Umumiy o‘rta ta’limda „Hayotga muhabbat“ asarini o‘rgatish texnologiyalari

CC BY f
355-358
30
11
Поделиться
Юлдашев J. (2022). Umumiy o‘rta ta’limda „Hayotga muhabbat“ asarini o‘rgatish texnologiyalari. Развитие лингвистики и литературоведения и образовательных технологий в эпоху глобализации, 1(1), 355–358. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/dllseteg/article/view/5636
Жавлонбек Юлдашев, Nukus davlat pedagogika instituti

o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi talabasi

0
Цитаты
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Jek London – jahon adabiy nasrida oʻz oʻrniga ega boʻlgan ajoyib realist ijodkordir. Xalq ommasining oʻz huquqlari uchun kurashishini, mavjud jamiyat illatlarini, inson va tabiat munosabatlarini mohirona yoritib bera olgan ushbu amerikalik adib XX asrning buyuk soʻz san’atkorlaridan boʻlib qoldi. Oʻzbek tilida „Martin Idеn“, „Qish haqida“, „Hayotga muhabbat“ asarlari chop etilgan yozuvchining hayoti va ijodi bilan oʻquvchilar bugungi kunda umumiy oʻrta ta’lim bosqichidanoq tanishib boradilar. Oʻrta ta’lim muassasalarining 10-sinfi va oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining oʻquvchilari uchun chop etilgan „Adabiyot“ darslik-majmuadan yozuvchining qisqa tarjimai holi hamda „Hayotga muhabbat“ hikoyasi oʻrin olgan. Jek London hayoti va ijodini oʻrgatishga bagʻishlangan adabiyot darslarida oʻqituvchi Davlat ta’lim standarti va oʻquv dasturidan kelib chiqib, belgilangan 2 soat davomida „Jek Londonning XX asr Amerika adabiyotining yirik namoyandasi ekanligi; yozuvchi asarlarida chuqur badiiy tahlillar orqali betakror obrazlarning yaratilganligi; „Hayotga muhabbat“ hikoyasi inson irodasi va ishonchiga bag‘ishlangan asar ekanligi“ masalalarini yoritib berishi, shu orqali oʻquvchilarni jahon adabiyoti an’analari bilan hamda tanishtirishga, ularda sabr-matonat, ertangi kunga ishonch kabi ijobiy sifatlarni rivojlantirishga erishmogʻi lozim boʻladi


background image

Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari

355

UMUMIY O‘RTA TA’LIMDA „HAYOTGA MUHABBAT“ ASARINI

O‘RGATISH TEXNOLOGIYALARI

Yo‘ldoshev Javlonbek Yusufboy oʻgʻli –

Nukus DPI o‘zbek tili va adabiyoti

yo‘nalishi talabasi

Ilmiy rahbar: Hamza Allambergenov – Nukus DPI Oʻzbek adabiyoti

kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori

Jek London – jahon adabiy nasrida oʻz oʻrniga ega boʻlgan ajoyib realist

ijodkordir. Xalq ommasining oʻz huquqlari uchun kurashishini, mavjud jamiyat
illatlarini, inson va tabiat munosabatlarini mohirona yoritib bera olgan ushbu
amerikalik adib XX asrning buyuk soʻz san’atkorlaridan boʻlib qoldi. Oʻzbek tilida
„Martin Idеn“, „Qish haqida“, „Hayotga muhabbat“ asarlari chop etilgan
yozuvchining hayoti va ijodi bilan oʻquvchilar bugungi kunda umumiy oʻrta ta’lim
bosqichidanoq tanishib boradilar. Oʻrta ta’lim muassasalarining 10-sinfi va oʻrta
maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining oʻquvchilari uchun chop etilgan
„Adabiyot“ darslik-majmuadan yozuvchining qisqa tarjimai holi hamda „Hayotga
muhabbat“ hikoyasi oʻrin olgan. Jek London hayoti va ijodini oʻrgatishga
bagʻishlangan adabiyot darslarida oʻqituvchi Davlat ta’lim standarti va oʻquv
dasturidan kelib chiqib, belgilangan 2 soat davomida „Jek Londonning XX asr
Amerika adabiyotining yirik namoyandasi ekanligi; yozuvchi asarlarida chuqur
badiiy tahlillar orqali betakror obrazlarning yaratilganligi; „Hayotga muhabbat“
hikoyasi inson irodasi va ishonchiga bag‘ishlangan asar ekanligi“ masalalarini yoritib
berishi, shu orqali oʻquvchilarni jahon adabiyoti an’analari bilan hamda
tanishtirishga, ularda sabr-matonat, ertangi kunga ishonch kabi ijobiy sifatlarni
rivojlantirishga erishmogʻi lozim boʻladi.

Bugungi davr talabi dars jarayonini noan’anaviy tarzda mazmunli tashkil etish,

o‘quvchilarning qiziqishini orttirib, ularning o‘quv jarayonidagi faolligini
ta’minlashni taqozo etadi. Jek London hayoti va ijodini oʻrgatishga bagʻishlangan
noan’anaviy darslarni tashkil etishda interfaol metodlar muhim ahamiyat kasb etadi.
Ular o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro faol munosabatlarida tashkil etiladigan
mashg‘ulot turidir. Bu orqali o‘qituvchi va o‘quvchi o‘zaro hamkorlikda ishlaydi.
O‘quvchining erkin fikrlash jarayoni yangi pog‘onaga ko‘tailadi. O‘qituvchi shu
tarzda o‘quvchilarni faollashtiradi, o‘zlashtirishi past o‘quvchilar dunyoqarashi va
tafakkurini boyitib boradi.

Umumiy oʻrta ta’lim maktablarida oʻquvchilar fikrini oʻstirish, rivojlantirish

maqsadida zamonaviy usullardan foydalanib darsni tashkil qilish oʻqituvchi
mahoratini belgilaydi. Oʻqituvchi qancha koʻp bilimga ega boʻlsa, yangi usullarni
qoʻllay olsa, jarayon ham jonlanadi. Oʻquvchilarni faollikka chorlaydi. Zamonaviy
usullardan foydalanish oʻquvchida mavzuga boʻlgan qiziqishni orttiradi. Jahon
adabiyoti namoyandasi Jek Londonning,,Hayotga muhabbat“ asarini oʻquvchi tez va
oson oʻrganishi yoki asar haqida tushuncha hosil qilishi uchun,,Nima uchun“,,,Chala
xat“,,,Blits“ (tezkor savol-javob) usullaridan ham samarali foydalanish mumkin.
Albatta, bu usullar individual tartibda olib boriladi. Oʻquvchilarga oʻzining ustida
ishlash, fikrlarini erkin tartibda bayon qilish imkonini yaratadi.


background image

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

356

,,Nima uchun” usuli. Bunda har bir oʻquvchiga qogʻoz tarqatiladi. Qogʻoz

markaziga aylana shakli chiziladi va aylana ichiga oʻquvchidan,,Hayotga muhabbat“
hikoyasi haqidagi fikri soʻraladi. Tagiga,,nima uchun?” savoli yoziladi. Aylanadan
strelkalar chiqariladi hamda oʻquvchining fikrlarini bayon etish soʻraladi.

„Chala xat“ usuli. Mazkur oʻrgatish usuli oʻquvchilarning eslab qolish

qobiliyatini rivojlantirishga, aqliy tafakkurini boyitishga xizmat qiladi. Shuning
uchun ushbu usulni Jek London hayoti va ijodini mustahkamlashga bagʻishlangan
dars mashgʻulotida foydalanish kutilgan samarani beradi. Dastavval asardan
oʻquvchilar uchun qiziqarli boʻlgan biror parcha belgilanadi va sinf bilan qayta
birgalikda mutolaa qilinadi. Shundan soʻng o‘quvchilar koʻp nuqta bilan koʻrsatilgan
hamda tushirib qoldirilgan soʻzlarni topib, tarqatma materiallarni to‘ldiradilar:




Guruhlar oʻz javoblarini taqdim etganlaridan soʻng matnning asl varanti oʻqib

beriladi. Javoblarni tekshirishda oʻquvchilar tomonidan yozilgan soʻzlarning imlo
jihatlariga ham e’tibor berish hamda tegishli tavsiyalarni berib ketish mumkin:

„U yerga o‘tirib oldi

-da,

eng zarur ishlar haqida o‘ylab ketdi.

Oyoqlarini o‘rab bogʻlagan …… parchalari t

itilib ketganidan oyoqlari

shilinib qip-

qizil go‘sht bo‘lib qolgandi. Eng so‘nggi ……ni ham ishlatib

bo‘lgan. …… bilan …… yo‘qolgan. ……i ham tushib qolibdi, qalpoq bilan

birga a

stariga yashirilgan …… ham yoqolgandi, lekin qog‘ozga o‘rab,

hamyoniga yashirib

qo‘ygan

…… hali ham turibdi. U ……iga qaradi, ……

yurib turar va ……ni ko‘rsatardi“.


background image

Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta’lim texnologiyalari

357



Jek London hayoti va ijodini oʻrgatishga bagʻishlangan mashgʻulotlarda

„Korporativ learning“

(„birlashmoq“, „birga ishlamoq“) hamkorlikda ishlash

metodidan ham samarali foydalanish mumkin. Mazkur metod o‘quvchilarni bir jamoa
bo‘lib ishlashishga hamda hamfikrlilikka o‘rgatadi. Bunda ijodkorning „Hayotga
muhabbat“ hikoyasi asosida quyidagi kabi muammoli savollarni o‘rtaga tashlash
mumkin:

1. „Hayotga muhabbat“ hikoyasida nega Bill hamrohini tashlab ketdi? Bunga

uni nima majbur qildi?

2. Hikoya qahramoni nega xaltasidagi oltinlaridan voz kechadi?
3. Yozuvchi „Hayotga muhabbat“ hikoyasi orqali nima demoqchi? Qanday

gʻoyani ilgari surmoqchi?

Oʻquvchilar guruh boʻlib kelishgan holda savollarga yechim topadilar. Sinf

sharoitidan kelib chiqqan holda oʻquvchilarni ikki, uch va hokazo shakllarda
guruhlarga ajratish mumkin.

„Why?“ („Nima uchun?“) muammoli ta’lim texnologiyasi.

Muammoning

dastlabki sabablarini aniqlash bo‘yicha fikrlar zanjiri. Tizimli, ijodiy, tahliliy fikrlarni
rivojlantiradi va faollashtiradi. „Nima uchun“ sxemasini tuzish qoidasi bilan
tanishadilar. Alohida kichik guruhlarda muammoni ifodalaydilar. „Nima uchun?“
so‘rog‘ini beradilar va sxema chizib, shu savolga javob yozadilar.














„U yerga o‘tirib oldi

-

da, eng zarur ishlar haqida o‘ylab ketdi.

Oyoqlarini o‘rab bogʻlagan

odeyal

parchalari titilib ketganidan

oyoqlari shilinib qip-

qizil go‘sht bo‘lib qolgandi. Eng so‘nggi

odeyal

ni

ham ishlatib bo‘lgan.

Miltiq

bilan

pichoq

yo‘qolgan.

Qalpogʻi

ham

tushib qolibdi, qalpoq bilan birga astariga yashirilgan

gugurt

ham

yoqolgandi, le

kin qog‘ozga o‘rab, hamyoniga yashirib qo‘ygan

gugurt

hali ham turibdi. U

soat

iga qaradi,

soat

yurib turar va

oʻn bir

ni

ko‘rsatardi“.

Nima

uchun?

Kichik guruhlarga birlashadilar,

taqqoslaydilar, o‘zlarining chizmalarini

to‘ldiradilar. Umumiy chizmaga

keltiradilar.

Ish natijalarining taqdimoti

Sxemani chizadilar va shu savolga javob

yozadilar


background image

Respublika ilmiy-amaliy konferensiya

358

Xullas, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Jahon adabiyotining yirik vakillaridan

biri Jek London hayoti va ijodini o‘rgatishga bag‘ishlangan dars mashg‘ulotlarida
zamonaviy usul va metodlardan, ilg‘or xorijiy tajriba va an’analardan samarali
foydalanish dars sifatining oshishiga hamda darsdan kutilgan maqsadning to‘liq
amalga oshishiga bevosita xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Matyakupov, S. G., Kenjaev, F. I., & Razzakova, M. N. (2021). Interpretation

of images and expressions in the form of communication. ACADEMICIA: AN
INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(1), 967-
974.

2.

Kamolovich, A. H. (2018). Some Scientific Observations About Unnatural

Symbols in the Folklore. ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for
English Language and American Studies, 7(6), 73-79.

3.

Юлдашева, Ш. Ш. (2018). Almighty power of the word. Молодой ученый,

(3), 238-242.

4.

Norov, I. (2021). METHODS Of Teaching Phonetics In Other Language

Groups. Барқарорлик ва Етакчи Тадқиқотлар онлайн илмий журнали, 1(5), 306-
309.

5.

Norov, I., & Javlon, Y. (2021). ANALYSIS OF" STARRY NIGHTS".

ResearchJet Journal of Analysis and Inventions, 2(02), 1-3.

Библиографические ссылки

Matyakupov, S. G., Kenjaev, F. I., & Razzakova, M. N. (2021). Interpretation of images and expressions in the form of communication. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(1), 967- 974.

Kamolovich, A. H. (2018). Some Scientific Observations About Unnatural Symbols in the Folklore. ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for English Language and American Studies, 7(6), 73-79.

Юлдашева, Ш. Ш. (2018). Almighty power of the word. Молодой ученый, (3), 238-242.

Norov, I. (2021). METHODS Of Teaching Phonetics In Other Language Groups. Барқарорлик ва Етакчи Тадқиқотлар онлайн илмий журнали, 1(5), 306- 309.

Norov, I., & Javlon, Y. (2021). ANALYSIS OF" STARRY NIGHTS". ResearchJet Journal of Analysis and Inventions, 2(02), 1-3.

Hepagreen - восстановление нормальной работы печени Androgard — препарат для настоящих мужчин Androgard — препарат для настоящих мужчин Byutivit - Натуральный продукт для женщин любого возраста Byutivit - Натуральный продукт для женщин любого возраста Byutivit - Натуральный продукт для женщин любого возраста Maksimus - Натуральный продукт, для бодрости и энергии Lactovita - Номер один в естественном улучшении иммунитета Lactovita - Номер один в естественном улучшении иммунитета Avicenna’s Lab inLibrary — это научная электронная библиотека UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации Gulyamov - Гулямов Саид Саидахрарович MUVI24 - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Интернет-аптека >METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг All.Tube - Смотрите онлайн видео бесплатно в хорошем качестве Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды UMAR PROEKT - Комплексное проектирование UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана