O‘zbek tili shevasida hozirgi zamon fe’l shakllari tavsifi (amudaryo tumani oq oltin ofy shevasi misolida)

CC BY f
285-288
179
118
Поделиться
Янгибаева, А. (2022). O‘zbek tili shevasida hozirgi zamon fe’l shakllari tavsifi (amudaryo tumani oq oltin ofy shevasi misolida). Развитие лингвистики и литературоведения и образовательных технологий в эпоху глобализации, 1(1), 285–288. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/dllseteg/article/view/5608
А Янгибаева, Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti

o‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisligi 1- kurs magistranti

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

O‘zbek tilida hozirgi zamon fe’li yasovchi affiksining chiqib kelishi haqida bir necha ilmiy maqola va ishlarning maydonga kelganiga qaramay, shu vaqtga qadar mazkur affiksning qaysi fe’ldan kelib chiqqanligi to‘la isbotlanmagan. Shuningdek, o‘zbek tiliga oid grammatik adabiyotlarda hozirgi zamon fe’li ikki gruppaga bo‘lib ko‘rsatilsa, ayrimlarida uch gruppaga ajratadi. Hozirgi zamon fe’lini uch turga ajratib ko‘rsatuvchilar -moqda affiksi bilan yasalgan fe’l formasini hozirgi zamon fe’lining alohida bir turi deb qaraydilar. Lekin prof. A.Xojiyev -moqda affiksi bilan yasalgan fe’llar hozirgi zamon fe’lining alohida bir turi bo‘la olmasligini ta’kidlaydi. Aslida - moqda affiksi bilan yasalgan forma aniq hozirgi zamon fe’lining affiksial formasidir. Harakatning davomiyligini bildiradi

Похожие статьи


background image

Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari

285

O‘ZBEK TILI SHEVASIDA HOZIRGI ZAMON FE’L SHAKLLARI TAVSIFI

(AMUDARYO TUMANI OQ OLTIN OFY SHEVASI MISOLIDA)

A.F.Yangiboyeva

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti

o‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisligi 1- kurs magistranti

Tayanch so‘zlar:

sheva, affikslar, tasviriy ifoda, hozirgi zamon.

Key words:

dialect, affix, descriptive expression, present simple.


O‘zbek tilida hozirgi zamon fe’li yasovchi affiksining chiqib kelishi haqida bir

necha ilmiy maqola va ishlarning maydonga kelganiga qaramay, shu vaqtga qadar
mazkur affiksning qaysi fe’ldan kelib chiqqanligi to‘la isbotlanmagan. Shuningdek,
o‘zbek tiliga oid grammatik adabiyotlarda hozirgi zamon fe’li ikki gruppaga bo‘lib
ko‘rsatilsa, ayrimlarida uch gruppaga ajratadi. Hozirgi zamon fe’lini uch turga ajratib
ko‘rsatuvchilar -moqda affiksi bilan yasalgan fe’l formasini hozirgi zamon fe’lining
alohida bir turi deb qaraydilar. Lekin prof. A.Xojiyev -moqda affiksi bilan yasalgan
fe’llar hozirgi zamon fe’lining alohida bir turi bo‘la olmasligini ta’kidlaydi. Aslida -
moqda affiksi bilan yasalgan forma aniq hozirgi zamon fe’lining affiksial formasidir.
Harakatning davomiyligini bildiradi.

Kuzatilayotgan obyektlardagi aniq hozirgi zamon fe’li anglatgan ma’no va

funksiyaga ko‘ra ikkiga; a) affikslar yordamida yasaluvchiforma, b) tasviriy formaga
bo‘linadi.

1.

Affiksial forma. Affikslar yordamida yasalgan aniq hozirgi zamon fe’l

formalarining yot ko‘makchi fe’li orqali yasaluvchi tasviriy formadan kelib
chiqqanligi mutaxassislar tomonidan aniq belgilanib berilgan. -moqda affiksi bilan
yasalgan forma bundan mustasno. Lekin o‘zbek shevalarida hozirgi zamon fe’lining
affikslar yordamida yasaluvchi formasining kelib chiqishi to‘g‘risida ikki xil fikr
mavjud. A.Hojiyev “ishlab yatipti, barip yatipti fe’lining konstruksiyasi dastlab ikki
formada grammatikalizatsiyalangan”, – deb yozadi.

Qoraqalpog‘istondagi Amudaryo tumani Oq oltin OFYi o‘g‘uz va qipchoq

shevalarida aniq hozirgi zamon fe’lining affiksial formasi quyidagi affikslar
yordamida yasaladi:

-atir, – vatir, -yatir

affiksi va tegishli shaxs-son tuslovchi

qo‘shimchlarini fe’l o‘zak-negiziga biriktirish yo‘li bilan aniq hozirgi zamon fe’l
formasi shakllanadi.Agar fe’l o‘zagi undosh bilan tugagan bo‘lsa, hamma vaqt –

atir,

-vatir

, formasidan oldin

a

unlisi orttiriladi. Masalan: baratirman, kiyatirman,

o‘qivatirman,bervatirman.

Aslida -atir formasi -yatir, -vatir dan kelib chiqqan y/v tovushining tushishi

natijasida kelib chiqqan baryatirman> barvatirman> baratirman.

-

atirman, -vatirman

affikslar yordamida yasaluvchi hozirgi zamon zamon

fe’l formasi Amudaryo tumani Oq oltin qishlog‘i shevasida aktiv ishlatiladi hamda
barcha fe’llarga birika oladi. Misol uchun: baratirman, ishlavatirman, uxlavatirman,
sotvatirman.

Qorqalpog‘iston hududidagi shevalarda ham

-atip, -djatip

formasi ham

shevalarda hozirgi zamon fe’lini yasashda ishtirok etadi. Bu forma shaklan yotib
ko’makchi fe’liga o‘xshaydi. Lekin bu o‘rinda ikki holatni bir-biridan farqlash kerak.


background image

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

286

Chunki,

-alip, -djatipti

tasviriy forma,

abatipti//aladjatipti

affiksial formadir.

Alipatipti//alipdjatipti

formasidagi

-atip// -djatip

hozirgi zamon ma’nosidan tashqari,

ko‘makchi fe’l sifatida, yana turli qo‘shimcha ottenkalarni ham ifodalaydi.

Abatipti//aladjatipti

formasidagi

-atip, -djatip

esa hozirgi zamon ma’nosini

bildiradi.Vo‘rtag‘a chiqqan djig‘ilibatipti, sira djg‘atuvini jo‘q/o‘rtaga chiqqan
yiqilyapti, sira yiqadigani yo‘q. Bulardan -atip yordamida yasaluvchi hozirgi zamon
fe’l formasi yelashgan qipchoq shevalarida aktiv qo‘llanadi.

Hozirgi zamon sifatdoshini tegishli shaxs-son affikslari bilan tuslash orqali ham

aniq hozirgi zamon fe’li hosil bo‘ladi. Shevalarda hozirgi zamon sifatdoshi birgina

-

atqan

formasiga ega, Oq oltin qishlog‘ida esa ko‘pincha

-vatqan

shaklida ishlatiladi.

Zamon nuqtayi nazaridan bu forma nutq momentida boshlanib, undan keyin ancha
vaqtgacha

davom

etadigan

harakatni

bildiradi:

baratqan,

kiyatqan

,

gurringlashvatqan, uxlavatqan

.

Aniq hozirgi zamon fe‘lining formasining qo‘shilishi bilan fe‘l o‘zaklarida

ayrim fonetik o‘zgarishlar ro‘y beradi. Masalan,

kel

fe‘li aniq hozirgi zamon affiksi

bilan ikki xil formada tuslanadi:1)

bazardan kiyatirman

2)

tuvilg‘an kunnan

kelvatrman

3)

o‘tirishmag‘a qavatidan

yoki

qalvatirman

. Asosan Oq oltin OFY

hududida shu tarzda ishlatiladi. Birinchi, ikkinchi misollarda ish-harakatning nutq
momentida bajarilayotganini, uchinchi misolda esa ish-harakatning avvalda ham,
hozir ham va kelgusida ham bajarilishi ko‘rinib turibdi. Demak,

-atir

affiksi fe‘l

o‘zaklarga qo‘shilib, aniq hozirgi zamon ma‘nosini, ba‘zida hozirgi-kelasi zamon
ma‘nosini va umumiy zamon ma‘nosini ifodalay oladi.

Aniq hozirgi zamon fe‘lining formasini yasovchi -yotir, affiksining adabiy tilda

qaysi dialekt materiallaridan olinganligi to‘g‘risida ba‘zi fikrlar mavjud. Jumladan,
prof, F.A.Abdullaev

-yotir, -yatir

, affiksi adabiy til normasiga o‘g‘uz shevalaridan

olingan deb qaraydi. Prof. A.N.Kononov ham

-yotir

formasining Xorazm dialekti

uchun xarakterli ekanligini ta‘kidlaydi. Bu fikrni dotsent N.Rajapov ham quvvatlaydi.
Boshqa bir guruh olimlari esa prof. B.B.Reshetov, prof. X.Doniyor, dotsentlardan
B.Egamov, F.Abdullayev, M.Baliev, Y.Ibrohimov va boshqalar

-yotir, -jatir, -vatir

affiksini qipchoq shevalari materiali deb hisoblaydi. Prof. G‘ozi Olim Yunusov va
prof. A.K.Borovkovlar

-yotir

affiksini o‘g‘uz dialekti uchun ham, qipchoq dialekti

uchun ham xarakterlidir deb uqtiradi. Y.Jumanazarov ham bu formaning qipchoq
lahjasiga xos ekanligini alohida ta‘kidlaydi. Shunday ekan, hozirgi zamon fe‘lining

-

yotir

formasi o‘zbek adabiy tiliga norma sifatida asos e‘tibori bilan qipchoq

lahjasidan qabul qilingan. Janubiy Xorazm shevalarida

-yotir

affiksining funksiyasini

ko‘proq

-vatip

formanti bajarib keladi. Buni ham e‘tiboga olish lozim. Dotsent.

H.Rajabov

-yotir

formasining qo‘llanilishi haqida to‘xtab, o‘zbek tilida

-yotir

affiksi

bilan hozirgi zamon fe‘lini yasashning tarixi 1929- yildan boshlangan, degan fikrni
bayon etadi. Binobarin, prof. S.Mutallibovning guvohlik berishicha, hozirgi zamon
fe‘lining -yotir formasi “Qutadig‘u bilig”da ham uchraydi. Demak,

-yotir

formasi

qadimdan mavjud bo‘lib, sobiq ittifoq davrida uning ishlatilish doirasi kengaydi.
O‘rganilayotgan qipchoq tip shevalarda hozirgi zamon fe‘lining -moqda affiksi
deyarli uchramaydi. Uning funksiyasini hamma vaqt harakat nomi yasovchi -uv,-nub
affiksi va o‘rin – o‘rin payt kelishik qo‘shimchasi -da bajaradi. O‘rin-payt kelishik
qo‘shimchasi hech vaqt sof fe‘lga qo‘shilmaydi. Qipchoq tip shevalarda harakat yoki


background image

Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari

287

holatning davomiyligini ifoda etish uchun mazkur kelishik qo‘shimchasi harakat
nomi yasovchi -uv, ub ni talab qiladi: tashuvdaman- toshimoqdaman, chiranuvdasan-
oyoq tiramoqdasan. Demak, mazkur shevalarda harakatning davomiyligini
ifodalashda -uvda affiksi ishtirok etadi.

Amudaryo tumani “Oq oltin” OFY o‘z tarkibiga 5 mahallani qamrab oladi.

Aholisi asosan qipchoq lahjasida bo‘lib hozirgi zamon fe‘lining -yotir, -yap, -oqda
formalarini ishlatish hollari uchraydi. Jumladan Oq oltin OFY tarkibidan “Qipchoq
arna”, “Beshtom”, “Sori Eshon”qishloqlari jlovchi shevalaridan bo‘lib hozirgi
zamonda jevatr, juvvatir kabi ishlatiladi. “Ozod” “Kurpskaya” deb nomlagan
qishlog‘i esa yilovchi bo‘lib yuvvatir, yevatir tarzda hozirgi zamon shevalari shu
tarzda namoyon bo‘ladi. Shuningdek, tarixiy qipchoq til shevalarning shakllanishida
turli xil etnik komponentlarning ishtirok etganligi aniq.

Tasviriy forma: Tadqiq etilayotgan obyektlarda hozirgi zamon fe‘lining tasviriy

formasi

tur, yur, djur, yat, djat, vo‘tir, o‘tir

ko‘makchi fe‘llari yordamida yasaladi.

Tasviriy konstruksiyada qatnashgan bu fe‘llar o‘ziga xos tuslanish va ma‘no
ottenkalari bilan bir-biridan farq qiladi. Masalan: yat/djat fe‘lining tasviriy formasi
hozirgi zamon fe‘lining affiksial formasidek tuslanadi. Yetakchi fe‘ldan anglashilgan
harakat yoki holatning hozirgi zamonga oidligini ifodalash bilan birga harakat yoki
holatni kuchaytirib ko‘rsatadi: ayavotirman-achinyabman, qaranvatippan-davolanib
yotibman.

Hozirgi zamon fe‘lining

baratirippan, kiyatirman

tipidagi formasi o‘zbek

shevalarining ko‘pida mavjud. Ko‘pchilik mutaxassislar bunday formalar tipidagi
yatipti, yatir ni ko‘makchi fe‘l, ular oldidan qo‘llanuvchi a unlisi ravishdosh yasovchi
affiks deb qaraydilar, A.Hojiyev esa bulardagi yatipti, yatir ni hozirgi zamon fe‘l
yasovchi affiks a unlisi esa barip yatipti formasidagi b affiksining tushib qolishidan
so‘ng uning oldidan qo‘llangan qisqa i unlisining a ga yaqin talaffuz etilishidan
yuzaga kelgan deb hisoblaydi, ya‘ni ikkita undoshni o‘zaro bog‘lash uchun orttirilgan
tovush deb ko‘rsatadi. Avtor o‘z fikrini shevalarda keltirilgan faktlar bilan isbotlaydi.

Tasviriy formada bo‘lishsizlik affiksi -may, -miy, -mey adabiy tildagidek

etskchi fe‘lga qo‘shiladi: angg‘armay vo‘tirman -payqamay o‘tiribman, indamiy
jursillar-jim yuribsizlar.

Hozirgi zamon fe‘lining tasviriy formasi affiksial yordamida yasaluvchi

formalariga nisbatan qadimiydir:

-yat, -jat

ko‘makchi fe‘li yordamida yasaluvchi

tasvirit formaning turlicha grammatikalizatsiyasidan o‘zbek shevalaridagi hozirgi
zamon fe‘lining bir qator affiksial formalari kelib chiqqan degan fikrning to‘g‘ri
ekanligini Qoraqalpog‘istondagi o‘zbek shevalaridan yuqoridagi keltirilgan faktlar
yana bir bor to‘la izohlanadi.

O‘zbek tili qipchoq shevalaridagi aniq hozirgi zamon fe‘lining

-atir, -jatir, -atir,

-jatip, -at, -atqan

formalari bilan yasalgan turi tasviriy formadan kelib chiqqan degan

fikrni to‘la tasdiqlaydi. Aniq hozirgi zamon fe‘li yasovchi affikslarning “yotmoq”
fe‘lidan kelib chiqish sababi bu fe‘lning ko‘makchi fe‘l vazifasida turmoq, yurmoq,
o‘tirmoq fe‘llariga nisbatan tarixan keng qo‘llanilganligi bilan bog‘langan. “Oq oltin”
OFY ida ko‘p ishlatiladigan tur, vo‘tir, o‘tir, jur, yur, yat, holat va ish-harakat fe‘llari
orqali aniq hozirgi zamon fe‘li ifodalanganda, asosiy fe‘llardagi harakatning
davomiyligini anglatadi.


background image

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

288

Adabiyotlar

:

1. Ibrahimov Y.M. Qoraqalpog‘istondagi o‘zbek shevalarida fe‘l. – Nukus,

1984.

2. Ibragimova U. Qoraqalpoqiston Respublikasi o‘zbek shevalarida so‘z

yasalishi. – Qarshi, 2019.

3. Ibrahimov Y.M. Qoraqalpog‘istondagi mahalliy o‘zbek shevalaridan material

to‘plovchilar uchun metodik qo‘llanma. – Nukus, 1981.

4. Ashirboyev S. O‘zbek dialektologiyasi. – Toshkent, 2013.
5. Norov, I. (2021). METHODS Of Teaching Phonetics In Other Language

Groups. Барқарорлик ва Етакчи Тадқиқотлар онлайн илмий журнали, 1(5), 306-
309.

Библиографические ссылки

Ibrahimov Y.M. Qoraqalpog‘istondagi o‘zbek shevalarida fe‘l. – Nukus, 1984.

Ibragimova U. Qoraqalpoqiston Respublikasi o‘zbek shevalarida so‘z yasalishi. – Qarshi, 2019.

Ibrahimov Y.M. Qoraqalpog‘istondagi mahalliy o‘zbek shevalaridan material to‘plovchilar uchun metodik qo‘llanma. – Nukus, 1981.

Ashirboyev S. O‘zbek dialektologiyasi. – Toshkent, 2013.

Norov, I. (2021). METHODS Of Teaching Phonetics In Other Language Groups. Барқарорлик ва Етакчи Тадқиқотлар онлайн илмий журнали, 1(5), 306- 309.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов