Matn tanlashda yosh xususiyatlarini inobatga olish tamoyiliga amal qilish

CC BY f
316-318
37
12
Поделиться
Ибодуллаева, И. (2022). Matn tanlashda yosh xususiyatlarini inobatga olish tamoyiliga amal qilish. Развитие лингвистики и литературоведения и образовательных технологий в эпоху глобализации, 1(1), 316–318. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/dllseteg/article/view/5617
Инбат Ибодуллаева, Nukus davlat pedagogika institute

O‘zbek tili kafedrasi o‘qituvchisi

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

O‘zbekistondagi strategik rivojlanish jarayonlari yuqori malakali kadrlarni tayyorlashni taqozo qilmoqda. Zamonaviy o‘qitish texnologiyalari, ular bilan bog‘liq metodik yondashuvlar esa bo‘lajak o‘qituvchilarda zaruriy bilimlar, muhim qonuniyatlar, ko‘plab fundamental tushunchalarni nisbatan yengil, chuqur va mustahkam shakllantirish uchun qulay sharoit yaratishi shubhasiz. Zero, Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev “Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo‘g‘inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o‘zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz”, 243 – deya haqqoniy ravishda ta’kidlaydilar. Ayniqsa, bo‘lajak o‘qituvchilarning nazariy masalalar bilan bir vaqtda, metodikaga xos fanlarni chuqur o‘rganishi alohida ahamiyat kasb etadi.


background image

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

316

MATN TANLASHDA YOSH XUSUSIYATLARINI INOBATGA OLISH

TAMOYILIGA AMAL QILISH

Inobat Ibodullayeva

– Nukus davlat pedagogika institute

O‘zbek tili kafedrasi o‘qituvchisi

O‘zbekistondagi strategik rivojlanish jarayonlari yuqori malakali kadrlarni

tayyorlashni taqozo qilmoqda. Zamonaviy o‘qitish texnologiyalari, ular bilan bog‘liq
metodik yondashuvlar esa bo‘lajak o‘qituvchilarda zaruriy bilimlar, muhim
qonuniyatlar, ko‘plab fundamental tushunchalarni nisbatan yengil, chuqur va
mustahkam shakllantirish uchun qulay sharoit yaratishi shubhasiz. Zero,
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev “

Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo‘g‘inlari

faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o‘zimizning
birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz”,

243

deya haqqoniy ravishda

ta’kidlaydilar. Ayniqsa, bo‘lajak o‘qituvchilarning nazariy masalalar bilan bir vaqtda,
metodikaga xos fanlarni chuqur o‘rganishi alohida ahamiyat kasb etadi.

Tilshunos E.Qilichev “Matnning lingvistik tahlili” nomli kitobida “Matn –

hamma elementlari o‘zaro zich aloqada bo‘lgan va avtor nuqtai nazaridan ma’lum bir
maqsadga yo‘naltirilgan nominativ-estetik axborotni ifodalovchi murakkab tuzilma»
degan ta’rifni beradi. I.Rasulov esa matnni quyidagicha ta’riflaydi: “Gapdan katta
birlik murakkab sintaktik butunlik bo‘lib, u fikran va sintaktik jihatdan o‘zaro bog‘liq
bo‘lgan gaplar birlashmasidan iborat. Unda fikr gapga nisbatan ancha to‘liq bo‘ladi”.

Izohli lug‘atda

matn

so‘zi arabcha so‘z bo‘lib, aynan

tekst

so‘zi bilan bir xil

ma’no anglatadi, deyiladi. T

ekst

esa asli lotincha so‘z bo‘lib, unga lug‘atda

quyidagicha ta’rif beriladi:

yozilgan, ko‘chirilgan yoki bosilgan ijodiy, ilmiy asar,

nutq, hujjat va boshqalarning bir parchasi, matn.

Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchi

gaplar tuzadi, sekin-asta gaplarni bir-biriga bog‘lab,

bog‘lanishli matn

hosil qiladi.

Yozma matnlar og‘zaki nutqqa ko‘chib, og‘zaki matnni hosil qiladi. Ma’lum bir
maqsadda bir-biriga grammatik, uslubiy va ma’no jihatidan bog‘langan gaplar matn
hisoblanadi.

O‘quvchiga matn nima uchun kerak?

1. Avvalo, matn tuzish texnikasini o‘rganadi. O‘zi matn tuzib, yoza oladigan

bo‘ladi. 2. Matn lug‘ati bilan ishlash jarayonida qanday so‘zlardan foydalanish
kerakligi, shu o‘rinda, aynan, qaysi so‘z qo‘llansa, o‘rinli bo‘lishini tushunadi.
Berilgan “muqobillardan maqbuli”ni tanlaydi. 3. Matnga savol berishni o‘rganadi.
Aytilmoqchi bo‘lgan asosiy fikrni ajratib oladi. Savollarga xoh to‘g‘ri, xoh noto‘g‘ri
javob berish jarayonida mustaqil fikrlaydi. 4. Ba’zi matnlarga sarlavha qo‘yilgan,
ba’zilariga esa yo‘q. Sarlavha tanlash jarayonida matndagi asosiy fikrni anglab yetib,
uni qisqa va mazmunli jumlada aks ettirishni o‘rganadi. Sarlavha tavsiya qilingan
matnlarda bu nomlanishning matnga qay darajada mosligini aniqlaydi, fikrlaydi.
5. Lug‘at bilan ishlash jarayonida o‘quvchi o‘zi uchun yangi bo‘lgan so‘zlar izohini
o‘rganadi, lug‘at boyligi oshadi. Matnlarni o‘rganishda asosiy e’tibor o‘quvchining

243

Mirziyoyev Sh.M. Tаnqidiy tahlil, qat’y tartib intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar

faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. – Toshkent: O‘zbekiston, 2017. -107 b.


background image

Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari

317

og‘zaki nutqini rivojlantirishga, fikrlash qobiliyatini o‘stirishga yo‘naltirilgan. Ammo
matn asosida beriladigan yozma topshiriqlar ham borki, ular o‘quvchidagi yozma
savodxonlikni takomillashtirishga xizmat qiladi. Darslikda berilgan matnlar har xil
mavzularda: tarixiy, adabiy, ilmiy, boshqa fanlar bilan aloqador, ijtimoiy-siyosiy,
hatto topishmoq, handa shaklidagi matnlar ham mavjud. Bu mustaqil fikrlovchi
shaxslarni voyaga yetkazishda muhim omil hisoblanadi.

Biz bilamizki, o‘quv darsliklarida matn tanlashda yosh xususiyatlarini inobatga

olish muhim tamoyillardan biridir. Chunki darsliklarda berilgan matn o‘quvchi
yoshiga to‘g‘ri kelmasa, bu matn ustida ishlash, undagi so‘zlarni tushuninsh bola
uchun

biroz

qiyinchilik

tug‘diradi.

A.Rafiyev,

G.Muxamedjanova,

N.Alovuddinovalar muallifligida 2020-yilda yangi nashr etilgan ya’ni 3-nashr O‘zbek
tili (ta’lim rus va qardosh tillarda olib boriladigan umumiy o‘rta ta’lim
maktablarining 5-sinfi uchun) darsligida deyarli barcha mavzularga ajratilgan,
tanlangan matnlar 5-sinf o‘quvchilari yoshiga mos tarzda tanlangan. 5-sinf
o‘quvchilari ancha yosh bo‘lganligi sababli rasmlardan hamda bolaning e’tiborini
tortuvchu turli xildagi ranglardan o‘z o‘rnida foydlanilgan. Darslikda matn ustida
ishlashda berilgan topshiriqlar ham grammatik mavzular bilan bevosita bog‘langan.
Berilgan topshiriqlarni bajarish davomida o‘quvchi ham matn mazmunini tushunadi,
ham grammatik mavzuni mustahkamlaydi. Quyida 5-sinf O‘zbek tili darsligidan bitta
matn namuna sifatida ko‘ramiz:


Darslikning 4- betida berilgan “Mening yurtim” matnida so‘zlar 5-sinf

o‘quvchisi bemalol tushuna oladigan qiyin bo‘lmagan so‘zlardir. Bu yerda o‘qituvchi
tominidan Toshkent, Samarqand, Buxoro Xiva shaharlari to‘g‘risida qo‘shimcha
qiziqarli ma’lumotlar berilib ketsa ham bo‘ladi. Mashq topshirig‘ida ajratilagan
so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing deyilgan. Bu topshiriqni bajarib o‘quvchi o‘zi erkin
fikrlaydi va kichik matn tuzadi. Bu esa o‘quvchilarda o‘zi mustaqil matn tuzish
ko‘nikmasini shakllantiradi. Bundan tashqari barcha mavzularda berilgan matnlar
o‘quvchilar yosh xususiyatlariga to‘la to‘g‘ri keladi.

Mazkur maqolamizda faoliyat o‘quvchilarni matn turlarini farqlash, matndagi

gaplarni tahlil va sintez qilish, imloviy va uslubiy nuqsonlarni aniqlash va bartaraf
qilish, matn qurilishi, mazmunidan to‘g‘ri xulosa chiqarish mashg‘ulotlari bilan
o‘zaro uyg‘unlikda olib borilishi – o‘quvchilarni mustaqil va ijodiy matn yaratishga


background image

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

318

tayyorlashning ishonchli kafolatidir. Olingan bilimlarni sarhisob qilib, kerakli
sohalarga qo‘llay olish va o‘zimizning kelajagimizni hozirdan poydevorini qo‘yish
har birimizning oldimizga qo‘ygan asosiy vazifamiz ekanligini anglashimiz lozim.

Adabiyotlar:

1. Mirziyoyev Sh. M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy

javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. – T.:
O‘zbekiston, 2017.

2. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun. Ona tilidan, O‘qituvchi

kitobi yangi nashr. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasdiqlagan. –
Toshkent, 2020.

3. Rafiyev A., Muxamedjanova G., Alovuddinova N. O‘zbek tili. Ta’lim rus va

qardosh tillarda olib boriladigan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun
darslik. – Toshkent: “O‘qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2020.

4. Юлдашева, Ш. Ш. (2018). Almighty power of the word. Молодой ученый,

(3), 238-242.

5. Matyakupov, S. G., Kenjaev, F. I., & Razzakova, M. N. (2021). Interpretation

of images and expressions in the form of communication. Academicia: An
international multidisciplinary research journal, 11(1), 967-974.

Библиографические ссылки

Mirziyoyev Sh. M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. – T.: O‘zbekiston, 2017.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun. Ona tilidan, O‘qituvchi kitobi yangi nashr. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasdiqlagan. –Toshkent, 2020.

Rafiyev A., Muxamedjanova G., Alovuddinova N. O‘zbek tili. Ta’lim rus va qardosh tillarda olib boriladigan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik. – Toshkent: “O‘qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2020.

Юлдашева, Ш. Ш. (2018). Almighty power of the word. Молодой ученый, (3), 238-242.

Matyakupov, S. G., Kenjaev, F. I., & Razzakova, M. N. (2021). Interpretation of images and expressions in the form of communication. Academicia: An international multidisciplinary research journal, 11(1), 967-974.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов