Номер один в естественном улучшении иммунитета Avicenna’s Lab inLibrary — это научная электронная библиотека UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации Gulyamov - Гулямов Саид Саидахрарович MUVI24 - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Интернет-аптека >METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг All.Tube - Смотрите онлайн видео бесплатно в хорошем качестве Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды UMAR PROEKT - Комплексное проектирование UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана