Авторы

  • Doston Ergashev
    Axborot texnologiyalari va Menejmenti universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Filologiya “ Arab tili “ yo’nalishi 1-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.dptms.101187

Ключевые слова:

Kalima ism fe’l harf grammatika jins muannas muzakkar

Аннотация

Ushbu moqolada bugungi zamonaviy globallashuv sharoitida Arab tilini oʻrganishning ahamiyatiga e’tibor qaratilib, Arab tilini oʻrganishning asosiy gramatik yoʻnalishiga oid ma’lumotlar beriladi. Shuningdek, maqolada tilshunoslik boʻlimlaridan (fonetika, morfologiya, gramatika) biri boʻlgan grammatika turkumida, arab tilida ism mavzusining muhim jihatlari ko’rib chiqiladi. Klassik arab tili asosida vujudga kelgan zamonaviy arab tiliga oid vatandosh ulamolarimizning kitoblari asosida ismning turli kategoriyalari o’rganiladi.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

57

ARAB TILINING GRAMMATIK KITOBLARDA ISM MAVZUSINING

YORITILISHI

Ergashev Doston

Axborot texnologiyalari va Menejmenti universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti

Filologiya “ Arab tili “ yo’nalishi 1-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15572099

Annotatsiya

. Ushbu moqolada bugungi zamonaviy globallashuv sharoitida

Arab tilini oʻrganishning ahamiyatiga e’tibor qaratilib, Arab tilini oʻrganishning
asosiy gramatik yoʻnalishiga oid ma’lumotlar beriladi. Shuningdek, maqolada
tilshunoslik boʻlimlaridan (fonetika, morfologiya, gramatika) biri boʻlgan
grammatika turkumida, arab tilida ism mavzusining muhim jihatlari ko’rib
chiqiladi. Klassik arab tili asosida vujudga kelgan zamonaviy arab tiliga oid
vatandosh ulamolarimizning kitoblari asosida ismning turli kategoriyalari
o’rganiladi.

Kalit so’zlar.

Kalima, ism, fe’l, harf, grammatika, jins, muannas, muzakkar,

Barchamizga maʼlumki bugungi kunda arab tili jahon miqiyosida keng

foydalaniladigan tillardan. Masalan, bir tomondan BMT tashkilotining 6 ta
rasmiy tillaridan biri ekanligi boʻlsa, boshqa jihatdan ushbu til
foydalanuvchilarining koʻpligidadir. Ya‘ni 20dan ortiq davlatning rasmiy davlat
tili hisoblanadi. Bunga qoʻshimcha, bugungi kunda yurtimizda ham arab
mamlakatlari bilan turli sohalarida xususan biznez va ta’lim yo’nalishlarida
hamkorlik va oʻzaro doʻstlik aloqalarni tez suratlarda rivojlanishi ham ushbu
tilni o’rganishga va bu sohada kerakli kadrlarni tayyorlashga bo’lgan ehtiyojni
yaratmoqda. Prezidentimiz Sh. Mirziyoyevning

1

Prezidentlik faoliyatlari

davomida Saudiya Arabistoni, BAA, Quvayt va boshqa arab davlatlariga
tashriflarini eslash yetarlidir. Shuningdek, arab tilini bilish orqali rivojlangan
arab mamlakatlari bilan olib borilayotgan madaniy-ma’rifiy ta’lim, biznes
sohalaridagi hamkorliklarda faol qatnashish va bu orqali mamlakatimiz rivojiga
ijobiy hissa qo’shish imkoniyatlari har qachongidan kengaydi. Tarixdan
ma’lumki, arab tili ona tilimizga o’zining ma’lum doirada ta’sirini o’tkazgan.
Xalqimizning diniy va ba’zi milliy-madaniy qadriyatlari ham arab tilini bilish
bilan bog’liq jabhalari ko‘zga tashlanadi. Shu nuqtai nazardan ayni
zamonamizda arab tilini o’rganish va o’z navbatida o’rgatish muhim ahamiyat
kasb etadi.


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

58

Klassik arab tili qoidalarini o‘zbek sigmenti foydalanishi uchun o‘zlariuning

dastlabgi va eng muhim qadamlarini qo‘yib o‘zlarini buyuk izlarini qoldirgan
olimlar va ularning asalari bu boradigi ishlarni oson va yengil qiladi. Ularni
oʻrganish orqali biz arab tili grammatikasi haqida aniq va ravshan maʼlumotlarga
ega boʻlamiz. Chunki, asosan XX asr ikkinchi yarmi va mustaqillikning dastlabki
yillarida arab tili sohasida faoliyat olib borgan olimlarimiz, ushbu yo’nalishda,
oʻtmish va bugun oʻrasidagi koʻprik boʻlib berishganligi bilan qadrlidir.

Ushbu maʼlumotlar albatta dastlabki va boshlang‘ich arab tili

o‘rganuvchilari uchun dastlabki arab tili gramatikasini tushunish uchun
yetarlicha ma’lumot berishga kifoyadir. Ammo qiziquvchilar va ushbu
maʼlumotlar bilan cheklanib qolmaydiganlar uchun, oʻzbekzabon xalqimizga
arab tilini oʻqishi va oʻrganishi uchun katta ilmiy meros qoldirgan
ulamolarimizdan ba’zilarining kitoblarini keltirib oʻtishimiz mumkin:

1. Abdulhafiz Abdujabborov "Arab tili" kitobi
2. Mirqobil Xasanov "Arab tili" (oʻquv qoʻllanma)
3. N. Ibrohimov, M. Yusupov, A. Oripov
"Arab tili grammatikasi" kitobi
Ushbu manbalar arab tilini o’rganishga qiziquvchi xalqimizga bevosita ona

tilimiz qiyosida arab tilini va uning grammatikasini oson va sifatli o’rganishga
xizmat qiladi deyish mumkin.

Tilshunoslik fani nuqtai nazaridan arab tilini o’rganishga e’tibor qaratilsa

eng avval uning asosiy bo’limlarni keltirish kerak:

1. Fonetika (tovushlar)
2. Morfologiya (soʻz qurilishi)
3. Grammatika (gap qurilishi)
Tilshunoslikning ushbu, grammatik jihatdan arab tilini oʻrgnishga kirishilsa,

albatta, alifbo harflaridan tashkil topadigan kalimalar (soʻzlar) ning grammatik
taʼriflari bilan tanishish zarur boʻladi.

Kalima

- bu arab tilshunoslari e'tiborida arab alifbosi harflardan tashkil

topib biror-bir ma'noni ifodalagan soʻzdir va ushbu kalimani arab tilshunos
olimlari butun boshli 3 ta katta turkum soʻzlarga boʻlib oʻrganadilar:

1. Ism

مسا

2. Feʼl

لعف

3. Harf

فرح

Ismiy kalimalar - bu guruh ot, sifat, son va olmoshlarni oʻz ichiga oladi:

م

مح

د

-Muhammad,

سرف

-ot(hayvon)


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

59

Feʼliy kalimalar - bu guruh harakat va biron-bir zamonni oʻzida jamlagan

kalimalarni oʻz ichiga oladi:

بتك

- yozdi(oʻtgan zamon),

بتكي

-yozadi yoki yozyapti(hozirgi va kelasi

zamon)

Harfiy kalimalar - bu guruh esa yuqoridagi ikki guruhga qoʻshilib

qoʻshimcha ma'no anglashda yordamlashib, koʻmaklashib keladigan yordamchi
soʻzlarni oʻz ichiga oladi:

ْ ن ِم

-...dan,

يف

- ...da, Ichida

Ismiy kalimar ustida grammatik tahlil olib borilsa, uning bir necha

kategoriyalar boʻyisha boʻlinishiga guvoh boʻlinadi. Masalan, ismiy kalimalar jins,
son, holat kabi xususiyatlariga koʻra oʻta muhim grammatik guruhlarga ajraladi.
Ushbu xususiyatlarga atroflicha toʻxtalish orqali, bular haqida aniq ilm hosil
qilinadi.

I. Jins kategoriyasi: ismiy kalimalar shaxs yoki predmetni jinsini

ifodalashiga koʻra 2 turlidir.

1. Muzakkar (erkak) jinsga dalolat qiladigan.
2. Muannas (ayol) jinsiga dalolat qiladigan.
Rus -ingliz va boshqa koʻplab tildagi grammatik jins tushunchasi arab tili

grammatikasini ham chetlab oʻtmagan. Shuning uchun, ushbu ikki: Muzakkar va
Muannas alohida toʻxtalib oʻtish va ular orasidagi farqlarga diqqatli bo’lish
lozimdir.

1) Muannas - bu guruh oʻz ichiga ayol jinsiga dalolat qiladigan barcha

soʻzlarni oladi. Undan tashqari jinsi aniq boʻlmagan predmetlarni oʻz ichiga oladi
bularni aniqlash va farqlash uchun quyidagi alomatlariga alohida, diqqat bilan
e'tibor berish shart:

1. Asliyatga koʻra ayol jinsiga dalolat qiluvchi ismlar:

ّ مأ

-ona,

ةرقب

-sigir.

2.(Taa marbuta)

ة

bilan tugagan erkak kishiga dalolat qilmaydigan ismlar:

ةعماج

-universitet

3. Geografik nomlar:

رصم

-Misr

4. Millat-elat nomlari:

كبولأا

- Oʻzbeklar

5. Bu turga "

ىلعف

" va "

ءلاعف

" vaznida boʻlgan koʻpchilik kalimalar kiradi.

6. Tananing juft aʼzolari:

دي

-qoʻl

7. Insondan boshqa narsalarning koʻplik shakllari ham muannas deb hukm

qilingandir:

بتك

-kitoblar

2


background image

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

60

Yuqorida keltirilgan muannaslik alomatlari boʻlmagan boshqa predmet

nomlarni va erkak jinsiga dalolat qiluvchi ismlar Muzakkar jins deb hukm
qilinadi. Albatta, shu oʻrinda oʻquvchga ushbu ikki jinsda ham moslashib
ketaveradigan ismlar borligini eslatib qoʻyish foydadan xoli boʻlmaydi.

Xulosa.

Ushbu maqolada arab tilining grammatikasida ism mavzusining

yoritilishi va uning turli kategoriyalariga oid muhim jihatlar ko‘rib chiqildi. Arab
tili bugungi kunda jahon miqyosida keng tarqalgan va o‘rganilishi zarur bo‘lgan
tillardan biri bo‘lib, uning grammatikasi, jumladan ismning jins, son va holat
kabi turli xususiyatlari o‘ziga xos va ahamiyatlidir. Ismning muzakkar (erkak) va
muannas (ayol) jinslarga bo‘linishi, tilni o‘rganayotgan shaxslar uchun zaruriy
bilimlarni taqdim etadi.

Maqolada, shuningdek, arab tili grammatikasini o‘rganish uchun muhim

bo‘lgan ilmiy manbalar, jumladan ulamolarimiz tomonidan yozilgan kitoblar
keltirilgan va ular orqali arab tilini o‘rganishning yengillashtirilgan yo‘llari
ko‘rsatilgan. Arab tilini o‘rganish faqat ilmiy qiziqish emas, balki mamlakatlar
o‘rtasidagi madaniy va iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Shu bilan birga, maqolada arab tilini o‘rganish jarayonida tilshunoslikning

fonetika, morfologiya va grammatika kabi asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha
tushunchalar shakllantirildi. Umuman olganda, arab tilini o‘rganish bugungi
kunda juda katta ahamiyatga ega va uning grammatik tizimini chuqur o‘rganish
til o‘rganuvchilari uchun zaruriy bilimlarni yaratadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. A. Abdujabborov " Arab tili" Oliy oʻquv yurtlari talabalari uchun qoʻllanma
qayta nashr. 'Tafakkur' nashriyoti Toshkent 2020
2. M. Xasanov "Arab tili" oʻquv qoʻllanma "Global books" 2019-yil
3. N. Ibrohimov, M. Yusupov, A. Oripov "Arab tili grammatikasi"1-jild Gʻofur
Gʻulom nashriyoti Toshkent - 2024
4. "Arab va oʻzbek tillarining qiyosiy grammatikasi". Abduqayum Hikmatov
Kun.uz
Ilmiy maqolalar.uz

Библиографические ссылки

A. Abdujabborov " Arab tili" Oliy oʻquv yurtlari talabalari uchun qoʻllanma qayta nashr. 'Tafakkur' nashriyoti Toshkent 2020

M. Xasanov "Arab tili" oʻquv qoʻllanma "Global books" 2019-yil

N. Ibrohimov, M. Yusupov, A. Oripov "Arab tili grammatikasi"1-jild Gʻofur Gʻulom nashriyoti Toshkent - 2024

"Arab va oʻzbek tillarining qiyosiy grammatikasi". Abduqayum Hikmatov

Kun.uz

Ilmiy maqolalar.uz