В формировании профессиональной компетентности у учащихся традиционные и современные методы обучения необходимость обучения классификации

CC BY f
295-298
29
65
Поделиться
Буранова, Ш. (2022). В формировании профессиональной компетентности у учащихся традиционные и современные методы обучения необходимость обучения классификации. Развитие лингвистики и литературоведения и образовательных технологий в эпоху глобализации, 1(1), 295–298. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/dllseteg/article/view/5611
Шахиста Буранова, Nukus davlat pedagogika instituti

pedagogika fanlari nomzodi, dotsent O‘zbek tili kafedrasi

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье комментируется значение методики преподавания для классификации методов, выбора современных форм методического образования для студентов, обучающихся по системе бакалавриата высшего образования на узбекском языке и литературе.


background image

Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari

295

TALABALARDA KASBIY KOMPETENSIYANI SHAKLLANTIRISHDA

O‘QITISHNING AN’ANAVIY VA ZAMONAVIY METODLARINI

TASNIFLASHGA O‘RGATISH ZARURIYATI

Buranova Shaxista Mengliboevna

pedagogika fanlari nomzodi, dotsent, Nukus

davlat pedagogika instituti, O‘zbek tili kafedrasi

Annotatsiya:

Maqolada oily ta’limning o‘zbek tili va adabiyoti bakalavr

tizimida tahsil olayotgan talaba yoshlarga metodik bilim berishning zamonaviy
shakllarini tanlash davr talabi ekanligi, metodlarni tasniflashga o‘rgatishning
ahamiyati xususida fikr mulohazalar berilgan.

Аннотатция

:

В статье комментируется значение методики

преподавания для классификации методов, выбора современных форм
методического образования для студентов, обучающихся по системе
бакалавриата высшего образования на узбекском языке и литературе.

O‘zbekistondagi strategik rivojlanish jarayonlari yuqori malakali kadrlarni

tayyorlashni taqozo qilmoqda. Pedagog kadrlar tayyorlashning sifatini ko‘tarishda
talabalarni ilm-fan taraqqiyotining eng so‘nggi yutuqlaridan xabardor qilish muhim
ahamiyat kasb etadi. Shiddat bilan ro‘y berayotgan barcha o‘zgarishlar, xususan,
O‘zbekiston ta’lim tizimining butun jahon bilan integratsiyalashuvi fanlarni nazаriy
va amaliy asoslarining takomillashishiga va o‘z navbatida yangi atamalar va
tushunchalar paydo bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda. Zamonaviy o‘qitish texnologiyalari,
ular bilan bog‘liq metodik yondashuvlar esa bo‘lajak o‘qituvchilarda zaruriy bilimlar,
muhim qonuniyatlar, ko‘plab fundamental tushunchalarni nisbatan yengil, chuqur va
mustahkam shakllantirish uchun qulay sharoit yaraishi shubhasiz. Ayniqsa bo‘lajak
o‘qituvchilarning nazariy masalalar bilan bir vaqtda, metodikaga xos fanlarni chuqur
o‘rganishi alohida ahamiyat kasb etadi. “O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi” fani
5111200 – o‘zbek tili va adabiyoti bakalavr ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasining
umumkasbiy fanlar blokidan o‘rin olgan bo‘lib, bir necha yillardan buyon talabalarga
2 semestr davomida o‘qitilib kelingan bo‘lsa, 2017-2018 o‘quv yilidan e’tiboran 4
semestr davomida o‘qitila boshlandi. Albatta, bu bejiz emas. Zero, o‘zbek tili va
adabiyoti mutaxassisligi bo‘yicha yetuk kadrlar tayyorlash talabalarni – bo‘lajak
o‘qituvchilarni metodika va zamonaviy pedagogik texnologiyalarning nazariy va
amaliy masalalari bilan yanada kengroq tanishtirishni taqozo qiladi. Mazkur fan
ta’lim bosqichlarida olib boriladigan dars turlari, ona tilini o‘qitishning turli
zamonaviy metod va usullardan foydalanish jarayoni, o‘quvchilarga ona tilidan bilim
va malaka berish yo‘llari, ona tili ta’limining asosiy vazifasi bo‘lgan o‘quvchilarning
fikrlash salohiyatini, aqliy rivojlanishini, mantiqiy tafakkurini o‘stirish, o‘zini,
o‘zgalarni va borliqni til vositasida anglashni hamda fikr va his-tuyg‘ularini ona
tilining keng imkoniyatlari doirasida bayon eta olishga o‘rgatish jarayonlarining
mohiyatini tushunishda talabalarni zarur bo‘lgan bilimlar bilan qurollantiradi.

O‘quv fanining dasturida fanni o‘qitishdan

maqsad

talabalarni ona tili

ta’limining ilmiy-nazariy asoslari bilan tanishtirish; o‘qitishning eng qulay va
zamonaviy metod va usullarini ta’limning turli bosqichlarida qo‘llay olish, bo‘lajak


background image

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

296

o‘qituvchilarga qo‘yiladigan kasbiy talablar asosida ona tili fanini zamon talablari
darajasida o‘qitishning samarali metodlari, shakl va usullarini o‘rgatish, ularni
amaliyotga tatbiq qilishning pedagogik-metodik imkoniyatlarini yoritishdan iborat
deb belgilab qo‘yilgan

238

.

Fanning asosiy nazariy qismi 4 modulga ajratilgan bo‘lib, 1-,2-3-modullar 2-3-

semestrlarda, 4-modul esa 3-4-semestrda o‘qitilishi maqsadga muvofiq. Bitiruv
ishimiz mavzusiga aloqador o‘zbek tilini o‘qitish metodlari 2-bosqichda o‘qitilishi
ko‘zda tutilgan bo‘lib, biz unda ajratilgan 7 ta mavzuning har birini modul ichidagi
modullar sifatida belgilab oldik. Fan dasturida “O‘zbek tilini o‘qitish metodlari”
mavzusi doirasida metod haqida umumiy tushuncha; metod va usul tushunchalarining
o‘zaro munosabati; o‘zbek tilini o‘qitish metodlari tasnifi; muammoli ta’lim
metodlari; til ta’limida o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlari; o‘quv jarayonini
faollashtirish usullari; o‘quv jarayonini faollashtirish mezonlari; natijaviylik,
samardorlik, motivatsiya; o‘quv materiallarini o‘zlashtirishning psixofiziologik
omillari kabi masalalar o‘rganilishi nazarda tutilgan.

Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan

talablar qatorida o‘zbek tilini o‘qitish metodlari, usullari, ularning nazariy asoslari;
ta’lim tizimida fanning mazmuni, uzviyligi va uzluksizligini ta’minlashga qaratilgan
metod va usullar asosida o‘qitish samaradorligini oshirish, ta’lim jarayonini
tashkillashtirishning ilmiy-metodik asoslari, o‘zbek tili va adabiyoti o‘qituvchisining
pedagogik faoliyatini, o‘quv mashg‘ulotlarini, kasbga yo‘naltirib muammoli
o‘qitishni bilishi, malaka hosil qilishi va amalda qo‘llay olishi; o‘zbek tili ta’limida
an’anaviy va noan’anaviy dars shakllarini qo‘llash, o‘quvchilar o‘quv-biluv
faoliyatini faollashtirishga qaratilgan dars usullaridan foydalanish kabi ko‘nikmalarga
ega bo‘lishlari lozimligi ko‘rsatib o‘tilgan. Bizningcha, modulni o‘qitishda o‘qituvchi
va talabalar bir qancha muammolarga duch keladilar. Jumladan, metodikada to‘la hal
bo‘lmayotgan, muayyan echimga kelinmayotgan muhim muammo, ya’ni so‘nggi
davrda ayrim atamalarning mohiyati etarli darajada anglanmagan holda biri ikkinchisi
o‘rnida noo‘rin qo‘llanayotganligi, bu esa o‘qituvchilarning dars ishlanmalarida,
tajribalari

yoritilayotgan

maqolalarida

qator

chalkashliklarni

yuzaga

keltirayotganligiga alohida e’tibor qaratish taqozo qilinadi. Ayni shu muammo
oydinlashtirilib, talabalarga

metod, ta’lim metodi, usul, metodika,

strategiya,

organayzer, texnologiya

kabi tushunchalar mohiyati ochib berilmas ekan, kelgusida

ham atamalarni o‘z o‘rnida qo‘llamasdan dars ishlanmalarini rasmiylashtirish,
tajribalarni ommalashtirishda chalkashliklar davom etaveradi, dars kuzatish va
ularning tahlillari besamar bahs-munozaralarga aylanib qolaveradi.

Rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalarining kirib kelishi sababli

mamlakatimiz ta’lim jarayoniga deyarli bir asrdan ortiq hukmronlik qilgan
metodikaning mohiyati va yangidan kirib kelgan texnologiya tushunchasining
mohiyatini bir-biridan farqlash, tushunish bo‘yicha yuzaga kelgan bahslar hali ham
davom etmoqda deyish mumkin. Keys-stadi, o‘quv loyihasi, sinkveyn, bumerang,
tushunchalar tahlili, venn diagrammasi kabilarning bir o‘rinda metod, yana bir

238

“Ўзбек тилини ўқитиш методикаси” фани дастури (тузувчилар: М.Сапарниязова, Т.Юсупова). – Toshkent,

2017. 3-b.


background image

Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari

297

o‘rinda texnologiya, ba’zan strategiya, ba’zan organayzer tarzida talqin qilinishi
fikrimiz dalilidir. Umumta’lim maktablari va o‘rta maxsus ta’lim uchun uzviylashgan
o‘quv dasturini tajriba-sinovdan o‘tkazishda ham taqvim-mavzu rejalarda metod,
usul, organayzer kabi atamalar farqlanmasdan keltirilgan edi. Shuni inobatga olgan
holda texnologiya, strategiya, organayzer kabi atamalar mohiyatini ham
oydinlashtirish zarur.

Texnologiya

– ko‘zda tutilgan maqsadga erishish uchun har bir mutaxassis

tomonidan amalga oshiriladigan jarayon bo‘lib,

ishlov berish, holatni o‘zgartirish

san’ati, mahorati, malakasi va metodlar yig‘indisidir

(V. P. Shepel)

.

Ta’rifga e’tibor qaratilsa, texnologiya metodlarni o‘z ichiga olishi, ya’ni

metodlar texnologiyaning tarkibiy qismi ekanligi ma’lum bo‘ladi. Metod esa aniq
o‘quv maqsadiga erishish yo‘llari, usullarining jami deb qaraladi.

Muayyan bir dars ana shu texnologiyalarning biri yoki bir nechtasi ishtirokida

loyihalanishi mumkin.

Shu o‘rinda metodika va texnologiyaning farqlanishiga alohida ahamiyat

qaratish zarur. “Metodika “Qaysi yo‘l bilan o‘qishda talab etilgan natijaga erishish
mumkin?” degan savolga javob bersa, texnologiya “Uni qanday qilib kafolatlash
mumkin?” degan savolni o‘rtaga tashlaydi

239

.

Har xil adabiyotlarda har xil sharhlanayotgan atamalarni tartibga solish zarur.

Klaster metodmi yoki strategiyami? “Qarorlar shajarasi metodi” va “Qarorlar qabul
qilish texnologiyasi” bir-biriga tengmi? “Zig-zag” strategiyami yoki metod? Venn
diagrammasi-chi? Insert strategiyasi...

Pedagogik texnologiyalar ancha tomir otayotgan bo‘lsa ham metod, texnologiya,

strategiya, organayzer atamalari farqlanmasdan qo‘llanilishi kuzatilmoqda.

Bizningcha, “BBB”, “T” chizma, “Sinkveyn”, “Bumerang”, “Idrok xaritasi”,

“Bu bizniki”, “Intelektual ring”, ”Blits so‘rov”, “Teskari test”, “Chalkash
ma’lumotlar”, “Klaster”, ”Zanjir”, ”Xatosini top”, ”Tushunchalar tahlili”, ”Aqliy
hujum”, “Kim topqir”, “Bilimdonlar daraxti”, «FSMU», «Veen diagrammasi»,
«Guruhlarda ishlash», “Sayohat“, ”SWOT”, ”Qorbo‘ron”, ”Zinama-zina” kabilar
interfaol metodning alohida bir usullari sifatida qaralishi maqsadga muvofiq bo‘lar
edi.

“BBB”, “T” chizma, “Bumerang”, “Idrok xaritasi”, “Qolipga mos gap tuzing”,

“To‘plamni tasniflaymiz”, “Klaster”, ”Tushunchalar tahlili”, “Bilimdonlar daraxti”,
«Veen diagrammasi», ”Zinama-zina” kabilar jadvallar tarzida tayyorlanib darsda
foydalaniladigan bo‘lsa, ular organayzer bo‘la oladi. U holda ular usul emas, balki

ta’lim vositasi

ham bo‘lishi kerak.

Xulosa sifatida shuni aytish joizki, bizningcha, fanning metodik ta’minotini

yaratishni jadallashtirish uchun, avvalo, yuqorida sanab o‘tilgan atama va
tushunchalarni aniqlashtirish alohida ahamiyat kasb etadi.

239

Бозорова С. Таълим тизимида ўқитиш технологияси моҳияти // Узлуксиз таълим. – Тошкент, 2006. № 2. –

Б.20, 22-б.


background image

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

298

Adabiyotlar:

1.“Ўзбек тилини ўқитиш методикаси” фани дастури. тузувчилар:

М.Сапарниязова, Т.Юсупова. – Toshkent, 2017.

2. Бозорова С. Таълим тизимида ўқитиш технологияси моҳияти // Узлуксиз

таълим. – Тошкент, 2006. № 2.

3. Begimqulov U.Sh. Pedagogik ta’limda zamonaviy axborot texnologiyalarini

joriy etishning ilmiy-nazariy asoslari. – T.: “Fan” nashriyoti, 2007.

4. Yo‘ldoshev J.G‘., Usmonov S.A. Pedagogik texnologiya asoslari. – T.:

O‘qituvchi, 2004.

5. Юлдашева, Ш. Ш. (2018). Almighty power of the word. Молодой ученый,

(3), 238-242.

Библиографические ссылки

“Ўзбек тилини ўқитиш методикаси” фани дастури. тузувчилар: М.Сапарниязова, Т.Юсупова. – Toshkent, 2017.

Бозорова С. Таълим тизимида ўқитиш технологияси моҳияти // Узлуксиз таълим. – Тошкент, 2006. № 2.

Begimqulov U.Sh. Pedagogik ta’limda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishning ilmiy-nazariy asoslari. – T.: “Fan” nashriyoti, 2007.

Yo‘ldoshev J.G‘., Usmonov S.A. Pedagogik texnologiya asoslari. – T.: O‘qituvchi, 2004.

Юлдашева, Ш. Ш. (2018). Almighty power of the word. Молодой ученый, (3), 238-242.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов