Talabalarda lingvomadaniy kompetensiyalarni rivojlantirish

CC BY f
334-335
27
11
Поделиться
Каримбоева, Ш. (2022). Talabalarda lingvomadaniy kompetensiyalarni rivojlantirish. Развитие лингвистики и литературоведения и образовательных технологий в эпоху глобализации, 1(1), 334–335. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/dllseteg/article/view/5628
Шохда Каримбоева, Nukus davlat pedagogika instituti

O‘zbek tili kafedrasi o‘qituvchisi

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ijtimoiy hayot rivojlanish tendensiyalarining asosiy tamoyillardan biri – bu tobora kengayib borayotgan madaniyatlararo munosabatlar jarayonidir. Muayyan bir jamiyat tarkibidagi etnomadaniy jamoalarning o‘xshash tomonlari va farqlarining psixologik jihati zamonning dolzarb masalalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Ko‘pgina olimlarning fikricha, globalizatsiya natijasida o‘z davlatchiligiga ega bo‘lmagan elatlar madaniy o‘ziga xosligini yo‘qotishi mumkin. Ma’lumki bunday elatlarning soni 1200 dan ziyodni tashkil etadi. Ko‘p millatli mamlakatlar jumlasiga kiruvchi O‘zbekiston Respublikasida o‘zga millatlarning madaniy boyliklarini asrab avaylash va yoshlarni ham shu yo‘sinda tarbiyalash asosiy vazifamizdir. O‘zga madaniyatlar bilan munosabatlarda insoniylikning barcha namunalarini namoyon qilish madaniyatlararo kompetentlik deb ataladi. Madaniyatlararo kompetentlik – muloqotning samarali shaklini ifodalash bilan bir qatorda chuqur bilimlilik, savodxonlikni anglatadi


background image

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

334

TALABALARDA LINGVOMADANIY KOMPETENSIYALARNI

RIVOJLANTIRISH

Karimboyeva Shohida –

Nukus davlat pedagogika instituti

O‘zbek tili kafedrasi o‘qituvchisi

Ijtimoiy hayot rivojlanish tendensiyalarining asosiy tamoyillardan biri – bu

tobora kengayib borayotgan madaniyatlararo munosabatlar jarayonidir. Muayyan bir
jamiyat tarkibidagi etnomadaniy jamoalarning o‘xshash tomonlari va farqlarining
psixologik jihati zamonning dolzarb masalalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Ko‘pgina
olimlarning fikricha, globalizatsiya natijasida o‘z davlatchiligiga ega bo‘lmagan
elatlar madaniy o‘ziga xosligini yo‘qotishi mumkin. Ma’lumki bunday elatlarning
soni 1200 dan ziyodni tashkil etadi. Ko‘p millatli mamlakatlar jumlasiga kiruvchi
O‘zbekiston Respublikasida o‘zga millatlarning madaniy boyliklarini asrab avaylash
va yoshlarni ham shu yo‘sinda tarbiyalash asosiy vazifamizdir. O‘zga madaniyatlar
bilan munosabatlarda insoniylikning barcha namunalarini namoyon qilish
madaniyatlararo kompetentlik deb ataladi. Madaniyatlararo kompetentlik –
muloqotning samarali shaklini ifodalash bilan bir qatorda chuqur bilimlilik,
savodxonlikni anglatadi.

O‘quvchilarda madaniyatlararo kompetentlikni shakllantirish nafaqat mamlakat

ichkarisida barqarorlikni ta’minlab turish uchun, balki talabalarimizni jahon arenasida
o‘zlarini munosib tutishlari, zukkolik va insoniylik xususiyatlarini ko‘rsatishlari
uchun zarur.

“Etnik

qiziqishlar,

his-tuyg‘ular,

didlar,

ehtiyojlar

madaniyatlararo

munosabatlarda e’tiborga olinishi va yoshlarga bu masalada estetik tarbiya berilishi
lozim”. Har bir madaniyat, millat tarkibiga yangi zamonaviy o‘zga tilli
madaniyatning kirib kelishi shaxs qadriyatlar orientatsiyasini, ijtimoiy ahamiyatli
artefaktlar – ta’lim, kasb, til, kommunikatsiya, norma va qadriyatlarga munosabatini
o‘zgarishini tahmin qiladi. Shuningdek, tobora kengayib borayotgan madaniy va
professional aloqalar jamiyatning chet tillarida erkin gapira oladigan, munosabatlarda
erkin, psixologik bardoshli, kompetent mutaxassisga ehtiyojini faollashtiradi. Ushbu
hislatlar zohirligi esa, professional tayyorgarlikning zaruriy elementi bo‘libgina
qolmay, balki shaxsiy individual rivojlanishning tarkibiy va mantiqiy asosi bo‘lib
xizmat qiladi. Milliy madaniyatlar taraqqiyoti bevosita butun mamlakat madaniyatiga
o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Har bir etnos o‘zining etnik xususiyatlarini saqlash orqali
butun sayyora taraqqiyotiga bog‘liq bo‘lgan jahon madaniyatini anglamasdan, uning
yutuqlarini qabul qilmasdan, unga ergashmasdan taraqqiy topmaydi. Aksincha,
o‘zining tor milliy qobig‘ida qolib ketaveradi.

Madaniyatlararo kompetentlik – bu boshqa madaniyat vakillari bilan

muvaffaqiyatli muloqot tizimini ta’minlaydigan malakalar, qurilmalar, hulq-atvor
modellari orqali shakllanuvchi boshqa madaniyat haqidagi tasavvurlarning,
bilimlarning yig‘indisidir. U o‘zida o‘zga madaniyat vakillari bilan o‘zaro
munosabatlarda kompetentlik xususiyatini namoyon qiladi. Madaniyatlararo
kompetentlik – yuqori bilimlilik, shaxslararo munosabatlarda ziyraklik, mamlakat
ichkarisida

va tashqarisida sodir bo‘layotgan yangiliklardan xabardorlik,


background image

Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari

335

munosabatlarda noziklik, muloqotdagi hamkorining madaniyati, tili, an’analarini,
tarixini bilish va hurmat qilishni bildiradi hamda ijtimoiy munosabatlarning barcha
jarayonlarida ishtirok etish imkoniyatini beradi. Ijtimoiy psixologiyada u
muloqotning ijtimoiy-perseptiv, kommunikativ va interaktiv aspektlarida shakllanadi.
Madaniyatlararo kompetentlikning perseptiv, kommunikativ va interaktiv shakllari
mavjud. Bu uchta komponent o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lib, birining rivojlanishi
ikkinchi va uchinchisining rivojini taqozo etadi.

Ijtimoiy-perseptiv kompetentlik rakursida dastavval kognitiv atributiv

jarayonlarga – streotiplashuv va ijtimoiy kazual atributsiyalarga e’tiborni qaratmoq
lozim. Ushbu aspektni o‘rganish davomida, madaniyatlararo kompetentlik dasturi
tadbiq etilib, qurilmalar shakllanishiga jiddiy yondashiladi. Mazkur metodlarni ishlab
chiqishda ustanovkalarga ta’sir o‘tkaza oladigan modellar ishlab chiqiladiki, ularning
yordamida “o‘zga” madaniyat vakillarining tili va urf-odatlariga nisbatan
munosabatlar dinamikasi tahlil qilinadi.

Tadqiqotchilar

tomonidan

etnomadaniy

kompetentlik

malakalarini

o‘zlashtirishning asosiy bosqichlari sifatida quyidagilar o‘rganiladi: birinchidan,
inson xulqining madaniy spetsifikasini idrok etish, ikkinchidan, o‘z madaniyatiga xos
spetsifikani yaratish, uchinchidan, kommunikativ jarayonlarda madaniy omillarning
ahamiyatini anglash.

Kishilik jamiyati tarkib topgandan buyon til bilan birga shakllangan va uni

to‘ldirib kelayotgan noverbal vositalar turli nuqtayi nazardan qator fanlarning
o‘rganish obyekti bo‘lib keldi. Etnograflar noverbal vositalarni xalq, elat, millatning
o‘zligini ko‘rsatuvchi urf-odatlari, adab shakllari, milliy ishoralar deb o‘rgangan
bo‘lsalar, tarixchilar kishilar qo‘llaydigan odatiy ishora yoki udumlarni xalq tarixi
bilan bog‘liq holda tadqiq etadilar. Psixologlar uchun noverbal vositalar aloqa-
aralashuv jarayoni deb qaraladi va dialogik nutq ishtirokchilari muomalasida
ishlatiluvchi ekstralingvistik asoslar so‘zlashuvchilarning psixologik munosabatlari
asosida tekshiriladi deb qaraydilar.

Adabiyotlar:

1. Nurmonov A., Iskandarova Sh. Tilshunoslik nazariyasi. – T.: Fan, 2008.
2. “O‘zbek tilshunosligining dolzarb muammolari”. An’anaviy respublika ilmiy-

amaliy anjumani materiallari. IV chiqish. – Andijon, 2014.

3. Samad o’g’li, R. S., & Kamoliddin o’g’li, I. N. (2021, October). Reforms in

Education. In " ONLINE-CONFERENCES" PLATFORM (pp. 138-140).

4. Norov, I. (2021). METHODS Of Teaching Phonetics In Other Language

Groups. Барқарорлик ва Етакчи Тадқиқотлар онлайн илмий журнали, 1(5), 306-309.

5. Юлдашева, Ш. Ш. (2018). Almighty power of the word. Молодой ученый,

(3), 238-242.

6. Yusupova, G. A., Khudayorova, M. T., Buranova, S. M., Atiyazov, S. J., &

Allanazarova, A. (2021). Formation of linguistic competencies in the uzbek language
in future teachers. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research
Journal, 11(5), 335-341.

Библиографические ссылки

Nurmonov A., Iskandarova Sh. Tilshunoslik nazariyasi. – T.: Fan, 2008.

“O‘zbek tilshunosligining dolzarb muammolari”. An’anaviy respublika ilmiyamaliy anjumani materiallari. IV chiqish. – Andijon, 2014.

Samad o’g’li, R. S., & Kamoliddin o’g’li, I. N. (2021, October). Reforms in Education. In " ONLINE-CONFERENCES" PLATFORM (pp. 138 140).

Norov, I. (2021). METHODS Of Teaching Phonetics In Other Language Groups. Барқарорлик ва Етакчи Тадқиқотлар онлайн илмий журнали, 1(5), 306-309.

Юлдашева, Ш. Ш. (2018). Almighty power of the word. Молодой ученый, (3), 238-242.

Yusupova, G. A., Khudayorova, M. T., Buranova, S. M., Atiyazov, S. J., & Allanazarova, A. (2021). Formation of linguistic competencies in the uzbek language in future teachers. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(5), 335-341.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов